Oshiq yurak chekmoqda alam,
Takror aytay szga men bu dam,
Ayting sizni qanday unutay.
Sevgi qilgan ko'zlarimni ko'r,
Hech tugamas peshonamda sho'r,
So'zlarimga yurak bo'ldi jo'r,
Ayting sizni qanday unutay.
Sog'inch qiynar, qiynaydi yomon,
Bugun rangim bo'ldiku somon,
Hijronlardan qolgummi omon,
Ayting szni qanday unutay.
"Yuragimni og'ritmang endi"
Berdingizku shunchalar azob,
Ko'ngil tola bo'ldiku zardob,
Oxir bir kun bo'lmayin betob,
Yuragimni og'ritmang endi.
Vaqtingizni o'tkazmang bekor,
Yolg'on so'zlar bo'ladi oshkor,
Yana sizga aytaman takror,
Yuragimni og'ritmang endi.
Do'stlaringiz bilan baham: |