Bitumning issiqlikka nisbiy chidamliligiga hamda issiqlikdan yum shash darajasiga baho berish uchun uning qanday haroratda yumshashini bilish kerak. Bu harorat «halqa va shar» asbobi yordamida aniqlanadi.Bu asbob bir-biridan muayyan masofada o‘zaro biriktirilgan uchta metall plastinka 5 dan tashkil topgan; plastinkalami teshib o‘tgan metall sterjenlar shu plastinkalaming o‘ziga biriktirilgan. Pastki ikkita plastinka oralig1 i 25,4 mm. ga teng. O'rtadagi plastinkaning ikkita teshigi bor; har teshikka ichki diametri 15,88 mm., balandligi 6,25 mm. va devorchasining qalinligi 2,38 mm. keladigan jez halqa o'tqaziladi. Eng ustki halqaning qoq o'rtasidagi teshikka termometr 4 o'matiladi. «Halqa va shar» usuli quyidagidan iborat: jez halqalar metall plastinka ustiga qo'yiladi va 1:3 nisbatda talk aralashtirilgan glitserin bilan moylanadi. Eritilgan va 15 minut davomida qorishtirib turilgan bitum 2 halqaga ortig'i bilan to'ldiriladi, sovuganidan key in uning ortiqcha qismi qizdirilgan pichoq tig'i bilan sidirib tashlanadi. Shundan keyin halqalami asbobning o'rta plastinkasidagi teshiklargacha yotiq holatda o'tkazish, ustki plastinkaning o‘rtadagi teshigiga esa termometmi o'matish kerak, bunda termometming simobli pastki uchi jez halqaning pastki sathi bilan bir tekislikda yotishi lozim. Zichlik ko‘rsatkichi 1 raqamidan katta (yoki kichik) bo'lgan bitumlar- ning cho'ziluvchanlik darajasini aniqlayotganda suvning zichligini ham shunga yarasha o‘zgartirish, yoki osh tuzi qo’shib oshirish, yoki spirt qo'shib kamaytirish zarur (bitumning cho'zilishidan hosil bo'layotgan ip suv betiga qalqib chiqmasligi va suv tubiga cho‘kmasligi uchun shunday qilinadi).Halqalar o'matilgan asbob 5°S gacha sovutilgan distillangan suv to'ldirilgan stakan 6 ga tushiriladi va 15 daqiqadan keyin stakandan chiqarib olinib, har bir halqadagi bitumning qoq o'rtasiga diametri 95 mm., massasi 3,45—3,55 g. keladigan po'lat sharcha qo'yiladi; shundan keyin asbobni yana stakanga joylash, stakanni esa shu holatda asbest to'r ustiga qo‘yish va tagidan gaz gorelkasi yoki spirtii latnpa biian qizdirish kerak. Stakandagi suvning harorati minutiga 5°S tezlikda ko'tarilishi lozim. Bitum issiqdan erib, yuzidagi po‘lat sharcha biian birga halqaning teshigidan o‘tib ketadi.Erib yumshagan bitum sharcha og‘irligi ta’sirida halqadan o‘tib, asbobning pastki plastinkasi (diski) ga tegadi, shu paytdagi harorat (9.3,9.4- rasm) bitumning erib yumshash harorati hisoblanadi. «Halqa va shar» usulida bitumning erib yumshash harorati 70°S bo‘Isa, buni qisqachagina, «70°H va S» shaklida yozish mumkin. Harorat 80°S dan oshib ketganda asbob stakaniga suv o'm iga glitserin to'ldiriladi; sinash oldidan bitum namunasini 32°S muhitda 15 daqiqa saqlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |