Ketsam agar foniy dunyodan,
Yig'laysizmi ayting o'sha dam.
Yurgandingiz bilmay qadrimni,
Eshitmaysiz endi dardimni,
Gullar bosar bir kun qabrimni,
Yig'laysizmi ayting o'sha dam.
Kelsa edi deya g'am yutib,
Dunyolarni butkul unutib.
Qo'lingizga suratim tutib,
Yig'laysizmi ayting o'sha dam.
Hayot axir abadiy emas,
Inson vaqtni qadriga yetmas,
Yodga olib, siz eslab birpas,
Yig'laysizmi ayting o'sha dam.
Sof tuyg'ular bo'lmaydi arzon,
Baxtin izlab yashaydi inson,
Umr bahori bo'lganda xazon,
Yig'laysizmi ayting o'sha dam.
Rozi bo'ling bo'lsamda yomon,
Ketmoqdaman chin dunyo tomon,
Do'stlaringiz bilan baham: |