Neft alkanlari Gaz holatidagi parafin uglevodorodlar


Alkanlarning asosiy reaksiyalari



Download 190 Kb.
bet6/8
Sana12.07.2022
Hajmi190 Kb.
#778812
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Neft alkanlari

1.7. Alkanlarning asosiy reaksiyalari

Alkanlarning yetarli inertligi organik kimyo kursida o`tilgan. Bu yerda biz faqat neft texnologiyasida ishlatiladigan xossa, reaksiyalarni o`rganib chiqamiz. Bular – oksidlanish, termik va termokatalitik o`zgarishlar.



1.7.1. Oksidlash
Alkanlar yuqori bo`lmagan haroratlarda (105-1400C) K, Mn katalizatorlarini qo`llab, suyuq fazada sintetik yog` kislotalari aralashmasiga aylantiriladi. Ushbu kislotalardan tashqari suvda eruvchi quyi monokarbon, keto – va dikarbon kislotalar hamda gidroksid kislotalar hosil bo`ladi. Parafinlarni oksidlash orqali oliy yog` spirtlari olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Katalizator sifatida bor (B) birikmalari ishlatiladi. Yuqoriroq haroratda gaz fazada alkanlarni kislorod saqlovchi birikmalar – aldegidlar, ketonlar va kislotalar aralashmasiga aylantirish mumkin.
1.7.2. Suv bug`i bilan konversiyalash
Yuqori haroratda metan suv bug`i bilan reaksiyaga kirishadi: СН4 + Н2О  СО + 3Н2 – Q. Hosil bo`lgan gaz sintez – gaz deb ataladi. Sintez – gaz (CO + nН2) olish reaksiyasi endotermik bo`lib, reaksiyani amalga oshirish uchun kerak bo`lgan issiqlik – metanning bir qismini yoqish natijasida hosil qilinadi:
СН4 + О2  СО2 + 2Н2О + Q
E slatma: Sintez - gaz ko`mirni yer ostida gazоfikatsiyalash yo`li bilan ham olinadi:
С + О2  СО2 + Q; C + H2О СО + 2Н2
Hosil bo`lgan sintez - gazlar aralashmasi metil spirti olishga, vodorod olishga va gidroformillash reaksiyasi orqali sun'iy benzin olishga va boshqa moddalar olishga ishlatiladi.

7.3. Alkanlarning krekingi

Yuqori haroratda uglevodorodlarni (alkanlarni) parchalash (tarkibiy qismga) ikki xil nomlanib, o`ta yuqori harorat – 7000C va undan yuqori haroratda piroliz jarayoni deyiladi. Undan past haroratda esa kreking jarayoni deyiladi.


Piroliz jarayonida suyuq uglevodorodlar fraksiyasidan to`yingan va to`yinmagan quyi molekulyar uglevodorodlar aralashmasi olinadi.
Sanoat miqyosida piroliz jarayonini ikki xil usulda olib boriladi:
1. Oksidlab piroliz qilish.
2. Elektr toki yordamida piroliz qilish (texnik nomi elektrokreking).
Ushbu jarayonlar uchun kerak bo`lgan issiqlik xom ashyoning bir qismini yoqish orqali amalga oshiriladi. Ikkala jarayon ham metan - tabiiy gazdan atsetilen olishda foydalaniladi.
Alkanlarning krekingida: alkanlar vodorod va uglerodga parchalanishida quyidagi haroratlarda termodinamik beqarordirlar (Kelvinda):
metan 900 K; etan 500 K; propan 400 K; butan 350 K; pentan 320 K, geksan va undan yuqori alkanlar uchun esa 300 K harorat (T= t+273).
Alkanlarning termik parchalanishi radikal zanjir mexanizmi bo`yicha ketadi. Odatda neftni qayta ishlashda parafinlarni katalitik degidrirlash hamda neftdan to`g`ridan-to`g`ri haydab olingan distillatlar bug` fazada kreking jarayoni orqali alkenlarga aylantiriladi. Bundan tashqari benzinlarning oktan sonini oshirish uchun butan, pentan va geksanlar izomerizatsiya qilinadi.


Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish