Nematova Diloromning"Milliy g’oya"


Milliy davlatchilikni qurishda, uni taraqqiy ettirishda milliy g‘oyaning o‘rni



Download 202,5 Kb.
bet6/8
Sana17.01.2021
Hajmi202,5 Kb.
#55888
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nematova Dilorom

Milliy davlatchilikni qurishda, uni taraqqiy ettirishda milliy g‘oyaning o‘rni.

Milliy davlatchiligimizning minglab yillik tarixini, shuningdek uning asosida tiklangan o‘zbek davlatchiligini rivojlantirishning hozirgi tamoyillarini chuqur o‘rganish va tahlil qilish, jamiyatni yangilash va mamlakatni modernizatsiya qilishning asosiy maqsadlarini ilmiy-nazariy asolash, ajdodlarimizning jahon ilmiy tafakkurining





  1. N.Xasanov. YOshlarni yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash. Jamiyat va boshqaruv // J. № 2. 2006. 95-bet.

17


rivojlanishiga qo‘shgan bebaho hissasini anglab etish, ular tomonidan yaratilgan huquqiy ta’limotdan zarur bilimlarni olishda milliy g‘oyaning o‘rni kattadir.
Asrlar osha avloddan-avlodga o‘tib kelgan hayot – faoliyat uslublar, shu jumladan “milliy g‘oya” – davlatchilik tizimida allaqachon shakllanib, bugungi kunda yangi ma’no-mazmun va yo‘nalish kasb etayotgan munosabatlaru jarayonlarga batamom boshqacha yondashuvlarni taqazo etmoqda. SHu yo‘l bilan jamiyat hamda dunyo xavfsizligi, barqarorligi va tadrijiyligini ta’minlashga to‘siq bo‘layotgan tahdidlarga tegishli javob topish, milliy taraqqiyotning umrboqiyligiga erishish mumkin.
Milliy g‘oya va davlatchilik, uni asrab-avaylab avlodlarga mukammal tarzda qoldirish yo‘llari bo‘yicha umuman dunyo miqyosida, qolaversa, O‘zbekistonda ham ma’lum ilmiy asos, tasavvurlar mavjud.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston jamiyati oldida turgan eng katta vazifa - barpo etilishi lozim bo‘lgan davlatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy qiyofasini aniqlash edi. Pirovard natijada bunday qiyofaning chizgilari yuzaga keldi. «Bizning bosh strategik maqsadimiz - bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. YUrtimizda yashaydigan barcha insonlar uchun, millati, tili va dinidan qat’i nazar, munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan turmush darajasi va erkinliklarini ta’minlash davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatini ifodalaydi. Bu - xalqimizning asriy an’analariga,
muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda, rivojlangan davlatlarning tajribalaridan ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirmasdan, o‘zimizga xos va o‘zimizga mos rivojlanish yo‘lini izchil davom ettirish demakdir»12.
O‘zbekistonda qurilishi lozim bo‘lgan yangi jamiyat o‘zining g‘oyaviy-mafkuraviy asoslariga suyangandagina pirovard maqsadga erishish mumkin. Qayd etish lozimki, o‘zbek xalqining ming yilliklar davomida yaratgan



  1. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.:O‘zbekiston, 2000. -28-29- betlar.

18


o‘ziga xos g‘oyalari - tinchlik, ozodlik, hurlik, mustaqillik, ezgulik, barqarorlik, ma’naviy barkamollik, shaxsni ulug‘lash, uning manfaatlarini hurmatlash - bularning bari yangi shakllanayotgan jamiyatimizning g‘oyaviy poydevori hisoblanadi.
Ko‘hna qadriyatlarimiz, olimu ulamolarning asarlari jamiyatning g‘oyaviy-mafkuraviy asosini yaratishda juda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. YUrtimiz xalqlarining tarixi, madaniyati o‘z ildizlari bilan asrlar qa’riga borib taqalishi va uzoq ming yillarni o‘z ichiga olishini qadimgi fors yozuvchilarining, xitoy, arman va suriyalik geograf va tarixchilarning yozib qoldirgan ma’lumotlari, Nosiriddin Burhonuddin Rabg‘uziyning «Qisasi Rabg‘uziy», Alisher Navoiyning «Tarixi muluki Ajam», Firdavsiyning «SHohnoma» asarlaridan, zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»dan, shuningdek, Bexistun, Bundaxishn, qadimgi turkiy bitiklar, jumladan O‘rxun-Enisey yodgorliklaridan aniq va ravshan bilib olishimiz mumkin. Milliy g‘oya va mafkuramizning ildizlari o‘ta qadimiy ekanligiga yunonistonlik olimlar - Arrian, Kursiy, Plutarx, Geradot, Straban, shuningdek, Abu Rayxon Beruniy, Narshaxiy va boshqa mutafakkirlarning asarlari ham guvohlik beradi.
Qayd etish lozimki, O‘zbekistonda milliy tiklanish bir tomondan milliy o‘zlikni anglash, boshqa tomondan, jamiyatning g‘oyaviy-mafkuraviy asoslarini yaratish, uchinchi tomondan esa bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish asnosida yuz berdi.
Uzoq tarix davomida ajdodlarimiz hayotiga jiddiy tahdidlar har xil davr va sharoitda ko‘plab sodir bo‘ldi. Ahmoniylar, makedoniyaliklar, xunlar va boshqa turli tuman ko‘chmanchi to‘dalar, keyinchalik arab, mo‘g‘ul bosqinlari nechog‘lik ulkan harbiy tajriba va qudratga, qurol-yaroqqa ega bo‘lishiga qaramasdan, yurtdoshlarimiz bilan bo‘lgan hal qiluvchi janglarning barchasida begumon mag‘lub bo‘lishgan. SHu bois ota-bobolarimizning beqiyos vatanparvarligini, ona erning har bir qarichi uchun jonlarini qurbon qilishga bo‘lgan azmu qarorini, taslim bo‘lib bosh eggan dushmanga nisbatan mardligini dunyo ahli nihoyatda qadrlaydi.

19


To‘maris, SHiroq va Spitamenning mislsiz qahramonligi, Mahmud Torobiy, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Amir Temurlarning benazir fazilatlari ham fikrimizning isboti. SHu o‘rinda savol tug‘iladi: Nima sababdan ajdodlarimiz ko‘plab ma’rifiy xalqlardan ancha ilgari ma’lum bir hududda hamjihat va hamkorlikni ta’minlash uchun davlatchilikni anglab etishdi? tadqiqotchi SHohida Abbosovaning keltirgan ma’lumotlariga ko‘ra Milliy davlatchiligimizning eng bosh tamal toshlaridan biri “erkin mustaqil yashashga bo‘lgan azaliy intilish va orzu, uzoq-yaqin dushmanlardan uni hamjihatlikda himoya qilish va so‘ngra uni avlodlarga bus-butun qoldirish g‘oyasi” hisoblangan. «Milliy g‘oya – barqarorlik kafolati» (Jamiyat va boshqaruv.№3, 2007 y. 47-bet)
SHu munosabat bilan mutaxassislarning «chorvachilikdan dehqonchilikka, hunarmandchilik va nihoyat davlatchilikka o‘tishdek o‘ta murakkab jarayonning asosida “ajdodlar hoki, ruhini tark etmaslik” g‘oyasi yotadi. O‘zbekiston taraqqiyotining eng mas’uliyatli pallalarida milliy g‘oyaning o‘ziga xos ma’naviy-ruhiy kuch ekanligini anglash davlatchilik tariximizda uning naqadar ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi.
Amir Temurning parokanda bo‘lgan xalqni birlashtirish vash u asosda markazlashgan davlat tuzish to‘g‘risidagi fikrlari negizimda mamlakat obodligi, xalq osoyishtaligini ta’minlashga yo‘naltirilgan bunyodkorlik g‘oyalari paydo bo‘ldi.
Milliy davlatchilik bu – muayyan millatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy qadriyatlariga, manfaatlariga asoslangan, jamiyat ijtimoiy-tarixiy natijasida shakllangan davlatning bir shakli13.
Davlatchilik tarixan tarkib topgan hodisa bo‘lib, xalqning ijtimoiy hayotidan, taqdiridan o‘sib chiqadi. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, o‘z davlatchiligidan mahrum bo‘lgan millat rivojida milliy emrilish, parokandalik jarayonlari ustun bo‘la boshlaydi. U o‘zining



  1. Falsafa. Qomusiy lug‘at. T., 2004. 263-bet..

20


milliy davlatini tiklashga erishsagina ijtimoiy va milliy taraqqiyotining istiqboli yo‘llarini tanlay oladi. Millat o‘z qadriyatlarini saqlab qolishni xohlar ekan Milliy davlatchilik uchun kurashadi. CHor Rossiyasining bosqinchilik siyosati natijasida Markaziy Osiyo xalqlari ham milliy davlatidan mahrum bo‘ldilar. Ularning milliy manfaatlariga zid bo‘lgan bosqinchi davlat Markaziy Osiyo xalqlarining milliy taraqqiyotini ta’minlamadi. SSSR davrida esa millatlarni aralashtirib yo‘q qilib yuborish yo‘li tutildi va tutqin xalqlar o‘zlarining milliy qadriyatlaridan uzoqlashdilar, begonalashdilar. Mustaqillikni qo‘lga kiritgach, milliy davlatchiligimizni shakllantirish millatimiz tarixida hal qiluvchi hodisa bo‘ldi. Ming yillar davomida shakllangan, xalqimiz mentalitetiga mos bo‘lgan milliy davlatchilik an’analariga asoslanib, mustaqil milliy davlat poydevori qurildi.
Tarixiy manbalarimizning eng qadimiysi bo‘lgan “Avesto” o‘zbek davlatchilining ilk manbasi sifatida ko‘plab ilmiy dalillar taqdim qilish orqali ajdodlarimizning davlat qurilishi, ijtimoiy hayot haqidagi tasavvur va tafakkurining qay darajada rivojlanganligini ko‘rsatadi. Unda xalqning odil shoh g‘oyasida xalqning orzu-umidlari uning bir necha qahramonlari timsolida aks etgan.
“Avesto”da oilaviy hayot masalasiga katta e’tibor berilgan. Unda oilaning jamiyat va davlatdagi beqiyos o‘rni madh etilgan. “Avesto»da chorvachilik va dehqonchilikka katta ahamiyat berilganligidan bu sohalarga jamiyat va davlatning muhim belgilaridan biri sifatida qaralganligini ko‘rish mumkin.
Tarixiy saboqlardan kelib chiqqan holda bugun biz demokratik jamiyat barpo etar ekanmiz, bu o‘z navbatida mamlakatimizda kechayotgan o‘zgarishlarning moddiy va ma’naviy hayot, kishilar faoliyatining in’ikosi tarzida o‘ziga xos shakllanish bosqichlaridan o‘tadi. Bu jarayonda jamiyat a’zolarining ruhiyati, ijtimoiy turmush tarzi yangilanadi, o‘tmishda mavjud barcha ijtimoiy tizimlardan faarq qiluvchi o‘zgacha bir moddiy va ma’naviy, huquqiy qarashlar tizimi shakllanadi. Demokratik

21


jamiyat shakllanishida ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy jarayonlar muhim rol o‘ynaydi. U ijtimoiy ong shakllari , ayniqsa, mafkura, g‘oya, kishilarning turmush tarzi, tafakkuri sifatida bu jarayonni bosqichma-bosqich amalga oshirishga ko‘mak beradi. Binobarin, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o‘z ta’siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar.
SHu ma’noda, bunday xavf-xatarlarga qarshi asosiy qurol sifatida yurtimizda yashayotgan har bir inson,avvalo, o‘sib kelayotgan YAngi avlodning har tomonlama barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun bo‘lib voyaga etishi uchun keng jamoatyachilik va aholimiz o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatimizni yuksak darajaga ko‘tarishning ahamiyati beqiyosdir”14
O‘zbekistonning umumiy va yagona Vatan ekanligini tushunish, davlat tilini o‘rganish, hurmat qilish hissini uyg‘unligi istiqlolga sodiqlik, mustaqillikni mustahkamlash va milliy davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishga intilish kabilarning mohiyati va mazmanini tashkil etadigan jihatlarini o‘zida akas ettiradi. SHu blan birga , unda kishilarning madaniy-milliy merosni asrab-avaylash, jamiyatning madaniy-iqtisodiy kamolotiga intilish, millatparastlik va millatchilikka qarshi kurash, etnik munosabatlarda umuminsoniylikninng ustuvorligi kabi tuyg‘u va maqsadlar ham o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari milliy manfaatlar, ehtiyojlarning umumiy maqsadga bo‘ysundirilganligi, milliy g‘urur, milliy o‘zlikni anglash jarayonlarining mamlakatning pirovard maqsadlariga xizmat qilishga yo‘naltirilganligi, siyosiy institutlar, partiyalar, jamoat tashkilotlari hamkorligi, diniy qavmlarning o‘zaro hamjihatligiga erishish ham milliy davlatchilikni shakllantirish, demokratik jamiyatni barpo etishda muhim o‘rin tutadi.



  1. I.Karimov. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T., O‘zbekiston, 2000, 3-b.

22


Jamiyatda olib borilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarning asosiy maqsadi bo‘lgan demokratik davlat huquqiy jamiyat, qonunning ustuvorligini ta’minlash uchun xizmat qitladi. SHunga ko‘ra, xalqimiz va mamlakatimizning bugungi va kelgusi taraqqiyotini ta’minlashda mustaqillik yillarida shakllanib, rivojlanayotgan milliy g‘oya muhim o‘rin tutadi.
Milliy g‘oyaning demokratik tamoyillari:


  1. Fikrlar va g‘oyalar xilma-xilligini e’tiroqf etish




  1. tukrli mafkuralar va siyosiy institutlar xilma- xilligiga tayanish;




  1. hech bir mafkuraning davlat mafkuroasi sifatida o‘rnatilmaganligi bilan uzviy bog‘liqdir. Bu o‘z navbatida, ijtimoiy-siyosiy hayotning ko‘p ukladli iqtisodiyotga asoslanishida ham demokratik tamoyillarni aniq namoyon qiladi.

Milliy g‘oya tamoyillari demokratik jamiyat qurish tamoyillari bilan uyg‘unlikda mamlakatnig ichki hayotini boshqarishning asosiy mezonlaridan biri bo‘lish bilan birga, tashqi siyosatda davlatning salohiyatini ko‘rsatadigan, uning jahon hamjamiyati va xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini namoyon qiladigan, ma’naviy qadriyat


mezonlarini, inson huquqlari, fuqarolarning imkoniyatlari umumbashariy muammolarni hal qilish istiqbollari qay tarzda amaliyotga aylanayotganligini bildiradigan omil bo‘lib xizmat qiladi.

23





Download 202,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish