1
Mavzu - 1:
Neft va uni qayda ishlash mahsulotlari.
Avtomobil yonilg‘ilari.
Reja
1. Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari.
2. Neftni qayta ishlashning asosiy usullari.
3. Avtomobil benzinlari.
Benzinning ekspluatatsion
xossalarining dvigatel ishiga ta'siri.
4. Dizelli dvigatellar uchun yonilg‘ilar. Dizel yonilg‘ilari
ekspluatatsion xossalarining dvigatel ishiga ta’siri.
5. Muqobil yoqilg‘ilar. Suyultirilgan va siqilgan gazsimon
yoqilg‘ilar.
6. Neft xom ashyosi bo‘lmagan alternativ yoqilg‘ilardan
foydalanish.
1. Neft hamda gaz yer qobig‘ining turli chuqurlikdagi
qatlamlarida, turli - tuman g‘ovak va boshqa tog‘ jinslari
orasida uglevodorod gazlari bilan birgalikda 1,2-2
kilometr
chuqurlikda yotadi. Yer qa’rida, asosan, qora rangli moysimon
suyuqlik bo‘lgan neft uchraydi. Neft so‘zi forscha - yonib
ketish, alangalanish ma’nosini anglatadi. Yer qa’rining
cho‘kindi qismida tarqalgan neft tashqi ko‘rinishiga ko‘ra
o‘ziga xos hidli quyuq moysimon suyuqlik bo‘lib,
turli tusdagi
jigar rang ko‘rinishga ega.
Neftning organik qoldiqlaridan hosil bo‘lish mexanizmi
ulardan kislorod bilan azotning yuqolib,
uglerod bilan
vodorodning yig‘ilishiga asoslanadi. Yer qa’rida neft hosil
bo‘lishi organik hayotning keng rivojlana boshlagan davri,
ya’ni taxminan bundan 350-400 million yil oldin boshlangan.
2
Neftning 4,5-5 kilometrdan pastda bo‘lganlari
tarkibida
yengil fraksiyalari oz miqdorda bo‘lib, asosan, gazlar va gaz
kondensatlari yig‘ilgan bo‘ladi. Bosim, harorat va ichki
o‘zgarishlar ta’sirida neft katta masofalarga siljishi mumkin.
Odatda, Yer qa’rining bir necha o‘n metridan 5-6
kilometrgacha chuqurlikda
joylashadigan muhim foydali
qazilmalardan hisoblanadi.
Neftning o‘rtacha molekulyar massasi 220-300 (ba’zan
450-470 gacha ham yetadi) va neftning zichligi 770-920
kg/m
3
, bo‘lib, 830 kg/m
3
dan past bo‘lgan turi yengil, 831-860
kg/m
3
atrofidagisi - o‘rtacha va 860 kg/m
3
dan yuqorisi - og‘ir
neft deb yuritiladi. Neftning yonish issiqligi 43000-45500
kDj/kg.
Neft tarkibida organik moddalar mavjudligi tufayli uni
qaynash harorati bilan emas, balki suyuq
uglevodorodlarning
qaynash harorati bilan tavsiflanadi. Neft organik
erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi,
ammo u bilan emulsiya
hosil qilishi mumkin.
Наг
qanday tabiiy boylikni, shu jumladan, neft va gaz
manbalarini
ham aniq bilish, chamalash va qanday geometrik
shaklda joylashganligini o‘rganish muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan vazifadir. Zahiralarni
aniq hisoblash konda olib
borilgan izlash va qidirish natijalari asosida tayyorlanadi.