Xom – ashyo
Etilen, propen va butenga nisbatan qiyinroq protonlashadi (protoniruetsya), 2 – metilbuten esa propen va buten – 1 ga nisbatan engil protonlashadi. Shuning uchun etilendan karbonation hosil bo’lishi qiyinroq, uning polimerlanishi 2500S va undan yuqori haroratda amalga oshadi. Yuqori haroratlarda etilenni polimerlash natijasida ioni reakstiyalar ko’p bo’lib, alkanlar, stikloalkanlar va orenlar hosil bo’lishiga olib keladi. Alkanlar asosan polimerizotning boshlang’ich frakstiyalari tarkibida bo’ladi, orenlar-og’irida, ular 2250S dan yuqori haroratda haydalib chiqishi polimerizatga nisbatan 36-40% ni tashkil etadi. 3300Sda polimerizatdagi alkanlarning miqdori 7%ni tashkil etadi. Etilen, propen va buten saqlagan xom – ashyoni polimerlashda etilen oddiy sharoitda juda yuqori bo’lmagane o’zgarish darajasida polimerlanadi.
Bu quyidagicha izohlanadi:
(1)
Ikkilamchi karbonation hosil bo’luvchi (1) reakstiyaga nisbatan
(2)\
(2) birlamchi ion hosil bo’luvchi reakstiyaga nisbatan endotermik hisoblanadi. Shuning uchun xom – ashyo tarkibida S2 uglevodorodlarini bo’lishi yaxshi emas.
Propen, n-buten va 2-metil propenlarning alohida polimerlash tezliklari nisbati quyidagicha ≈1:2:10.
Aralash polimerlashda 2-metilpropen reakstiya vaqtida boshqa alkenlarning polimerlanishini tezlashtiradi.
Past haroratda 2 – metilpropenni propen va butenlar bilan aralashtirib yuqori darajada selektiv polimerlash mumkin.
Shuning uchun yuqoridagi reakstiya energetik jihatdan ikkilamchi ion hosil bo’lishi bilan boruvchi p-buten va propenlar reakstiyasidan qulay va arzondir. Propen, buten va propen buten aralashmasini polimerlash 82-84 (m.u.) va 96-97 (i.u) oktan soniga yaqin sifatli polimer benzinlar olinadi. Benzin tarkibida 94% alkenlar, 5% alkanlar va stikloalkanlar, 1% orenlar va dienlar bo’ladi. Alkanlar, stikloalkanlar va dienlar 600S gacha qaynovchi frakstiyalar tarkibida, orenlar esa benzinning oxirgi frakstiyalari tarkibida bo’ladi. Xom - ashyo tarkibida katalizatorda smolali moddalar hosil qiluvchi 1,3-butadienni bo’lmagan ma’qul. Xom – ashyoda erigan kislorodning bo’lishi ham smolali moddalarni hosil bo’lishiga olib keladi. Agar xom – ashyoda serovodorod bo’lsa, polimer benzin tarkibida oltingugurt saqlagan moddalar (markaptan R-SH) bo’ladi, xom – ashyo tarkibida xohlagan qo’shimchani bo’lishi katalizatorni aktivligini pasaytirib, uning kislotaliligini pasaytiradi. Xom – ashyoda fosfor kislotasi miqdorini bir xil ushlab turish uchun xom – ashyoda x10-2% suv bo’lishi kerak. Xom – ashyodagi bu namlik suyuq alkenlarda S3-S4 20-250C da suvning erishi bilan barobar va bu xom – ashyoga suvni kontaktlashtirish orqali oson erishiladi.
Alkanlardan holi bo’lmagan faqat alkenlardan iborat bo’lgan xom – ashyodan foydalanish rektifikastiyaga ketadigan haroratlarni oshiradi, shuning uchun jarayonda alken olgan nisbatda zavodlarda olinadigan C3-C4 frakstiyasi va propan – propenli frakstiyalardan foydalaniladi. Alkenli xom – ashyoni to’liq ishlatish maqsadida reakstiyani olib borish ikkilamchi reakstiyalarni ortishiga va reakstion hajmni ishlab chiqarish quvvatini pasayishiga olib keladi. Shuning uchun hajmiy tezlik alkenlarni 90% gacha o’zgarish darajasigacha ushlab turiladi. U xom – ashyo tarkibidagi alkanlarni miqdoriga, katalizatorni aktivligiga, jarayon harorati va bosimiga bog’liq. Bu faktorlarga bog’liq holda 1,7-4 soat-1 chegarasidagi hajmiy tezlik qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |