Fotokalorimetrik tahlil usulining mohiyati. Fotokalorimetrik usul bilan modda miqdorini ko‘zga ko‘rinadigan spektrlar sohasida (400— 780 nm) aniqlash standart va aniqlanayotgan rangli eritma tomonidan nur yutilishini solishtirishga asoslangan. Buni organik va anorganik birikmalar barqaror rang hosil qilishi mumkinligi bilan tushuntiriladi. Fotokalorimetrik tahlil usulini aniqlaniladigan konsentratsiyalarning katta doirasida ishlatiladi. Bu usulni har xil murakkab texnik birikmalar tarkibidan aniqlaniladigan modda miqdori 1% dan ko‘p va % bo’lganda ham qo’llash mumkin. Fotokalorimetrik tahlil usulini ba’zi moddani ajratish usullari — xromatografiya, ekstraksiya bilan birgalikda qollash, modda miqdorini aniqlashda sezgirlikni yana bir foizga oshirishga va o’lchash aniqligini % ta yetkazishga yordam beradi. Ko‘pgina metall va metallmaslar har xil rangli kompleks birikmalar bilan o’zaro ta’sirlashadi.