Neft va gaz kimyosi


MONOTSIKLIK SIKLOALKANLAR



Download 0,73 Mb.
bet3/7
Sana25.06.2022
Hajmi0,73 Mb.
#703437
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Neft tarkibidagi sikloalkanlarni olish usullari (4)

MONOTSIKLIK SIKLOALKANLAR

Molekulasida beshtadan sakkiztagacha uglerod atomini saqlagan monosiklik sikloalkanlar asosan 125 0C dagi fraktsiyada uchraydi. Bu fraktsiyada ularni umumiy miqdorini baholash uchun odatdagi konlarni neftlari tekshirilgan 125 0C dagi fraktsiyani chiqishi 0,8 dan 13,9 % ni tashkil qiladi, siklopentan qatoridagi uglevodorodlarni miqdori 14,5% dan (Surgut neftida), 53 % gacha (Exabin neftida) va siklogeksanni miqdori 14 % dan (Surgut neftida), 36,5 % gacha (Boku neftida) boʼladi. Siklopentan qatoridagi uglevodorodlarni tarkibi 9.1– jadvalda
keltirilgan.
9.1-Jadval
Siklopentan qatoridagi sikloalkanlar,%

Uglevodorodlar



Neftlar

Grozniy

Surgut

Paromay

Exambin

Baku

Grezniy Sopka

Neft
toshlar

Siklopentan

2,5

3,0

1,0

1,0

-

-

metilsiklopentan

19,5

24,5

17,0

8,0

-

2,0

Аlmashingan siklopentanlar C7

48,5

40,0

47,0

40,0

12,0

28,0

etilsiklopentan

8

29,0

14

10

17

9

1,1-dimetilsiklopentan

12

8,5

5

12

33

-

1,3-dimetilsiklopentanlar

40

30,0

40

53

36

35

1,2- metilsiklopentanlar

40

32,5

41

25

14

56

Аlmashingan siklopentanlarC8

29,5

32,5

35,0

52,0

88,0

70,0

1,1,3- trimetilsiklopentan

24,5

20,0

16,5

23,5

23,0

12,5

1,1,2- trimetilsiklopentan

4,0

4,5

2,5

1,5

8,0

8,0

1,1,4- trimetilsiklopentan

24,0

19,0

22,0

20,0

25,0

23,0

1,2,3- trimetilsiklopentan

19,5

17,0

37,0

35,0

16,0

31,5

etiletilsiklopentan

28,0

21,0

21,0

20,0

28,0

25,0

Bundan koʼrinib taribdiki, siklopentanni neftdagi miqdori juda kam. Bu qatordagi sikloalkanlarni umumiy miqdoridan 3,0 % ni siklopentan tashkil qilsa, uni maksimal holda aniqlanishi mumkin. Metilsiklopentanni miqdori Surgut neftida 24,5 % gacha oshadi, Boku neftida u deyarli yoʼq.


Siklopentan qatoridagi moddalarni asosiy miqdori C7 uglevodorodlardan tarkib topgan va Surgut, Pervomaysk hamda Exabin neftlarida 40–48,5 % ni tashkil qiladi. Xatto Boku neftida ham C7 sikloalkanlarning miqdori 28 % ni tashkil qiladi, vaholanki bu neftlarda siklopentan va metilsiklopentanni faqatgina izlari aniqlangan. C7 uglevodorodlar tarkibida 1,2– va 1,3– dimetilsiklopentanlar, yani siklopentan halqasini turli uglerod atomlarida metil guruhlarini saqlagan eng barqaror uglevodorodlar koʼpchilikni tashkil qiladi. 1,1 –dimetilsiklopentan va etilsiklopentanlarni miqdori 1,2 –va 1,3 – siklopentanlarnikidan ancha kam. 125 0C fraktsiyasida C8 siklopentanlar ancha koʼp miqdorda aniqlangan. Masalan, Grozniy
parafinli neftida ular fraktsiyadagi sikloalkanlarni umumiy miqdoridan 29,5 % ni, Boku neftida 88 % ni tashkil qiladi. Bu siklopentanlar asosan trimetilsiklopentan va metiletilsiklopentandan tashkil topgan, bu yerda ham har xil uglerod atomida oʼrinbosarlari boʼlgan siklopentanlar koʼpchilikni tashkil qiladil.
9.2-Jadval
Neft fraktsiyasidagi C9 siklopentanlar miqdori, %

Uglevodorodlar



Neftlar

Grozniy

Surgut

Paromay

Exambin

Baku

Grezniy Sopka

Neft
toshlar

1,2,3,4-tetrametilsiklopentan

10

18,0

17,5

32,0

6,5

4,5

1,1,2,4-tetrametiltsiklopentan

2,5

2,0

2,0

3,0

-

-

1,4-dimetil–2–etil–
siklopentan

33,0

21,0

22,5

14,0

20,0

19,5

2,3- dimetil–3–etil–
siklopentan

22,5

21,0

21,0

23,0

23,0

28,0

1,1- dimetil–3–etil–
siklopentan

8,0

2,5

10,0

6,0

3,0

3,5

Di almashingan
siklopentanlar

24,0

35,5

27,0

22,0

41,5

44,5

C9 qatoridagi siklopentanlar uglevodorodlari tarkibi 9.2–jadvalda keltirilgan, bundan koʼrinib turibdiki, ular orasida 1,2,3,4 –tetrametilsiklopentan, 1,4 –dimetil–2–etilsiklopentan va 1,2 –dimetil–3–etilsiklopentanlar koʼpchilikni tashkil qiladi. Bitta uglerod atomida oʼrinbosarlarni saqlagan uglevodorodlar, masalan 1,1,2,4 – tetrametilsiklopentan, juda kam miqdorda mavjud, bu C9 sikloalkanlar umumiy miqdori foiz ulushidan 3,0 % gacha boʼlgan miqdorni tashkil qiladi.


Koʼrib chiqilgan neftlarni yengil komponentlari miqdori va guruhli tarkibi boʼyicha turlicha boʼlishiga qaramasdan siklopentan va siklogeksan qatoridagi sikloalkanlar, izomerlarini taqsimlanish qonuniyatlari barcha neftlarda deyarli yaqin. Barcha tadqiq qilingan neftlarda halqali uglerodlarni taqsimlanishi yuqorida keltirilgan misollardan iborat.
Siklogeksan qatoridagi sikloalkanlar. Siklogeksan qatoridagi sikloalkanlarni tarkibidan koʼrinib turibdiki, siklogeksan massa miqdori keng chegaralarda oʼzgaradi, yaʼni Boku neftini 1,0 % dan, Surgut neftini 18,0 % gacha va ularda siklopentanni miqdoridan ancha yuqoriroq. Siklogeksanga qaraganda kichikroq erkin energiyaga ega boʼlgan metilsiklogeksanni miqdori siklogeksanni miqdoridan 2–6 marta koʼpdir. Bir qator neftlarda (Exabin, Paromay, Surgut)
metilsiklogeksan asosiy komponent (36,5–50 %) hisoblanadi, neftning 125 0C dagi fraktsiyasida ancha koʼp miqdorda C8 alkilsiklogeksanlar aniqlangan. Grozniy parafinli neftlarda ular juda kam miqdorda boʼlsa (35 %), Boku neftlarida esa bu birikmalar koʼpchilikni tashkil qiladi (C8 fraktsiyaga hisoblaganda 93,0–94,0 %).
Siklogeksan qatoridagi C9 uglevodorodlarni, ular orasida gem– di– va trialmashgan siklogeksanlar ham bor. Neftlarda ularni miqdori keskin farq qilmaydi, ammo gem– almashgan siklogeksanlar orasida termodinamik nuqtai–nazardan barqarorroq boʼlgan 1,1,3 – trimetilsiklogeksan (gem – almashinganlarni umumiy miqdoridan 74–83,0 %) da miqdori koʼproq, 1,1,2– va 1,1,4 –trimetilsiklogeksanlarni miqdori (3,0–15,0 %) esa ancha kamdir. Trialmashgan siklogeksanlar orasida 1,2,4–trimetilsiklogeksanning miqdori koʼproq
(61,0-80,0%), pervomaysk va Boku neftida esa 1,3,5–trimetilgeksanning yuqi topilgan. Dialmashgan siklogeksanlar orasida 1–metil–4–etil–geksannikiga qaraganda 1,5–2,0 marta koʼp. Buni konformatsion tahlilning asosiy tamoyilidan kelib chiqqan holda bogʼlanmagan atomlarning minimal oʼzaro itarishi taʼsirini hisobga olib tushuntirish mumkin.
Bu holda stereoizomerlarning termodinamik barqarorligi almashayotgan radikallardagi (metil va etil) vodorod atomlarining oʼzaro taʼsir energiyasi bilan belgilanadi, yaʼni radikallarning fazoda oʼzaro joylashuviga bogʼliq boʼladi. Bunday oʼzaro taʼsir sis–izomerlar uchun xosdir va quyidagi qatorda oshib boradi: dimetil–, metilalkil–, dialkil hosilalar. 1,2–dimetilsiklopentanlarning epimer juftlari orasida trans–izomer termodinamik barqarorroqdir. 1,3–dimetilsiklopentanlar misolida ikkila isomer (sis- va tras- ) da xam o`zaro bogʼlanmagan uglerod atomlari orasida oʼzaro taʼsir mavjud emas, shuning
uchun bu ikkita izomerning termodinamik barqarorligi deyarli bir xil.
1,4–dimetilsiklogeksan misolida ikkala oʼrinbosarlarning ekvatorial orientatsiyasiga ega boʼlgan trans–izomer termodinamik barqarordir. Аksincha, 1,3–dimetilsiklogeksanning sis – izomerida sis–visinal oʼzaro taʼsirlar yoʼq va metil guruhlarining diekvatorial joylashuvi bilan hosil qilingan bu izomer barqarorroqdir.
Termodinamik barqarorlik omillari bilan aniqlanadigan stereoizomerlarning nisbatiga neftning tabiati sezilarli taʼsir koʼrsatmaydi, ammo baʼzi sikloalkanlarning (metiltsiklogeksan, etiltsiklogeksan) muvozanatli miqdordan yuqori boʼlgan anomal yuqori miqdori, ehtimol neftning kelib chiqishi bilan dastlabki neft paydo boʼladigan moddaning genezisi bilan chambarchas bogʼliqdir.
C9 fraktsiyasida karotinoidlarning destruktsiyasi mahsulotlari relikt uglevodorodlar (1,1,3–trimetilsiklogeksan) mavjud. Uning keyingi gomologi 1,1,2,3–tetrametilsiklogeksan C10 fraktsiyasida aniqlangan. C10 siklanlarni tarkibi tahlilning hozirgi zamon usullari bilan aniqlangan. Naftenli neftlar C10 fraktsiyasida (150–175 0C) asosan siklogeksanning hosilalari boʼlgan 87 uglevodorod identifikatsiyalangan – bisiklo [4.3.0] – nonan, bisiklo [3.3.0], bisiklo
[3.2.1], bisiklo [2.2.2] oktan hosilalari topilgan.
Grozniy, Samotlor, Mirzani konlarining parafin asosli neftlari ham tadqiq qilingan ( tegishli ravishda А1, А1, А2 turi Аl.А.Petrovning sinflanishi boʼyicha). Ularning uglevodorod tarkibining toʼliq identifikatsiyasi oʼtkazilgan va koʼrsatilgan chegaralarda qaynash haroratiga ega boʼlgan model uglevodorodlarda va neftlarda topilgan Kovach tuzilishlarining indekslari aniqlangan. Neft fraktsiyalarini samaradorligi 70 ta nazariy likopchasi boʼlgan kichkina ustun (kolonka)da rektifikatsiyalab ajratib olindi, soʼngra esa silikagelda siqib chiqarish
xromatografiyasi yordamida dearomatlashtirildi.
Bunda analitik usullardan kapillyar gaz suyuqli xromatografiya va
xromato–mass–spektrometriya asosiy usullar hisoblanadi. Grozniy koni
neftlarining 150–175 0C dagi fraktsiyasining xromatogrammasi qoʼzgʼalmas fazali skvalan boʼlgan poʼlat kapillyarlari kichkina ustun (kolonka) 50m × 0,25mm da H2 oqimida 80 0C olindi. Kichkina ustunga kirishda bosim 0,05 MPa ni tashkil etadi. Uglevodorodlarni identifikatsiyalash, ularning neftdagi miqdoriy nisbati va xromatogrammalarining asl maʼnosi 9.1.–rasmda keltirilgan.


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish