2.4 Gazni qayta ishlashda mukammal qurilmalar qo`llashning talablari
Neft-gazni qayta ishlash texnologiyasida ishlatiladigan uskunalar bir qator talablar (ishlatish sharoitlari, konstruktiv, estetik, iqtisodiy, texnika xavfsizligi) ga javob berishi kerak. Eng avvalo, uskunada ma’lum bir jarayonning amalga oshirish uchun maqbul shart-sharoit mavjud bo`lishi kerak. Bu sharoitlar jarayonning turiga, jarayonda qatnashayotgan massalarning agrégat holatiga, ulaming kimyoviy tarkibi va fizik xossalariga bog‘liq bo`ladi. Uskunaning shakli texnologik jarayonni amalga oshirish uchun mos bo`lishi kerak. Jarayonning borishi uchun zarur bo`lgan sharoitlar (kerakli bosim; oqimlaming tegishli turbulentligi va tezligi; fazalaming o'zaro kontakt darajasi; tegishli mexanik, issiqlik, elektrik yoki magnitli ta’sirlar va hokazo) yaratilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Uskunaning eng muhim kattaliklaridan biri, uning ish unumidir. Ish unumi deganda vaqt birligi ichida uskunada xomashyo qayta ishlanib, tayyor bo`lgan mahsulotning miqdori tushuniladi. Uskunalarning ish unumini oshirish ishlab chiqarish uchun kata ahamiyatga ega. Buning uchun uskunalarning ishlarini jadallashtirish zarur. Jadallashtirishning bir necha usullari mavjud:
1) davriy jarayonlarni uzluksiz jarayonlar bilan almashtirish;
2) uskuna ishchi mexanizmlarining tezligini oshirish;
3) uskunadagi gidravlik rejimlarni yaxshilash;
4) yuqori harorat va katta bosimlarni qoplash;
5) ultratovusli, mexanik (pulsatsion va vibratsion) tebranishlar, mavhum qaynash prinsipi, elektromagnit maydoni ta’sirlaridan foydalanish;
6) yangi zamonaviy texnologiyalarni keng ishlatish.
Aniq sharoitlarni hisobga olgan holatda uskunalar ishlarini jadallashtirishning tegishli usullari tanlab olinadi. Konstruktiv va estetik talablar uskunani loyihalash, transport yordamida tashish va uni o‘matish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu talablar qatoriga quyidagilar kiradi: uskuna qismlarining standartligi va bir-birini almashtirish imkoniyati; uskunani yigMsh uchun kam mehnat talab qilinishi; qismlarga boiish va ta’mirlash qulayligi; uskuna va uning qismlarini minimal massaga ega bo‘lishi. Bulardan tashqari, uskunaning shakli va rangi ko‘zni quvontirishi, ya’ni estetik talabga javob berishi kerak. Uskunani loyihalash, tayyorlash va ishlatish qiymati iloji borichakam bolishi kerak. Amaliyotda ishlatish va konstruktiv talablarni qondirgan uskunalar odatda iqtisodiy talabga harn javob beradi. Uskuna texnika xavfsizligi talablariga harn javob berishi va uni boshqarish qulay bolishi kerak. Avariya va mustahkamlik zaxirasiga ega boMishi, saqlovchi klapan va avtomatik to‘xtatish moslamalari bilan ta’minlnngnn, harakatdagi qismlari esa himoya qilish to‘siqlari bilan ajrntilgan bolishi zarur. Uskunani xomashyo bilan to`ldirish va tayyor mahsulotni uskunadan chiqarish boshqaruvchi xodim uchun qulay boMishi zarur. Buning uchun uskuna mukammal konstruksiyaga ega bo`lishi, qopqoqli tuynuk va ventillar juda qulay qilib joylashtirilgan bo`lishi kerak. Uskunani ma’lum bir masofadan turib tekshirish va boshqarish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Uskunani boshqarish katta jismoniy mehnatni talab qilmasligi kerak. Uskuna ishini nazorat qilish va boshqarishni avtomatizatsiyalash - ishlab chiqarishni boshqarishning oliy maqsadidir. Texnologik jarayonlarni jadallashtirish va avtomatizatsiyalash hamda ularni informatsion texnologiyalar yordamida boshqarish insonning mehnat qilish sharoitini o‘zgartirib yuboradi. Bu narsa uskunalarni loyihalashda uni boshqaradigan insonning qobiliyati va imkoniyatini hisobga olishni (ya’ni ergonomika shartlarini) talab qiladi. Ergonomika - mehnat sharoitini insonga moslash haqidagi fan. Ergonoinikaning asosiy elementlari - uskuna konstruksiyasiga gigienik va estetik talablar qo‘yishdan iborat. Bunday talablar qatorigaquyidagilar kiradi: ishchi xodim uchun uskunani boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni qulay holatda turib bajarish imkoniyati; katta kuchlanish va bo‘g‘imlar tez harakatini talab qiladigan operatsiyalarga chek qo‘yish va hokazo. Katta hajrnli ishlab chiqarishlar yirik uskunalarni loyihalashni talab qiladi. Bunday uskunalarni ma’lum bir hajmga (yoki yuzaga) nisbatan qilgan ísh unumi ancha yuqori bo'ladi. Yirik uskunalardan foydalanish kapital mablag‘ va ishlatish bilan bog'liq bo'lgan sarflarni kamaytirgan holda, ularning ish unumini ko‘paytirish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Uskuna, mashina, asbob-uskunalarni tayyorlash uchun materiallar tanlashda ularni ishlatishning o‘ziga xos tomonlari, ishchi muhit, jarayonning borishi uchun zarur boMgan shart-sharoitlar hisobga olinadi. Uskunalarni tayyorlash uchun turli konstruksion materiallar (har xil navli po’latlar, cho‘yanlar, rangli metallar, qotishmalar, plastmassalar, nometall va kompozitsion materiallar) ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |