Название Xalqaro menejment fanining nazariy asoslari



Download 142,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana13.06.2022
Hajmi142,96 Kb.
#662511
  1   2   3   4
Bog'liq
Safari - 18 мая 2022 г., 13:56



Xalqaro menejment fanining nazariy
asoslari “Xalqaro (global)
menejment” kursining nazariy
asoslari
Название
Xalqaro menejment fanining nazariy asoslari
“Xalqaro (global) menejment” kursining nazariy
asoslari
Дата
24.06.2013
Размер
44.25 Kb.
Тип
Документы
скачать
XALQARO MENEJMENT FANINING NAZARIY ASOSLARI
1.1. “Xalqaro (global) menejment” kursining nazariy asoslari 
“Xalqaro (global) menejment” kategoriyasiga ta’rif berish uchun
tovarlar va xizmatlarning turli mamlakatlarda ishlab chiqarilishi va
sotilishiga imkoniyat yaratuvchi tadbirkorlik shakli sifatida xalqaro
biznes tushunchasini anglab olish zarur. Global menejment
nazariyasining asosiy prinsiplari bo’lib mutlaq ustunliklar, nisbiy
afzalliklar, mahsulotning xalqaro hayotiy tsikli va bevosita xorijiy
investitsiyalarning tamoyillari hisoblanadi.
Mutlaq ustunliklar tamoyili boshqa davlatlarga nisbatan mehnat
unumdorligi yuqori va ishlab chiqarish xarajatlari past bo’lgan
mamlakatda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil qilishni
nazarda tutadi. Bunday sharoitlar mutlaq ustunliklarga ega
mamlakatdan boshqa davlatlarga tovarlar va xizmatlar eksportini
amalga oshirish imkoniyatini beradi. Mutlaq ustunliklar, shuningdek
nisbiy ustunliklar ham xalqaro biznesni rivojlantirishni
rag’batlantiradi.
^
Nisbiy afzalliklar tamoyili mamlakatda bir necha xil tovarlar va
xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniyatlarini asoslab
beradi. Bu holda menejer mutlaq ustunliklarga ega bo’lgan mahsulotni
tanlashi va uni ishlab chiqarish va eksport qilishga kuch-quvvatlarni
jamlashi zarur bo’ladi. Qolgan tovarlar va xizmatlar esa faqat ichki
bozor uchun mo’ljallanishi va unga bo’lgan ehtiyojlarning bir qismi
import hisobiga qondirilishi mumkin. Mutlaq va nisbiy ustunliklarning
kombinatsiyasi har bir mamlakatga tegishli bo’lgan ishlab chiqarishni
tashkil qilish va davlat siyosati bilan birga turli mamlakatlarning
firmalariga raqobat sharoitlarida yuqori obro’ni ta’minlaydi.
Tajribaning ko’rsatishicha, AQSh korporatsiyalarining passajir
samoletlarini (“Boing” kompaniyasi), qudratli kompyuterlarni (“IBM”
kompaniyasi), kompyuter dasturlari (“Maykrosoft” kompaniyasi),
atrof-muhit muhofazasi uchun uskunalarni, o’g’itlarni ishlab
chiqarishdagi raqobatbardoshligi shubhasiz. Jahon bozorlarida
Germaniya firmalari avtomobillar, kimyoviy mahsulotlar, qishloq
xo’jalik mashinalari, optik asboblar, poligrafiya uskunalari kabi
tovarlar bo’yicha yuqori raqobatbardoshligi bilan mashhur. Jahon
bozorlarida uglerodli tolalar, telekommunikatsiya uskunalari, dengiz
kemalari, avtomobillar, maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi yapon
kompaniyalari mashhurdir. Italiya firmalari keramik va to’qimachilik
mahsulotlarini, sport poyafzali, qadoqlash uskunalarini ishlab
chiqaruvchilar hisoblanadi.
^
Mahsulotning xalqaro hayotiy tsikli tamoyili amerikalik iqtisodchi
R.Vernan tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotning hayotiy tsikli
nazariyasiga asoslanadi. U ichki va tashqi bozorlarga yangi
mahsulotlar bilan chiqishda tez o’zgaruvchan kon’yunktura va o’tkir
raqobat kurashi sharoitlarida tadbirkorlarning e’tiborini tovarlar va
xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligi muammolariga
qaratish maqsadida har qanday tovarni sotish jarayonini 4 bosqichga
ajratadi:
1-bosqich – yangilik kiritish. Mahsulotning konstruktiv xususiyatlari
va texnik xarakteristikalari xaridorlar tomonidan xali to’la
o’rganilmagan vaqtda talab qat’iy emas, bozor egallanmagan, yangi
tovarga talab o’sishi sekinlashgan. Bu bosqichda xaridorlar bozorda
yangi molga e’tibor beradilar, va uning afzalliklarini baholab boradilar,
xaridlar hajmi sekin o’sadi.
2-bosqich – tovarning yuqori iste’mol xususiyatlarining xaridor
tomonidan tan olinishi evaziga talabning o’sishi bilan bog’liq holda
ishlab chiqarish va xarid hajmining ko’payishi. Bu birinchi bo’lib
ommaviy mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan firmalar uchun
maksimal foyda olish vaqti hisoblanadi.
3-bosqich – bozorni to’ldirish. Xaridorlarning asosiy qismi bu tovarga
bo’lgan o’z ehtiyojlarini qondirib bo’ldi. Uning ishlab chiqarilishi
raqobatchilar tomonidan o’zlashtirila boshlandi. Va raqobat belgilari
paydo bo’ladi.
4-bosqich – kamayish. Mahsulotning hayotiy tsiklini uzaytirish uchun
uni ishlab chiqarish, nisbatan past ishlab chiqarish xarajatlariga ega
bo’lgan, ko’pincha rivojlanayotgan mamlakatlarga bevosita
investitsiyalar yo’li bilan uzatiladi. Bu mamlakatlarga mahsulot
eksporti, odatda, buyerda ularni ishlab chiqarishdan ilgari boshlangan.
Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirilishi mahsulotni kelib chiqish
mamlakatidan import qilish qisqaradi.
^
Bevosita xorijiy investitsiyalar - bevosita sarmoyador firma va qabul
qiluvchi firma o’rtasida uzoq muddatli faoliyatga oid munosabatlarga
mo’ljallangan kapital qo’yilmalar. Bu munosabatlarda bevosita
investorning maqsadi bo’lib qabul qiluvchi mamlakatda korxonani
boshqarishni tashkil qilishga jiddiy ta’sir ko’rsatish va uning
faoliyatini nazorat qilish hisoblanadi. Bevosita xorijiy investitsiyalar
turli mamlakatlarning firmalari o’rtasida dastlabki bitimning
boshlang’ich bosqichi sifatida xizmat qilib, o’z ichiga shuningdek ular
o’rtasidagi barcha keyingi kelishuvlarni oladi. Bu bitimlar va
kelishuvlarning sub’ektlari sifatida asosiy ishtirokchilardan tashqari
ular bilan bog’liq firmalar ham faoliyat ko’rsatishi mumkin.
Investorning bevosita xorijiy investitsiyalarni kiritish mamlakatini
tanlashda iqtisodiy o’sish sur’atlari, bank foizi va kredit shartlari, tovar
va xizmatlar ishlab chiqarish xarajatlari, tashqi qarzdorlik, siyosiy va
makroiqtisodiy barqarorlik asosiy ustunliklar hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi
Qonunining (30.04.1998 y.) 3-moddasiga binoan chet ellik investorlar
asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va
qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga
qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga
doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar,
shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad
O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof
etiladi.

Download 142,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish