Buger-Lamberg-Ber ning umumiy qonuni nur yutilishining asosiy qonuni bo‘lib, quyidagi formula orqali ifodalanadi: bu yerda, K — nur yutilish koeffitsiyenti, u erigan moddaning tabiatiga va uning fizik holatiga bog’liq bo’ladi. Agarda konsentratsiya С — 1 mol/1, /= 1 sm bo’lsa, unda K nur yutilishning molyar koeffitsiyenti deyiladi va bilan belgilanadi. Endi formulaning ko‘rinishini deb yozish mumkin. Nur yutilishining asosiy qonuniga rioya qilinganda eritmaning optik zichligi nur yutilish molyar koeffitsiyentiga, nur yutayotgan modda konsentratsiyasiga va nur o‘tayotgan eritma qavatining qalinligiga to‘g‘ri proporsional bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |