Dardini bilmaysiz siz baģritoshlar,
Shifo bòlolmaydi qayrilma qoshlar,
Sevgan-u lek ammo, sevilmaganlar.
Bir shirin sòziga bòlar intizor,
Òrtada turadi ģurur, nomus, or,
Dil sòzlarin oshkor qilolmas zinhor,
Sevgan-u lek ammo, sevilmaganlar.
Azob berib har tun qiynaydi yurak,
Tilga kòchmas sira dildagi tilak,
Yolģiz guvohlari bu zamin, falak,
Sevgan-u lek ammo, sevilmaganlar.
Ular chindan sevgan, ular chin oshiq,
Yozildi qancha she'r, qanchadur qòshiq,
Mahbusga aylangangan yurakda bu ishq,
Sevgan-u lek ammo, sevilmaganlar.
Ular oddiy inson, ular chin inson,
Nomus hali tirik, uyģoqdur vijdon,
Bu shunday ģalat, teskari zamon,
Do'stlaringiz bilan baham: |