3-mavzu: Kichik korxonalarning tadbirkorlik faoliyati
Reja:
Kichik biznesning mohiyati va kichik korxonalarni tashkil qilish asoslari
Kichik biznesni belgilovchi mezonlar
Kichik biznesning xususiyatlari va imkoniyatlari
Kichik biznesning iqtisodiyotda tutgan o‘rni
O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash
Xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning xorij tajribasi
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar kichik Biznes- sub’ektlari bo‘lib hisoblanadilar. Ulardagi xodimlarning o‘rtacha soni qonun tomonidan belgilangan chegaraviy darajadan oshib ketmasligi kerak.
Kichik korxonalar fuqarolar, oila a’zolari va boshqa shaxslar tomonidan, davlat, ijara, jamoa, qo‘shma korxonalar, hissadorlik jamiyatlari, xo‘jalik uyushmalari, jamoat tashkilotlari tomonidan yoki mulk egasining roziligi bilan jamoa tashabbusi asosida amaldagi korxonalar tarkibidan ajralib chiqish natijasida tashkil etiladi.
Xorijiy mamlakatlarda kichik korxonalarni belgilovchi mezonlar bo‘lib, xodimlar soni, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori, sotish hajmi va asosiy kapitalning balans qiymati hisoblanadi.
O‘zbekistonda esa kichik biznesni belgilovchi mezon bo‘lib, unda ishlovchi xodimlarning o‘rtacha soni hisoblanadi.
Savollarga javob bering:
Kim kichik va xususiy korxonalarning sub’ekti hisoblanadi?
Kichik biznes faoliyagining tarqalish sohalari qanaqa?
Kichik korxonalar kim tomonidan tashkil qilinishi mumkin?
O‘zbekistonda kichik biznesni belgilovchi mezon sifatida qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi?
Xorijiy mamlakatlarda kichik Biznesni belgilashda qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi?
Nima uchun kichik biznes korxonalari milliy iqtisodiyotning poydevori hisoblanadi?
O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmida tadbirkorlik sub’ektlarining ulushi qanday?
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida tadbirkorlikning hissasi qanday?
Hozirgi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlarining eksoprtdagi ulushi qanday?
O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirshning qanday huquqiy-me’yoriy asoslari mavjud?
Topshiriq: Jadvalni to’ldiring.
1-jadval
Faoliyat sohalari bo‘yicha kichik korxonalar kategoriyasiga kiritiluvchi korxonalar
Faoliyat sohalari
|
Xodimlarning yillik o‘rtacha
soni
|
Engil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish, asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel va qurilish
materiallari sanoatida
|
|
Mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘ienergetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish va boshqa sanoatishlab chiqarish sohalarida
|
|
Fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va
umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |