Yoningda bòlishga shoshaman har on.
Onajon tavallud ayyoming bugun,
Sen sevgan gullarni keltirdim mana,
Xushbòy iforlari diling yayratsin,
Bir yilda bir marta axir bu sana.
Onajon tavallud ayyoming bugun...
"Hayot.."
Sinovlaring yomon charchatdi hayot,
Uzoq-uzoqlarga ketgim kelyapti.
Sog'indim beg'ubor bolaligimni,
O'sha kunlarimga qaytgim kelyapti.
Bunchalar qiyin bu dunyoda yashash,
Qush bòlib samoga uchgim kelyapti.
Yaxshi-yu yomonga bir xilda bòlish
Yo'q-yo'q hammasidan ketgim kelyapti.
Bilmadim nimadan ezildi yurak,
Hali tòlmagandi 20 yoshga.
Yig'lashni, kulishni unutdi yurak,
Aylanib qoldi u tuyg'usiz toshga.
Do'stlaringiz bilan baham: |