Zanjir mashqi
Bu mashq tez-tez ishlatilib turiladi. Zanjir mashqlari yangi til materiali bilan ishlashning eng samarali usullaridan biridir. Ular har bir o‘quvchiga yangi til materiali yoki qurilmani ishlatib ko‘rishga imkon beradi. Ular juda tez bajarilishi mumkin. Zanjir mashqlari sinf mashqidir. O‘qituvchi yangi materialni tanishtiradi. M-n.: I like sewing. O‘qituvchi oldin bir o‘quvchi bilan mashq qilib ko‘radi, boshqalar esa kuzatib, tinglashadi. U I like sewing. What about you? deb aytadi. O‘quvchi o‘zi uchun javob beradi va shu savolni (What about you?) so‘raydi. O‘qituvchi o‘zi uchun javob beradi va shu qurilmani shu o‘quvchi bilan yana bir marta mashq qilib ko‘radi. Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilardan ushbu jarayonni quyidagidek bajarishni so‘raydi:
O‘q. 1: I like sewing. (yonidagi o‘quvchi tomon buriladi) What about you?
O‘q. 2: I like reading books. (yonidagi o‘quvchi tomon buriladi) What about you? O‘q. 3: I like drawing. (yonidagi o‘quvchi tomon buriladi) What about you? va h.k.
Jarayonni tezlashtirish uchun o‘qituvchi Zanjirli mashqini qatorlarda tashkil etishi mumkin.
Ko‘rsatish va aytish mashqlari
Bu mashqdan yangi so‘zlarni mashq qilish maqsadida foydalanildi. U o‘quvchilarga yangi so‘zlarni yodlab olgandan ko‘ra ularni amaliy yo‘l bilan yodda saqlashga yordam beradi.
Ko‘rsatish va aytish mashqlari rasmlar yordamida bajariladigan juftlik mashqidir. A o‘quvchi rasmdagi narsani ko‘rsatadi. B o‘quvchi esa rasmni ifodalovchi so‘zni aytadi. Shundan so‘ng ular navbat almashadilar.
O‘yinlar
Darslikda o‘yin mashqlari ikki maqsadda ishlatilgan: darsning boshida sinfni faollashtirish va darsda o‘rganilgan til yoki so‘z birikmalarini mashq qilish uchun. Bu mashqlar darsni qiziqroq olib borishga ko‘maklashadi va tilni a’lo darajada mashq qilish imkoniyatini ham yaratadi. Ular o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otadi va ularni ko‘proq o‘rganishga undaydi.
Chizish
Darslikdagi ba’zi mashqlar o‘quvchilardan chizishni talab etadi. Biz shu narsaning guvohi bo‘ldikki, kichik yoshdagi ko‘pchilik o‘quvchilar bunday mashqlarni bajonidil bajarishadi. Buning sababi ular darsga xush kayfiyat va o‘zgacha tus bag‘ishlashidadir. Shunday bo‘lsa-da, ba’zi bir o‘quvchilarda chizishga xohish bo‘lmasa, ularga rasmlarni chizish uchun usta rassom bo‘lish shart emasligini tushuntirib qo‘yish kerak bo‘ladi.
O‘quvchilarga rasmlarni yaxshiroq chizishga zarurat tug‘ilgan taqdirda, masalan Ijodiy ish darslarida, ularga ko‘proq vaqt berilishi va o‘z dizaynlari ustida ko‘proq o‘ylashlariga ruhlantirish kerak bo‘ladi. Bunday darslarda har bir guruhda kamida bitta yaxshi chizish qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘quvchining bo‘lishiga e’tibor qaratishingiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |