Sinovlar ba'zida bag'ring qilar qon,
Azob berar tinmay ta'nangdagi jon,
Lek ammo so'zimda yo'q biror yolg'on,
Sevgi qalbda yashar abadiy ishon.
"Yorim"
(Oshiq qiz nomidan iltimosga ko'ra yozdim)
Yurak qildi yana g'alayon,
Sizga sevgim emasdur yolg'on,
Bir bor yo'qlab kelasiz qachon,
Yorim sizni sog'indim yomon,
Keling dilda qolmasin gumon.
Beravermang ortiqcha ozor,
Topolmaysiz men kabi dildor,
Oshiq yurak yig'ladi zor-zor,
Yorim sizni sog'indim yomon,
Keling dilda qolmasin gumon.
Olislarda yurmang, bo'ldi bas,
So'zlarimni tinglangda birpas,
Sizdan o'zga menga kerakmas,
Yorim sizni sog'indim yomon,
Do'stlaringiz bilan baham: |