9-rasm. Bosh miya po`stlog`ining mikroskopik tuzilishi:
I-eng ustki qavat, nerv hujayralarining kalta o`simtalaridan
tashkil topgan; II- donodor hujayralar; III-piramidasimon
hujayralar; IV - yulduzsimon hujayralar; V - piramidasimon yirik
hujaylar; VI-duksimon hujayrakar.
10-
rasm. Bosh miya yarim sharlari
po'stlog'ida oliy Derv
markazlariniDg joylashuvi:
1- hid bilish; 2- yozuv (o'ng qo'l); 3-
siypalash (o'ng qo'I); 4-eshitish; 5-
gapirish; 6-hisoblash; 7- o'qish; 8-
ko'rish; 9- siypalash (chap qo'l); 10-
ohang, intonatsiya; 11- oriyentirlash
(o'zi turganjoyni aniqlash); 12-
geometrik shakllami aniqlash
markazi.
bir-biri bilan bog'laydi. Bu zonalar sezgi va harakatlanish a'zolaridan
kelgan ta'sirni analiz va sintez qiIadi.
Bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismi odam oliy nerv faoliyatining
flziologik asosi hisoblanadi. Odamning flkrlashi, ongi, o'zlashtirishi, eslab
qolishi, boshqalar bilan muomala qilishi, madaniyati, bilim olishi, hunar
o'rganishi, murakkab harakatlarni bajarishi miya po'stlog'ining faoliyatidir.
Miya po'stlog'ining turli qismlarida har xil funksiyalarni boshqaruvchi nerv
markazlari joylashgan. Chunonchi, po'stloqning ensa qismida ko'rish,
chakka qismida eshitish, peshana qismining ostki ichkari sohasida hid
bilish, tepa qismidagi oldingi markaziy pushtasida harakat, orqa markaziy
pushtasida tana terisining sezgi markazlari joylashgan (10- rasm). Miya
po'stlog'i markazlaridaginerv hujayralari bosh miyaning pastki qismi va
orqa miyadagi nerv markazlari bilan maxsus nerv yo'llari orqali
bog'langan. Bu nerv markazlari esa o'z navbatida ishchi a'zolar (ko'z,
quloq, muskullar va hokazo) bilan nerv tolalari orqali bog'langan. Shuni
ta'kidlash kerakki, har bir a'zo nerv markazining miya po'stlog'ida
egallagan o'rni uning ish faoliyati muhimJigiga qarab har xil bo'ladi.
Masalan, odamning kundalik hayotida uning qo'l panjalari juda ko'p
vazifani bajaradi. Shuning uchun ularning harakatini boshqaruvchi nerv
markazi miya po'stlog'ida, hatto ko'krak, qorin, yelka qismlarining
markaziga nisbatan ham kattaroq joyni egallaydi.
Yarim sharlar po'stlog'idagi nerv hujayralarini orqa miya bilan tutashtiruvchi nerv yo'llari bosh miyaning quyi
qismida kesishadi. Buning natijasida chap yarim shardagi nerv markazlari odam tanasining o'ng tomonidagi
to'qima va a'zolar, o'ng yarim shardagi nerv markazlari esa tananing chap tomonidagi to'qima va a'zolar ishini
boshqaradi.
Bosh miya yarim sharlarining ichki (po'stloq osti) qismi oq moddadan iborat bo'lib, u miya po'stlog'idagi nerv
hujayralarining o'simtalaridan tashkil topgan. Ular miya po'stlog'ining turli qismlaridagi hujayralarni, ya'ni nerv
markazlarini bir-biri bilan va bosh miyaning quyi qismidagi (miya stvolidagi) markazlar bilan bog'laydi.
Ma'lumki, gapirish qobiliyati barcha tirik mavjudotlar ichida odamda rivojlangan. Shuning uchun ham gapirish
markazining joylashishi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy gapirish markazi chap yarim shar po'stlog'ining
chakka qismida joylashgan. Bu joydagi miya to'qimasi zararlansa, odam gapirish qobiliyatini yo'qotadi. O'ng
yarim shar po'stlog'ining chakka qismida gapga ohang, intonatsiya berish markazi joylashgan. Bu markaz
zararlansa, chap yarim shardagi gapirish markazi orqali odamning gapirish qobiliyati saqlanaveradi, lekin
gapining ohangi, intonatsiyasi bo'lmaydi, ya'ni gap qo'pol bo'ladi. Bunday odam oldin eshitgan musiqalarni
unutib qo'yadi, ya'ni musiqa ohangi farqini bir¬biridan ajrata olmaydi.
Shunday qilib, bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismida joylashgan oliy nerv markazlari odam tanasining
barcha to'qima va a'zolari ishini boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |