Protonlarga molekuladagi qo‘shni protonlar va boshqa funksional guruhlar ta‘sir etadi, natijada shkalada protonlarning ko‘rinishi har xil bo‘ladi. Masalan ajratilgan metil guruh bo‘lsa, uning uchta protoni shkalada bitta cho‘qqili uch protonga teng bo‘lgan singletga ega bo‘ladi. Agar metil guruhning yonidagi uglerodda bitta proton bo‘lsa uning ta‘sirida ikkita cho‘qqili uch protonga teng bo‘lgan dublet hosil bo‘ladi. Shunday qilib, YaMR usuli molekuladagi vodorod atomlarining sonini va qanday holatda joylashganligini yaqqol ko‘rsatib, birikmaning tuzilishini aniqlashda katta yordam beradi (8-rasm)).
Do'stlaringiz bilan baham: |