Mustaqil taraqqiyot yo‘lida aniq marralarni ko‘zlab yashashimizda, pirovard maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz
7
uchun ruhiy-ma’naviy kuch-quvvat manbai, ilmiy asos – bu milliy g‘oya, milliy mafkura3.
Ma’naviyat va milliy g‘oya bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uzviy jarayondir. Biz yangicha dunyoqarashga ega bo‘lgan fuqarolar bilangina yangi jamiyat qurishimiz mumkin. YAngicha dunyoqarashni shakllantirishda bugungi kunda Milliy g‘oyaning o‘z o‘rni va roli bor. CHunki milliy g‘oyada yurt tinchligi, vatanparvarlik, komil inson, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, ijtimoiy hamkorlik, xalq farovonligi kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan g‘oyalar ilgari surilgan. Demak, ushbu g‘oya asosida yoshlarning qalbida ezgulik, vatanparvarlik, komillikka intilish, vatanni sevish, tinchlikni qadrlash kabi tuyg‘ularni qaror toptirish imkoniyati kattadir.
Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini o‘zimizga tasavvur qiladigan bo‘lsak, bunday keng ma’noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz.
Milliy g‘oya ma’naviyatimizning ajralmas qismi.Milliy g‘oya millat va davlat taraqqiyoti uchun ma’naviy asos, millat va davlat manfaatlari mushtarakligining o‘ziga xos ifodasidir.
Milliy g‘oya negizida yotgan ma’naviy omillar bir necha tizimdan iborat. Eng birinchi tizim bu – millatning o‘zligini anglash darajasi bilan bog‘liq tuyg‘ular, tushunchalar, baholar, qarashlar, ideallardir.
O‘zligini anglamagan xalqda hech qachon milliy g‘oya shakllanmaydi. Ma’naviyat kishilik jamiyatining oliy maqsad va qadriyatlari bilan belgilanadi. SHaxsning o‘z-o‘zini anglashiga asoslangan ma’naviyat – eng oliy qadriyat mo‘ljallarini o‘z ichiga oladi.
I.Karimov. Ozod va Obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz» T 8. T., O‘zbekiston, 2000.
B.
Inson ma’naviyatini o‘zini shaxs sifatida anglagandan boshlab, umrining oxirigacha shakllantiradi va rivojlantirib boradi. Insonning o‘z ma’naviyatini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoji cheksizdir. U insonning butun ongli faoliyati davomida shakllanadi, rivojlanadi.
Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilishning, milliy va axloqiy qadriyat hamda an’analarning, muqaddas dinimizning o‘rni va ahamiyati katta. Biron bir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib, o‘z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi. O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi»4. Darhaqiqat, o‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanar ekan, tarix esa xalqning milliy-ma’naviy boyligi, faxri va g‘ururidir. CHor Rossiyasi Markaziy Osiyoni istilo qilishida ham ularni cho‘chitgan asosiy narsa, bu turkiy xalqlarning tarixi, o‘tmishi va ma’naviy merosi edi. Bu haqida CHor Rossiyaning generali M.G.CHernyaev podshoga yozgan maxfiy xatida bildirgan fikri buning yorqin dalilidir: «Bu erda har qanday qo‘shinni to‘zg‘itib yuboradigan bir qudratli kuch bor: bu turkistonliklarning kechmish xotirasi. Demakki, turklarning birgina o‘zini engish kifoya emas. Ularning xotiralarini, tarixini ham engmoq kerak»5 deb yozadi. Totalitar tuzum mafkurasini xalqimiz boshiga keltirgan eng katta zarardan biri ham xalqimizni tarixidan, o‘zligidan judo qilish yo‘lidagi siyosati bo‘ldi.
Mustaqillik tufayli bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tish davrida o‘zlikni anglashning o‘ziga xos ko‘rinishlarini anglamasdan ma’naviy yuksalish va taraqqiyot darajasini aniqlab bo‘lmaydi. CHunki yuksak rivojlangan jamiyat o‘zligini anglagan shaxslardan tarkib topadi. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida talqin etilganda, uning mustaqil tafakkurga, e’tiqodga, bunyodkorlik qudratiga,
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida 6-jild, - T.: «O‘zbekiston», 1998. 127-b.
Milliy istiqlol g‘oyasi. Mas’ul muharrir Ergashev I. - T.: Akademiya. 2005. 159-b.
o‘zgalar va butun borliq oldidagi mas’uliyat tuyg‘usiga ega ekanligi
Do'stlaringiz bilan baham: |