Mavzu: Nerv sistemasi
Reja:
1. Markaziy nerv sistemasi.
2. MNS faoliyatining koordinatsiya qilinishi .
3. Vegetativ nerv sistemasi
Nerv sistemasining ahamiyati. Buyuk fiziolog olim I.P. Pavlov nerv sistemasining ikki muxim funktsiyasi, ya’ni oliy va tuban funktsiyalari bor deb o’qittirilib o’tgan edi. Oliy funktsiya organizmning tashqi dunyo bilan aloqasini ta’minlab turadi, hamda uning hulq atvorini muxit sharoiti bilan bog’langan holda belgilaydi. Tuban funktsiyasi esa organizmdagi barcha to’qimalar, xujayralar, organ va sistemalarni boshqarib turadi.
Nerv sistemasining oliy funktsiyasi oliy nerv faoliyati tomonidan amalga oshiriladi,unda katta miya yarim sharlari va po’stlok osti yadrolari ishtirok etadi.
Tuban funktsiyasi esa oliy nerv faoliyati va nerv gumral yo’l bilan boshqarilib boriladi.
Nerv sistemasida ikkita bo’lim tafovut qilinadi:
Markaziy nerv sistemmasi (MNS bosh miya va orqa miya kiradi).
Periferik nerv sistemasi (PNS barcha organlarga boradigan nervlar).
MNS va PNS nerv xujayralari yoki neyronlardan tashqil , topgan. nerv xukjayralari yoki neyronlar shakli va hajmi jixatidan xar xil bo’ladi. Xar bir neyronlar shakli va xajmi jixatidan xar xil bo’ladi. Xar bir neyronning tanasi, bir talay kalta o’simtalari – dendritlar va bitta uzun o’simtasi – aksani bor. Nerv xujayralarining tanasi va ularning dendritlari to’planib, kul rang moddani tashqil qiladi. Miyaning oq moddasi esa miyalin pardasi bilan qoplangan nerv tolalari (oksonlar) dan tashqil topgan. bu tolalar miya doirasidan tashqariga chiqib, miya markazining turli organlar bilan bog’lab turadigan nervlarni xosil qiladi. Xar bir neyronda yadro va protoplazma mavjud. Neyron tashqi tomondan yarim o’tkazgich membrana pardasi bilan o’rab olingan bo’lib, u tufayli neyron ichida va tashqarisida ionlar qontsentratsiyasi belgilangan normada saklanadi. Qo’zgalish tufayli membrananing ionlar o’tkazish qobilyaiti o’zgaradi, natijada u erda potentsiallar ayirmasi vujudga keladi. Barcha nerv xujayralari qon tomirlari bilan yaxshi ta’minlangan bo’lib, u erda qon harakati juda intensiv bo’ladi.
Nerv tolasini nerv xujayrasidan ajratsak, u degeneratsiyalanadi, lekin ma’lum vaqt o’tishi bilan degeneratsiyalangan nerv tolasi harakatlanuvchi muskullargacha qayta tiklanishi mumkin.
Nerv tukimasining funktsional xossalari - qo’zgaluvchanlik va o’tkazuvchanlikdan iborat.
Qo’uzgaluvchanlik – organizmning tashqi muhitdan ham, ichki muhitdan ham keladigan xar xil ta’sirotlarga javob bera olish qobilyaitidir.
O’tkazuvchanlik – qo’zgalishni o’tkaza olish xususiyatidir.
Ta’sirot berilganidan keyin nerv sistemasida fiziologik protsess ro’y beradi, qo’zgalish deb shunga aytiladi. Bu qo’zgalish nervlar bo’ylab o’zatiladi.
Markazdan qochuvchi, markazga intiluvchi va aralash nervlar tofovut qilinadi.
Markazga intiluvchi nervlar impulsni muskul sezgi organilaridan nerv sistemasining markaziy bo’limiga o’tkazadi. Bu nervlar sezuvchi nervlar impul’sni markaziy bo’limmidan periferrizdagi ishchi oarganlarga o’tkazadi. Bular harakatlanuvchi nervlar deb ham ataladi.
Aralash nervlar impul’sni ikkala yunalishda ham o’t’kazaveradi.
Nerv sistemasi oxirgi tarmoqqa borib tarqaladigan yagona neyrnlar kompleksidan iborat. Ayrim neyronlarning bir biri bilan tushadigan joyi sinaps deb ataladi. Bitta nerv xujayrasi tanasiga to’g’ri keladigan umumiy sinapslar 100 taga etadi. Xatto bundan ham ortadi, dendritlarda esa xatto bir necha minglab sinapslar bo’ladi.
Markaziy qochuvchi nervlarning ishchi organlarga (muskulga) o’tadigan joyida oxirgi tarmoqlar bor. Bular effektor deb ataladi. Ta’sirotni sezadigan markazga intiluvchan nervlarning tarmoqlangan joyi esa retseptor deyiladi.
Tiriklikning asosiy xususiyatlaridan biri berilgan tasirlarga nisbatan qo’zgalish hosil qilib, unga javob qaytarishdir. Natijada tirik organizmda qo’zgalish va tormozlanish ro’y beradi. Ichki va tashqi muhitdagi qo’zgalish yoki tormozlanishni keltirib chiqaradigan agentlarni ikki gruppaga – adekvat va noadekvat tasirlarga bo’lish mumkin. Adekvat tasirlar maxsus retseptor va xujayralarga tasir etib o’ziga xos qo’zgaluvchanlik hosil qiladi. Boshqacha qilib aytganda, adekvet tasirlovchilar spetsifik (maxsus) qo’zgalish keltirib chiqaradi. Masalan: ko’rish retseptirlari uchun yorug’lik nuri, eshitish retseptirlari uchun tovush to’lqinlari adekvat tasirlovchidir. Qolgan barcha qitiqlagichlar noadekvat tasirlovchilar deyiladi va bular organizmga moslashmagan bo’ladi. Misol uchun: yuqori kuchlanishdagi elektrik tokini, kuchli mexanik tasirni va boshqalarni olishg mumkin.
Noadekvat tasirga qaraganda adekvat tasirlarga javob reaktsiyasi tez va mukammalroq bo’ladi. Bu tasrlarning barchasi organizmga tasir etganda uch xil funktsiyaonal xolatni keltirib chiqaradi: fiziologik tinchlik , qo’zgalish va tormozlanish.
Fiziologik tinchlik xolati deganda spetsifik aktiv xolat tushuniladi. Bu vaqtda organizm tashqaridan va ichkaridan berilishi mumkin bo’lgan tasirlarga qarshi tayyorgarlik ko’rib turadi. Shuning uchun ham fiziologik holatni misbatli fiziologik tinchlik deb atash maksadga muvofiq.
Qo’uzgalish – tirik to’qima, xujayra yoki ular to’planishning u yoki bu tasirga nisbatan tinchlik holatidan qo’zgalish holatiga o’tishdir. Qo’zgalish maxalliy yoki tarqaluvchan bo’ladi. Maxalliy qo’zgalish faqatgina tasirlangan joy atrofi bilan chegaralansa, tarqaluvchan qo’zgalish butun bir nerv , muskul yoki organ bo’ylab tarqaladi.
Tormozlanish ham aktiv protsess bo’lib, organizm spetsifik funktsional holatining kuchsizlanishi yoki tamoman to’xtatish tufayli yuzaga keladi.
Sinapslarning tuzilishi va ishlashi. Xozirgi vaqtda ma’lum bo’lishicha, sinaps – nerv tolasi sinaptik kin va impuls qabul qiladigan membrana pardasi mavjud tugunchalardan iborat, nerv tugunchalari ichichda mayda pufakchalar bilan aralash mediator suyuqlik mavjud bo’ladi. Qo’zgaluvchi sinapslardagi mediatorlar atsetilxolin va noradrenalin ko’rinishida bo’ladi. Shu munosabat bilan xolinergik va odrenergik sinapslar bir-biridan farq qiladi.
Markaziy nerv sistemasi.
Sut emizuvchilarda va odamlar MNS bir tomondan, barcha to’qima va xujayralarni bog’lab, ular integratsiyasini taminlasa, ikkinchsi tomondan organizmni tashqi muhit bilan bog’lab turadi.
Nerv sistemasining asosiy ishlash mexanizmi refleksdir.
Refleks retseptorlarda yuzaga keladigan qo’zgalishga nisbatan nerv markazidagi javob reaktsiyasidir. I.P. Pavlov «refleks» terminini quyidagicha tushuntiradi: «Refleks – retseptorlar yordamida qabul qilingan va organizmning ma’lum bir faoliyati bilan bog’lik bo’lgan tashqi agentlarlarning nerv bog’lanishidir».
Xar qanday refleksning yuzaga kelishi uchun reflektor yoy kerak. Reflektor yoy quyidagi elementlardan tashqil topgan.
Retseptor (lotincha receptor – qabul qiluvchi )’
Afferent yoki sezuvchi nerv tolasi, qaysikim ta’sirni markazga olib boradi.
Nerv markazi, oralik nerv xujayralari,, sinapslar, qaysikim ta’sirni afferent nervdan efferent nervga o’tkazib beradi.
Efferrment yoki harakatlantiruvchi nerv tolasi.
Effektor – ishchi organ. Oddiy reflektor yoyi ikkita neyrondan iborat bo’ladi. Ko’pchilik reflektor yoylar esa bir necha neyronlardan iborat bo’ladi.
Organizmdagi barcha funktsiyalar regulyatsiyasidan ikki xil refleklar bir – biridan farq qilinadi, ya’ni shartli va shartsiz. Shartsiz refleks tug’ma bo’ladi, nasldan – naslga beriladi. Uni organizmning xar qanday ta’siriga nisbatan javob reaktsiyasi deb qarasa bo’ladi.
Nerv markazi. Muayyan refleksni yuzaga chiqarish yoki muayyan funktsiyani bajarish uchun zarur bo’lgan neyronlar yig’indisiga nerv markazlari deb ataladi. Nerv markazlarining o’ziga xos anatomik va fiziologik xususiyatlari, moxiyati bo’ladi, MNS-sining ma’lum qismidagi nerv xujayralari to’lanishshi bo’lib, biror belgilangan organ ishini idora qiladi. Bunga misol qilib nafas olish markazi, qaysiki markaz nafasning uzunchok miya qismida joylashgan nerv xujayralari to’plamini olish mumkin.
Nerv markazining fiziologik xususiyati birmuncha kengrok bo’lib, u MNS ning turli qismlarini o’z ichiga oladi. Masalan ovkatlanish refleksini olib qaraganda, uning yuz berilishi uchun turli tuman markazlar, bezlar va boshqa organlar ishga tushishi kerak
N.M. – larning xususiyatlari, qo’zgalish va tolrmozlanishning yuzaga kelishi va kechishida nerv markazida o’ziga xos holatlar, xususiyatlar vujudga keladi. Dastavval shu narsani qayd kilish kerakki, nerv markazlari orkali qo’zg’alishning o’tish vaqti nerv tolasiga qaraganda davomiyliroqdir. Chunki bunday yul bilan javob olishda asosiy vaqtni sinapslar oladi. Nerv markazlari orqali tasirning o’tishi reflektor yoyda neyronlar qancha ko’p bulsa shuncha davomli bo’ladi. Nerv markazida turli xil qitiqlagichlarni yigish yoki sulyamyatsiya qilish xususiyati bor. Shuning uchun ham pog’ona osti kuchi bilan bir necha bor impul’slar berilsa, ular markazda to’planib, javob reaktsiyasi paydo bo’ladi.
Nerv markazlarining o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shuki, qitiqlagich o’z tasirini to’xtatgandan sung ham qo’zgalish protsesi sodir bo’lib turadi. Bunday iz qolish holati sistemasining turli qismlarida turlichadir. Masalan: orqa miyada ancha kam, uzunchok miyada ko’prok va miya yarim sharlar po’stlog’ida juda davomlidir. Biror narsaning esda qolishi nerv markazlarning mana shu qoldirish xususiyatiga bog’lik.
MNS faoliyatining koordinatsiya qilinishi .
MNS da asosiy nerv protsesslari bo’lmish qo’zg’alish va tormozlanish ma’lum bir bog’langan tartibda, qonuniyatga bo’ysingan holda olib boriladi. M.N.S. xar qanday oddiy reflekslarni ham ma’lum tartibga solib turadi.
Nerv prtseslarning irradiatsiyasi va qontsetratsiyasi yuqorida aytib o’tagnimizdek asosiy nerv protseslari hisoblangan, qo’zgalish va tormozlanish u yoki bu nerv markazlarida hosil bo’lib, MNS – si bo’ylab keng tarqalish xususiyatiga ega. Biron markazda hosil bo’lgan kuzgalishning nerv sistemasi buylab tarqalishi irradiatsiya deyiladi. Odatda xar bir retseptorda hosil bo’lgan kuzgalish bevosita o’ziga tegishli bo’lgan markazlda chegaralanib qolmasdan balki butun MNS – ga yoyildi. Buning asosiy sababi shundaki, ta’sir bir reflektor yoydan ikkinchisiga, undan uchinchisiga va shu tartibda boshqa reflektor yoylarga tarqaladi. Nerv protsessorlarning irradiatsiyasi qitiqlagich kuchiga hamda nerv markazlarning labilligiga bog’lik.
Qo’zgalish MNS – si bo’ylab irradiatsialangandan keyin yana boshlangan nuqtasiga qaytib keladi, bu holat qo’zgalish kantsetratsiyasi deyiladi.
MNS – sidagi iroziya xodisasi tufayli nerv markazlari bir biri bilan bog’lanib, shartli refleks hosil bo’lishi uchun zamin yaratadi.
MNS – da tormozlanish. Tormozlanish xodisasini I.M. Sechenov 1862 yilda kashf etgan. Baqa bosh miyasi ko’ruv dumboklari soxasidan kesilib, kata yarim sharlari olib tashlanadi. Shundan sung baqaning keyingi oyoqlarini sulfat kislota botirilsa, oyoqlarning tortib olish refleks vaqt esa nerv markazining qo’zgaluvchanligini ko’rsatadi. Shu vaqtga asoslanib; I.M. Sechenov baqa bosh miyasini talamus sohasida orqa miya reflekssining tormozlovchi nerv markazlari bor degan xulosa keladi.
MNS – sida tormozlanish va qo’zgalishning o’zaro aloqasi. MNS-da qo’zgalish va turmozlanish bir nuqtaning o’zida xar - xil nuqtalar orasida almashinib turadi. Bunga misol qilib barmoqlarni yig’uvchi va yozuvchi muskullar ishini olish mumkin. Ular bir – biriga xalaqit bermaydi.
Markaziy nerv sistemasida bir markazning qo’zgalib, ikkinchisining tormozlanishga yoki bir markazning qo’zgalib, keyin tormozlanishiga induktsiya xodisasi deyiladi. Induktsiya musbat va manfiy bir vaqtda bo’luvchi va almashinuvchi bo’lishi mumkin. Tormozlanishdan qo’zgalishga o’tishi musbat, qo’zg’alishdan tormozlanishga o’tishi manfiy induktsiya deyiladi. Bir markaz tormozlanib turganda, uning yonidagi ikkinchi markazning qo’zgalishi bir vaqtda bo’luvchi induktsiya deyiladi.
Markaziy nerv sistemasi turlari qisimlarining funktsional ahamiyati. Orqa miya – bola tug’ilganida uning orqa miyasi funktsional jihatdan to’liq rivojlanishdan farqi shuki, uning o’sishi harkat faolyatining murakkablashishi bilan paralel boradi. 2 yoshli bolalar orqa miyasi marfologik struktura jihatdan katta odamlarnikiga juda yakin bo’ladi. Yoshning oshib borishi bilan orqa miya oldingi shoxlaridagi harakat xujayralarning soni oshadi. Balog’atga etish davriga kelib orqa miya 4-5 marta kattalashadi. Orqa miya simentor tizimiga ega bo’lib, tananing ma’lum qisimlari shuni idora qiladi. Orqa miyani orqa shoxlari faqat sezuvchi tola vazifasini bajaradi, oldingi shoxlari esa harkatga keltiruvchi va vegitativ reflekslarni boshqaruvchi tolalarni chiqaradi. Orqa miya reflekslarini ikki gruppaga bo’lish mumkin, ya’ni oldingi shoxlar- motorneyronlar faoliyati bilan bog’liq bulgan fakat reflekslar, yon shoxlar faoliyati bilan boglik bo’lgan vegetativ reflekslar.
Orqa miyani yana bir xususiyati shundan iboratki, u o’tkazuvchi yo’l bo’lub ham hisoblanadi, ya’ni periferiyadagi impuls markazga u erdagi javob esa ishlovchi organga ham mana shu orqa miya bo’ylab o’tkaziladi.
Uzunchoq miya va Varoliev ko’prigi – miya sonnining davomi bo’lib hisoblanadi. Bosh miyaning bu qismi murakkab reflektor aktlarni amalga oshirib, orqa miyani yuqori qismlari bilan bog’lab turadi. Uzunchoq miya orqali eshitish va vestibulyar retseptorlardan yuqoriga ko’tariluvchi nerv tolalari o’tadi. Uzunchoq miya va Voroliev ko’prigidan 7 juft bosh miya nervlari chiqadi. Ular terini bosh muskullarini va bir qator ichki organ faoliyatini idora qiladi. Uzunchoq miya va Varoliev ko’prigida hayot uchun zarur bo’lgan markazlar juda ko’pligi uchun xali endi tug’ilgan bolalarda bosh miyaning bu qismi ona qornida shakillangan bo’ladi.
O’rta miya miya sonining bu qismi orqali orqa miya va uzunchoq miyadan talamus miyacha va yarimsharlar po’stlog’iga nerv tolalari o’tib turadi. O”rta miya tarkibiga to’rta tanali yadroli, qora substantsiyasi va qizil yadro kiradi.
O’rta miyaning atrofidan retikulyar formatsiya o’rab olgan bo’lib, u miya po’stlog’i va orqa miyani aktivlashtirib turishda muhim ro’l o’ynaydi. To’rt tepalikda dastlabki ko’rish va eshitish markazlari joylashgan ko’z va kipriklarning harakat qilishi ham mana shu tepaliklar faoliyatiga bog’liq. Qora substantsiya chaynash va yutish reflekslarning markazlari hisoblanadi. Qora subtantsiya chaynash va yutish reflekslarining markazlari hisoblanadi. Qizil yadro asosan tana skeletlari tonusini ushlab turishda ishtirok qiladi. Uzinchoq miya va o’rta miya bola 5-6 yoshga kirganda so’ng katta odamlarnikidek shikllanadi.
Orqa miya –va gipotalamus kiradi. Talamus miya po’stlog’iga va miya po’stlog’i oxirgi neyron bilan birlashgandir. Talamus va gipotalamus organizmdagi barcha faoliyatlarni integratsiya qilib boruvchi markazlardir. Miya po’stlog’i bilan talamus orasida kortiko – bosh miyaning bu qismi tarkibiga kirish burtiklaritalamus oraliq aloqa mavjud. Odamlardagi 4 xil emotsional xolatlar bevosita talamusning ishtirokida bo’ladi. Bundan tashqari talamus og’rikni sezuvchi markazlar joylashgan gipotalamus ichki sekretsiya bezlaridan gipofiz bilan nerv va qon tomirlari orqali yaqindan bog’langan.
Bundan tashqari hayot uchun zarur markazlar – tana temperraturasini bir – xil saqlovchi, modda almashinuvini boshqaribboruvchi va boshqalar oraliq miya harakat reflekslarining yuzaga keltirishda muhim ro’l o’ynaydi.
Po’stloq osti yadrolari – Bu yadrolar bevosita po’stloq ostida joylashgan bo’lib, kul rang moddalar to’plamidan iborat. Bularga ola – bula tana, oq yadro kirib, ular impulslarni ko’rish burtiklari orqali oladi. Po’stloq osti yadrolar, po’stloq oraliq miya, talamus va gipotalamus bilan birgalikda ish olib boradi. Bu yadrolarning muhim ahamiyati shundan iboratki, ular miya po’stlog’idagi ko’pgina markazlarni o’aro bog’lab shartli reflekslarni hosil qilishda qatnashar, jismoniy ish qilishda tana vaziyatini ma’lum belgilangan holatda saqlashda ham po’stlok osti yadrolari ishtirok qiladi. Oq yadro asosan mator funktsiyasini bajaradi. ola- bula tana harakat faoliyatiga ma’lum darajada tormizlovchi effekt ko’rsatadi. Agar odamda bu tana kasallansa, barcha muskullar tartibsiz rivishda qiskara boshlaydi.
Miyaga – Bosh miyaning bu qismi 2 ta yarim sharlardan borat, impul’larni teri muskullaripaylardan orqa miya – miyacha ko’prigi va uzunchoq miya yadrolari orqali oladi. Miyachaga uzunchoq miyadan yana vestibulyar impulslar, urta esa ko’rish va eshitish impulslari kelib turadi.
Miyachaning asosiy vazifasi organizmda turli- tuman murakkab harkatlarni boshqarib, ularni kordinatsiya qilib borishdir. Miyaga bundan tashqari oshqozon ichak faoliyati ishiga, qon va qon aylanishiga ham aktiv tasir etadi. Endi tug’ilgan bolalarda miyacha uncha rivojlangan bulmaydi. U uzunchoq miyadan yana vestibulyar impulslar, urta miyadan esa ko’rish va eshitish impulslari kelib turadi.
Miyachaning asosiy vazifasi organizmda turli tuman murakkab harakatlarni boshqarib, ularni koordinatsiya qilib borishdir. Miyasha bundan tashqari oshqozon ichak faoliyati ishiga, qon va aylanishiga ham aktiv tasir etadi .ndi tugilgan bolalarda miyacha uncha rivojlangan bulmaydi. U uzunchoq formada bo’lib, ancha baland joylashgan. Bola tug’ilganida keyin tezlik bilan o’sadi, 1 – 2 yosh orasida miyacha ancha rivojlanib katta odamlarnikiga o’xshab qoladi.
Bosh miya yarim sharlari – Bola tug’ilganidan uning bosh miyasi ancha rivojlangan bo’lib, umumiy tana og’irligini 1/8 qismi tashqil qiladi. O’gil bolalarda endi tug’ilgan paytida bosh miya qizlarnikidan bir oz katta bo’ladi. Tug’ilgan bola bosh miyasidan egatlar, o’simtalar katta odamlarnikidek bo’lsada, ularning chuqurlari, uzunligi, balandligi ancha past bo’ladi. 9 oylik bolalarda bosh miya masasi endi tug’ilganidagiga qaraganda ikki baravar ziyod bo’ladi. Bir yashar bolaning bosh miyasi umumiy tana ogirligining 7/11,7/12 qismini tashqil qiladi. Uch yoshli bolalarda bosh miyaning ogirligi endi tugilgandigiga uch marta oshib, umumiy tana ogirligining 7/13,7/14 kismini tashqil qiladi. Bola organizmning o’sish va rivojlanish jarayonida bosh miya bir qator marfologik va funktsional o’zgarishlarga uchraydi: undagi ekalarning holati nerv xujayralarning joylashishi po’stloq qismining turli bo’limlarning bir-biriga nisbati va hakazo. Bunday o’zgarishlar 5-6 yoshlar orasida eng ko’p bo’ladi va 15-16 yoshlarga kelib tugallanadi. Katta odamlar bosh miya sharining po’stloq qismi 2-3 mm qalinlikda o’rtacha 14 milliard nerv xujayralari to’plamida iborat. Odamlarda yarim sharlar po’stlogi turli xil shakildagi 6 qavat xujayralardan iborat. Po’stloqdagi neyronlar asosan ikki xil bo’ladi, ya’ni piramidasimon va yulduzsimon nerv xujayralari.
Yulduzsimon neyronlar po’stloqdagi asosiy neyronlar hisoblanib, uning asosiy vazifasi tasirni qabul qilish va uni kushni nuqtalarga, markazga o’tkazishdir. Piramidasimon xujayralar katta va kichik bo’lib ular efferent markazlar hisoblanadi.
Vegetativ nerv sistemasi
Orqa miya va bosh miyaning turli qisimlaridan ikki xil markazdan kochma nerv tolalari chiqadi. Shundan birinchisi orqa miyaning oldingi shoxlarida joylashgan harakat neyronlaridan chiqib uzilmasdan ko’ndalang targil muskullargacha boradi. Ikkinchisi esa orqa miyaning yon shoxlaridan chiqadi va effektorlarga borguncha maxsus nerv (xujayralarida) gangliyalari uzilib tugun hosil qiladi. Mana shu ikkinchi gruppaga kiruvchi nerv sistemasini vegitativ nerv sistemasi deyiladi.
VNS – si ikki qisimdan simpatik va perasimpatik nerv sistemalaridan iborat.
Smpatik nerv sistemasi orqa miyaning 1-2 ko’krak sigmentidan bog’lanib, 3-4 bel sigmentigacha davom etadi.
Parasigmatik nerv sistemasi miyaning 2-3 dumg’aza sigmaentlaridan va o’rta hamda uzinchoq miya markazlaridan chiqadi. Sigmatig nerv tolalarining ko’zgaluvchilari mediator moddalar adrenalin va noradrenolin garmonlari bo’lsa, parsimatik tolalarning ko’zgaluvchisi atsetilxolindir. V.N. S. si asosan ikki xil funktsiya bajaradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |