Vegetativ nerv sistemasining tuzilishi. Vegetativ nerv siste¬masining markazlari orqa miyaning birinchi
ko'krak segmentidan to uchinchi bel segmentigacha va 2-4- dumg'aza segmentlarida hamda bosh miyaning
pastki qismJarida (uzunchoq va o'rta miyada)
joylashgan. Bu markazlarning funksiyasi esa o'z navbatida oraliq miyadagi gipotalamus, po'stloq ostidagi targ'il
tanahamdabosh miyaning po'stloq qismidagi oliy nerv markazlari orqali boshqariladi. Vegetativ nerv tolalari
bosh va orqa miyadan chiqib, umurtqa pog'onasi va ichki a'zolar atrofida joylashgan nerv tugunlariga boradi.
Vegetativ nerv siqtemasi ikki qismga: simpatik va parasimpa¬tik nerv sistemasiga bo'linadi (11- rasm). Ular
tuzilishi va fiziologik xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |