4.2. Nasadkali kolonnalar Nasadkali kolonnalar konstruksiyasi bo‘yicha eng sodda bo‘lib,
silindrik vertikal jihoz. Butun balandligi bo‘yicha yoki alohida
qismlarida ma’lum o‘lchamdagi va konfiguratsiyali jismlar inert
materialdan yasalgan nasadkalar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi (7-
rasm). Nasadkalar pastga tushadigan suyuqlikni va yuqoriga
ko‘tarilayotgan bug‘ni intensiv aralashtirishga hamda kontakt
yuzasini oshirish uchun mo‘ljallangan. Kontakt va massa
almashinuv kolonnada jihozning barcha qismida to‘xtovsiz amalga
oshadi. Òarelkali va nasadkali kolonnalarning farqi shunda.
Nasadkali kolonnalarning ko‘ndalang qismida yuqoridan pastga
tushayotgan suyuqlikning barobar taqsimlanishiga erishib
42
bo‘lmaydi. Kolonnaning diametri katta bo‘lganda suyuqlikning
barobar taqsimlanishi yomon bo‘ladi. Bu jihozlarda fazalarning
kontakti yetarli darajada emas. Shuning uchun fazalarni aniq ajratib
bo‘lmaydi.