GORIZONTAL OTILGAN JISM HARAKATI. Samolyot 8 km balandlikdan 900 km/h tezlik bilan gorizantal ravishda uchib ketmoqda. Nishonga necha km qolganda bombani tashlash lozim. (10)
Qandaydir balandlikdan gorizantal otilgan jismning boshlang`ich tezligini 2 marta oshirsak, uchish uzoqligi qanday o`zgaradi. (2)
Qandaydir balandlikdan gorizontal otilgan jismning otilish balandligi 4marta kamaytirilib, boshlang`ich tezligi 3 marta orttirilsa, uchish uzoqligi necha foizga o`zgargan. (50)
45 m balandlikdan gorizontal otilgan jism necha sekunddan so`ng yerga tushadi. (3)
Qandaydir balandlikdan 4,9 m/s tezlik bilan jism gorizontal otildi. Agar jismning uchish uzoqligi balandligiga teng bo`lsa balandlikni toping. (490)
Jismni gorizontal ravishda 40 m/s tezlik bilan otishdi. 3 s dan so`ng jism tezligini toping. (50)
Gorizontal ravishda 15 m/s tezlik bilan otildi. Agar jism yerga 25 m/s tezlik bilan tushgan bo`lsa , uchish vaqtini toping. (2)
Balandligi 5 m bo`lgan derazadan 0 tezlik bilan otilgan jism 8 m nariga borib tushdi. 0 ni toping. (8)
Jism gorizontal otilgan . 2 s dan so`ng jismning tezlik vektori gorizont bilan 450tashkil qilib qoladi. g ni 10 m/s2 deb hisoblagan holda boshlang`ich tezlikni toping. (20)
Jism gorizontal ravishda otildi. 2s vaqt o`tgach tezlik va tezlanish orasidagi burchak 600 tashkil qildi. Shu vaqt momentidagi tezlikni toping.(40)
Jismning uchish uzoqligi , otilish balandligining yarmiga teng. Jism yerga qanday burchak ostida tushgan. (Jism tangensini toping.) (4)
5,5 m balandlikdan jism gorizontal otildi. Bunda jism yerga 450 burchak ostida tushdi. Uchish uzoqligini toping. (11)
500 m balandlikda 180 km/h tezlik bilan gorizontal ravishda uchib ketayotgan samalyotdan yuk tashlandi. Qanday balandlikda yukning tezligi gorizont bilan 600 burchak hosil qiladi. (125)
To`p gorizontal ravishda 2 m/s tezlik bilan otildi. Bunda to`p gorizontal sirtga 2 marta urilgach ushlab olindi. Ikki urilish nuqtalari orasidagi masofa 4 m ga teng bo`lsa , to`p qanday balandlikdan otilgan. Urilishlar mutloq elastik. (5)
Gorizont bilan 300 hosil qiladigan qoyadan jismni 15 m/s tezlik bilan otishmoqda. Jism(qoya uzunligi bo`yicha) otilish nuqtasidan qanday masofada tushadi. (30)
Temir sharik 1,5 m/s tezlik bilan zinapoya boshidan uchib ketdi (gorizontal). Agar har bir zinapoyaning kengligi va uzunligi 20 sm bo`lsa , sharcha birinchi urilishda nechanchi zinapoyaga uriladi. (3)
Vertikal joylashgan nishonga 120 m masofadagi miltiqdan ikki marta gorizontal o`q uzildi. O`qlarning tezligi 300 m/s va 400 m/s ga teng. Nishondagi hosil bo`lgan teshiklar orasidagi masofani (sm) toping. (35)
Bir nuqtadan ,bir vaqtning o`zida ikki jism otildi. Birinchisi gorizontal ravishda 6 m/s bilan, ikkinchisi 8 m/s bilan tik yuqoriga. 2 s o`tgach jismlar orasidagi masofani toping.(20)
Ikkita tosh gorizontal tekislikda bir-biridan 30 m masofada joylashgan. Bir jismni 9 m/s bilan tik yuqoriga, shu vaqt momentida, ikkinchisi birinchi jism tomonga qaratilib 12 m/s bilan gorizontal otildi. Jismlar orasidagi eng qisqa masofani toping?(18)