VIII - BОB
TERMIK KREKING JARAYONLARI
8.1.-§. Termik kreking haqida tushuncha kreking vaqtida uglevodorodlarni o’zgarishi, xom ashyo va olinadigan mahsulotlar.
Termodestrukstiya jarayonlari orqali neft va neft mahsulotlarini issiqlik ta’sirida parchalanishi tushuniladi. Jarayonlar uch etapda o’tkaziladi:
Suyuq neft mahsulotlari va xom ashyosini yuqori bosim ostida (20-70 at) termokrekinglash (visbreking)
neft qoldiqlarini past bosimda termokrekinglash
Suyuq va gaz holatidagi neft xom ashyosini yuqori haroratda (450 0C dan 1200 0C) piroliz qilish.
Yuqori bosimda olib boriladigan kreking 470-5400C gacha nisbatan engil xom ashyolarni (ligroin, mazut) qayta ishlab benzin olish uchun ishlatiladi. Neft qoldiqlari yarim gudron va gudronlarni qayta ishlashda asosiy mahsulot sifatida qozonxona yoqilg’isi olinadi. Bunday jarayon og’ir qoldiq xom ashyoni engil sharoitda bir karrali termik parchalanishdir. Visbreking xom ashyosi neftni atmosferali haydashdan olingan mazut yoki vakuum gudronlari hisoblanadi.
Visbreking orqali xom ashyoning qovushqoqligiga nisbatan pasaytirilgan suyuq qozonxona yoqilg’isi ishlab chiqarish uchun (1 variant), yoxud gidrokreking va katalitik kreking qurilmalari xom ashyosi bo’lgan gazoyl ishlab chiqarishni yo’naltirish uchun (2 variant) o’tkaziladi.
Har ikkala variantda ham engil mahsulotlar gaz va benzin frakstiyalari hisoblanib odatda ularni chiqishi 3 va 8% oshmaydi.
Viskreking qurilmasi kompleks qurilmalar tarkibida bir sekstiyali ko’rinishda kiradi. Masalan neftni atmosferali haydash, atmosferali mazut visbreking gazoyl frakstiyasi uchun visbreking mazutni vakuumli haydash gazoyllarni ajralishi , kerosin chiqish miqdorini oshirish maqsadida gazoyl aralashmalarini terming krekinglash.
Gudronlarni krekinglash jarayoni 460-5000C harorat, 1,4-3,5 MPa bosim sharoitida o’tkaziladi. Kreking jarayoni issiqliq yutilishi (endotermik) reakstiyasi bilan kechadi.
Ko’rsatgichlar
|
Engil neft mazuti
|
Engil neft gudroni
|
Neftning yarim gudroni
|
Mahsulot chiqishi % (mass) vodorod sulfid
|
0,2
|
0,3
|
-
|
C4 gacha bo’lgan gazlar
|
2,1
|
2,2
|
0,8
|
C5 va C6frakstiyalar
|
1,4
|
1,3
|
-
|
S7 va 1850C frakstiyalar
|
4,7
|
4,6
|
5,6
|
185-3700C frakstiya
|
10,7
|
-
|
-
|
Qoldiq ( 0C)
|
80,9
|
-
|
-
|
Qoldiq ( 0C)
|
-
|
91,6
|
92,6
|
Jami :
|
100,0
|
100,0
|
99,0
|
Visbrekingdan olingan benzin frakstiyalari oktan soni 58-68 oralig’ida bo’ladi. Benzin va kerosin frakstiyalari tarkibida oltingugurt miqdori xom ashyoga nisbatan kam bo’ladi. Olingan frakstiyalarni gidroto-zalashga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |