VERTIKAL HARAKAT. 12 m balandlikdan jism erkin tushmoqda. 1s dan so`ng jism yerdan qanday balandlikda bo`ladi. g=10 m/s2(7)
Erkin tushayotgan jismning 10-sekundda bosib o`tgan yo`li, oldingi sekundda bosib o`tgan yo`lidan qanchaga ko`pligini aniqlang. Jismning boshlang`ich tezligi nolga teng. g=10 m/s2 (10)
Jismning uchish vaqti 3 s ga teng bo`lishi uchun uni yerdan qanday boshlang`ich tezlik bilan otish lozim. g=10 m/s2(15)
Yerdan vertikal tik ravishda 20 m/s tezlik bilan otilgan jism qanday maksimal balandlikka ko`tariladi. g=10 m/s2 (20)
Vertikal yuqoriga otilgan to`p 2,4 sekunddan so`ng o`sha nuqtaga qaytib tushdi. To`pning maksimal ko`tarilish balandligini (sm) toping. g=10 m/s2(720)
Ik kala jism vertikal yuqoriga bir paytning o`zida otildi. Birining boshlang`ich tezligi ikkinchisinikidan 4 marta ortiq. Birinchi jismning ko`tarilish balandligi, ikkinchisinikidan necha marta farq qiladi. (16)
Erkin tushayotgan jismning biror vaqt momentiga kelib tezligi 6 m/s gat eng bo`ldi. 2s dan so`ng jism tezligini toping. g=10 m/s2(26)
To`p pastga 4 m/s boshlang`ch tezlik bilan uloqtirildi. Boshlang`ich 2 sekunddagi o`rtacha tezligini toping.g=10 m/s2(14)
Pastga 2 m/s boshlang`ich tezlik bilan otilgan jismning tezligi 1s o`tgach, tezligi necha marta ortadi. g=10 m/s2 (6)
Pastga 0 boshlang`ich tezlik bilan otilgan jismning tezligi 1s da 6 marta ortdi. 2 s dan so`ng jism tezligi 0 ga qaraganda necha marta ortadi. (11)
Yuqoriga tik otilgan jismning tezligi, 0.8 s o`tgach 2 marta kamaydi. 0-ni toping. g=10 m/s2(16)
20 m balandlikdan tushgan metal sharcha yerga tushgach o`z tezligini 25%ni yo`qotib qaytib sakradi. Sharcha ikkinchi marta sakraganda necha sekund uchadi. g=10 m/s2(3)
Yuqoriga 50 m/s tezlik bilan otilgan jism necha sekund vaqt o`tgach pastga yo`nalgan 30 m/s tezlikka ega bo`lib qoladi. g=10 m/s2(8)
Jism 40m balandlikdan 5 m/s boshlang`ich tezlik bilan yuqoriga otildi. 2s vaqt o`tgach u yerdan qanday balandlikda bo`ladi. g=10 m/s2(30)
Yuqoriga tik 20 m/s tezlik bilan otilgan jism 3s da qancha yo`l o`tadi. g=10 m/s2(25)
Jism 8m balandlikdan yuqoriga tik otildi. Agar jism 2s dan so`ng yerga qaytib tushgan bo`lsa 0 ni toping.g=10 m/s2(6)
15 m balandlikdan yuqoriga tik 10 m/s tezlik bilan jism otildi. U qancha vaqtdan so`ng yerga qaytib tushadi. g=10 m/s2 (3)
2.4 m balandlikdan pastga tomon 1 m/s tezlik bilan jism tashlandi. Jismning yerga urilish momentidagi tezligini toping. g=10 m/s2(7)
2.4 m balandlikdan pastga tomon 1 m/s tezlik bilan jism tashlandi. Jism yer sirtiga necha sekundda (ms) yetadi. g=10 m/s2(600)
80 m balandlikdan erkin tushayotgan jism oxirgi sekundda qancha yo`l o`tadi. g=10 m/s2(35)
Oxirgi sekundda 45 m yo`l o`tgan jism qanday balandlikdan erkin tashlangan. g=10 m/s2(125)
Jism tik yuqoriga otildi.Jismning tezligi maksimal ko`tarilish balandligining 8/9 qismiga yetganda tezligi necha marta kamayadi. (3)
Tik yuqoriga otilgan jism 75m balandlikda 2 s vaqt intervali bilan bo`ldi. Jismning boshlang`ich tezligini toping. g=10 m/s2(40)
Vertikal tuqoriga otilgan tosh bir balandlikda ikki marta bo`ldi. Birinchi marta 0.8 sekund o`tgach (otilgandan so`ng ), ikkinchi marta 1,5 sekund o`tgach. O`sha balandlikni toping. g=10 m/s2(6)
Jism oxirgi sekundda o`tgan yo`li, birinchi sekundda o`tgan yo`lidan 5 marta ortiq. Jism qanday balandlikdan tashlangan. g=10 m/s2(45)
Jism erkin tushib oxirgi 10 s da butun balandlikning 3/4 qismini o`tdi. Tushish balandligini toping.g=10 m/s2(2000)
Vertikal joylashgan trubkadan qum zarralari oqib chiqmoqda, bunda qum zarralarining oqim yo’nalishidagi ko’ndalang kesim yuzasi trubka ko’ndalang kesim yuzasiga teng va harakat davomida o’zgarmaydi. Trubka oxirida qum zarralarining tezligi 1 m/s ga teng. Trubkadan 2.4 m masofadagi qum zarralarining o’rtacha zichligi bilan, trubka oxiridagi qum zarrachalaring o’rtacha zichligi bilan taqqoslang. Bunda har bir qum zarrasi erkin g=10 m/s2 tezlanish bilan tushyapti deb hisoblansin. (7)