Ko‘rsatkichlar
|
Gudron
|
I
deasfaltizat
|
II
deasfaltizat
|
Asfalt
|
Zichlik P420
|
1.010
|
0,915
|
__
|
__
|
Kokslanish, % mas.
|
18-20
|
1,1-1,3
|
1,5-2,2
|
__
|
Yopishqoqligi: 100°C,
mm2/C
|
—
|
20-23
|
30-55
|
__
|
Yumshalish harorati, °C
|
35
|
__
|
__
|
66-75
|
Gudron nasos (N— 1) orqali isitgichga (T—1) berilib undan colonna (K—1) ni o‘rta qismiga beriladi. Kolonna (K—1) ni pastki qismiga nasos (N—2) bilan suyuq propan beriladi. Asfalt eritmasi kolonna K—I ni pastki qismidan ekstraksiya kolonnaga (K—2) beriladi. K—2 kolonna pastki qismidan ham suyuq propan beriladi. K—2 ni tepa qismidan (III) deasfaltizatning propandagi eritmasi olinadi
I va II bosqich deasfal tizatlarni eritmasini erituvehisi alohida regeneratsiya qilinadi. I—bosqich deasfaltizat eritmasi kolonna K—I tepasidan parlatgich
(T-2) ga beriladi va u yerda propanning bir qismi parlatiladi. I—bosqich deasfaltizat eritmasi T—2 isitgichda isitilib kolonna K—5 ga yuboriladi va bosimni pasayishi natijasida propanning bir qismi parlatiladi. Kolonna K—5 ni pastki qismidan I—bosqich deasfaltizat eritmasi K—6 beriladi va u yerda propan suv pari bilan tamoman parlatiladi. Kolonna K—6 ni tagidan I—bosqich deasfaltizati nasos N—5 yordamida sovutgich (X—4) orqali chiqariladi. II bosqich deasfaltizati eritmasi K—2 kolonna tepasidan parlatgichlarga berilib (T—3 va T—4) parlatiladi va kolonnada (K—7) propan suv pari bilan bug‘ latilib haydab olinadi, sovutiladi va kolonnadan chiqarib olinadi. II bosqich asfalt eritmasi kolonna (K—2) tagidan pech (P— 1) ga beriladi u yerdan kolonna (K—4) ga beriladi va kolonnada propanni asosiy qismi ajraladi.
II bosqich asfalt eritmasi kolonna K—4 dan kolonna K—3 ga propanni tamoman ajratib olish uchun yuboriladi. Kolonna K— 3 ni tagidan II—bosqich asfalti nasos N—4 orqali chiqarib olinadi. Propan parlari (2,7 MPa) parlatkich (T—2, T—3) va kolonna K—4 dan chiqib sovutgichda sovutilib (X—1), rezervuar E—I da yig‘iladi. Propan parlari (1,9 MPa) isitgich T—4 va kolonna K-5 dan chiqib sovutgich X—2 da sovutilib rezervuar E—2 da yig‘iladi va u yerdan nasos N—3 yordamida E—1 ga beriladi. Gaz holidagi propan va suv parlari kolonnalar K—3, K—6 va K—7 dan chiqib, kolonna K—8 da suv bilan sovutiladi.
Propan kolonna K—8 tepasidan kompressor PK—1 bilan 1,9 MPa gacha siqiladi va suyuq propan sistemasiga beriladi.
Ikki bosqichli deasfaltlash qurilmasini texnologik chizmasi.
I—xomashyo, II—propan, III—birinchi bosqich deasfaltizati.
IV—2- bosqich deasfaltizati, V—asfalt, VI—suv parí, VII—suv
Do'stlaringiz bilan baham: |