Nematodalar sinfi,vakillari. Odam askaridasi, Cho`chqa askaridasi yoki ot askaridasining ichki va tashqi tuzilishi


-rasm. Urg'ochi askaridaning ko'ndalang kesmasi



Download 424,94 Kb.
bet3/6
Sana08.07.2022
Hajmi424,94 Kb.
#756402
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nematodalar sinfi ,vakillari

47-rasm. Urg'ochi askaridaning ko'ndalang kesmasi: I - gipodermaning orqa valigi,
2 - muskul hujayralarning plazmatik o'simtalari, 3 - muskul hujayralari, 4 – tuxumdonning
bo'ylama kesmasi, 5 - ichak, 6 - kutikula, 7 - gipodermaning yon valigi, 8 - ayirish sistemasi
nayi, 9 - tuxumdon, 10 - bachadon, I1 - tuxum yo'li bo'yiga kesmasi,
12 - gipodermaning qorin valigi, 13 - tuxumdon.

Nematodalar har xil usulda oziqlanadi. Erkin yashovchilari turli xil mayda organizmlar bilan oziqlansa, parazit turlari hayvon yoki o'simlik hujayralari shirasi, ba'zan qonini so'rib oziqlanadi. O'simlik parazitlari ozig'i ichakdan tashqarida hazm bo'ladi. Stilet orqali o'simlik to'qimalariga hazm bezlari fermentlari chiqariladi. Nematodalar ana shu fermentlar ta'sirida chala hazm bo'lgan oziqni stileti yordamida so'rib oladi.


Nematodalarning ayirish sistemasi bo'yin bezlari deb ataladigan bir hujayrali teri (gipoderma) bezlaridan iborat. Nematodalarda protonefridiylar o'rniga bo'yin bezlarining rivojlanishi kipriklarni yo'qolib ketishi bilan bog'liq. Bir qancha nematodalarning bo'yin bezlari yirik; ularaing ayirish yo'li kalta bo'ladi. Ko'pchilik turlarida bo'yin bezlarining chiqaruv naylari gipodermaning ikki yon valigida joylashgan. Chiqarish naylari uzun bitta hujayradan iborat. Ot askaridasining chiqarish nayi uzunligi 40 sm ga yetadi. Naylar orqali moddalar almashinuvining suyuq mahsulotlari chiqariladi.
Nematodalarda suvda erimaydigan va organizmga tasodifan kirib qolgan organik moddalarni to'playdigan fagotsitar hujayralar ham bo'ladi. Bunday "to'plovchi buyraklar" gipodermaning yon valiklari ustida joylashgan. Ot askaridasida bunday valiklar to'rtta bo'ladi.
Nematodalarning qon aylanish va nafas olish sistemasi rivojlanmagan. Ichak bo'shlig'idagi va ichki organlardagi endoparazitlar parazit yassi chuvalchanglar singari kislorod tanqis bo'lgan sharoitda hayot kechirishga moslashgan. Ular uchun asosiy energiya manbai glikogenning anaerob parchalanishi hisoblanadi. Bu jarayonda organik kislotalar (asosan, yog' va valerian kislotalari) hosil bo'ladi. Ana shu sababdan nematodalarning tana bo'shlig'i suyuqligi odam terisi shilliq qavatiga tasodifan tushganda achishtiradi.
Nematodalarning markaziy nerv sistemasi halqumni o'rab turadigan nerv halqasi, undan tana bo'ylab oldinga (lablarga) va orqaga ketadigan 6 ta nerv tomirlaridan iborat. Ulardan gipodermaning orqa va yon valiklari bo'ylab joylashgan ikkitasi boshqalariga nisbatan kuchliroq rivojlangan bo'lib, asosiy tomirlar deyiladi. Bu tomirlar ko'ndalang nervlar - komissuralar orqali o'zaro bog'langan.
Tuproqda erkin yashaydigan yoki parazit yashovchi nematodalarning sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan. Odatda tuyg'u organlari vazifasini papillalar shaklidagi sezgi do'mboqchalari yoki qillar bajaradi. Tuyg'u papillalari og'iz atrofida, erkak nematodalarning dum qismida ham joylashgan. Boshining ikki yonida qadahsimon, spiralsimon botiq yoki tirqishga o'xshash amfidlar - kimyoviy sezgi organlari joylashgan. Amfidlar va papillalar erkak nematodalarda yaxshi rivojlangan. Ayrim dengiz nematodalarida pigment dog'dan iborat oddiy ko'zcha ham bo'ladi.
Nematodalar odatda ayrim jinsli bo'lib, jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Jinsiy sistemasi tana bo'shlig'ida joylashgan uzun naychadan iborat. Urg'ochisining jinsiy organlari juft, erkaginiki toq (bitta) bo'ladi. Urg'ochisi jinsiy sistemasi naylarining ingichka uchki qismi tuxumdon, undan keyingi qismi tuxum yo'li deyiladi. Tuxumdonda hosil bo'lgan tuxumlar tuxum yo'lida urug'lanadi va xaltaga о'xshash kengaygan bachadonga о'tadi. Bachadonlar qo'shilib jinsiy qinni hosil qiladi. Jinsiy qin jinsiy teshik bilan tashqariga ochiladi. Erkagi jinsiy sistemasining ingichka uchki qismi urag'don deyiladi. Urug'don birmuncha yo'g'onlashib, urug' yo'lini hosil qiladi. Urug' yo'li kalta va keng nay - urug' pufagiga ochiladi. Uryg' pufagida urug' to'planadi. Urag' pufagi bir muncha tor va muskulli urug' to'kuvchi nayga, upyg' to'kuvchi nay esa orqa ichakning keyingi qismiga ochiladi. Kloaka ichida kutikulyar spikulalar bo'lgan juft kuyikish qopchasi ham ochiladi. Spikulalar nematodalarning urug'lanishida jinsiy qinni kengaytirish vazifasini bajaradi. Ko'pchilik nematodalar erkagining anal teshigi atrofida yupqa parda - bursa hosil bo'ladi. Bursa erkak nematodalarni urg'ochisi ustida ushlab turish vazifasini bajaradi.
Nematodalar urug' hujayrasining xivchinlari bo'lmaydi, urug' hujayrasi kalta soxta oyoq hosil qilish xususiyatiga ega. Tuxum hujayra ona organizmida urug'lanadi. Ayrim turlari (rishta) tirik tug'adi.
Nematodalarning ko'pchilik turlari hayot siklida nasl almashinish kuzatilmaydi. Yetilgan tuxum yoki lichinka tashqi muhitga chiqadi va undan yana organizmga tushadi. Ayrim nematodalarning tuxumi oraliq xo'jayinda rivojlanadi. Tuxum hujayra to'liq, lekin biroz notekis maydalanadi. Tuxumdan chiqqan lichinka voyaga yetgan nematodaga o'xshash bo'ladi. Uning bundan keyingi rivojlanishi o'zgarishsiz, lekin tullash orqali boradi.
Nematodalar tanasidagi hujayralar soni doimiy bo'Iishi bilan boshqa chuvalchanglardan farq qiladi. Masalan, askaridaning jinsiy sistemasi 162, markaziy nerv sistemasi 149 hujayradan iborat. Nematodalarda yangi hujayralarning hosil bo'lishi jarayoni ular lichinkasi rivojlanishining dastlabki davrlarida to'xtaydi va shundan so'ng hujayralar soni umr bo'yi doimiy bo'lib qoladi. Bu xususiyat faqat nematodalar va boshaylangichlilar uchun xos.
Nematodalarning tana uzunligi ham har xil. Ko'pchilik erkin yashovchi nematodalar odatda mikroskopik kattalikda (0,05mm dan 5mm gacha); ayrim turlari 2-3 sm keladi. Parazit nematodalar erkin yashovchi turlariga nisbatan ancha yirik, 20-40 sm, ba'zan lm va hatto 8m dan ham ortadi(kashalotlar yo'ldoshi paraziti - Placentonema gigantissima ning uzunligi 8,4 m gacha boradi).
Hozirgi vaqtda nematodalar sinfiga 18-20 mingga yaqin tur kirishligi aniqlangan. Shulardan 5000 dan ortiq turlari odam va hayvonlarda, 2000 turi esa o'simliklarda parazitlik qiladi. Ammo, bir qator mutaxassis olimlarning fikricha sayoramizda nematodalar sinfining 100 mingdan 1 mln. tagacha turi bo’lishi mumkin.
Nematodalar sinfi o’z navbatida 2 ta kenja sinfga bo’linadi. 1. Adenoforalar (Adenophorea) kenja sinfi. 2. Setsernentlar (Secernentea) kenja sinfi.
Adenoforalar kenja sinfi vakillari, asosan dengiz, chuchuk suv, ba`zan tuproqda erkin hayot kechiradi. Ko`pchilik turlari faqat kislorod yetarli bo`lgan sharoitda yashaydi. Kutikulasi o`tkazuvchan bo`lganidan nematodani zararli moddalar tasiridan to`liq himoya qilaolmaydi.
Adenoforalar kenja sinfiga kiruvchi Trixosefalidalar (Trichocefalida) va Dioktofimidalar (Dioctophymida) turkumlari vakillari turli umurtqali hayvonlarda: baliqlar, amfibiyalar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarda parazitlik qiladi. Masalan: Gigant svaynik (Dioctophyme renale) itlar va boshqa yirtqich hayvonlar, ba`zan odam buyragida parazitlik qiladi, uzunligi 1 m gacha boradi. Qilbosh chuvalchanglar va trixinellalar sutemizuvchilarda parazitlik qiladi. Setsernentlar (Secernentea) kenja sinfi vakillari asosan, o`simliklarda, hayvonlarda va odamlarda parazitlik qiladigan turlarni o`z ichiga oladi. Tuyg`u organlari papillalardan iborat bo`lib, faqat bosh qismida joylashgan. Amfidlari mayda, ko`pincha lablarida joylashgan. Bo`yin bezi shoxlangan, ikki yoki bir nayli. Dumining ikki yonida fazmidlari bo`ladi. Kutikulasining chala o`tkazuvchanlik va himoya xususiyatlari yaxshi rivojlangan.
Setsernentlar kenja sinfiga tilenxidalar (Tylenchida), strongilidalar (Strongylida), oksiuridalar (Oxyurida), askarididalar (Ascaridida), spiruridalar (Spirurida) va boshqa turkumlar kiradi. Ularning ko’pchiligi mahsuldor hayvonlar va odamlarda parazitlik qilib, og’ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Madaniy o’simliklarga esa ayniqsa, bo`rtma nematodlari, bug`doy nematodasi, kartoshka poya nematodasi, sholi nematodasi, lavlagi nematodasi va boshqa vakillari katta zarar yetkazadi.
Quyida odam, hayvon va o'simliklarda parazitlik qiladigan va ularga katta zarar keltiradigan nematodalar vakillari to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi.
Odam askaridasi



Download 424,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish