Reaktiv dvigatelar yoqilg’ilarining xarakteristikasi
Ko’rsatgichlar
|
T-1
|
TS-1
|
RT
|
T-8
|
T-6
|
Zichligi, kg/m3
|
800
|
755
|
755
|
785
|
840
|
Frakstion tarkibi,0S boshlang’ich qaynash harorati
|
150
|
150
|
135
|
165
|
135
|
Frakstion tarkibi,0S 98%
|
280
|
250
|
280
|
280
|
315
|
Kinematik qovushqoqligi, mg/2/s 200S da
|
1,50
|
1,25
|
1,25
|
1,45
|
4,50
|
400S
|
8,0
|
16,0
|
16,0
|
16,0
|
60,0
|
Yonish issiqligi, KDj/kg
|
40300
|
40300
|
40320
|
40320
|
40320
|
Alangalanish harorati, 0S
|
30
|
28
|
28
|
40
|
-
|
Kristallanish harorati, 0S
|
-60
|
-60
|
-60
|
-55
|
-60
|
Iod soni, g I2/100 g
|
2,0
|
3,5
|
0,5
|
0,5
|
1,0
|
Termik barqarorligi, (1500S 4 soat) mg/100 ml
|
18
|
10
|
6,0
|
6,0
|
6,0
|
Smolalar miqdori, mg/100 ml
|
6
|
5
|
4
|
4
|
6
|
Oltingugurt miqdori, %
|
0,10
|
0,25
|
0,10
|
0,10
|
0,05
|
Merkaptan , %
|
-
|
0,005
|
0,001
|
0,001
|
Yo’q
|
Aromatik uglevodorodlar, %
|
20
|
22
|
18,5
|
-
|
-
|
Serovodorod, suvda eruvchi kislotalar, ishqorlar mexanik aralashmalar, suv erkin ishqorlar va neften kislota sovunlari
|
|
mavjud emas
|
|
|
|
Zolligi, %
|
0,003
|
0,003
|
0,003
|
0,003
|
0,003
|
RT-yoqilg’isi. Barcha neftlardan gidprotozalash jarayonini qo’lagan holda olish mumkin. To’g’ri haydalgan va gidrotozalangan komponentlarni aralashtirib ham olish mumkin. Yoqilg’i yuqori termik barqarorligi, oltingugurt miqdorini kamligi va tarkibida ekspluatastion xossalarini yaxshilovchi prisadkalari borligi bilan ajralib turadi.
T-8 yoqilg’isi. Gidrotozalangan oltingugurtli neftlardan olingan to’g’ri haydalgan kerosin frakstiyasidir. RT yoqilg’isidan boshlang’ich qaynash haroratini yuqoriligi va termik barqarorligining yuqoriligi bilan ajralib turadi.
T-6 yoqilg’isi. To’g’ridan – to’g’ri haydalgan yoki ikkilamchi jarayonlardan olingan, tozalangan va chuqur gidrirlash yo’li bilan barqarorlashtirilgan gazoyl frakstiyasi mahsuloti hisoblanadi.
Oltingugurtli neftlardan olingan zamonaviy reaktiv dvigatelar uchun yoqilg’ilar boshlang’ich kristallanish harorati past bo’lgan gidrotozalangan distillyat tarkibida emirilishga qarshi, oksidlanishga qarshi, himoyalovchi, antistatik va ayrim hollarda biostidli prisadkalar qo’shilgan bo’ladi. Bunday yoqilg’ilarga aerodinamik sharoitlarda yana sovishda muz hosil bo’lishiga qarshi prisadkalar kiritiladi.
6.3.-§. Gaz – turbina dvigatellari uchun yoqilg’ilar
Gaz – turbina dvigatellari boshqa turdagi dvigatellarga nisbatan qator afzalliklarga ega bo’lgani uchun ko’pgina texnika turlarida kuchli agregat sifatida tarqalgan. Aviastiada porshinli dvigatelni 10-15 yil ichida gaz – turbinasi dvigateli to’liq almashtirdi. Oxirgi yillarda gazoturbina dvigatellaridan dengiz va daryo kemalarida, temir yo’l lokomativlarida, gaz va neft haydovchi nasos stanstiyalarida, elektr stanstiyalarida va boshqa joylarda energetik qurilmalar sifatida foydalaniladi. Bu dvigatelarning afzalligi shundaki bitta agregatda katta quvvatni olish imkoniyati mavjudligidadir. Gaz turbinali dvigatel xoxlagan turdagi – gaz, suyuq, qattiq va chang ko’rinishdagi yoqilg’ilar bilan ishlashi mumkin. Biroq transportlarda ishlatiladigan gaz – turbina dvigatellari uchun suyuq yoqilg’idan foydalaniladi. Yuqori parametrlarga ega bo’lgan mukammal gazoturbina dvigatellari samolyotlarga o’rnatiladi va ularga yoqilg’i sifatida neftlardan to’g’ri haydalgan kerosin frakstiyasi qo’laniladi. Ko’pgina korablarda, ba’zi haydash stanstiyalarida, kichik elektrostanstiyalarda dizel yoqilg’isiga mo’ljallangan gazoturbina qurilmalari foydalaniladi. Biroq ko’p hollarda gaz turbinalarini foydalanish maqsadi va imkoniyati qo’llaniladigan yoqilg’ini narxi va topishiliga bogliq. Gazoturbina yoqilg’ilari tarkibida zollar – 0,05%, vanadiy – 0,001%, natriy – 0,0005%, oltingugurt – 3% gacha bo’lishi kerak, yoqilg’ini qovushqoqligi va qotish haroratiga bo’lgan talab, ularning qo’llanilish sharoitlari va yoqilg’ini tayyorlash sistemasiga bog’liq holda o’zgaradi. Yuqorida ko’rsatilgan talablarga kam oltingugurtli neftlardan olingan mazutlar javob beradi. Ikkilamchi jarayonlar qoldiq mahsulotlari va oltingugurtli neftlar mazutlari tarkibida 0,001% vannadiy saqlagan bo’ladi.
GTQ (gaz – turbina qurilmalari) yoqilg’i sifatida ikkilamchi distillyatlardan (sekin kokslash va termik kreking) ham foydalanish mumkin. Bu yoqilg’ilarning kamchiligi ular tarkibida aromatik, to’yinmagan uglevodorodlar va smolaarning ko’pligidadir. Saqlash sharoitlarida va asosan qizdirishda ular oksidlanib yuqori smolali qoldiqlar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |