Neft mahsulot



Download 1,01 Mb.
bet24/36
Sana19.07.2022
Hajmi1,01 Mb.
#824945
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
11.3. Magistral quvurlardagi avariya oqibatlarini bartaraf etish
I. Avariyalarning sodir bolish sabablari.
Magistral neft va gaz quvurlaridagi avariyalar quyidagi sabab- larga ko‘ra sodir bo‘lishi mumkin:
quvurlarning korroziyalanishi;
– quvurlarda haroratning o‘zgarishidagi kuchlanishlarning sodir bo‘lishi;
quvur yotqizilgan joylardagi tuproq qatlamining kochishi;
quvur tagidagi tuproqning bir xilda chokmasligi;
– quvurlarning mahkamligi va zichligini sinashda normativ talablarga rioya qilinmaslik;
– quvurlarni tayyorlashda normativ ko‘rsatkichlardan chetga chiqish va boshqalar.
Bu sabablar ichida eng xavflilari quvurlarning payvand chok- lari va quvurning yorilishi hamda korroziya jarohatlari hisoblanadi. Bunday avariyalarni bartaraf etish (mahsulotlar haydalishini to‘xtatib) ko‘p vaqt talab qiladi.
Avariyalar quvur ichidagi mahsulot bosimining kamayishi (monometrlar ko‘rsatishi bo‘yicha) hamda ikki haydovchi stan- siyalar o‘rtasida haydalayotgan va qabul qilinayotgan mahsulot- lar miqdorlarining farq qilishi hamda boshqa ko‘rsatkichga asosan aniqlanadi.
Avariyalarni bartaraf etish tartibi. Quvur trassasini kuzatib yuruvchi personal (navbatchi) neft yoki neft mahsulotlarining yer yuzasida paydo bo‘lgan joyni ko‘rsa, bu haqda stansiya boshlig‘iga va dispetcherga xabar qiladi . Ulardan tegishli ko‘rsatmalar olgandan keyin, yong‘in va ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lmasligining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ya’ni o‘sha joy atrofiga «Chekilmasin», «Yong‘in- dan xavfli» kabi belgilarni o‘rnatadi. Yer yuzasiga oqib chiqayot- gan neft yoki neft mahsulotlarining miqdori ko‘p bo‘lsa, ularni to‘xtatish va yig‘ish ishlarini amalga oshiradi. Jarohat quvurning uzilishi yoki yorilishi natijasida sodir bo‘lgan bo‘lsa, berkituvchi kranlar yordamida mahsulot haydalishi to‘xtatiladi.
Neft quvurlaridagi avariyalarni bartaraf etish uchun shikast- langan quvur bo‘limi yopilib, ta’mirlash ishlari mahsulotning oqib chiqishi to‘xtatilgandan so‘ng bajariladi. Ochiq olov ish- larini bajarishdan oldin qazilgan chuqurlik havosi tarkibidagi neft mahsuloti bug‘larining miqdori aniqlanadi, qoniqarli bo‘lsa, ochiq olov ishlari amalga oshiriladi.
Quvurdagi shikast kichik teshik ko‘rinishida bo‘lsa, u metall yamoq (nakladka) yoki qo‘rg‘oshin to‘sig‘i (probka) yordamida berkitiladi. Metall yamog‘i teshik ustiga yotqizilib zanjirli siquvchi moslama bilan quvur yuzasiga siqiladi, keyin quvurga payvandla- nadi. Qo‘rg‘oshin to‘sig‘i esa maxsus siquvchi bolt yordamida teshikning ichki tarafiga o‘tkazilib so‘ng tortilib hosil qilinadi. Kichik jarohatlarni bartaraf etishda mahsulotni haydash to‘xtatilmaydi.
Agar avariya natijasida quvurning uzilishi yoki uzunligi bo‘yicha yorilishi sodir bo‘lsa, quvurning shikastlangan bo‘limi yangi quvur bo‘lagi bilan almashtiriladi. Buning uchun quvur orqali
mahsulot haydalishi to‘xtatiladi. Quvurning ustki tuproq qatlami ochilib, shikastlangan qism uzunligi aniqlanadi va shu qism uzun- ligiga teng bo‘lgan yangi quvur bo‘lagi olib kelinadi. Shikastlan- gan quvur bo‘limining ishga yaroqsiz qismi qirqib tashlanishdan oldin quvurdagi mahsulotning yerga to‘kilishining oldini olish maqsadida shikastlangan quvur qismining ikki tomonidan teshik ochiladi va ular orqali loy to‘sig‘i hosil qilinadi.
Kuchli quvur avariyasini bartaraf etishning texnologik chiz- masi 33- rasmda keltirilgan.

33- rasm. Quvur uzilishini bartaraf etish sxemasi:
1jarohatlangan quvur bolimi; 2yangi quvur (potrubka); 3loy
tosigi; 4avariya bartaraf qilingandan keyingi quvur.

Ko‘p hollarda quvur ichiga loy to‘siq o‘rniga rezina shari kiri- tilib to‘siq hosil qilinadi. Quvur ichida to‘siq hosil qilingandan keyin quvurning shikastlangan qismi qirqib olinadi va uning o‘rniga yangi quvur payvandlanadi.


Yangi quvur yuzasi izolatsiya qoplamasi bilan qoplanib, usti tuproq bilan berkitilgandan so‘ng neft yoki neft mahsulotlarini haydash jarayoni davom ettiriladi.


11.4. Gaz quvurlaridagi avariyalarni bartaraf etish tartibi
Gaz quvurlaridagi avariyalarni bartaraf etish yong‘indan xavfli ishlar turkumiga kirganligi sababli ta’mirlashni amalga oshirishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish talab etiladi va u quyidagi tartib- da amalga oshiriladi.
1. Shikastlangan quvur bo‘limi (qismi)ga gaz kelishi to‘xtatiladi va quvur gazdan tozalanadi.
2. Quvurdagi korroziyadan himoya qilish jihozlari ochiriladi.
3. Quvurni ochish uchun tuproq ishlari bajariladi.
4. Quvur ichiga rezina sharini o‘rnatish uchun shikastlangan bo‘limning ikki tomonidan teshiklar ochiladi.
5. Òa’mirlanadigan quvur bo‘limining ichki yuzasini izolat- siya qilish uchun uning ichiga rezina sharlari o‘rnatiladi.
6. Payvandlash ishlari bajariladi.
7. Payvand choklarining sifati fizik usul yordamida tekshiri- ladi.
8. Rezina sharlar quvur ichidan olinib, teshiklar berkitiladi.
9. Payvand choklarining mahkamligi va zichligi tekshiriladi.
10. Izolatsiya qoplamasi surkaladi.
11. Elektrokimyoviy himoya vositalari ulanadi.
12. Quvur tuproq bilan komilib, foydalanishga topshiriladi.



Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish