Neobixeviorizm haqida tushuncha Uning turlari kirish



Download 48,13 Kb.
bet1/4
Sana25.05.2023
Hajmi48,13 Kb.
#943711
  1   2   3   4
Bog'liq
Neobixeviorizm haqida tushuncha Uning turlari kirish



Mavzu; Neobixeviorizm haqida
REJA:

  1. Neobixeviorizm haqida tushuncha

  2. Uning turlari





KIRISH
Biz yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechog‘li faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz va biz bolalarimizning barkamol ruhiy dunyosi ularning ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lishi uchun doimo qayg‘urishimiz, kurashmog‘imiz zarur. Inson tarbiyasi insonning o‘zi kabi qadimiy va keng qamrovlidir. Shu sababli, insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat va madaniyatni yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari aniqlash maqsadi izlanishlar olib borilgan. Maktabgacha ta’lim sohasi ta’lim tizimning ilk bo‘g‘ini hisoblanadi va butun ta’lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo‘lgan - barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha tarbiya muassasalari ham bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr bo‘lib, xuddi mana shu davrda bolaning jismoniy, ruhiy, axloqiy, mehnat, estetik rivojlanishiga poydevor bo‘ladi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash borasidagi mavjud muammolarni hal etish, ta’lim va tarbiya samaradorligini zamon talablari asosida ta’minlash, uni dunyo talablari darajasiga olib chiqishga erishish bugungi kunning dolzarb muammolaridir. Ana shu vazifalarni amaliyotda o‘z ifodasini toptirishda umumiy psixologiya fani muhim rol o‘ynaydi. Maktabgacha ta’lim sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash jarayonida umumiy psixologiya fani kasbiy bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni shakllantirish borasida ustuvor o‘rin egallaydi. Psixologik bilimlarni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida tatbiq etish ko‘lami kengayib borishi uning mas’uliyati va nufuzi ortayotganligidan dalolat beradi. Ushbu o`quv qo`llanmada umumiy psixologiyaga kirish, shaxs va uning individual-tipologik xususiyatlari, bilish jarayonlari yuzasidan nazariy va amaliy ma’lumotlar keltirilgan.

Psixologiya fani haqida tushunchalar «Psixologiya» (yunoncha) so‘z bo‘lib, «jon», «ruh» haqidagi «fan, ta’limot» degan ma’no anglatadi. Biroq hozirgi davrda «jon» tushunchasi o‘rniga «psixika»ni qo‘llashda davom etmoqda. Psixologiyada «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir xil ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» tushunchasi bugungi kunda «jon»dan kengroq ko‘lamga ega bo‘lib, ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham ko‘zga ko‘rinmovchi tomonlarini o‘zida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq, muomala yaqqol namoyon bo‘lish xususiyatiga ega bo‘lsa, bilish jarayonlari, psixik holatlar, ichki kechinmalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada mujassamlashgani uchun ular ko‘zga ko‘rinmaydi. Psixologiya fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti ular o‘rtasida bir talay tafovutlarni keltirib chiqardi. Psixika to‘g‘risida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish uchun dastavval psixik hodisalar mohiyati bilan tanishamiz. Odatda, psixik hodisalar deganda ichki, subyektiv tajriba faktlarning (voqelikning) namoyon bo‘lishi tushuniladi, boshqacha so‘z bilan aytganda, psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi har biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir. Ichki, subyektiv tajribaning o‘zi nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki zerikish tuyg‘ulari, uning nimalarnidir esga tushirishi, biron-bir xohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki dunyosini tarkibiy qismlaridir, ya’ni bularning hammasi subyektiv psixik hodisalar sanaladi. Subyektiv hodisalarning asosiy xususiyati - ularning bevosita subyektga taalluqliligidir. Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, xohish bildirsa, albatta ana shu hodisalarni bir davrning o‘zida tushunib turadi. Inson intilsa, ikkilansa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir bo‘layotganligini anglab 5 turamiz ham. Shuning uchun psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir bo‘lishidan tashqari, ular bevosita ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘lib turadi. Obrazli qilib aytganda, odamning ichki dunyosida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi, odatda, shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning tomoshabini hisoblanadi. Psixikaning turli shakllarda ko‘rinishi, jumladan, psixik jarayonlar, anglashilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik (yunoncha psyche — «jon», somoto - «tana» ma’nosini anglatadi) hodisalar, inson aql-zakovati va qo‘lining mo’jizakorligi moddiy va ma’naviy madaniyat mahsulini yaratdi. Har qanday faktlarda (voqelikda), hodisalarda psixika namoyon bo‘ladi, o‘zining xususiyatlarini ajratadi, faqat ular orqaligina psixikani o‘rganish mumkin. Psixologik voqelik-fakt deganda subyektning ichki kechinmalarining tarkibiy qismlari bilan bir qatorda ularning obyektiv shakllari (xulq-atvor, tana harakati, jarayoni, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy hodisalar) orqali psixikaning xususiyatlari, holatlari, qonuniyatlarini o‘rganish tushuniladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, inson ongidan tashqari, unga bog‘liq bo‘lmagan holda hukm suruvchi obyektiv borliq, ya’ni atrofimizdagi narsa va hodisalar, muhit, sharoit va boshqalarning psixikada aks etishi psixologik voqelik deb ataladi.


Download 48,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish