Нефти и газа им. И. М. Губкина



Download 186,61 Kb.
bet15/38
Sana01.01.2022
Hajmi186,61 Kb.
#298551
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Bog'liq
ГУБКИНА Neft-gaz tarjima

Doimiy quvvat. FIK

425. IL-62 rusumli samaliyotga 4 ta dvigatel o’rnatilgan. Ularning har birining tortish kuchi 100 kN. Agar samaliyotning tezligi 240 m/s bo’lsa dvigatelning umumiy quvvatini toping. (96000 kVt)

426. 2000 kg massali avtomobil gorizontal yo’lda 72 km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. Harakatga qarshilik kuchi avtomobil ag’irligini 1/20 qismini tashkil qiladi. Avtomobilning foydali quvvatini toping. (20)

427. Eshkakli qayiq 0,6 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Agar eshkakning quvvati 18 Vt ga teng bo’lsa suvning qarshilik kuchini toping. (30)

428. Qanday foydali quvvat gusenitsali traktorni qiyaligi har 10 m ga 1 m ko’tariladigan yo’lda 9 km/h tezlik bilan ko’tarilishiga imkon beradi? Traktorning massasi 6 t (15 kVt)

429. Elektravoz 36 km/h tezlik bilan harakatlanishi uchun 60 kVt quvvat sarflaydi. Elektravozning FIK i 80 % bo’lsa uning tortish kuchini toping. (4800)

430. Neft quvvati 10 kVt bo’lgan nasos yordamida 500 m chuqurlikdan tortib chiqariladi. Agar nasos ishlaganda minutiga 96 kg neft chiqarilsa, nasosning FIK i qanday? (80 %)

431. Suv nasosi 300kg suvni minutiga 80 m balandlikka tekis ko’taradi. Uning FIK i 80 % bo’lsa nasos matorining quvvati qanday? (5 kVt)

432. Ko’tarish krani quvvati 10 kVt bo’lgan dvigatel yordamida harakatga keladi. Dvigatel FIK i 80 % bo’lsa, kran 2 t yukni 50 m balandlikka ko’tarishi uchun necha sekund kerak? (125)

433. Foydali quvvati 100kVt bo’lgan elektravoz yuk bilan 60 km/h tezlikda tekis harakatlanmoqda. Quvvati 120kVt ga chiqishi uchun elektrovoz balandligi 1 m va uzunligi 200 m bo’lgan yo’lda qanday tezlik bilan ko’tarilishi kerak? Qarshilik kuchi og’irlik kuchining 0,01 qismiga teng (48 km/h)

434. Shossening qiyaligi har 20 m bir metr ko’tariladi. Avtomobilni dvigatelini o’chirilgan holda qiyalikdan tushishdagi tezligi o’zgarmas 60 km/h ga teng. Avtomobil shu qiyalik bo’ylab o’sha tezlikda ko’tarilishi uchun dvigatel foydali quvvati qanday bo’lishi kerak? Avtomobil massasi 1500 kg. (25 kVt)

435. Teploxod shatakka olingan kema bilan birgalikda 9 km/h tezlikda harakatlanmoqda. Bunda shatakka olingan arqon taranglik kuchi 120 kN dvigatel quvvati esa 400 kVt ni tashkil qilsa shatakka olingan kemani o’zi xuddi shunday quvvatga ega dvigatel yordamida qanday tezlikda harakatlanadi? Suvning qarshilik kuchi harakat tezligiga praporsional. (18 km/h)

436. Tramvay harakat boshlanganidan oxirgi 5 sekunddagi quvvatni toping. Tramvay bu vaqtda 18 km/h tezlikka ega, massasi esa 10 t. Harakatga qarshilik hisobga olinmasin. (50 kVt)

437. Joyidan qo’zg’algan 1 t massali avtomobil tekis tezlanuvchan harakatlanib 50 m yo’lni 5 s da o’tdi. Harakatning oxirgi 5-sekunddagi avtomobil quvvati qanday? Avtomobil harakatiga qarshilik inobatga olinmasin. (80 kVt)

438. Boshlang’ich tezliksiz 6 kg massali erkin tushayotgan jismga ta’sir etayotgan og’irlik kuchining 1 sekunddagi o’rtacha quvvatini toping (300)

439. Massasi 3 kg bo’lgan jism yerdan tik yuqoriga 36 N kuch ta’sirida ko’tarilmoqda. Harakat boshlanganda 2 s o’tib bu kuch qanday quvvatga ega bo’ladi? (144)

440. 42 N kuch qo’yilgan 3 kg massali jism tik yuqoriga ko’tarilmoqda. Jism yerdan 2 m balandlikka ko’tarilganda bu kuchning quvvati qanday bo’ladi? (168)

441. Ko’tarish krani 1 t massali yukni qandaydir balandlikka 1 m/s tezlanish bilan 10 s da ko’taradi. Arqon taranglik kuchining o’rtacha quvvatini toping (55 kVt)

442. 1 t massali samalyotning 30 m/s bo’lsa 300 m uzunlikdagi uchish yo’lkasidagi o’rtacha foydali quvvati qanday? Harakatga qarshilik kuchi 300 N (27 kVt)

443. Ikkita massasi bir xil avtomobil bir vaqtda joyidan qo’zg’alib tekis tezlanuvchan harakatlanmoqda. Agar avtomobillardan biri bir xil vaqtda boshqasiga nisbatan 2 marta katta tezlikka erishsa uning o’rtacha quvvati ikkinchi avtomobil o’rtacha quvvatidan necha marta ko’p? Avtomobillarga qarshilik inobatga olinmasin (4)

Kinetik energiya

444. Jism qandaydir balandlikdan gorizontal 10 m/s tezlik bilan tashlandi. Qancha vaqtdan keyin jism kinetik energiyasi 2 marta ortadi? (1)

445. Qandaydir balandlik tosh gorizontal 20 m/s tezlik bilan otildi. 4 s dan keyin toshning kinetik energiyasi 3000 J bo’lsa toshning massasi qanday? (3)

446. 3 kg massali jism yer sirtidan gorizontga 600 burchak ostida 8 m/s tezlikda otildi traektoriyaning yuqori nuqtasidai kinetic energiyani toping? (24)

447. gorizontga burchak ostida otilgan tosh traektoriyaning yuqori nuqtasidagi kenetik energiyasi boshlang`ich nuqtasidagi kinetik energiyaning 25 % teng bo`lishi uchun qanday burchak ostida otilishi kerak? (60)

448.Avtomobil stansiyadan tekis tezlanuvchan harakatlanib ketdi. Avtomobilni birinchi 10 s dagi harakatida kinetik energiyasining o`zgarishi keyingi 10 s dagidan necha marta kichik? (3)

449. Basketbol to`pining massasi 0.8kg va to`p 10 m/s tezlikda uchmoqda o`yinchi to`pni tutib oldi va 0.1 s da uni to`xtatdi o`yinchi qanday o`rtacha quvvat sarflagan? (quvvatni absalyut qiymatini toping) (400)

450. Erkin tushayotgan 4 kg massali jism qandaydir yo`lda tezligi 2m/s dan 8 m/s gacha oshdi shu yo`lda og`irlik kuchini bajargan ishini toping? (120)

451. 200 g massali tosh gorizontal sirtdan gorizontga burchak ostida otildi va 4s da 40 m masofaga borib tushdi bu otilishdagi ish nimaga teng? (50)

452. 5 g massali o`q 800 m/s tezlik bilan gorizontal uchib doskani teshib o`tdi va tezligi 400m/s ga tushdi. Daskaning o`qga qarshilik kuchi bajargan ishining absalyut qiymatini toping? (1200)

453. Qandaydir tezlik bilan uchayotgan o`q qum solingan xaltaga borib tegdi va 15 sm chuqurlikgacha bordi. Agar xuddi shunday massali tazligi 2 marta katta bo`lgan o`q qopga tekgandan so`ng qancha chuqurlikkacha boradi? Qopni o`q harakatiga qarshilik kuchi o`q tezligiga bog`kiq emas. (60)

454. v0 tezlik bilan uchayotgan o`q bir qancha bir xil doskadan o`tdi doskalar bir biridan uncha katta bo`lmagan masofada turibdi. Agar birinchi doskadan o`tganda o`q tezligi v1=0.9v0 ga teng bo`lsa u nechanchi doskaga teqilib qoladi? Taxtaning harakatga qarshilik kuchi o`q tezligiga bog`liq emas. (6)

455. Oy sirtidan aylanma orbitaga sputnikni chiqarish ishi yer sirtidan xuddi shunday sputnikni chiqarish ishidan necha marta kam? Oy massasi yer massasidan 80 marta kichik radiusi esa 4 marta kichik. ( 20)

456. Yer sirtida qo`zg`almay teurgan 1 t massali raketa reaktiv gaz oqimini chiqarib tashladi yonilg`I sarfi 20 kg/s gat eng bo`lsa dvegatel qanday quvvat sarflaydi? (500)

457. 2 t massali raketa yer sirtidan 4 m/s2tezlanish bilan ko`tarilsa dvegatel quvvati qanday? Reaktiv yonilg`I chiqish tazligi 1200 m/s (16800)

458. O`t o`chiruvchi nasos quvurining yuzasi 10 sm2suv oqimi tezligi esa 10m/ bo`lsa bunda foydali quvvat qanday? (500)

459. Vintelyator aylanish tezligini 2 marta oshirilsa uning foydali quvvati necha marta oshadi? (8)

460. O`t o`cherish nasosidan suv 5 m masofaga borib tushishi uchun suv gorizontga nisbatan qanday burchak ostida chiqishi kerak? Quvur yo`li yuzasi 10 sm2 mator quvvati 1 kvt FIK esa 50 % quvur yo`lining yerdan balandligi nolga teng. ( 15)

461. Silliq gorizontal sirtda harakatlanayotgan shayba 75 sm uzunlikdagi silliq bo`lmagan sirtga yetib keldi sirtning bu qismida shayba ishqalanishi koeffitsienti sirt boshlang`ichdan oxirgi chegarasigacha 0.4 dan 0.8 gacha chiziqli oshib boradi qanday minimal tezlikda shayba bu sirtdan chiqib keta oladi? (3)

462. 8 sm uzunlikdagi bir jinsli sterjen silliq gorizontal sirtda o`z uzunligiga parallel holda silliq bo`lmagan ishqalanish koeffitsienti 0.2 ga teng sirtgacha siljib keldi sterjen tezligi chegara chiziq lariga tik yo`nalgan. Sterjen chegarani o`z yarimigacha kesib o`tganda to`xtab qolgan bo`lsa sterjen boshlang`ich tezligini toping? (20sm/s)

463 Bir jinsli uzunligi 2 m bo`lgan sterjen o`z uzunligi bo`yicha silliq gorizontal sirtdan silliq bo`lmagan ishqalanish koeffitsienti 0.2 ga teng sirt chegarasini kesib o`tmoqda bunda sterjen to`xtaguncha qanday masofa o`tadi? Sterjen tezligi 1.6 m/s ga teng. (80 sm)
464. Bir jinsli uzunligi 2 m bo`lgan sterjen o`z uzunligi bo`yicha silliq gorizontal sirtdan silliq bo`lmagan ishqalanish koeffitsienti 0.2 ga teng sirt chegarasini kesib o`tmoqda bunda sterjen to`xtaguncha qanday masofa o`tadi? Sterjen tezligi 3 m/s ga teng. (325 sm)

465. Balandligi 30 m bo`lgan minoradan tosh gorizontal otildi. Harakat boshlangandan 2 s o`tgandan keyin patensial energiya qanday? Tash massasi 2 kg yer sirtida patensial energiya nolga teng (20)

466. 2kg massali jism yer sirtidan gorizontga 300 burchak ostida 6 m/s tezlik bilan otildi ko`tarilish nuqtasining eng yuqori qismida patensial energiya qanchaga oshadi? (9)

467. 3 ta to`g`ri burchakli massasi 80 kg qalinligi 0.2 m li plitalar yer sirtida gorizontal holda ketma ket turibdi plitalarni ustma ust qilib qo`yish uchun qanday minimal ish bajarish kerak? (480)

468. Uzunligi 1.5 m va massasi 10 kg li lom gorizontal sirtda yotibdi uni yerda vertikal holga keltirish uchun qanday minimal ish bajarish kerak? (75)

469. 200 kg massali brusokni gorizontal holatdan vertikal hokatga keltirishda potensial energiya qanday o`zgaradi? Brusokni ko`ndalang kesm tomoni 20 sm uzunligi esa 1 m. (800)

470. Gorizontal sirtda uzunligi 2 m va massasi 5 kg li zanjir yotibdi zanjirning bir uchidan uni quyidagi uchi sirtidan o`z uzunligiga teng balandlikgacha ko`tarish uchun qanday ish bajariladi? (150)

471. 10m2 va 2m chuqurlikga ega yarimigachi suv bilan to`ldirilgan bassendagi suvni suvni yer sirtiga chiqarish uchun qanday ish bajarish kerak? (150kJ)

472.

473. Bikirligi 10 kN/m bo`lgan siqilgan purjina 50 J zaxira potensial energiyaga ega purjina necha sm siqilgan? (10)



474. 30 N kuch tasirida 1 sm siqilgan purjinani 20 sm ga siqishda bajarilgan ishni toping? (60)

475. Purjinaga 100g massali yuk osilgan purjinaning potensial energiyasi 9 marta ortishi uchun unga qanday qo`shimcha yuk osish kerak? (200 gr)

476. Purjina 200 N kuch tasirida 1 sm ga cho`zildi uni yana 2 sm cho`zish uchun qanday ish bajariladi? (8)

477. Purinani 2 sm ga siqishda 12 J ish bajarildi. Purjinani yana 3 sm ga siqish uchun qanday ish bajariladi? (63)

478. Ikkita bikirligi 3 kN/m va2 kN/m bo`lgan purjina ketma ket ulandi va 10 sm ga cho`zildi Bunda qanday ish bajariladi? (6)

479. Ikkita bikirligi 1 kN/m va 2kN/m bo`lgan purjinalar parallel ulandi va oxiridan 300N kuch bilan tortildi bunda qanday ish bajariladi? (15)

480. 10kg massali ingichka plastinka gorizontal sirtda yotibdi Plastinka markaziga bikirligi 100 N/m bo`lgan purjina mahkamlandi. Plastinkani purjinada 1 m balandlikka ko`tarishda qanday ish bajariladi? (150)

481. Yuk bikirligi 60kN/m li purjinaga osilgan purjinani yana 2 smga cho`zishda qanday ish bajariladi? (12mJ)

482. 100 gr massali jism purjinaga osildi va uni 2 sm cho`zdi. Purjinani yana 4smga cho`zishda qanday ish bajariladi? (40)

483.Tosh yer sirtidan tik yuqoriga 10 m/s tezlik bilan otildi qanday balandlikda tosh kinetic energiyasi 5 marta kamayadi? (4)

484.Jism yer sirtidan tik yuqoriga 20m/s tezlik bilan otildi qanday balandlikda jism kinetic va potensial energiyalari teng bo`ladi? Yer sirtida potensial energiya nolga teng (10)

485. 0.5 kg massali jism yer yer sirtidan 10 m balandlikdan 10 m/s tezlik bilan tashlandi yerga qo`nish vaqtida jism energiyasi qanday? (75)

486. Jism yer sirtidan 10 m balandlikdan gorizontga burchak ostida 20 m/s tezlik bilan otildi 25 m balandlikda uning tezligi qanday ? (10)

487. Jism vertikal pastga 30 m yuqoridan 10 m/s tezlik bilan tashlandi yerdan qanday balandlikda jism kinetic energiyasi ikki marta katta bo`ladi? (25)

488. Jism gorizontga qanday burchak ostida otilganda traektoriyaning yuqori nuqtasida kinetic va potensial energiyalar teng bo`ladi? Yer sirtida potensial energiya nolga teng deb oling. (45)

489. Kichik jism gorizontal silliq tekislikda 4m/s tezlikda sirpanmoqda va yuqoriga chiqa boshladi jism tekislik sirtidan qanday balandlikka ko`tariladi? (80sm)

490. 5 m uzunlikdagi ipga shar osilgan shar ip osilgan nuqta balandligigacha ko`tarilishi uchun unga qanday gorizontal tezlik berish kerak? (10)

491. Agar shar qattiq va vaznsiz 0.4 m uzunlikdagai sterjenda osilgan bo`lsa shar vertikal tekislikda aylanishi uchun unga qanday minimal gorizontal tezlik berish kerak? (4)

492. Yengil 80 sm uzunlikdagi sterjen uchlariga 1 kg va 3 kg massali yuklar osilgan holda markazidan o’tkazilgan gorizontal o’q atrofida erkin aylana oladi. Sterjen gorizontal holga keltirildi va qo’yib yuborildi. Sterjen vertikal holatdan o’tgandagi yuklar tezligini toping. (2)

493. Yengil 150 sm li sterjen gorizontal o’q atrofida uchlariga bir xil yuklar mahkamlangan holda erkin aylanadi. O’q sterjenni 1:2 nisbatda bo’ladi. Qanday minimal burchakli tezlik bilan sterjenni muvozanat holidan to’la aylanishiga yetadi? (4)

494. 100 g massali kichik yuk uzunligi 72 sm va massasi 300 g li gorizontal silliq stoldagi arqonga mahkamlangan. Yukli arqon og’irlik kuchi ta’sirida boshlang’ich tezliksiz stoldagi tuynukdan sirpana boshladi. Arqonning oxirgi nuqtasi stoldan sirpanib tushayotganda tezligi qanday bo’ladi? (3)

495. 2 t massali vagon 2 m/s tezlikda harakatlanib buferi vertikal devorga 2 ta har birining bikrligi 10 kN/m bo’lgan prujina bilan tegdi. Prujinaning minimal deformatsiyasi qanday? (20 sm)

496. Rogatka tayyorlashda bikrligi 400 N/m bo’lgan rezin shnur ishlatiladi. Rogatkadan shnur o’rtasidan 10 g massali tosh 40 N kuch ta’sirida otildi. Tosh qanday tezlik bilan uchib chiqadi? (10)

497. Deformatsiyalanmagan prujinani uchiga 1 kg massali yuk mahkamlangan va itarishsiz qo’yib yuborildi. Prujina bikrligi 200 N/m. Prujinani maksimal deformatsiyasini toping/ (10)

498. Deformatsiyalanmagan bikrligi 400 N/m bo’lgan prujina pastki uchiga yuk mahkamlangan holda itarishsiz qo’yib yuborildi. Yukni massasi 250 g bo’lsa uni maksimal tezligini toping. (25)

499. Vaznsiz bikrligi 1000 N/m bo’lgan vertikal prujinani 10 kg massali yuk ta’siridagi polga bosm kuchi 400 N bo’lsa yuk qanday balandlikdan tushgan? Yuksiz holda prujinaning uzunligi 1 m. Balandlik yer sirtidan boshlab hisoblansin. (140 sm)

500. 1,6 kg massali yuk bikrligi 250 N/m bo’lgan prujina yordamida patalokka osilgan. Yukni tortib uni vertikal pastga yo’nalgan 1 m/s tezlik bilan harakatga keltirildi. Qanday maksimal masofaga yuk tushadi? (8)

501. 1,6 kg massali yuk shiftga bikrligi 250 N/m bo’lgan elastik shnur yordamida osilgan. Yukni keskin tortib tik yuqoriga yo’nalgan 1 m/s li boshlang’ich tezlik bilan harakatgan keltirildi. Yuk qanday minimal balandlikka ko’tariladi (boshlang’ich nuqtadan mm da hisoblansin)? (82)

502. 5 kg massali yuk shiftga bikrligi 500 N/m bo’lgan elastik rezin shnur yordamida osilgan. Yukka ikki marta tik yuqoriga yo’nalgan boshlang’ich tezlik berildi. Birinchi holda tezlik 0,5 m/s ga ikkinchi holda 2 m/s ga teng. Ikkinchi holdagi maksimal balandlik birinchi holdagidan necha marta ko’p (balndlik boshlang’ich nuqtadan hisoblansin)? (5)

503. 5 kg massali yuk shiftgan bikrligi 500 N/m bo’lgan elastik rezin shnur yordamida osilgan. Yukka ikki marta 2 m/s boshlang’ich tezlik berildi. Birinchi marta tezlik tik yuqoriga yo’nalgan ikkinchi marta tik pastga yo’nalgan. Birinchi to’xtalishgacha o’tilgan masofa birinchi holda ikkinchi holdan necha foizga ko’p? (25)

Energiyaning saqlanish qonuni + aylana bo’ylab dinamik harakat.

504. yengil sterjen bir uchi yordamida shiftga mahkamlangan va vertikal tekislikdan tebrana oladi. Sterjenninng boshqa uchiga kichik 0,1 kg massali yuk osilgan. Sterjen gorizontal holatga keltirib qo’yib yuborildi. Trayektoriyaning pastki nuqtasida sterjenga yuk tomonidan qanday kuch ta’sir qiladi? (3)

505. Yengil sterjen bir uchida 0,3 kg massali yuk bilan boshqa uchidan o’tkazilgan gorizontal o’q atrofida erkin aylana oladi. Dastlab sterjen vertikal holga keltiridi va qo’yib yuborildi. Yuk trayektoriyaning quyi nuqtasidan o’tayotganda sterjenning taranglik kuchi nimaga teng? (15)

506. kichik og’ir shar va cho’zilmaydigan 2 m uzunlikdagi ipdan tuzilgan mayatnik vertikal tekislikda tebranmoqda. Yuk trayektoriyaning quyi nuqtasidan o’tayotganda ipga yuk og’irligidan ikki katta katta taranglik kuchi ta’sir qiladi. sharning chekka nuqtasi quyi nuqtasidan qancha baland? (15)

507. Og’ir shar 50 smli ipga osilgan. Ip maksimal 100 N taranglik kuchiga bardosh beradi. Sharni ip uzilib ketishi uchun qanday minimal burchakka burib (gradusda) qo’yib yuborish kerak? (60)

508. 0,2 kg massali kichik shar boshqa uchi mahkamlangan ipning bir uchiga osilgan. Ip gorizontal holatga keltirildi va boshlang’ich tezliksiz qo’yib yuborildi. Ip vertikal bilan 60o burchak hosil qilganda shar tezligi qanday bo’ladi? (3)

509. Ingichka ipga 2 kg massali shar osilgan. Ip gorizontal holga keltirildi va qo’yib yuborildi. Sharni tezlanish yo’nalishi gorizontal bo’lgan vaqtda ipning taranglik kuchi qanday? (60)

510. Uzunligi 50 sm bo’lgan ipga osilgan og’ir shar vertikal tekislikda tebranmoqda. Sharning chekka nuqtadagi balandligi quyi nuqtaga nisbatan 20 sm. Harakatdagi minimal taranglik kuchi maksimal taranglik kuchiga qaraganda necha marta kam? (3)

511. Yengil cho’zilmaydigan ipga og’ir shar osilgan. Tebranishda ipning maksimal taranglik kuchi minimal taranglik kuchidan 4 marta katta bo’lishi uchun ipni qanday burchakka burib qo’yib yuborish kerak? (60)

512. Shar yengil 2 m uzunlikdagi ipga osilgan holda vertikal tekislik bo’ylab to’la aylanishi uchun unga qanday minimal gorizontal tezlik berish kerak? (10)

513. Bir uchi mahkamlangan cho’zilmaydigan ipni boshqa uchiga 1,3 kg massali yuk osilgan va vertikal tekislikda erkin aylanmoqda. Maksimal taranglik kuchi minimal taranglik kuchida necha marta katta? (78)

514. Uzunligi 1 m bo’lgan yengil ipga shar mahkamlangan. Shar ipni boshqa uchi o’tkazilgan o’q atrofida erkin vertikal tekislik bo’ylab aylanmoqda. Trayektoriyaning yuqori nuqtasida shar 5 m/s tezlikka ega. Ipning quyi nuqtadagi taranglik kuchi yuqori nuqtadagidan necha marta katta? (5)

515. 0,5 m uzunlikdagi arqonga mahkamlangan 0,5 kg massali tosh vertikal tekislikda erkin aylanmoqda. Trayektoriyaning quyi nuqtasida ipni taranglik kuchi 45 N. agar arqon tosh tezligi yo’nalishi tik yuqoriga yo’nalganda uzilib ketgan bo’lsa tosh quyi nuqtadan qancha balandlikkacha ko’tariladi? (2)

516. Vaznsiz uchlariga ikkita 0,5 kg massali yuklar mahkamlangan sterjen gorizontal o’q atrofida erkin aylana oladi. O’q serjenni 1:3 nisbatda bo’ladi. Sterjen gorizontal holatga keltirildi va qo’yib yuborildi. U vertikal holatida o’qqa qanday kuch bilan ta’sir qiladi? (14)

517. Vaznsiz sterjen uchiga 3 kg massali va o’rtasiga 4 kg massali yuk mahkamlangan holda bo’sh uchidan gorizontal o’qqa o’tkazilgan, o’q atrofida erkin aylanmoqda. Sterjen vertikal yuqori holatga keltirildi va qo’yib yuborildi. Sterjen pastki holatidan o’tayotganda o’qqa qanday kuch bilan ta’sir qiladi? (320)

518. Radiusi 0,75 m bo’lgan qo’zg’almas yarim sfera yuqorisidan kichik jism ishqalanishsiz sirpanib tushmoqda. Jism yarim sferadan qanday balandlikda ajralib chiqadi? Balandlik yarim sferaning asosidan boshlab hisoblansin. (50)

519. Jism o’lik sirtmoq qiya tekisligida 6 m balandlikdan sirpanmoqda. Sirtmoq radiusi 3 m. Jism qanday balandlikda sirtmoq sirtidan ajralib chiqadi? Balandlik sirmoqning pastki nuqtasidan boshlab hisoblansin. Ishqalanish inobatga olinmasin. (5)

520. Jism radiusi 2m bo’lgan o’lik sirtmoq qiya tekisligida sirpanmoqda. Butun sirtmoqni sirpanib o’tishi uchun jism qanday balandlikdan sirpanib tushishi kerak? Balandlik sirtmoq pastki nuqtasidan boshlab hisoblansin. Ishqalanish kuchi inobatga olinmasin. (5)

521. Kichik teleshka radiusi 2 m li o`lik sirtmoqda minimal balandlikdan sirtboqni to`la aylanishini taminlovchi harakat boshladi. sirtmoqni quyidan boshlab qanday balandlikda teleshkaning relisga bosim kuchi uni og`irligining 3/2 qismiga teng bo`ladi? (3)

522. 063 m uzunlikdagi uchiga sharcha bog`langan ip vertikalga 900 burchak ostidan qo`yib yuborildi Ip osilgan nuqtadan vertikal bo`yicha qanday eng kichik masofada mix o`rnatilgan- da ip unga tegib uzilib ketadi? Tinch holatda ip xuddi shunday bo`lgan 8 ta sharchani ko`tara oladi. (45sm)

523.

524. Uzunligi 75 smli uchuga sharcha bog`langan ip vertikaldan 900 ga burib qo`yib yuborildi vertikal holatdan o`tayotganda ip ulanish nuqtasidan 27 sm pastki nuqtada mixga ilashadi. shundan so`ng sharcha quyi nuqtasiga nisbatan qanday maksimal balandlikga ko`tariladi? (50sm)



Energiya va impulsning saqlanish qununi. Elastik to`qnashish.

525. 2 kg massali shar 6m/s tezlikda tinch tyrgan 1 kg massali shar bilan to`qnashadi. to`qnashuvni markaziy absalyut elestik deb hisoblab to`qnashuvdan keyingi 1-shar tezligini toping? (2)

526. Ikkita to`qnashgan sharlarning katta massalisi tinch holatda. Massasi kichik shar to`qnashuvdan keyin kinetik energiyasini 3/4 qismini yo`qotgan bo`lsa sharlardan birining massasi ikkinchisinikidan necha marta ko`p? (3)

527. Dastlab tinch turgan katta massali shar tomon boshqa shar uchib kelmoqda urilish markaziy elastik bo`lgan bo`lsa to`qnashuvdan so`ng tezligi katta bo`lgan shar tezligi kichik bo`lgan shardan 2.5 marta katta tezlikda harakatlanmoqda. Bu sharlarning massalari nisbati qanday? (6)

528. Ikkita bir xil o`lchamlo sharlar ingichka ipga osilgan holda bir-biriga tegib turibdi. Birinchi shar bir tomonga tortib qo`yib yubrildi. Elastik to`qnashuvdan so`ng sharlar bir xil balandlikga ko`tarildi. Ikkinchi shar massasi 0.6 kg bo`lsa birinchi shar massasini toping? (200g)

529. Ikkita bir xil o`lchamli sharlar 0.5 m uzunlikdagi ipga osilgan holda bir-biriga tegib turibdi. Sharlar massalari nisbati 2/3. Yengil bo`lgan shar muvozanat vaziyatdan 900 ga ko`tarilib qo`yib yuborildi. Absalyut elastik to`qnashuvdan so`ng ikkinchi shar necha sm balandlikka ko`tarildi? (32sm)

530. Silliq gorizontal stol ustida bir xil radiusli 3 ta shar ketma ket bir biriga tegmasdan turibdi. birinchi shar massasi 2m ikkinchisiniki m va uchinchi shar massasi m/2 ga teng. Birinchi sharga 3 ta sharni markazidan o`tuvchi chiziq yo`nalishida 9 m/s tezlik berildi va birinchi shar ikkinchisiga ikkinchi shar uchinchisiga mutloq elastik urildi bunda uchinchi shatni olgan tezligini toping? (16)

531. Alfa zarracha qo`zg`almas geliy yadrosi bilan absalyut elestik to`qnashib boshlang`ich harakat yo`nalishiga qandaydir burchak ostida harakatlanmoqda. Zarraning to`qnashuvdan keyingi yo`nalish burchagini (gradusda) aniqlang? (900)

532. Alfa zarracha qo`zg`almas geliy yadrosi bilan absalyut elestik to`qnashib boshlang`ich harakat yo`nalishiga 300 burchak ostida harakatlanmoqda. Zarraning to`qnashuvdan keyingi va oldingi kinetik energiyalari nisbatini toping? (3)

533. 3kg massali shar v tezlik bilan harakatlanib tinch turgan shar bilan absalyut elastik to`qnashdi va o`zining dastlabki yo`nalishiga nisbatan 900 burchak ostida yo`nalgan v/2 tezlik oldi ikkinchi shar massasini aniqlang. shar silliq sirtda turibdi. (5)

534.100 g massali shar 120sm/s tezlikda uchib 300g massali tinch turgan sharga tegdi

535. 70 g massali shar tinch turibdi. Boshqa xuddi shunday o`lchamli shar massasi 150 g va 44 sm/s tezlikda uchib tinch tergan shar sirtiga tegdi. Absalyut elastik to`qnashuvdan keyingi uchib kelgan shar tezligini toping? shar sirti silliq. (26sm/s)

536. Ikkita 2 kg massali sharlar gorizontal silliq sirtda bir biriga tegib tinch turibdi sharlar tomon 3-shar ikki shar tegib turgan nuqtaga perpendikular yo`nalgan chiziq bo`yicha sharlar tomon harakatlanmoqda. Absalyut elastik to`qnashuvdan keyin 3-shar tinch turib qolgan bo`lsa uni massasi nimaga teng? Barcha sharlar silliq va rariusi bir xil. (3)

537. Yengil sharcha erkin tushib 1.25 m masofada og`ir plitaga absalyut elastik urilib yuqoriga 2.5 m/s tezlik oldi to`qnashuvdan keyin sharcha qanday balandlikka ko`tariladi. (5)

538. Stol tenis o`ynash uchun mo`ljallangan plastmassa sharcha 80 sm balandlikdan qulab tushmoqda sharcha traektoriyaning quyi nuqtasida raketa bilan pastdan yuqoriga qarab urildi shundan so`ng shar boshlangich balandligiga nisbatan 4 marta yuqoriga ko`tarildi . Zarba vaqtida raketa tezligini aniqlang. Zarba absalyut elastik. havoning qarshiligi inobatga olinmasin. Raketa massasi shar massasidan ancha katta. (2)

539. Gorizontal yo`nalishda uchayotgan sharcha yog`och ponaga elastik urilib tik yuqoriga sakradi. Sharcha zarba nuqtasidan qanday balandlikga ko`tariladi ? Pona massasi shar massasidan 10 marta katta. shar tezligi 2 m/s ishqalanish inobatga olinmasin (18)

540. Ikki jism orasida siqilgan purjina 100J zahira energiyaga ega. Jismlardan biri 0.9kg boshqasi 0.1 kg. Purjinani bo`shatgandan keyingi katta massali jism kinetik energiyasini aniqlang? (10)

541. Silliq pona silliq stolda turibdi. ponaga 2 m/s tezlik bilan tegib o`tgan kichik burusok stol sirtidan qanday balandlikga ko`tariladi? Pona massasi 8 kg burusok massasi 2 kg. Brusok ponadan zarbasiz silliq tegib o`tdi deb hisoblang (16)

542. 2kg massali silliq gorizontal sirtda turgan silliq kundaga 1 kg massali jism tashlandi. jismni boshlang`ich balandligi 120 sm bo`lsa u kunda tekisligiga tushgandan keyin kunda tezligi qanday bo`ladi? kundaning quyi nuqtasi gorizontal sirtga silliq turibdi. (2)

543. Bir- biri tomon 0.3 m/s va 0.2 m/s tezlikda harakatlanayotgan 20t va 60t massali ikkita vagon urilganda bufer purjinalari necha mm ga siqiladi? To`qnashuvda har bir vagonda2 tadan bikirligi 60kN/m bo`lgan purjinalar ishlaydi. Issiqlikka sarf bo`lgan energiya inobatga olinmasin. (125)

544. Massalari 0.9 kg va 1.6 kg bo`lgan ikkita brusok silliq polda vaznsiz purjina bilan ulangan holda turibdi. Brusoklar purjina 10sm siqilgan holda ushlab turildi. dastlab 1- brusok qo`yib yuborildi va purjina deformatsiyalanmagan holga kelganda ikkinchi brusok qo`yib yuborildi keyingi harakatlardadagi purjinaning maksimal deformatsiyalanishini toping? (8sm)

545. Gorizontal silliq sirtda ikkita 300g va 600g massali brusoklar deformatsiyalanmagan bikirligi 500N/m bo`lgan purjina bilan ulangan holda turibdi. 1-brusokka 100g massasali sharcha purjina o`qi bo`ylab gorizontal 12 m/s tezlikda kelib erildi. Keyingi harakatlardagi purjinaning maksimal deformatsiyalanishini toping? sharchani burusokka urilishi absalyut elastik. (12sm)

546. Gorizontal silliq sirtda 100g va 400g massali ikkita brusok deformatsiyalanmagan purjina bilan ulangan holda turibdi. Birinchi brusokka ikkinchi brusok tomon yo`nalgan 10m/s tezlik berildi. keyingi harakat davomida 2- brusokning maksimal tezligini toping? (4)

547. 0.5 va 1 kg massali ikkita brusok silliq polda bikirligi 90 N/m bo`lgan purjina bilan ulangan holda turibdi. Birinchi brusok devorga bog`liq holda turibdi purjina deformatsiyalanmagan va devotga perpendikular yo`nalgan. ikkinchi brusok birinchisi tomon 10sm ga ko`chirildi va qo`yib yuborildi. Keyingi harakatlar davomida 1-brusokning maksimal tezligini toping? (4)

548.Gorizontal silliq sirtda ikkita 300g va 60 g massali brusoklar deformatsiyalanmagan purjina bilan ulangan holda turibdi. 1-brusokka purjina o`qi bo`ylab gorizontal 9 m/s tezlikda uchayotgan 100g massali sharcha kelib absalyut elastik urildi. keyingi harakatlar davomida birinchi brusokning maksimal tezligini toping? (3)

549. Brusok gorizontal siliq sirtda turibdi. Brusokka 0.1 kg massali yuk yengil ip bilan ulangan shtativ mahkamlandi. Brusokni shtativ bilan birgalikdagi massasi yuk massasiga teng. dastlab yukli ip gorizontal holatda ushlab turildi va qo`yib yuborildi yuk pastki nuqtadan o`tayotganda ipning taranglik kuchini toping? (5)

550. R radiusli silliq o`lik sirtmoqga qiya tekislik o`rnatilgan o`lik sirtmoq gorizontal sirtda turgan teleshkada turibdi. 0.2 kg massali yuk sirtmoq quyi nuqtasidan 3R balandlikdan sirpanmoqda. sirtmoqni yuqori nuqtasida yukni bosm kuchi nimaga teng? Ishqalanish inobatga olinmasin. Teleshka bilan birgalikdagi tizimni massasi yuk massasidan 4 marta katta? (3)

Ishqalanish kuchi bajargan ish.

551. 100 g massali sharcha 2m balandlikdan erkin tushib temir plitaga urilib 1m balandlikka sakradi. Zarba vaqtida issiqlikka yo`qotilgan energiyasini toping? hovoning qarshiligi inobatga olinmasin. (1)

552. 500g massali to`p polga urilib 50sm balandga sakradi. Zarb vaqtida 2J energiya ajralsa to`p qaday balandlikdan tushgan? havoning qarshiligi inobatga olinmasin. (90sm)

553. 0.1 kg massali to`p boshlang`ich tezliksiz polga 2 m balandlikdan tashlandi. to`pni polga birinchi va ikkinchi urilishdagi vaqt oralig`i 1.2s bo`lsa birinchi urilishda qizishga sarflangan energiya qanday? havoni qarshiligi hisobga olinmasin. (200)

554. 400 g massali tik yuqoridan 20m/s tezlikda tashlangan to`p yerga 15 m/s tezlik bilan urildi. havoning qarshiligi bajargan ishini toping? (35)

555. 15 m balandlikdan 500g massali to`p tik yuqoridan 10 m/s tezlikda tashlandi. To`p yer sirtiga 16 m/s tezlikda quladi. To`pga havoning qarshilik kuchi bajargan ishini toping? (36)

556.Massasi 1kg bo`lgan tosh yerga 18m/s tezlikda quladi unga havoning qarshilik kuchi 38 J ish bajarsa tosh qanday balandlikdan boshlang`ich tezliksiz tashlangan? (20)

557. 1.8 m balandlikdan vertikal pastga 8 m/s boshlang`ich tezlik bilan to`p tashlandi. Ikki marta yerga urilgandan so`ng to`p boshlang`ich balandlikka ko`tarildi har bir urilishda necha foiz energiya yoqotiladi? havoning qarshiligi inobatga olinmasin. (40)

558. Avtomobil o`zgarmas 72 km/h tezlikda harakatlanmoqda. tog` etagida mashina matori o`chirilgan holda 5 m ko`tarildi va to`xtadi. Avtomobil boshlang`ich kinetik energiyasining qanday qismi ishqalanish kuchiga qarshi bajarilgan ishga sarflangan? (75%)

559. Gorizont bilan 300 burchak tashkil qiluvchi doska qiyaligi bo`ylab 2 kg massali jism sirpana boshladi. Yo`lni 1.8m qismi oxirida jism 3 m/s tezlikka ega bo`lsa shu yo`lda qancha issiqlik ajralgan? (9)

560. 4.2 kg massali jism gorizontal tekislikda gorizontal kuch tasirida sirpanmoqda ishqalanish koeffitsienti 0.1 bo`lsa 25m yo`lda issiqlikka ajralgan energiyani toping? (105)

561. 4.2 massali jism gorizontal sirtda gorizontal kuch tasirida 2 m/s2 tezlanish bilan sirpana boshladi jism va tekislik orasidagi ishqalanish koefitsienti 0.1 bo`lsa 5 s da issiqlik uchun ajralgan quvvatni toping?

562. 5 kg massali brusok unga bog`langan arqon yordamida gorizontal qiyalik burchagi 450 bo`lgan doska bo`ylab 1m balandlikka tortib chiqarildi brusok va doska orosidagi ishqalanish koeffisienti 0.3 agar arqon doskaga parallel yo`nalgan bo`lsa doska va brusok qizishiga ketgan energiyani toping? (15)

563. Cho`qidan sirpanib tushgan chana gorizontal sirtda 1m yo`l o`tib to`xtadi. Cho`qqi asosida chananing tezlanishini toping? chana va yo`l orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0.2 (2)

564. Agar 0.5 kg massali jism qiya tekislik asosida ega bo`lgan bo`lgan kinetik energiyasi yordamida qiya tekislik bo`ylab 1 m yuqoriga ko`tarila olsa u qanday kinetik energiyaga ega? ishqalanish koeffitsienti 0.2 tekislikni gorizontga qiyalik burchagi 450 (96)

565. Balandligi 2 m va uzunligi 5 m bo`lgan cho`qqidan chana sirpanib tushmoqda cho`qqi asosidagi gorizontal yo`lda bir oz yurib to`xtadi butun yo`l davomida ishqalanish koeffitsienti 0.05 bo`lsa chana gorizontal yo`lda qanday masofa o`tgan? (35)

566. Gorizontga qiyalik burchagi 450 bo`lgan qiya tekislikda 1 m balandlikdan kichik shayba sirpanib tushmoqda qiya tekislik asosiga kelganda shayba devorga absalyut elestik urildi va qiya tekisliok bo`ylab yuqoriga ko`tarila boshladi. shayba va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0.25 bo`lsa shayba qanday balandlikka ko`tariladi? (60sm)

567. Gorizontga qiyalik burchak sinusi 0.28 bo`lga qiya tekislikning 2.1 m balandligida kichik shayba turibdi shayba va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0.5 Shayba qiya tekislik asosidagi to`siqga absalyut elestik erilib boshlang`ich nuqtaga qaytib kelishi uchun unga qiya tekislik bo`ylab pastga yo`nalgan qanday tezlik berish kerak? (12)

568. Chana gorizontga 450 burchakni tashkil qilgan cho`qqida 15 m balandlikdan sirpanmoqda. Gorizontal yo`nalishda 24 m masofahga chana ko`chganda qiyaligi xuddi shunday bo`lgan boshqa cho`qqiga chiqib ketdi. Butun yo`l davomida ishqalanish koeffitsienti 0.2 bo`lsa chana ikkinchi cho`qqida qanday balandlikka ko`tariladi? (6)

569. 5 kg massali jism gorizontal tekislikda vertikal devorga deformatsiyalanmagan bikirligi 100 N/m bo`lgan purjina yordamida ulangan holda turibdi. tekislik va jism orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0.4 jismga gorizontal purjina o`qi boylab yo`nalgan 1 m/s tezlik berildi. Purjinaning maksimal deformatsiyalanishini toping? (10)

570. 3 kg massali jism gorizontal tekislikda tik devorga deformatsiyalanmagan purjina bilan ulangan holda turibdi. Purjina o`qi gorizontal bikirligi esa 54 N/m . Tekislik va jism orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0.3 jism boshlang`ich nuqtasiga qaytib kelishi uchun unga purjina o`qi bo`ylab yo`nalgan qanday minimal tezlik berish kerak? (2)

571. 0.5 kg massali brusok gorizont bilan qiyalik burchak sinusi 0.6 bo`lgan qiya tekislik tepa nuqtasiga deformatsiyalanmagan bikirligi 64 N/m bo`lgan purjina bilan ulangan. brusokka qanday minimal tezlik berilganda u boshlang`ich nuqtasiga qaytib keladi? brusok va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0.8 (40sm/s)

572. gorizontal paydonda bir xil 5 kg massali jismlar deformatsiyalanmagan bikirligi 15 N/m bo`lgan purjina bilan ulangan holda turibdi jismlardan biriga purjina o`qi bo`ylab yo`nalgan qanday minimal tezlik berilsa 2- jism harakatlanishiga yetadi? ikkila jism va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0.1 (1)

573. Ikki 3kg va 2kg massali brusoklar polda bikirligi 200 N/m bo`lgan purjina bilan ulangan holda turibdi. Brusoklar purjina siqilgan holda ushlab turildi. Dastlab birinchi brusok qo`yib yuborildi purjina deformatsiyalanmagan holga kelganda ikkinchi brusok qo`yib yuborildi ikkinchi brusok qandam minimal deformatsiyada joyidan siljiydi? pol va 1-brusok orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0.2 ikkinchisida 0.3 (9)

Mexanik energiyani tashqi kuchlar tasirida o`zgarishi

574. Silliq polda brusok vertikal devorga deformatsiyalanmagan purjina bilan biriktirilgan holda turibdi. Purjina o`qi gorizontal yo`nalgan, bikrligi esa 50 N/m ga teng. Brusokka purjina o`qi bo`ylab yo`nalgan 4 N doimiy kuch ta`sir qila boshladi. Purjinaning maksimal deformatsiyasini aniqlang.(16)

575. Silliq polda 100g massali brusok vertikal devorga deformatsiylanmagan prujina bilan birikrtirilgan holda turibdi. Prujina o'qi gorizontal bikrligi esa 250N/m . Brusokka doimiy prujina o'qi bo'ylab yo'nalgan 4N kuch ta'sir qila boshladi. Brusokni maksimal tezligini toping. (80)

576. Polda 250 g massali vertikal devorga deformatsiyalanmagan prujina bilan biriktirilgan brusok turibdi. Prujina o'qi gorizontal bikrligi esa 100 N/m. Ishqalanish koeffitsenti 0.4 ga teng. Brusokka purjina o`qi bo`ylab yo`nalgan doimiy 3N kuch ta`sir qila boshladi. Brusokni maksimal deformatsiyasini toping.(40 cm)

577. Polda 250 g massali vertikal devorga deformatsiyalanmagan prujina bilan biriktirilgan brusok turibdi. Prujina o'qi gorizontal bikrligi esa 100 N/m. Ishqalanish koeffitsenti 0.4 ga teng. Brusokka purjina o`qi bo`ylab yo`nalgan doimiy 3N kuch ta`sir qila boshladi. Brusokni maksimal tezligini toping .(40 cm/s)

578. Bikrligi 100 N/m bo`lgan prujina yuk osilgan holda shiftga mahkamlangan. Yukka vertikal pastga yo`nalgan doimiy 6 N kuch ta`sir qila boshladi. Yukni maksimal ko`chini aniqlang. (12 cm)

579. Shiftga mahkamlangan prujinaga 0.5 kg massali yuk osilgan. yukka vertikal pastga yo`nalgan 10 N doimiy kuch ta`sir qilmoqda. Yukni maksimal tezligini toping. (2)

580. Silliq qiya tekislikda uni yuqori nuqtasiga bikrligi 100 N/m bo`lgan prujina mahkamlangan prujinaga brusok ulangan holda turibdi. Brusokka tekislik bo`ylab yo`nalgan o`zgarmas 12 N kuch ta`sir qila boshladi. Brusokni maksimal ko`chishini aniqlang. (24 sm)

581.Qiyalik burchagi sinusi 0,6 bo’lgan qiya tekislikda 1 kg massali brusok turibdi. Brusok qiya tekislik yuqori nuqtasi bilan bikrligi 64N/m bo’lgan orujina yordamida ulangan. Brusok va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,8. Brusokka qiya tekislik bo’ylab pastga yo’nalgan 14N kuch ta’sir qilmoqda. Brusok to’xtaguncha qanday masofa o’tadi (sm da). (5)

582. Gorizont bilan hosil qilgan burchagi sinusi 0,6 bo’lgan qiya tekislikda 1 kg massali brusok turibdi. Brusok qiya tekislik yuqori nuqtasiga deformatsiyalanmagan prujina bilan elangan. Orujina bikrligi 16N/m. brusok va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,8. Brusokka qiya tekisllik bo’ylab pastga yo’nalgan o’zgarmas 2N kuchi ta’sir qila boshladi. Brusokni maksimal tezligini aniqang. (sm/s da) (40sm/s).

583. Gorizontal tekislikda 2 ta 1 kg va 4kg massali ikki brusok bir-biriga deformatsiyalanmagan prujina bilan ulangan holda turibdi. Ikkinchi brusok joyidan qo’zg’alishi uchun 1-brusokka qanday minimal kuch qo’yish kerak? (sm) (4)

584. Gorizontal tekislikda 2ta 9kgli va 8kg massali brusok deformatsiyalanmagan prujina bilan ulangan holda turibdi. 2-brusok qo’zg’alishi uchun 1-brusokka qanday minimal o’zgarmas kuch qo’yish kerak? Brusoklarni tekislik bilan ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 va 0,15 (12)

585. Bikrligi 250N/m bo;lgan elastic rezin shnur yordamida 2 kg massali yuk shiftga osilgan. Yukka tik yuqoriga yo’nalgan 5 N o’zgarmas kuch ta’sir qila boshladi. Yuk boshlang’ich nuqtasida qanday maksimal balandlikka ko’tariladi? (sm) (4)

586. 2kg massali yuk shiftga bikrligi 250N/m bo’lgan elastic rezin shnur yordamida ulangan. Yukka tik yuqoriga yo’nalgan o’zgarmas 12N kuch ta’sir qila boshladi. Yuk boshlang’ich nuqtasidan qanday maksimal balandlikka ko’tariladi(sm) (10).

587. 2 kg massali yuk elastik rezina shnur yordamida shiftga ulangan. Yukka ikki marta o’zgarmas kuch bilan ta’sir qilindi. Vertikal yuqoriga yo’nalgan kuchlar va 1-holda 15N 2-holda esa 5N. 1-holda yukni boshlang’ich nuqtadan ko’tarish balandligi ikkinchisidan necha marta katta (25).

588. 2kg massali yuk elastic rezin shnur yordamida shiftga osilgan. Yukka ikki marta 15N o’zgarmas kuch bilan ta’sir qilindi. Kuch 1-holda tik yuqoriga 2- holda pastga yo’nalgan. Yukni toxtatguncha o’tgan masofani ikkinchi holda 1-holdagidan necha foizga kam? (25)

589. 50kg massali yashshk arqon bilan qiya ko’prik bo’ylab sekin yuqoriga tortildi. Bunga 10,5 J ish bajarildi. Ko’prikni yuqori nuqtasida arqon uzilib ketdi va yashshik pastga sirpana boshladi. Ko’prikni quyi nuqtasida yashshk tezligi 10m/s ko’prik balandligini toping. (13)

590. Kesim uzi 0,4m2 va chuqurlidi 3 m bo’lgan silindrik quduq 2/3 qismi suv bilan to’ldirilgan. Nasos quduqdan suvni tortib ko’ndalang kesim yuzi 0,8sm2 bo’lgan quvur orqali quduqdan suvni yer yuzasiga chiqarmoqda. Agar nasos quduqdagi hamma suvni 1000s da chiqarib tashlasa u qanday ish bajargan? Energiyani issiqlikka sarfi hisobga olinmasin. (56)

MEXANIK ENERGIYANI O’ZGARISHI VA IMPULSNI SAQLASH QONUNI

591. 4 kg massali 5m/s tezlikka ega shar xuddi shunday massali tinch turgan shar bilan to’qnashdi. Mutlaq noelastik to’qnashuvdan keyin sharlar bir xil tezlikda ketdi. To’qnashuvda qancha energiya ajralgan? (25)

592. 1kg va 2kg massali sharlar mos ravishda 1m/s va 2m/s tezlikda bir-biri tomon harakatlanmoqda. Bu sharlarni absolute noelastik to’qnashuvida qancha issiqlik ajraladi? (3)

593. Harakatlanmayotgan jism qo’zg’almas jism bilan to;qnashdi va u bilan birgalikda dastlabki tezligiga nisbatan 4 marta kichik tezlik bilan harakatni davom ettirdi. Kinetic energiyani qanday qismi qizishiga sarflangan? (75%)

594. Gorizontal uchayotgan o’q fenoplasdan bo’lgan masasi 5 marta katta sharni diametri bo’yicha yorib o’tdi. Shardan o’tgan o’qni tezligi 2 marta kamaydi. Bunda o’q energiyasini qanday qismi issiqlikka sarf bo’ladi? (70)

595. 50 kg massali telejka 2m/s tezlikda gorizontal sirtda harakatlanmoqda. Telejkaga 20 sm balanddan 50 kg yuk quladi va unda qoldi. Issiqlikka ajralgan energiyani toping. (150)

596. 20g massali o’q 100m/s tezlikda uchib unga qarab kelayotgan yog’och sharga kirib qoldi. O’q massasini shar massasidan ancha kichik deb hisoblab issiqikka ajralgan energiyani toping. (121)

597. 72km/m tezlikda ketayotgan poyezd derazasidan odam 100g massali tosh tashladi. Agar odam toshni boshlang’ich yerga nisbatan 30 m/s gorizontal tezlida otgan bo’lsa u qanday ish bajargan? (5)

598. 90 g massali brusok gorizontal silliq sirtda vertikal devorga deformatsiyalanmagan prujina bilan ulangan holda turibdi. Prujina o’qi gorizontal bikrligi 4kN/m. Brusokka prujina o’qi bo’ylab yo’nalgan 100m/s tezlikda 10g massali o’q tegdi va kirib qoldi. Prujinani maksimal deformatsiyasi nimaga teng.

599. 490g massali brusok gorizontal maydonda vertikal devor bilan deformaysiyalanmagan prujina yordamida ulangan hoda turibdi. Prujina o’qi gorizontal va bikrligi 180n/m. brusokka 10g massali o’q prujinani 10smga siqdi. O’qni boshlang’ich tezligi qanday? Brusok va pol orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0.2. (100)

600. 700 g massali yengil sterjenda osilgan sharga gorizontal uchayotgan 10 g massali o’q kelib tegdi. O’q sharga kirib qoldi va uni dastlabki holatiga nisbatan 20 sm balandga ko’tardi. O’q tezligini toping. (142)

601. 440 g massali shar 40 sm uzunlikdagi yengil sterjenga osilgan, unga gorizontal uchayotgan 10 g massali o’q kelib tegdi va kirib qoldi. O’q qanday minimal tezlikka ega bo’lganda shar vertikal tekislik bo’ylab to’la aylanishiga sabab bo’ladi? (180)

602. 250 g massali shar 50 sm uzunlikdagi ipga osilgan sharga gorizontal uchayotgan 10 g massali o’q tegdi va kirib qoldi. O’qning qanday minimal tezligida shar vertikal tekislik bo’ylab to’la aylana oladi? (130)

603. Kichik 0,99 kg massali jism silliq 1 m radiusli yarim sferaning yuqorisida turibdi. Jismga 0,01 kg massali gorizontal 200 m/s tezlikda uchayotgan o’q kelib tegdi va unga kirib qoldi. Jismning zarb vaqtidagi siljishini inobatga olmagan holda u ajralgan yarim sfera sirtidan balandlikni aniqlang. (80)

604. 3 kg massali disk bikrligi 200 N/m bo’lgan disk markaziga mahkamlagan elastik ipga osilgan holda turibdi. Ip bo’ylab 80 sm balandlikdan diskka 1 kg massali shayba yon tomoni (tuynugi bilan markazdan) bilan tushib urildi. zarbadan keyin disk qancha masofaga tushadi? Shaybaning urilishi absolut noelastik. (20)

605. 3 kg massali disk bikrligi 200 N/m bo’lgan disk markaziga mahkamlangan elastik ipga osilgan holda turibdi. Ip bo’ylab 35 sm balandlikdan diskka 1 kg massali shayba yon tomoni (tuynugi bilan markazdan) bilan tushib urildi. shaybaning zarbi mutlaq absolut. Shayba zarbasidan keyingi diskni maksimal tezligini aniqlang. (75)

606. ikkita shar bir xil uzunlikdagi uzun ipga osilgan holda bir biriga tegib turibdi. Kichik massali shar bir tomonga 50 sm ko’tarib qo’yib yuborildi. Sharlar absolut noelastik to’qnashgan bo’lsa zarbdan keyin qancha ko’tariladi? Sharlar massalari nisbati 1,5 (8)

607. 10 g massali silliq stolda turgan brusokka 2 g massali o’q 60 m/s tezlik bilan kelib urildi. Agar brusokning o’q harakatiga qarshilik kuchi 250 N bo’lsa o’q brusokka necha mm botadi? (12)

608. 1 kg massali doska silliq gorizontal sirtda 3 m/s tezlikda tekis harakatlanmoqda. Doskaning ustiga 0,5 kg massali g’isht qo’yildi. Sirpanish vaqtida g’isht doskaga nisbatan qancha masofaga siljiydi? G’isht va doska orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,1. (3)

609. Silliq gorizontal sirtda uzunligi 2,5 m bo’lgan bir uchida kichik brusok turgan doska yotibdi. Brusok doskaning narigi uchiga borib qolishi uchun unga qanday minimal tezlik berish kerak? Doskaning massasi brusok massasidan 4 marta katta va ular orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,4. (5)

610. Gorizontal silliq sirtda 1 m uzunlikdagi bir uchi vertikal tayanchga mahkamlangan doska yotibdi.

611. Silliq polda 1,5 kg massali ustida 490 g massali brusok bo’lgan doska turibdi. Doska bo’ylab gorizontal 100 m/s tezlikda uchib 10 g massali o’q brusokka tegdi va unga kirib qoldi. Doska va brusok orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,5 bo’lsa o’q brusokni qancha (sm da) masofaga siljitadi? (30)

612. 8 kg massali 200 m/s tezlikda uchayotgan snaryad ikki qismga ajraldi. 6 kg massali qism snaryad tezligi yo’nalishida 400 m/s tezlik oldi. Portlashdagi ajralgan energiyani aniqlang (kJ da) (480)

613. 990 kg massali quroldan 10 kg massali snaryad gorizontal yo’nalishda otildi. Porox portlashidan hosil bo’lgan energiyaning qancha qismi (foizlarda) qurolni itarishga sarf bo’ladi? (1)

614. 60 kg massali odam muzda 40 kg massali chana bilan turibdi. Odam chanani itarganda chana 3 m/s tezlik oldi odamni o’zi esa qarama qarshi tomonga itarildi. Bunda odam qanday ish bajaradi? (300)

615. Konkichi yukli chanani 4 m/s tezlikda muz bo’ylab surmoqda, u chanani oldinga itardi va qo’yib yubordi. Bunda chananing tezligi 8 m/s gacha ortgan bo’lsa konkichi qanday ish bajargan? Chananing massasi 70 kg odam massasi 80 kg. (1050)

616. 480 g massali sharga 20 g massali o’q shar markazidan o’tuvchi chiziq bo’ylab 100 m/s tezlikda kelib tegdi. Sharning o’q harakatiga qarshilik kuchi o’zgarmas va1650 ga teng deb hisoblab o’qning oxirgi tezligini aniqlang. Shar diametric 5 sm. (40)

617. 480 g massali sharga 20 g massali o’q shar markazidan o’tuvchi o’q bo’ylab yo’nalgan 100 m/s tezlik bilan kelib tegdi. Zarbdan keyin o’q orqaga sakradi va urilishda issiqlikka 90 J energiya ketdi. Sharning oxirgi tezligini aniqlang. (5)

618. Sportchi rolikli konkida qo`lida yadro bilan harakatlanmoqda u yo`l yo`lakay yadroni uloqtirdi va natijada to`xtab qoldi odam massasi 70 kg yadro massasi 10 kg va tezligi gorizontga 300 burchak ostida yo`nalgan 8 m/s bo`lsa sportchi anday ish bajargan? (290)

619. Harakatlanayotgan snaryad 2 qismga ajraldi va tezliklar qismlari yo`nalishi 600 burchak hosil qildi qismlardan biri 20kg va tezligi 100 m/s boshqasiniki esa 80 kg va 25m/s tezlikka ega Snaryad portlaganda ajralgan energiya nimaga teng? (65 kJ)

620.1.2 kg massali granata gorizontal 20 m/s tezlikda uchib 2 qismga ajraldi qismlardan birining massasi 800 g va tezligi gorizontga 600 burchak tashkil qilib 30 m/s gat eng. Snaryad portlaganda qanday energiya ajraladi? (840)




Download 186,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish