Axir shodon yurishing kerak,
Kutar seni shirin tashvishlar,
Sen baxtingni topishing kerak.
Kulishing sof, sodda beg'ubor,
Bahor bo'lib gullashing kerak,
Aytaman men takror va takror,
Sen baxtingni topishing kerak.
Sen kuchlisan ishon o'zingga,
Baxt qo'rg'oning qurishing kerak,
Ma'no bergin har bir so'zingga,
Sen baxtingni topishing kerak.
Oz qoldiku yorug' kunlarga,
U kunlarga yetishing kerak,
Xayr degin oysiz tunlarga,
Sen baxtingni topishing kerak.
Omad bo'lsin sening tumoring,
Sog'-salomat yurishing kerak,
Sen bo'lmasang tutar humoring,
Sen baxtingni topishing kerak.
"Bizni bahor endi qaytmaydi"
Do'stlaringiz bilan baham: |