Men o'zimning olamimda yashayman.
Qushlar sayrar har tong, har sahar,
Guldagi shudringlar misoli gavhar,
Yaxshilikka yo'g'rilgan har bitta xabar,
Men o'zimning olamimda yashayman.
Oddiy uylarda yashar oddiy odamlar,
Kezaman har kuni, asta qadamlar,
Bilmaysiz qaytmaydi axir bu damlar,
Men o'zimning olamimda yashayman,
Ota-onam quvonchini istayman.
"Qiz bola..."
Yurakka qadaldi bir muz parchasi,
Bo'lmaymiz biz ota-ona erkasi,
Dunyoga keldik o'zi ne uchun
Qiz bola bo'lmaydi farzand sarasi.
Qalbimni qiynaydi bugun alamlar,
Yosh sira to'xtamas, ko'zimda namlar,
Bir umrlik bo'ldi bugungi g'amlar,
Qiz bola bo'lmaydi farzand sarasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |