5.
HEARKAY HEARKAY-2;HEARKAY-3;AGE – Bu qatordagi
birinchi ikkita tizim qo'shilib inson nutqi so'zlarini maxsus lug'at orqali
aniqlovchi intellektual tizimdir. Bu tizim original strukturasi, ya'ni e'lonlar taxtasi
— tizimning ayni vaqtdagi ishining natijalari, chuqur ma'lumotlar
bazasini
ifodalash orqali ajralib turadi. Keyinchalik shu tizimlar asosida ETlarni yaratish
uchun HEARKAY-3 va AGE (Attemrt tr Generalize) instrumental
tizimlariyaratildi.
6.
SM (Artificial Mathematician — Sun'iy Matematik) va EURIKCO
tizimlari Stenford Universitetida doktor D. Lenat tomonidan qidiruv va o'qitish
maqsadlaridaishlabchiqildi.Lenatningo'ylashicha,ETlarsamaradorligiulardagi
joyla
shgan bilimlarga bog'liq bo'ladi.
Uning fikricha, tizim o'qitish qobilyatiga ega bo'lishi uchun, unga
1000000 ga yaqin umumiy xarakterdagi ma'lumotlarni kiritish kerak. Shuningdek, Lenat kichik bir
sohani o'rganishga qaratilgan bilimlar hajmi kichik ET larni yaratish maqsadga muvofiq emasligini
ta'kidlaydi.
SM tizimiga 100 ga yaqin chiqish qoidalari va 200
dan ortiq matematik
nazariya va tasavvurlarni ko'ra oluvchi o'qitishning evristik algoritmlari jamlangan
edi. Boshidan tizim ishining natijalari yuqori baholandi. U natural qator va oddiy
sonlar tushunchalarini ifodalash imkonini berdi. Bundan tashqari, tizim Goldbax
gipotezasining varianti, ya'ni har qanday ikkidan katta juft sonni, ikkita oddiy
sonlar yig'indisi shaklida yozish mumkinligini sintezladi. Bu gipotezani to'g'riligi
yoki inkor etish kerakligi haligacha aniq emas. Tizimning
keyingi rivojlanish
jarayoni to'xtab qoldi. Boshida namoyon etilgan matematik imkoniyatlarga
qaramasdan, tizim evristik qoidalarni keltirib chiqara olmasligi, faqat dastlabki
kiritilgan qoidalardan kelib chiqqan holda ish yuritishi aniqlandi.
EURIKCO tizimini yaratishda SM tizimida belgilangan kamchiliklarni yo'q
qilish usuli qo'llab ko'rildi. SM tizimidek EURIKCO yordamida olingan natijalar
yuqori baholandi. Shuningdek, EURIKCO juda qaltis o'yinlarda ishtirok eta olishi
ta'kidlandi. Uning yordamida AQSH ning harbiy dengiz floti tomonidan original
mo'ljallangan bosqichma-bosqich bajariladigan yurishlarga ega bo'lgan strategiya
ishlab chiqildi. Bu bosqichlardan biri yaroqsiz bo'lgan
harbiy dengiz floti
kemalarini cho'ktirishdan iborat. Bunda butun qolgan kemalarga keng joy qoladi.
Ammo bir qancha vaqtdan keyin, tizim hamisha ham o'zidagi qoidalarni
qayta tuza olmasligi ma'lum bo'ldi. U faqat sutkaning ma'lum bir vaqtida
dasturlashtiruvchiga murojaat qilish kerak bo'lgan holda, bu qoidani qo'pol
ravishda buzadi.
Shunday qilib, EURIKCO tizimi ham ishlab chiqaruvchi
tomonidan belgilangan chegaraga yetib, rivojlanishdanto'xtadi.
1990-yildan boshlab doktor Lenat bir guruh olimlar boshchi-ligida
intellektual tizimni yaratish uchun kerak bo'ladigan bir necha ming bilimlar
elementlarini kodlash va kiritish proyekti bilan mashg'ul bo'ldi. Bu proyekt Cyc
deb atalgan (Cyc «NHK» — inglizcha enciklipediaso'zidan).
Do'stlaringiz bilan baham: