Neoliberalizm va ijlimoiy bozor xo’jaligi Neoliberalizm kontseptsiyasi


V.Oyken “iqtisodiy tizim” tiplari to’g’risida



Download 374,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana10.03.2022
Hajmi374,35 Kb.
#487897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-maruza matni.

V.Oyken “iqtisodiy tizim” tiplari to’g’risida 
Valter Oyken (1891-1950) o’zining “Milliy iqtisodiyot asoslari” (1947) kitobida 
xo’jalikni tashkil etish shakllarining asosiy tiplarini (turlarini) ko’rsatib beradi. 
Mazkur kitobning “Iqtisodiy tizimlar” bobida “xo’jalikning ideal tiplari” 
to’g’risidagi g’oya ilgari suriladi. Uning mohiyati V.Oykenning quyidagi 
mulohazalarida ochib beriladi: har qanday mamlakatning iqtisodiyoti juda ko’p bir 
xil elementlar-dan tashkil topgan, ya’ni pul, baho, foyda, kapital, foiz, mehnat, ish 
haqi va shu kabilar. Nega bo’lmasa turli mamlakatlarning iqtisodiyoti turlicha? 
V.Oyken bo’yi-cha, buning sababi bosh elementlarda yashiringan. Bunday 


elementlar, bir tomondan - bu erkin bozor xo’jaligi, ikkinchi tomondan - markaziy 
boshqaruv xo’jaligi hisoblanadi. Bu bosh elementlar ideal yoki sof xo’jalik tiplari 
hisoblanadi va boshqaruv uslublari bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Birinchi 
xo’jalik tipida buyruq berishga, o’z hukmini o’tkazishga hech kimning haqi yo’q. 
Ikkinchisida - barcha qarorlar yuqoridan qabul qilinadi.
V.Oykenning keyinchalik qayd qilishicha, real voqelikda bunday ideal xo’jalik 
tiplari amal qilmaydi. Shuning uchun “xo’jalikning ideal tipi” tushunchasi bilan 
birga, u iqtisodiy hayotda doimo amal qiladigan “xo’jalikning real tipi” 
tushunchasini kiritadi. Lekin har xil iqtisodiy tizim xo’jalikning ideal tipiga intiladi. 
Bu erda xo’jalik tiplari nima bilan aniqlanadi degan savol tug’iladi? Buning sababi, 
V.Oykenning fikricha, mamlakatning milliy-mintaqaviy xususiyatlariga, ya’ni 
an’ana, urf-odat, ahloq, din, madaniyat darajasi, odamlar ongining shakllanishi va 
shu kabilardan kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, xo’jalik tiplari xalqning o’z 
tanloviga bog’liq. V.Oykenning fikriga ko’ra, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal er 
egaligi, totalitar davlatlar, shu jumladan, sotsialistik iqtisodiyot markazdan 
boshqariladigan xo’jalikka intiladi. Xalq qancha madaniylashgan bo’lsa, u shuncha 
markazlashmagan iqtisodiyotni tanlaydi. Bunday vaziyatda davlat o’zini qanday 
tutishi kerak? Neoklassiklar nuqtai nazariga ko’ra, bozorni tanlash - tabiiy jarayon, 
chunki ular iqtisodiyotning faqat bir tipini - erkin bozor xo’jaligini tan oladi. 
V.Oyken bo’yicha esa, insoniyat uchun iqtisodiyotning ikki tipi tabiiy; markaziy- 
boshqaruv xo’jaligi o’zining amal qilishida hatto ancha uzoq tarixiga ega. Shuning 
uchun, xalqning xo’jalik tipini tanlashida davlat uning istagiga quloq solishi, 
ijtimoiy institutlarni tashkil etishda yordam berishi kerak. Masalan, agar bozor 
bo’lmasa, bozorni tashkil etish. Keyin davlat bir chetga chiqib turishi va bozor 
ishtirokchilarining o’yin qoidalarini kuzatib borishi kerak. Bu erda neoliberallar 
futbol komandasini misol tariqasida ko’rsatadi. Ularning nuqtai nazariga ko’ra, 
davlat - bu futbol hakami, neoklassiklar esa davlatni hakamsiz ko’cha futbol 
komandasiga o’xshatadi. Neoliberallar fikriga ko’ra, ular iqtisodiy tizimni tanlash 
to’g’risidagi ta’limotni shakllantirdi. Agar neoklassiklar sotsialistik tizimni ko’zi 
bog’langan, ertami-kechmi o’raga qo’lab tushadigan tizim sifatida tarixning qisqa 
muddatli xatosi deb hisoblangan bo’lsalar, neoliberallar esa, markaziy-boshqaruv 
xo’jaligini iqtisodiyotning tabiiy varianti deb hisoblaydi. U (iqtisodiyot) istibdod 
tartibotidan kelib chiqqanku (Rossiyada - podshoh, Sharq xalqlarida - xon v b.). 
Shuning uchun neoliberallar fikriga ko’ra, markaziy-boshqaruv xo’jaligi tarixning 
xatosi hisoblanmaydi, balki uzoq tarixga ega, o’zida erkin tadbirkorlik unsurlarini, 
albatta, mujassamlashtiruvchi qonuniyatli jarayon hisoblanadi. 

Download 374,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish