53-rasm. Urg'ochi askaridaning ko'ndalang kesmasi: 1 - gipodermaning orqa valigi,
2 - muskul hujayralarning plazmatik o'simtalari, 3 - muskul hujayralari, 4 – tuxumdonning
bo'ylama kesmasi, 5 - ichak, 6 - kutikula, 7 - gipodermaning yon valigi, 8 - ayirish sistemasi
nayi, 9 - tuxumdon, 10 - bachadon, I1 - tuxum yo'li bo'yiga kesmasi,
12 - gipodermaning qorin valigi, 13 - tuxumdon.
Nematodalarning og'iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashgan, odatda
uchta (bitta orqa, ikkita yon) maxsus o'simtaiar - lablar bilan o'ralgan. Naysimon
ichagining oldingi qismi og'iz bo'shlig'i (stoma) va halqumga bo'linadi. Ayrim
213
yirtqich va zooparazitlar
-
stomasida kutikula o'simtasidan iborat tishlar bo'ladi.
O'simlik parazitlari stomasi esa sanchib so'ruvchi organ - stiletni hosil qiladi.
Halqum devorida muskul hujayralari va hazm bezlari joylashgan. Bir qancha
nematodalarda halqum muskullarining hujayralari kengayib, bulbus hosil qiladi.
Halqum tirqishi uchburchak shaklda, uning devori xitinlashgan. Halqum
ektodermadan hosil bo'ladi. Halqum yupqa devorli endodermal o'rta ichakka o'tadi.
O'rta ichak bir qavat joylashgan silindrsimon hujayralardan iborat. Keyingi ichak
kalta, murtak ektodermasidan hosil bo'ladi. Ayrim nematodalar ichagi turli darajada
reduksiyaga uchragan. Masalan, filyariyalarning keyingi ichagi berk, anal teshigi
bo'lmaydi.
Nematodalar har xil usulda oziqlanadi. Erkin yashovchilari turli xil mayda
organizmlar bilan oziqlansa, parazit turlari hayvon yoki o'simlik hujayralari shirasi,
ba'zan qonini so'rib oziqlanadi. O'simlik parazitlari ozig'i ichakdan tashqarida hazm
bo'ladi. Stilet orqali o'simlik to'qimalariga hazm bezlari fermentlari chiqariladi.
Nematodalar ana shu fermentlar ta'sirida chala hazm bo'lgan oziqni stileti yordamida
so'rib oladi.
Nematodalarning ayirish sistemasi bo'yin bezlari deb ataladigan bir hujayrali
teri (gipoderma) bezlaridan iborat. Nematodalarda protonefridiylar o'rniga bo'yin
bezlarining rivojlanishi kipriklarni yo'qolib ketishi bilan bog'liq. Bir qancha
nematodalarning bo'yin bezlari yirik; ularaing ayirish yo'li kalta bo'ladi. Ko'pchilik
turlarida bo'yin bezlarining chiqaruv naylari gipodermaning ikki yon valigida
joylashgan. Chiqarish naylari uzun bitta hujayradan iborat. Ot askaridasining
chiqarish nayi uzunligi 40 sm ga yetadi. Naylar orqali moddalar almashinuvining
suyuq mahsulotlari chiqariladi.
Nematodalarda suvda erimaydigan va organizmga tasodifan kirib qolgan
organik moddalarni to'playdigan fagotsitar hujayralar ham bo'ladi. Bunday
"to'plovchi buyraklar" gipodermaning yon valiklari ustida joylashgan. Ot askaridasida
bunday valiklar to'rtta bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |