Nematodalar, ya’ni Haqiqiy to’garak chuvalchanglar (Nematoda) sinfi


Nematodalarning  qon  aylanish  va  nafas  olish  sistemasi



Download 31,04 Kb.
bet3/6
Sana22.08.2021
Hajmi31,04 Kb.
#153712
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nematodalar

 

Nematodalarning  qon  aylanish  va  nafas  olish  sistemasi  rivojlanmagan.  Ichak 

bo'shlig'idagi  va  ichki  organlardagi  endoparazitlar  parazit  yassi  chuvalchanglar 

 

214 


singari  kislorod  tanqis  bo'lgan  sharoitda  hayot  kechirishga  moslashgan.  Ular  uchun 

asosiy  energiya  manbai  glikogenning  anaerob  parchalanishi  hisoblanadi.  Bu 

jarayonda  organik  kislotalar  (asosan,  yog'  va  valerian  kislotalari)  hosil  bo'ladi.  Ana 

shu  sababdan  nematodalarning  tana  bo'shlig'i  suyuqligi  odam  terisi  shilliq  qavatiga 

tasodifan tushganda achishtiradi. 



 

Nematodalarning  markaziy  nerv  sistemasi  halqumni  o'rab  turadigan  nerv 

halqasi,  undan  tana  bo'ylab  oldinga  (lablarga)  va  orqaga  ketadigan  6  ta  nerv 

tomirlaridan iborat. Ulardan gipodermaning orqa va yon valiklari bo'ylab joylashgan 

ikkitasi  boshqalariga  nisbatan  kuchliroq  rivojlangan  bo'lib,  asosiy  tomirlar  deyiladi. 

Bu tomirlar ko'ndalang nervlar - komissuralar orqali o'zaro bog'langan. 

 

Tuproqda  erkin  yashaydigan  yoki  parazit  yashovchi  nematodalarning  sezgi 



organlari  yaxshi  rivojlanmagan.  Odatda  tuyg'u  organlari  vazifasini  papillalar 

shaklidagi sezgi do'mboqchalari yoki qillar bajaradi. Tuyg'u papillalari og'iz atrofida, 

erkak  nematodalarning  dum  qismida  ham  joylashgan.  Boshining  ikki  yonida 

qadahsimon,  spiralsimon  botiq  yoki  tirqishga  o'xshash  amfidlar  -  kimyoviy  sezgi 

organlari joylashgan. Amfidlar va papillalar erkak nematodalarda yaxshi rivojlangan. 

Ayrim dengiz nematodalarida pigment dog'dan iborat oddiy ko'zcha ham bo'ladi. 



 

Nematodalar  odatda  ayrim  jinsli  bo'lib,  jinsiy  dimorfizm  yaxshi  rivojlangan. 

Jinsiy  sistemasi  tana  bo'shlig'ida  joylashgan  uzun  naychadan  iborat.  Urg'ochisining 

jinsiy  organlari  juft,  erkaginiki  toq  (bitta)  bo'ladi.  Urg'ochisi  jinsiy  sistemasi 

naylarining  ingichka  uchki  qismi  tuxumdon,  undan  keyingi  qismi  tuxum  yo'li 

deyiladi.  Tuxumdonda  hosil  bo'lgan  tuxumlar  tuxum  yo'lida  urug'lanadi  va  xaltaga 

о'xshash kengaygan bachadonga о'tadi. Bachadonlar qo'shilib jinsiy qinni hosil qiladi. 

Jinsiy qin jinsiy teshik bilan tashqariga ochiladi. Erkagi jinsiy sistemasining ingichka 

uchki qismi  urag'don  deyiladi.  Urug'don birmuncha  yo'g'onlashib, urug' yo'lini  hosil 

qiladi.  Urug'  yo'li  kalta  va  keng  nay  -  urug'  pufagiga  ochiladi. Uryg'  pufagida  urug' 

to'planadi.  Urag'  pufagi  bir  muncha  tor  va  muskulli  urug'  to'kuvchi  nayga,  upyg' 

to'kuvchi nay esa orqa ichakning keyingi qismiga ochiladi. Kloaka ichida kutikulyar 



spikulalar  bo'lgan  juft  kuyikish  qopchasi  ham  ochiladi.  Spikulalar  nematodalarning 

urug'lanishida  jinsiy  qinni  kengaytirish  vazifasini  bajaradi.  Ko'pchilik  nematodalar 

 

215 



erkagining  anal  teshigi  atrofida  yupqa  parda  -  bursa  hosil  bo'ladi.  Bursa  erkak 

nematodalarni urg'ochisi ustida ushlab turish vazifasini bajaradi. 

 

Nematodalar  urug'  hujayrasining  xivchinlari  bo'lmaydi,  urug'  hujayrasi  kalta 



soxta  oyoq  hosil  qilish  xususiyatiga  ega.  Tuxum  hujayra  ona  organizmida 

urug'lanadi. Ayrim turlari (rishta) tirik tug'adi. 



 

Nematodalarning ko'pchilik turlari hayot siklida nasl almashinish kuzatilmaydi. 

Yetilgan  tuxum  yoki  lichinka  tashqi  muhitga  chiqadi  va  undan  yana  organizmga 

tushadi. Ayrim nematodalarning tuxumi oraliq xo'jayinda rivojlanadi. Tuxum hujayra 

to'liq,  lekin  biroz  notekis  maydalanadi.  Tuxumdan  chiqqan  lichinka  voyaga  yetgan 

nematodaga  o'xshash  bo'ladi.  Uning  bundan  keyingi  rivojlanishi  o'zgarishsiz,  lekin 

tullash orqali boradi. 

 

Nematodalar  tanasidagi  hujayralar  soni  doimiy  bo'Iishi  bilan  boshqa 



chuvalchanglardan farq qiladi. Masalan, askaridaning jinsiy sistemasi 162, markaziy 

nerv  sistemasi  149  hujayradan  iborat.  Nematodalarda  yangi  hujayralarning  hosil 

bo'lishi  jarayoni  ular  lichinkasi  rivojlanishining  dastlabki  davrlarida  to'xtaydi  va 

shundan  so'ng  hujayralar  soni  umr  bo'yi  doimiy  bo'lib  qoladi.  Bu  xususiyat  faqat 

nematodalar va boshaylangichlilar uchun xos. 

 

Nematodalarning  tana  uzunligi  ham  har  xil.  Ko'pchilik  erkin  yashovchi 



nematodalar odatda mikroskopik kattalikda (0,05mm dan 5mm gacha); ayrim turlari 

2-3  sm  keladi.  Parazit  nematodalar  erkin  yashovchi  turlariga  nisbatan  ancha  yirik,  

20-40  sm,  ba'zan  lm  va  hatto  8m  dan  ham  ortadi(kashalotlar  yo'ldoshi  paraziti  - 

Placentonema gigantissima ning uzunligi 8,4 m gacha boradi).  

 

Hozirgi  vaqtda  nematodalar  sinfiga  18-20  mingga  yaqin  tur  kirishligi 



aniqlangan.  Shulardan  5000  dan  ortiq  turlari  odam  va  hayvonlarda,  2000  turi  esa 

o'simliklarda  parazitlik  qiladi.  Ammo,  bir  qator  mutaxassis  olimlarning  fikricha 

sayoramizda  nematodalar  sinfining  100  mingdan  1  mln.  tagacha  turi  bo’lishi 

mumkin. 

 

Nematodalar  sinfi  o’z  navbatida  2  ta  kenja  sinfga  bo’linadi.  1.  Adenoforalar 



(Adenophorea) kenja sinfi. 2. Setsernentlar (Secernentea) kenja sinfi.  

 

216 




 

Adenoforalar  kenja  sinfi  vakillari,  asosan  dengiz,  chuchuk  suv,  ba`zan 

tuproqda  erkin  hayot  kechiradi.  Ko`pchilik  turlari  faqat  kislorod  yetarli  bo`lgan 

sharoitda  yashaydi.  Kutikulasi  o`tkazuvchan  bo`lganidan  nematodani  zararli 

moddalar tasiridan to`liq himoya qilaolmaydi. 

 

Adenoforalar  kenja  sinfiga  kiruvchi  Trixosefalidalar  (Trichocefalida)  va 



Dioktofimidalar  (Dioctophymida)  turkumlari  vakillari  turli  umurtqali  hayvonlarda: 

baliqlar,  amfibiyalar,  sudralib  yuruvchilar,  qushlar  va  sutemizuvchilarda  parazitlik 

qiladi.  Masalan:  Gigant  svaynik  (Dioctophyme  renale)  itlar  va  boshqa  yirtqich 

hayvonlar,  ba`zan  odam  buyragida  parazitlik  qiladi,  uzunligi  1  m  gacha  boradi. 

Qilbosh  chuvalchanglar  va  trixinellalar  sutemizuvchilarda  parazitlik  qiladi. 

 

Setsernentlar  (Secernentea)  kenja  sinfi  vakillari  asosan,  o`simliklarda, 



hayvonlarda  va  odamlarda  parazitlik  qiladigan  turlarni  o`z  ichiga  oladi.  Tuyg`u 

organlari  papillalardan  iborat  bo`lib,  faqat  bosh  qismida  joylashgan.  Amfidlari 

mayda,  ko`pincha  lablarida  joylashgan.  Bo`yin  bezi  shoxlangan,  ikki  yoki  bir  nayli. 

Dumining  ikki  yonida  fazmidlari  bo`ladi.  Kutikulasining  chala  o`tkazuvchanlik  va 

himoya xususiyatlari yaxshi rivojlangan.  

 

Setsernentlar 



kenja 

sinfiga 

tilenxidalar 

(Tylenchida), 

strongilidalar 

(Strongylida),  oksiuridalar  (Oxyurida),  askarididalar  (Ascaridida),  spiruridalar 

(Spirurida) va boshqa turkumlar kiradi. Ularning ko’pchiligi mahsuldor hayvonlar va 

odamlarda  parazitlik  qilib,  og’ir  kasalliklarni  keltirib  chiqaradi.  Madaniy 

o’simliklarga esa ayniqsa, bo`rtma nematodlari, bug`doy nematodasi, kartoshka poya 

nematodasi,  sholi  nematodasi,  lavlagi  nematodasi  va  boshqa  vakillari  katta  zarar 

yetkazadi.  

 

Quyida odam, hayvon va o'simliklarda parazitlik qiladigan va ularga katta zarar 



keltiradigan nematodalar vakillari to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi.  


Download 31,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish