Название Reja: Milliy istiqlol davrida ma`naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi

Download 0,57 Mb.
Sana05.04.2022
Hajmi0,57 Mb.
#530584
Bog'liq
манавият

Reja: Milliy istiqlol davrida ma`naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi
Название Reja: Milliy istiqlol davrida ma`naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi
Дата 21.05.2013
Размер 69.69 Kb.
Тип Документы
скачать

MUSTAQILLIK YILLARIDA O`ZBEKISTONDA MILLIY QADRIYATLARNING TIKLANISHI VA MADANIYAT TARAQQIYOTI.

REJA:

Milliy istiqlol davrida ma`naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi.

Mustaqillik yillarida ta`lim, adabiyot, me`morchilik amaliy san`at va kino ravnaqi.

Teatr, sirk, musiqa va qo`shiqchilik san`ati, muzey va sport taraqqiyoti.

1. Milliy istiqlol davrida ma`naviy me`ros, milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi.

Jamiyat ma`naviyati mamlakat taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. Shu narsa haqiqatki, biron-bir mamlakat o`z ma`naviy imkoniyatlariga tayanmay, odamlar ongi, tafakkurida ma`naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg`otmay turib, yuksak taraqqiyot darajasiga ko`tarila olmaydi. Ma`navit insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da`vat etadigan, uning ichki olamini boyitadigan, iymon irodasi, e`tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg`otadigan qudratli kuchdir.

Tarixdan ma`lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujmiga duchor bo`lgan, qaramlik va julm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy ma`naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo`lgan. Ayniqsa, chor mustamlakachiligi va sovetlar tuzimi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma`naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko`plab masjidu-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O`zbekiston davlat mustaqilligini qo`lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma`naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma`naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.

Jamiyat ma`naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta`minlovchi ma`naviy-ma`rifiy islohotlarning yo`nalishlari belgilab olindi.

«Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o’z yo’liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqқning ta`minotini ham amallab turish mumkin. Ammo ma`naviy islohotlar – qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo’lish, qadni baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo’lish – bundan oғg’irroq va bundan sharafliroq vazifa yo’q bu dunyoda».

^ I.A.Karimov. O’zbekiston: milliy istiqlol, iқtisod, siyosat, mafkura. Asarlar, T.1. 202-bet.

Mustaqillik dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz ma`naviy merosini tiklash ishlari boshlanib ketdi.

Xo`sh, ma`naviy merosning o`zi nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon bo`lmoqda?

Ma`naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha etib kelgan ma`naviy boyliklar – siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq – odob me`yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san`at asarlari majmuidir. Ma`naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo`l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o`sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o`zgarishi bilan yo`qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun meros bo`lib qoladi. Har bir avlod ma`naviyatni yangidan yaratmaydi, balki mavjud ma`naviy merosga tayanadi. Biroq uni qanday bo`lsa shundayligicha, ko`r-ko`rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi.

Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon civilizaciyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo`shgan buyuk bobokalonlarimizning ma`naviy merosi qaytadan o`rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo`la boshladi. Mustaqillik yillarida xalqimiz ma`naviyati yulduzlari bo`lgan buyuk allamalarimizning tavallud topgan tarixiy sanalari YuNESKO bilan hamkorlik mamlakatimizda va xalqaro miqyosida keng nishonlandi:

1991 yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;

1992 yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi;

1993 yil – Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi;

1994 yil – Mirzo Ulug`bek tavalludining 600 yilligi;

1996 yil – Amur Temur tavalludining 660 yilli;

1997 yil – Abdulhamid Sulaymon o`g`li Cho`lpon tavalludining 100 yilligi;

1998 yil – Ahmad al-Farg`oniy tavalludining 1200 yilligi;

1999 yil – «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000 yilligi;

2000 yil – Burhonnidin Marg`inoniy tavalludining 910 yilligi;

2000 yil – Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi;

2001 yil – «Avesto» yaratilganining 2700 yilligi.

2004 yil – 25 mart – Vazirlar Mahkamasining “Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligini nishonlash to`g`risida”gi 143-son qarori qabul qilindi.

2004 yil – 16 iyul – Vazirlar Mahkamasining “Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash va obodonlashtirish ishlarini tiklash to`g`risida”gi 337-son qarori qabul qilindi

2006 yil-Qarshi sahrining 2700 yillii va Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi.

2007 yil-Samarqand sahrining 2750 yilligi nishonlanadi.

Buyuk allomalarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o`nlab noyob asarlari turli tillarda nashr etildi, ularga atab haykallar o`rnatildi, ziyorathoglar, bog`lar yaratildi.

1991 yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Shu yili O`zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta`sis etildi. Yubiley yilida «Lison ut-tair», «Sab`ai-sayyor», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Hayrat-ul abror» asarlari nashr qilindi, kinofil`mlar va sahna asarlari yaratildi. 1991 yil 28 sentyabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Alisher Navoiy haykali va Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy bog`ining ochilishi marosimi bo`lib o`tdi.

1994 yil oktyabr oyida Mirzo Ulug`bek tavalludining 600 yillik yubileyi o`tkazildi. Ulug`bek madrasasi, Ulug`bek yashagan davrdagi astranomik asboblar, Toshkentdagi Ulug`bek haykali aks etgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. O`sha yil 24 oktyabrda Parijda YuNESKO zalida “Ulug`bek va Temuriylar davri” mavzusida Xalqaro konferenciya hamda “Ulug`bek va an`anaviy san`at” ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug`bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga molik ekanligini yana bir bor isbot etdi.

1998 yil 23 oktyabrda Farg`onada byuuk alloma Ahmad al-Farg`oniyning 1200 yillik yubileyi nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg`ona shahrida al-Farg`oniy bog`i yaratildi va buyuk allomaga haykal o`rnatildi.

Tarixiy xotiraning tiklanishi. Jamiyat ma`naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarxini bilish, milliy ahloqiy qadriyat hamda an`analar va muqaddas dinimizning o`rni va ahamiyati katta. Biron bir xalq o`z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma`naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o`z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Shu bois mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o`quv maskanlarida Vatan tarixini o`qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi. 1996 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi qoshida “O`zbekistonning yangi tarixi markazi” tashkil etildi.

O`zbek xalqi va o`zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sohifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezident I.A. Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo`lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g`risida”gi Qarorida belgilab berildi.

Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o`rganish masalalari partiyaviylik, sinfiylik yondoshuvlardan hukmron kommunistik mafkura ta`siridan xalos etildi. Necha o`n yillar davomida buzib ko`rsatilgan yoki so`z yuritilmay kelgan tarixiy voqealarni xolislik, tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritilgan qator ilmiy asarlar, darsliklar va o`quv adabiyotlari yaratildi.

Amir Temur yubileyi munosabati bilan Samarqand va Shahrisabzda o`nlab tarxiy obidalar ta`mirlanib, qayta tiklandi, yangi inshootlar qurildi, bog`lar barpo etildi. Samarqand va Shahrisabz shaharlari markazida ko`rkam Amir Temur maydonlari barpo etildi va ulug`vor haykallari o`rnatildi. Shuningdek, bu shaharlarga “Amir Temur” ordeni topshirildi.

1997 yilda Buxoro va Xeva shaharlarining 2500 yilligi, 1999 yilda buyuk vatanparvar siymo Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi , 2002 yilda Termez shahrining 2500 yilligi nishonlandi.

Vatanimiz ozodligi yo`lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq ziyolilari nomi, hurmati o`z joyiga qo`yildi, asarlari nashr etildi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui bunyod etildi. Mazku majmua qoshida “Qatag`on qurbonlari xotirasi” muzeyi qurilib, 2002 yil 27 avgust kuni foydalanishga topshirildi.

Bu yodgorliklar majmualari jamiyat ma`naviyatini yuksaltirishga, Milliy ong va milliy g`ururni ko`tarishga hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy istiqlol g`oyalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Milliy qadriyatlarning tiklanishi. O`zbek xalqining o`ziga xos milliy qadriyatlari bor. O`zbek xalqining shakllanishi qanchalik uzoq tarixiy jarayonda sodir bo`lgan bo`lsa, uning milliy qadriyatlari ham shunchalik uzoq tarixiy jarayon davomida shakllangan.

Qadriyatlar dastlab mahalliy mazmunda, ya`ni Xorazm, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg`ona va hakozo hududlarda yashovchi elatlarga xos urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar tarzida shakllangan. So`ngra ularning eng yaxshilari asrlar davomida saralanib umummilliy qadriyatlar darajasiga ko`tarilgan. Turli mamlakatlarga xos eng yaxshi qadriyatlar saralanib umuminsoniy qadriyatlarga aylanadi. Shu boisdan ham har bir inson uchun o`z milliy qadriyatlarni, shuningdek umuminsoniy qadriyatlarni bilish ham farz, ham qarzdir.

Mustaqillik yillarida halqimizning milliy qadriyatlarini tiklash, yangi ma`xno mazmun bilan boyitish yo`lida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi.

1994 yil 23 apreldagi Prezident Farmonlari asosida tashkil etilgan Respublika “Ma`naviyat va ma`rifat” jamoatchilik Markazi o`zbek xalqining ma`naviy-madaniy merosini tiklash, millat kelajagini belgilaydigan g`oyalarni yuzaga chiqarish, yuksak iste`dod va tafakkur sohiblarining aqliy ijodiy salohiyatini Vatan ravnaqi sari yo`naltirishga qaratilgan muhim tadbirlar ko`rgazmalar tashkil etish yo`lga qo`ydi. Markaz tomonidan aholi orasida o`tkazilgan sociologik tadqiqotlar, so`rovlar va shu asosda ishlab chiqilgan tavsiyalar jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining ma`naviy-tarbiyaviy faoliyati saviyasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

1996 yil yanvarda Respublika “Ma`naviyat va marifat” jamoatchilik Markazi huzurida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg`armasi tuzildi. 1996 yil 27 sentyabrda Respublika Vazirlar Mahkamasining “ “Oltin meros” xayriya jamg`armasini qo`llab-quvvatlash to`g`risida” gi qaroriga binoan mazkur jamg`arma davlat tomonidan moddiy jihatdan qo`llab quvvatlandi.

“Oltin meros” xayriya jamg`armasi “Xalq merosi durdonalari” ilmiy anjumanlarini, xorijdan izlab topilgan qo`lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi amaliy san`at namunalari, yodgorliklarini tahlil qilish, ko`rik tanlovlar o`tkazish bilan shug`ullanmoqda. 1996-2002 yillarda “Oltin meros” jamg`armasi sa`y-harakatlari natijasida buyuk allomalarimizning ko`plab madaniy-ma`naviy meros namunalari mamlakatimizdan va xorij davlatlaridan izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. Shuningdek, u xalqimizning rasm rusumlarini, urf-odatlarini, marosimlarini o`rganish, tiklash, xalqimizga qaytarish, ularning ma`no-mohiyatini hozirgi kundagi ahamiyatini keng ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo`shmoqda.

Diniy qadriyatlarning tiklanishi. Qadim zamonlardayoq yuritimizda din erkin mavjud bo`lgan. Zardushtiylar, buddiylar, moniylar, musulmonlar va boshqa diniy e`tiqoddagilar inoqlikda yashagan, tenglik, erkinlik g`oyalariga amal qilgan. Xalqimiz ma`naviy jihatdan ko`pgina afzalliklarga ega bo`lgan islom dinini qadrlaydi. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismil al-Buxoriy islom dini ta`limotida Qur`oni Karimdan keyingi asosiy manbaa hisoblanuvchi “Al-Jomi` As-Sahih” nomli asar yaratib islom dinini boyitdi. Bobokalonlarimiz Imom Abu Mansur al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg`inoniy, Bahouddin Naqshband, Imom at-Termiziy, Xo`ja Ahmad Yassaviylar insonni ma`naviy etuklikka chorlovchi diniy, axloqiy va huquqiy hikmatlar ijodkoridirlar.

Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug` nomi o`z o`rniga qo`yildi.

1993 yil sentyabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi nishonlandi. Yubiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog`liq tarixiy yodgorliklar qayta tiklandi, uning ijodiga bag`ishlangan qator risolalar chop etildi.

1998 yil 23 oktyabrda Samarqandda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy tavqim bo`yicha 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni Xartang qishlog`ida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochildi. Yubiley munosabati bilan Imom al-Buxoriyning 4 jildlik “Al-Jomi` Al-Sahih” kitobi o`zbek tilida nashr etildi.

2000 yil 16-17 noyabr kunlari Marg`ilonda islom huquqining asoschilaridan biri Burxoniddin al-Marg`inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ularning xotirasiga bag`ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burxoniddin al-Marg`inoniyning islom huquqiga bag`ishlangan “Hidoya” kitobi nashr etildi. Shuningdek, islom olamining taniqli allomalari Imom Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi keng ko`lamda nishonlandi.

O`zbekiston Prezidentining 1992 yil 27 martdagi farmoni bilan Ro`za-Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e`lon qilindi. Respublika muslmonlarining istak va hohishlariga ko`ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish, bayram kuni bo`lib qoldi. O`zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo`ldilar. Mustaqillik yillarida 40 ming o`zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida bo`ldi. Yuzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etildi. Hozir “Islom nuri” gazetasi chiqmoqda. Qur`oni Karim 8 marta 1 mln. nusxada nashr etildi. Bu tadbirlar nafaqat dindorlar uchun qilingan marhamat bo`lib qolmay, ular aslida xalqimizning qadimiy rasm-rusum udumlari, qadriyatlarining tiklanishi, ajdodlar ruhining qayta uyg`onishidir.

Prezidentning 1992 yil 7 martdagi farmoni bilan Islom dini va uning ma`naviy imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida din ishlari bo`yicha qo`mita tashkil etildi. Uning tasarrufida islom instituti va 10 ta madrasa faoliyat ko`rsatmoqda. Ularda 1000 dan ortiq talaba-yoshlar ta`lim olmoqdalar. 1999 yilda tashkil etilgan Toshkent Islom Universitetida 750 ta talaba o`qimoqda. O`zbekiston Respublikasining Konstituciyasida va 1998 yil 30 aprelda yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq belgilab berildi.

Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e`tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e`tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo`l qo`yilmaydi.

^ O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, 31-modda.

Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida din, eng avvalo, islom dinining ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi mavqei tiklandi, diniy ulamolarning qadr-qimmati o`z joyiga qo`yildi.

O`zbek tili mavqeining mustahkamlanishi. Mamlakatimizda o`zbek tilining xalq va davlat turmushidagi asosiy ahamiyati va o`rni qayta tiklandi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 4 sessiyasi “Davlat tili to`g`risida”gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o`zbek tili o`zbek xalqining ma`anviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo`llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta`minlanishi belgilab qo`yildi. O`zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika va moliya ishlari o`zbek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma`muriy hududiy birliklari, maydonlari, ko`chalari, geografik o`rinlarning nomlariga yagona milliy shakl berildi va o`zbek tilida yozib qo`yildi. Natijada o`zbek xalqining milliy qadr-qimmati, mustaqil davlatimizning mavqei qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O`zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha miilatlarning tillari, qadr qimmati o`z o`rnini topdi.

2. Mustaqillik yillarida ta`lim, badiiy adabiyot, me`morchilik, amaliy san`at, kino va ravnaqi

Ta`lim ravnaqi. Maorif va madaniyat barkamol insonni shakllantirishning eng muhim vositasidir. Shu boisdan ham mustaqil O`zbekistonda maorif va madaniyat ishlarini eng muhim va dolzarb soha sifatida rivojlantirishga alohida e`tibor berildi.

1992 yil 2 iyulda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risidagi” qqonuni hamda 1991-1996 yillarda e`lon qilingan 30 dan ziyod Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ta`lim sohasida qator o`zgarishlar amalga oshirildi.

Maktabgacha ta`lim tizimida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog`chalari hamda “bolalar bog`chasi-maktab” majmui tarmog`i rivojlandi. Bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san`ati, komp`yuter savodxonligi asoslarini o`rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi.

“Sog`lom avlod uchun”, “Iqtisodiy ta`lim”, “Qishloq maktabi”, “Rivojlanishda nuqsoni bo`lgan bolalarni tiklash” va boshqa tarmoq dasturlari ishlab chiqildi hamda ta`lim jarayoniga tadbiq etila bordi.

Oliy ta`lim sohasida ham ko`plab yangi o`quv yurtlari ochildi. 1992 yil 28 fevpaldagi Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi. eng zarur zamonaviy mutahassislar bo`yicha yangi oliy o`quv yurtlari – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Qurolli kuchlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, Navoiy konchilik instituti, Samarqand davlat chet tillari instituti, Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti, Jizzax politexnika instituti, Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda viloyatlarda yirik universitetlarning filiallari tashkil etildi. 1997 yil boshlarida Respublika Oliy ta`lim tizimida 58 ta oliy o`quv yurti, shu jumladan 16 ta universitet va 42 ta institut faoliyat ko`rsatdi. Ularda 164 ming talaba o`qidi, 18,5 ming professor-o`qituvchi faoliyat ko`rsatdi.

Abiturientlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg`or usullari joriy etildi.

Iste`dodli yoshlarni moddiy va ma`naviy rag`batlantirish, ularning chet elda o`qishini qo`llab quvvatlash maqsadida “Ulug`bek”, “Umid”, Respublika bolalar fondi, “Kamolot”, “Sog`lom avlod uchun”, “Iste`dod” jamg`armalari tashkil etildi.

Ta`lim tizimida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilsada, hali bu sohada jiddiy kamchiliklar mavjud edi.

Xususan, ta`lim tizimi, kadrlar tayyorlash jamiyatda bo`layotgan demokratik o`zgarishlar, bozor islohotlari talablari bilan bog`lanmagan edi. O`quv jarayonining moddiy texnika va axborot bazasi qoniqarsiz ahvolda edi. Ta`lim muassasalarida zamonaviy o`quv adabiyotlari va dtdaktik materiallar etishmasdi. Yuqori malakali pedagoglar etishmasdi. Maktab o`quvchilarida mustaqil fikr shakllantirilmayotgan edi.

Ta`lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o`rtasida hamkorlik, integraciya o`rnatilmagandi. Kadrlar tayyorlashda marketing mavjud emasdi. Amaldagi ta`lim tizimi zamonaviy taraqqiy topgan davlatlar darajasidan ancha orqada edi. Shu boisdan ta`lim tizimini tubdan isloh qilish masalasi ko`ndalang bo`lib qoldi.

Prezident I. Karimov tashabbusi ta`limni isloh qilish yo`llari ishlab chiqildi. I. Karimov 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning 1X sessiyasida “Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida ma`ruza qildi. Ma`ruzada oldimizga qo`ygan buyuk maqsadlarimizni ro`yobga chiqarish taqdiri, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liq ekanligi asoslab berildi.

1997 yil 27 avgust kuni Oliy MAjlis 1X sessiyasida O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi yangi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir.

Milliy dasturda, hayotimizning barcha sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarga monand ravishda, ta`lim islohotlarini uch bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan.

Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish vazifalari ro`yobga chiqarildi.

Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillarda) Milliy dastur to`liq ro`yobga chiqadi, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritiladi.

Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillarda) to`planga tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va rivojlantiriladi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umumxulq, umummillat ishiga aylandi. 2001 yilda Milliy dasturni ro`yobga chiqarishning birinchi bosqichi yakunlandi.

Islohotlarga mos ravishda maktabgacha ta`lim faoliyati tubdan o`zgardi. Xususiy va xonadon bog`chalari tarmog`i kengaydi. Respublika bo`yicha 84 foiz maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha ta`lim muassasalarida, xo`jalik hisobidagi qisqa muddatli guruhlarda, maktablar qoshidagi tayyorlov guruhlari, savodxonlik va boshqa turdagi markazlarda amalga oshirilmoqda. 16 foizi esa oilalarda maktabga tayyorlanmoqda. 2001-2002 yillarda Respublikamizda 6742 ta maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyat ko`rsatdi, ularda 608500 nafar o`g`il-qizlar tarbiyalandi, 65862 nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar faoliyat ko`rsatdi.

O`zbekiston hukumati ta`limni rivojlantirish uchun katta mablag` ajramoqda. Birgina 2001 yilda ta`lim harajatlari davlat byudjeti sarf-xarajatlarining 36 foizini tashkil etdi. Ta`lim uchun 150 mln. AQSh dollaridan ziyod chet el investiciyasi sarflandi. Ular yangi ta`lim binolari barpo etish, ularni eng zamonaviy o`quv laboratoriya uskunalari va o`quv mebellari bilan jihozlash uchun sarflandi. Mustaqillik yillarida 848398 o`quvchi o`rniga mo`ljallangan 2244 ta yangi umumta`lim maktab binolari qurilib, foydalanishga topshirildi.

Respublikamizda 9661 umumta`lim maktablarida 6 mill. Yaqin o`quvchi ta`lim-tarbiya olmoqda.

Kadarlar tayyorlash milliy dasturining eng muhim O`zbekistonga xos xususiyati yangi turdagi 3 yillik o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimini yaratishdan iborat vazifa sobitqadamlik bilan amalga oshirilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi bosqichi – 1997-201 yillarda 216 ming o`quvchi o`rniga ega bo`lgan 44 ta akademik licey va 291 ta kasb-hunar kollejibarpo etildi.

Oliy ta`lim ikki bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 2001-2002 o`quv yilida 62 ta oliy o`quv yurtida 180 mingdan ortiq bo`lajak bakalavrlar va 5 mingdan ortiq magistrantlar ta`lim-tarbiya oldilar. 18486 nafar professor-o`qituvchilar mehnat qildilar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir.

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko`maklashish, qo`llab-quvvatlash bo`yicha davlat siyosati yuritilmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlikni yo`lga qo`yish muhim vazifalardan biridir. 1997 yilda tashkil etilgan”Umid” jamg`armasi yo`llanmasi bilan 1997-2001 yillarda 785 nafar yigit-qiz rivojlangan davlatlarning oliy o`quv yurtlariga o`qishga yuborildi. Ulardan 519 davlatlarning oliy o`quv yurtlariga o`qishga yuborildi. Ulardan 519 nafari bitirib keldi va Prezident farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruhi yo`llanmasi asosida vazirliklar, idoralar, tashkilot va korxonalarda ishlamoqda. 2002 yil iyulda Toshkentda Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etildi va 160 ta dastlabki talabalar qabul qilindi.

Ta`lim muassasalarining Yevropadagi ta`lim jamg`armasi, Germaniyadagi Texnikaviy hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi JAYKO xalqaro tashkiloti, Koreyaning KOYKA agentligi, YuNESKO, Jahon banki, TASIS-TEMPUS ochiq jamiyat instituti, AQSh, Angliya, Franciya, Yaponiya, Daniya, Xitoy, Gollandiya Oliy ta`lim vazirliklari bilan hamkorligi kengayib bormoqda. Ta`lim ravnaqi uchun 150 mln. AQSh dollari hajmida chet el investiciyalari jalb etildi. Oliy o`quv yurtlarining yuzlab professor-o`qituvchilari “Ustoz” jamg`armasi bilan xorijiy oliy o`quv yurtlarida malaka oshirib keldilar.

O`zbekiston ta`lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish uyg`otmoqda. Moskvadagi Oliy ta`lim Xalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti V. Shukshunov O`zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo`q hujjat, deb ta`rifladi. O`zbekistonda yaratilayotgan ta`lim tizimi “Ta`limning o`zbek modeli” deb e`tirof etildi.

Badiiy adabiyot. Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy an`analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqida hukmronligi illatlaridan ozod bo`ldi.

Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol insonni tarbiyalash, milliy o`zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo`lib qoldi. Badiiy adabiyot rivojiga H. Karomatovning “Qur`on va o`zbek adabiyoti”, O. Sharofiddinovning “Cho`lponni izlab”, B. Qosimovning “Maslakdoshlar” asarlari ijobiy ta`sir etdi.

A. Oripov, O. Yoqubov, P. Qodirov, X. Davron kabi ijodkorlarning tarixiy roman, p`esa va qissalarida ulug` bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi.

Shukrulloning “Kafansiz ko`milganlar” romanida, Nazar eshonqulovning “Qora kitob” povestida, O`. Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”, T. Murodning “Otamdan qolgan dalalar”, singari asarlarda mustabid sovet davrida xalq boshiga solingan behad kulfatlar, g`am- alamlar haqqoniy tasvirlangan.

T. Malikning “Shaytanat”, H. Shayxovning “Tutqin odamlar” asar larida iymon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafrat tuyg`ulari tarannum etladi.

Me`morchilik va amaliy san`at. O`zbek xalqi me`morchiligi mohiyat e`tibori jihatidan buyuk bunyodkorlik san`atidir. Mustaqillik yillarida me`morchilik san`ati yanada rivojlanib, takomillashib bormoqda. Me`morchilik ikki asosiy tamoyil ko`zga tashlanadi. Ulardan biri sharqona me`morchilikning an`anaviy qonun-qoidalariga rioya etishdir. Bu tamoyil Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Turkiston saroyi, Oliy majlis, Toshkent shahar hokimiyati binolari timsolida o`z aksini topgandir.

Me`morchilikdagi ikkinchi tamoyil esa O`zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olish sari intilishini namoyish etuvchi jahon me`morchiligining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanishda namoyon bo`lmoqda. Bunday binolar jumlasiga “Meridian”, “Afrosiyob”, “Buxoro”, “Interkontinental`”, ” Sheraton” mehmonxonalari, “O`zekspomarkaz”, Milliy bank, Markaziy bank, “Toshkentplaza” savdo markazi, Respublika birja markazi, banklararo moliyaviy xizmatlar Markaz,O`zbekiston Davlat konservatoriyasi va boshqa binolarni kiritish mumkin.

Toshkent shahri ko`rkiga ko`rk qo`shib turgan “Oloy”, “Chorsu”, “Otchopar”, “Yunusobod”, “Mirobod”, “Parkent”, “Qo`yliq” va boshqa bozor binolari, shuningdek “Yunusobod” tennis markazi, “Jar” sport markazi singari zamonaviy inshoatlar barpo etildi.

O`zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarni tiklash ishlari jadalik bilan olib borilmoqda. Bunga Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida qayta tiklangan o`nlab binolar, obidalar misol bo`laoladi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish jarayonida yuzlab akademik licey va kasb- hunar kollejlari uchun mahobatli binolar bunyod etildi.

Mustaqillik yillarida haykaltaroshlik san`ati jadal o`sdi. Haykaltarosh I.Jabborov va K. Jabbarovlar tomonidan Toshkentda Amir Temurning otliq haykali, Samamarqand va Shahrisabzda Amir Temur hayokallari, Farog`na va Quvapda al- Farg`oniy (1998), Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykallari (1999)yaratildi. Haykaltarosh R.Mirboshiev ijodiga mansub “Z.M.Bobur” (1993, Andijon), “Abdulla Qodiriy” (1994, Toshkent), “Cho`lpon” (1997, Andijon), “Ona” (1999, Jizzax shahri) kabi bir qator haykal va yodgorliklar yaratildi. 1999 yilda Termizda “Alpomish” haykali va majmua- kompoziciyasi (A.Rahmatullaev vaboshqalar) bunyod etildi.

O`zbekistonda qadimdan amaliy san`at o`ziga xos tarzda rivojlanib kelgan. Mustaqillik yillarida badiiy kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, ganchkorlik, yog`och o`ymakorligi, naqqoshlik, kashtachilik, zardo`zlik, gilamdo`zlik, bezakchilik kabi amaliy san`at turlari tiklandi va yangi ma`no- mazmun bilan rivojlanib bormoqda. Mustaqillik sharofati bilan dizayn san`ati ham jadal rivojlanmoqda. Tasviriy san`at, rassomchilik san`atining rivojida 1997yilda tashkil etilgan O`zbekiston Badiiy akakdemiyasi va “Tasviriy oyina” respublika ijodiy uyushmasi muhim rol` o`ynaydi. O`zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiev, Bohodir Jalolov va boshqalar halqimiz ongida milliy g`urur, Vatanga sadoqat tuyg`ularini uyg`otuvchi qator san`at asarlari yaratdilar. Amir Temur , MirzoUlug`bek, Bobur Mirzo portretlari shular jumlasidandir. Tasviriy va minatura san`ati yangi ma`no- mazmun bilan boyidi. Shahar ko`chalariga bugungi hayotimizni tasvirlovchi rasmlar o`rnatildi, binolarning devorlari odamlarga huzur- halovat, zavq bag`ishlaydigan naqshlar bilan bezatildi.

^ Kino san`ati. Mustaqillik yillarida kino san`ati rivoj topdi. 1996 yilda “O`zbekfil`m” tassarufida 8 ta kinostudiya, 30ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi. 1996 yilda tashkil etilgan “O`zbekkino” davlat akcionerlik kompaniyasi, uning davlat tomonidan moddiy jihatdan qo`llab- quvvatlanishi kino san`atining rivojida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. 1991-2002 yillarda 60ga yaqin badiiy filmlar yaratildi. “Temir xotin”, “Dallol”, “Sharif va Ma`ruf”, “Tilla bola”, “Buyuk Amir Temur”, “Yulduzingni ber, osmon”, “ Kenja singal” va boshqa fil`mlarda milliylik va zamonaviylik uyg`unligi yaqqol nomioyon bo`ldi. 1997 yil 22-29 may kunlari XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo`lib o`tdi. Unda 32ta davlat va 8ta xalqaro tashkilotdan vakillar, kino san`ati ustalari qatnashdi. “Buyuk Amir Temur” fil`mi ijodkori R.Ibrohimovga festival bosh sovrini – “Neksiya” avtomobili berildi.

Mustaqillik yillarida o`nlab xujjatli fil`mlar yaratildi. “O`zbekiston bahorlari”, “Ulkan odim”, “Ular Germaniyada o`qigan edilar”, “O`zbekiston qahramonlari”, “Umid qaldirg`ochi”, “Istiqlol fidoyilari” va shular jumlasidandir.

^ 2. Teatr, sirk musiqa, qo`shiqchilik san`ati, muzey va sport taraqqiyoti

Teatr. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ma`naviy- ma`rifiy islohotlar jarayonida teatr san`ati ham rivojlandi.

1993 yilda foydalanishga topshirilgan “Turkiston” saroyi Vatanimiz va xorijlik teatr arboblarining, ijodiy guruhlarining sahna asarlari namoyish etiladigan dargohga aylandi. Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko`rsatayotgan yoshlar teatri, Abbos Bakirov nomli yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi.

Respublika Prezidentining 1995yil 20 oktyabrdagi “O`zbekistonda teatr va musiqa san`atini yanada rivojlantirishni qo`llab- quvvatlash va rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi”gi, 1998 yil 26 martdagi “O`zbekiston teatr san`atini rivojlantirish to`g`risida”gi farmonlari asosida teatrlar davlat byudjeti hisobiga qo`llab- quvvatlandi. Farmon binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida 1998 yilda “O`zbekteatr” ijodiy- ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy ma`naviy olamini, uning madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini uyg`otuvchi spektakllar yaratishda, iste`dodli yoshlarni teatrga jalb qilishda, moddiy va texnikaviy bazasini mustahkamlashda, ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilishdako`maklashdi. Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta opera va balet teatri Yaponiya tomonidan 1995 yilda bepul ajratilgan 47 mln. ien (1500 ming AQSh dollari) qiymatiga teng yangi uskunalar bilan jiihozlandi.

Respublikamizda 36 ta professional teatr faoliyat ko`rsatmoqda. Har bir viloyatda qo`g`irchoq teatrlari bolalarga xizmat qilyapdi.

2001 yilda respublika teatr san`atida muhim taixiy voqea sodir bo`ldi. Hamza nomidagi O`zbek akademik drama teatri binosi muxtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy teatr uskunalri va mebellar bilan jihozlandi. Prezident farmoni bilan unga Milliy teatr maqomi berildi.

Respublika teatrlari Vatan tarixini sahna asarlari orqali yoritishga alohida e`tibor berdilar. Milliy akademik drama teatri va Qashqadaryo musiqali drama teatri jamoalari “Sohibqiron” Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri “Jaloliddin Manguberdi”, Abror Hidoyatov nomli o`zbek davlat teatri “Buyue ipak yo`li” kabi tarixiy dramalarni sahnaga qo`ydi.

1997 yil oktyabrda Toshkentda bo`lib o`tgan “Teatr: Sharq-G`arb” xalqaro festivalda Yaponiya, Hindiston, Gonkong, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya teatr san`atkorlarining chiqishllari bo`ldi. Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag`ishlangan festivalda O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston teatrlarining 15 ta eng yaxshi tarixiy sahna asarlari namoyish etildi. O`zbekiston teatr ustalari Germaniya, Franciya, Slovakiya, Hindiston, AQSh, Bed`giya, Misr, Rossiya teatr festivallarida qiziqarli spektakllar bilan ishtirok etdilar.

Respublikamiz teatr san`ati xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ma`naviyatini boyitish, ular lngiga Milliy istiqlol g`oyasini singdira borish, vatanparvarlik tuyg`ularini kuchaytirish axloqiy, estetik tarbiya maktabi bo`lib xizmat qilmoqda.

^ O`zbek sirki. 1992 yilda “O`zekdavlatsirk” respublika birlashmasining tashkil etilishi sirk san`tining rivojlanishda muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Toshkent sirki zamonaviy talablar asosida qayta ta`mirlanadi, unga O`zbekiston xalq artisti Toshkenboy egamberdiev nomi berildi. An`naviy sirk san`atining unitilgan turlari tiklandi va rivojlandi. Iste`dodli yoshlarga amaliy yordam berish maqsadida 1996 yilda estrada-yirk koleji ochildi.

O`zbekiston sirkchilarining chet ellarga gastrol` safarlari uyushtirildi. Misr, Irdaniya, Falastin, Pokiston, Malaziya, Hindiston, Xitoy, Suriya, Livan, eron, Birlashgan Arab Amirligida gastrol` safarlarida bo`lgan respublikamiz sirk ustalari o`zbek milliy sirk san`atini namoyish etilar.

Olimjon Toshkentboyev rahbarligidagi “O`zbekiston dorbozalari” guruhi 1996 yildan boshlab Yevropamamlakatlarida gastrol` safarida bo`lib 2000 dan ziyod tomosha ko`rsatdilar. 15 yoshli Karima Zaripova 1997 yil yanvarda Parijdagi Buglion sirkida bo`lgan yosh sirk artistlarining xalqaro festivalida qatnashib “Plastik etyud” (besuyak o`yini) janirida festivalning eng oliy mukofoti – oltin medalni qo`lga kiritdi. 1998 yida Toshkent sirkida iste`dodli yoshlarga ko`maklashuvchi bolalar studiyasi ochildi.

O`zbek sirkchilari 1999 yilda Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida, 1999 yilda Saratov shahrida bo`lib o`tgan Butunrossiya sirk festivalida, 2000 yilda Xitoyning Uxan shahrida bo`lib o`tgan sirk festivalida, 2001 yil yanvarda Belgiyaning L`ej shahrida bo`lib o`tgan Yevropa sirklarning 10- festivalida muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli o`rinlarni egalladilar. Sirkchilarimiz sa`y-harakatlari natijasida O`zek sirkiga xos turli nomer va attrakcionlar xalqaro sirk dasturlaridan o`rin egalladi.

^ Milliy musiqa va qo`shiqchilik. Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo`shiqchilik san`ati rivojlandi. Respublika madaniyat ishlari vazirligi, 1992 yilda tashkil etilgan “Xalq ijodi va madaniy-ma`rifiy ishlar respulika markazi”, uning viloyatlaridagi bo`limlari musiqa va qo`shiqchilik san`atini, havaskorlik va fol`klor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unitilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko`rik tanlovlar festivallar tashkil etmoqdalar. 1992 yilda Toshkentda “Asirlarga tengdosh navolar” va “Boqiy ovozlar”, Xorazm viloyatida fol`klor jamoalari, askiya, qiziqchi va masqaravozlarning, Qo`qonda katta ashula, lapar va yalla ijrochilarining ko`rik –tanlovlari o`tkazildi. 1994 yil may oyida Parijda bo`lib o`tgan “Sharq musiqasi” festivalida Munojat Yo`lchieva va Shavkat Mirzaevlar ishtirok etib, o`zbek milliy qo`shiqchilik san`atini jahonga namoyish etdilar.

1996 yil aprel` oyida Turkiston saroyida, “Bahor” majmuasi va boshqa ijodiy koncert tashkilotlari negizida tashkil etilgan “O`zbeknavo” gastrol`-koncert birlashmasi orqali xalq orasida istedodli qo`shiqchilarni izlab topish va ko`rik-tanlovlarga jalb etish, musiqa va qo`shiqchilik san`ati bo`yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlar amalga oshirildi. Respublika Prezdentining 1996 yil 27 avgustdagi ““O`zbekiston – Vatanim manim” qo`shiqlar bayrami to`g`risida” gi farmoni qo`shiqchilik san`atini rivojlantirishga ijobiy ta`sir ko`satdi. 1996 yilda o`tkazilgan barcha viloyat, shahar va tumanlarida “O`zbekiston – Vatanim manim” qo`shiq tanlovida 54 mingdan ziyod qo`shiqchilar qatnashdi. Bunday ko`rik tanlov har yili avgust oyida o`tkaziladigan bo`ladi va avgust oyining uchinchi yakshanba kuni “O`zbekeiston – Vatanim manim” qo`shiq bayrami kuni deb belgilandi. Bu tanlov jarayonida Vatan, mustaqillikni e`zozlovchi yuzlab yangi qo`shiqlar yaratildi. “O`zbekiston – Vatanim manim”, “Men seni sevaman, O`zbekiston”, “Vatan yagonadir”, “Mustaqillik gullari”, “Ona yurtim”, “O`zbekiston askarlari” qo`shiqlari shular jumlasidandir.

1997 yil 11 martda qabul qilingan Respublika hukumatining ““Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalini o`tkazish to`g`risida” gi qaror musiqa san`atini noyob namunalarini keng targ`ib qilish, rivojlantirishda dastur amal bo`lib xizmat qildi. 1997 yil 25 avgust – 2sentyabr` kunlari Samarqanda bo`lib o`tgan “Sharq taronalari” birinchi Xalqaro festivalida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatdan ijrochilar, san`atshunoslar, jamoat arboblari ishtirok etdi, festivalda yangragan o`zbek ohanglari, kuy-qo`shiqlari jahon uzra taraldi. Har ikki yilda Samarqandda “Sharq taronalari” Xalqaro festivalini o`tkazish an`ana tusini oldi.

O`zbekistonda musiqa va qo`shiqchilik san`atini rivojidga har yili 31 avgust va 21 mart kunlari o`tkazilayotgan Mustaqillik va Navro`z kunlariga bag`ishlangshan bayram tantanalari ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda.

Mustaqillik yillarda O`zbekistonda yashayotgan 130 ga yaqin turli millat va elat urf-odatlari va an`analari birdek rivojlanib bormoqda. Hozirgi paytda O`zbekistonda 120 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat yuritmoqda. Milliy madaniy markazlar o`z millatdoshlarining tili, madaniyati, urf-odatlari, rasm-rusmlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani jonlantirish kabi masalalar bilan shug`ullanib kelmoqdalar. Milliy madaniy markazlar qoshida milliy musiqa, raqs, hunar va boshqa yo`nalishlardagi to`garaklar tashkil etilgan.

1992 yilda turli milliy madaniy markazlarga ko`maklashuvchi Respublika Baynalmilal markazi tuzildi. Uning faoliyatida respublikamizda isteqomat qiluvchi turli millat va e`latlarni jipslashtirish asosiy o`rin tutmoqda. Har bir millatga mansub rassomlar, yozuvchilar, shoirlar, olimlar, madaniyat va san`at arboblariga bag`ishlangan yig`ilishlar, ko`rgazmalar tashkil etilmoqda. Milliy madaniy markazlar o`z faoliyatii bilan respublikada madaniyat ravnaqiga muhim hissa qo`shmoqdalar.

Muzey. Jamiyat madaniy-ma`rifiy hayotida, alohida tarixiy xotirani tiklash va mustahkamlashda muzeylarning ahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik yillarda mavjud muzeylarni ta`mirlash, yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e`tibor berildi.

Namanganda ulug` o`zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda hofiz Hojixon Boltaboev nomli maqomchilar muzey, Urganchda Xorazm amaliy san`ati va tarixi muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqand viloyatining Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir Nazar o`g`lining uy-muzeyi, Toshkentda o`zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi huquqshunos olima Hadicha Sulaymonova muzeyi, o`zbek raqqosasi Mukarram Turg`unboeva muzeyi singari uy muzeylari tashkil etildi. Shuningdek oliy ta`lim muassasalarida ko`plab muzeylar ochildi.

1996 yili 1 sentyabr` kuni Toshkentda Osiyoda yagona bo`lgan Olimpiya shon-shuhrat muzeyi faoliyat ko`rsata boshladi. Bu muzey o`zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlarini namoyish etadigan, mamlakatimizda sport harakatini rivojlantirish markazi bo`lib qoldi.

1996 18 oktyabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Muzey temuriylar davri ruhini aks ettiruvchi o`sha davrga xos tarixiy jihozlar, qurol-aslahalar, lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyim-boshlari, oltindan yasalgan uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, Amir Temur, Bobur qo`lyzmalari, Ulug`bekning astromik va boshqa 2000 dan ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar bilan jihozlangan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan madaniy, ma`naviy, ma`rifiy ishlar, ilmiy tafakkur markaziga aylandi. 2002 yilda Termizda Arxeologiya muzeyi bunyod etildi.

O`zbekiston Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to`g`risida”gi farmoni va uning bajarilishini ta`minlaga qaratilgan Respublika hukumatining 1998 yil 5 dekabrda qabul qilingan “Muzeylar faoliyatini qo`llab-quvvatlash masalalari to`g`risida”gi qarori mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Madaniyat ishlari vazirligi, “Oltin meros” jamg`armasi, Badiiy Akademiya, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilan hamkorlikda muzeylarning rivojlanishi va moliyaviy ta`minoti bo`yicha dastur ishlab chiqildi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta`mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat byudjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo`llab-quvvatlanadi. Muzeylar faoliyatini muvvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko`rsatish, moddiy jihatdan qo`llab-quvvatlash maqsadida 1998 yilda “O`zbekmuzey” Respublika jamg`armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko`maklashuvchi “Moziydan sado” jurnali ta`sis etildi va u 1999 yildan boshlab o`zbek, rus va ingiliz tillarida nashr etila boshlandi. Faqat 1999 yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan boyitildi.

O`zbekistonda umumiy maydoni 137150 kv.m.ni tashkil etadigan 510 ta muzey faoliyat ko`rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi nrdir buyumlar-eksponatlar saqlanmoqda va aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me`moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro`yxatiga kiritilgan. 2005 ta me`moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san`at asari davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo`riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar , me`moriy obidalar, monumental san`at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e`tirof etiladi.

O`zbekiston muzeylari aholi orasida o`lkamiz tarixi, xalq amaliy san`ati asarlaridan iborat etnografik ko`rgazmalarni namoyish etib, jamiyatimiz ma`naviy kamolati yo`lida xizmat qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar respublikamiz muzey-qo`riqxonalariga tashrif buyurib, ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san`at asarlari oldida ta`zim etmoqdalar. Franciya, Turkiya, eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda O`zbekiston muzeylarining eksponatlari namoyish etildi.

Sport. Mustaqillik yillarida sport O`zbekiston milliy madaniyatining tarkibiy qismi sifatida rivojlantirildi.

1992 yil 5 fevralda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida”gi qonuni sportni ommaviy rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshoatlari – sport sog`lomlashtirish klublari, bolalar-o`smirlar sport maktablari, olimpiya o`rinbosarlari bilim yurtlari , oliy sport mahorat maktablari, o`yingohlar, sport zallari, maydonlari, hovuzlar barpo etildi va ta`mirlandi. Ularda 7 mln. kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish imkoniyatiga ega bo`ldi.

1992 yil yanvarda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi tuzildi va 1993 yil sentyabrda xalqaro olimpiya qo`mitasining 101-sessiyada rasmiy e`tirof etildi.

Sportning boks turi jadal o`sdi. 17 marta jahon chempioni Artur Grigor`yan, Sidney olimpiadasi chempini Muhammadqodir Abdullaev kabi bokschilarimiz johonga mashhur. 1999 yil avgust oyida Amerkaning X`yuston shahrida o`tkazilgan X jahon chempionatida O`zbekiston boks komandasi 83 mamlakat o`rtasida AQSh va Kuba komandalaridan keyin faxirli uchinchi o`rinni egalladi.

Vatanimizda sportning tennis turi rivojlandi. 168 ta tennis korti, eng zamonaviy Yunusobod tennis majmui barpo etildi. Yunusobod tennis saroyida 1994-2002 yillarda O`zbekiston prezidenti kubogi uchun 9 marta xalqaro tennis musobaqalari o`tkazildi. 1999 yilning iyul` oyida Londonda o`tgan tennis bo`yicha yoshlar xalqaro turinirida toshkentlik sportchi Iroda To`laganova Uimbldon uchrashuvida g`olib chiqib, kumush kubokni kichraytirilgan nusxasini qo`lga kiritdi.

1998 yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog`ining eng baland “evarest” cho`qqisiga ko`tarilib, O`zbekiston dovrug`ini dunyoga taratdilar .

Mustaqillik sharofati bilan o`zbek milliy kurashi tiklandi. 1992 yilda Termiz va Shahrisabz shaharlarida dastlabki milliy kurash bo`yicha xalqaro musobaqa o`tkazildi. Milliy kurashimizning nazariy jihatlari va qoidalari ishlab chiqildi va xalqaro ekspertlar tomonidan e`tirof etildi., xalqaro sport turlari qatoridan o`rin oldi. Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan sportchilar ishtirokida kurash bo`yicha birinchi jahon chempionati bo`lib o`tdi. Unda o`zbekistonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush 3ta bronza medallarini qo`lga kiritdilar. Akobir polvon, Kamol polvon, Toshtemir polvonlar nomi butun jahonga taraldi. Xalqaro kurash associaciyasi tuzildi, uning faxriy prezidenti etib Islom Karimov saylandi. 2000-2002 yillarda London shahrida 3 marta Islom Karimov nomi bilan ataluvchi xalqaro turinir bo`lib o`tdi. 2002 yil oktyabrda Xalqaro kurash asociaciyasi Xalqaro sport federaciyasi a`zoligiga qabul qilindi. O`zbek milliy kurashi xalqaro sport turi sifatida dunyonda e`tirof topdi.

Mustaqillik yillarida O`zbekiston sportchilari Olimpiadalar, Osiyo o`yinlari, Jahon va Osiyo chempionlari va boshqa munosabatlarida qatnashib, 3000 dan ortiq oltin, kumush va bronza medallarni qo`lga kiritdilar.

Shunday qilib, mustaqillik yillarida O`zbekistonda sport rivojlandi, yangi ma`no-mazmun bilan boyidi, jahon sportiga qo`shildi va xalqaro maydonda salmoqli o`rinni egalladi.

Tayanch so`z va iboralar

Ma`naviy meros. Milliy qadriyatlar. Diniy qadriyatlar. Ta`lim. Badiiy adabiyot. Me`morchilik. Amaliy san`at. Kino. Teatr. Sirk. Musiqa. Qo`shiqchilik san`ati. Muzey. Sport.

Обсудить данную работу

Похожие:
Reja: Milliy istiqlol davrida ma`naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi

Milliy istiqlol va o‘zbekistonda madaniy taraqqiyot

«ma’naviy» merosdan poklanmasdan turib istiQlolga xizmat Qiladigan, fuQarolar Qalbi va ongini yangilashga Qodir ma’naviyatni shakllantirish...
Tog'ay Murod asarlarida milliy qadriyatlarning ulug'lanishi

I. A. Karimovning milliy tiklanish konsepsiyasi. Ma’naviy yuksalish demokratik jamiyat qurishning muhim omili

Документы
1. /Milliy istiqlol g'oya.doc
268-maktabning “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Vatan tuyg’usi” fani

Milliy g’oya VIII sinf milliy g’oyamizning asosini qanday maqsadlar tashkil qiladi?

Документы
1. /Milliy istiqlol goyasi - Kirill.docx
Документы
1. /Milliy istiqlol asoslari BMT.doc
Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari fanidan 8 – sinflar uchun iv-chorak Nazorat test savollari

До $200 бонус в акциях Apple или Google! Просто открой счет

Получи до $200 в акциях при открытии счета!

Тарзан опозорил Королеву на всю страну: эти снимки увидели ...

Steepto
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы
Документы

База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015

При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации

Доклады
Лекции

Справочники
Методички

Получи до $200 в акциях при открытии счета!

Тарзан опозорил Королеву на всю страну: эти снимки увидели ...

8 kun ichida qorindagi yog‘larni yo‘qoting! Bir oyda minus ...

До $200 бонус в акциях Apple или Google! Просто открой счет

Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’G’risidagi dastlabki qarashlar

Milliy qadriyatlarning tiklanishi - demokratik jamiyat qurishning muhim sharti

Тарзан опозорил Королеву на всю страну: эти снимки увидели ...

НОВОСТИ

Download 249,32 Kb.

bet 8/12
Sana 09.06.2017
Hajmi 249,32 Kb.
#10780
1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12
Bu sahifa navigatsiya:
U birinchidan
2-slayd Q adriyat nima
2. Milliy tamoyillar va qadriyatlarning demokratik jamiyat qurishda aks etishi Milliy qadriyatlarning demokratik jamiyat qurishda tutgan o’rni.
Ikknchidan
Umuminsoniy qadriyatlarning asosiy vazifasi olamni bilish va uni amaliy o’zgartirishning muhim omilidir.
3. O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg’unlashuvi va uning tarixiy ahamiyati
Ikkinchidan
Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik - O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishning asosiy tamoyili. 1. Umuminsoniy qadriyatlar
YOU MAY LIKESteepto

8 kun ichida qorindagi yog‘larni yo‘qoting! Bir oyda minus 27 kg!

Fatality

Это фото 1943 года приведет вас в ужас: смотрите внимательно

Новости

Тарзан опозорил Королеву на всю страну: эти снимки увидели все

Новости

Milliy qadriyatlarning tiklanishi - demokratik jamiyat qurishning muhim sharti. Demokratik jamiyat kontseptsiyasida milliy, umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda, diniy qadriyatlarning o’rniga alohida ehtibor qaratilmoqda. Negaki, ular o’rtasida qathiy chegara yo’q. Bunday fikr bildirishimizga muayyan tarixiy sharoitlarda ob’ektiv zaruratlar tufayli jamiyat rivojlanishi uchun milliy qadriyatlar diniy qarashlar bag’rida shakllanganligidir. SHunga ko’ra bizning milliy qadriyatlarimiz faqat islom zaminida vujudga kelmagan, balki zardushtiylik, buddaviylik kabi dinlardan ham ko’p narsalarni olgan. Binobarin, har qanday qadriyatlarning bosh manbai ijtimoiy hayotdir. Buning isboti sifatida hozirgi davrda mamlakatimizda ko’pgina tarixan din bilan bog’liq qadriyatlar o’zlarining diniy mazmunini o’zgartirib, dunyoviy milliy qadriyatlarga aylanganligidir. Ayni paytda, demokratik jamiyatni barpo etishda din har doim ham uning tarafdori bo’lavermaydi. Ayniqsa, hozirgi murakkab o’tish davrida islom g’oyalari va qarashlaridan bir-biriga tubdan qarama-qarshi maqsadlar yo’lida foydalanishga urinishlar jonlangan bir paytda, ana shu omilning o’rnini alohida tahlil etish zarur.

Uning zaruratini Prezident I.A.Karimov alohida va bir necha marta ta’kidlab kelmoqda. «Mustaqillik yillarida eng katta qo’lga kiritgan yutuqlarimizdan biri tarixiy, milliy va axloqiy qadriyat hamda anhanalarning, muqaddas dinimizning jamiyatni ma’naviy yuksalishidagi o’rni va ahamiyatini qayta tiklanganligidir. Ayni zamonda, tajovuzkor aqidaparast kuchlar islom dini xalqimiz uchun muqaddas qadriyat ekanligidan foydalanib, O’zbekistonni demokratik, mahrifiy taraqqiyot yo’lidan og’dirishga intilmoqdalar». Keyingi yillarda dunyo miqyosida islomdan qarama-qarshi maqsad yo’lida foydalanishlar yaqqol namoyon bo’lmoqda.

O’zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etishda milliy tamoyillarning asosini tashkil etuvchi, yuqorida ta’kidlaganimizdek, qadriyatlar alohida o’ringa egadir. Mustaqillik tufayli unga bo’lgan yangicha yondashuvlar Prezident I.A.Karimovning milliy va umumbashariy qadriyatlar to’g’risidagi metodologik ilmiy mulohazalari hamda amaliy faoliyatlaridagi ko’rsatmalari, tashabbuslari buning yorqin misolidir. O’zbekistonda barpo etilayotgan huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda, milliy qadriyatlarimizga asoslanadi.

SHu nuqtai nazardan, qadriyat tushunchasining ijtimoiy-falsafiy adabiyotlarda ko’pgina ilmiy tahriflari mavjud. Berilgan tahriflarni tahlil etish bir tomondan turli xil yondashuvlarning mavjudligini, ikkinchi tomondan esa, ularning butunlay bir-birini inkor etishi hollarining mavjud ekanligini ko’rsatadi. Masalan, ”Falsafiy entsiklopediya”ning beshinchi jildida qadriyatlar quyidagicha tavsiflangan: ”Qadriyat falsafiy va sotsiologik tushuncha. U birinchidan, bir ob’ektning ijobiy yoki salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ belgilovchi-baholovchi jihati (sub’ektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi”24. Rus tilidagi “tsennostg’” ya’ni qadriyat tushunchasiga, kishilarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga, ma’naviy dunyoqarashiga ijobiy yoki salbiy tahsir ko’rsatadigan barcha narsa va hodisalar kiritilgan.

Ana shunga yaqin nuqtai nazar boshqa ilmiy manbalarda ham bayon etilgan: “Qadriyat (falsafa, sotsiologiyada) - voqelikdagi muayyan hodisalarning iqtisodiy, ijtimoiy va mahrifiy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha. Qadriyatlarning mazmuni va xarakteriga ko’ra, progressiv va reaktsion tiplarga ajratish mumkin” deyilgan. Fikrimizcha, bunday tahriflar mazkur kategoriyani o’ta sig’imdor qilish bilan birga, uning asli mohiyatini aniqlashda bir qator ilmiy chalkashliklarni keltirib chiqarmoqda. SHunga ko’ra uning mazmuni, tuzilishi, asosiy shakllari namoyon bo’lish xususiyatlari va umuminsoniy qadriyatlar tizimi, bu tizimdagi asosiy qadriyat shakllarining o’rni va ahamiyatini ilmiy tahlil qilish bilan bog’liq bir qator masalalarga ehtibor kam ekanligini ko’rsatib o’tish lozim.

“Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat nehmatlari hodisalari majmuini tushunmog’imiz lozim25. Rus, ingliz, nemis, frantsuz va chex tillarida Rossiya Fanlar Akademiyasining akdemigi G.V.Osipov muharrirligida chop etilgan “Sotsiologicheskiy entsiklopedicheskiy slovarg’”da qadriyatlarni baholash, qadriyatlar tizimi, ijtimoiy qadriyatlar, qadriyatlar yo’nalishi va umuman qadriyatlarga tahriflar berilgan26. Qadriyatlar tushunchasiga “Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug’ati”da ham alohida o’rin ajratilgan.

2-slayd

Qadriyat nima?
Qadriyatlar ҳamisha muayan faoliyatlar tarzida namoyon bo’lib kishilarning voqelikka bo’lgan munosabatlari mazmunini ifoda etadi ҳamda ularning fe’l atvorlari, say ҳarakatlari yo’nalishlarini ifodasidir.

Qadriyatlar mahlum bir xalqning ko’p ming yillik tarixiy- madaniy tajribasi sifatida shakllangan turmush tarzi, tafakkur maҳsuli bo’lib, dunyoga kelgan. Xalqning azaliy udumlari, urf- odatlari anhanalari insony va milliy

мансублик ифодасидир.

Qadriyatlar muayan millat va xalqlarning shonli va musibatli o’tishi, tarixiy, madaniy tajribalari, saboqlari, surur va baxtiyor damlarining ifodasidir.

“Qadriyatlar — jamiyatda kishilar o’rtasida obro’ga, ehtiborga, hurmatga, nufuzga, ahamiyatga ega kishilar munosabatlar, holatlar, moddiy narsalar va ma’naviy boyliklar majmuasi”27 degan tahrif berilgan. Qadriyatlarni bunday tahriflash uning mohiyatini ancha yorqin ifodalasada, lekin qadriyatlarga berilgan tahriflar ichida o’zining ilmiyligi bilan boshqa tahriflardan ajralib turadi, degan fikrdamiz. Bizningcha, “umuminsoniy qadriyatlar tushunchasi butun jamiyat ahamiyatiga ega bo’lgan, insoniyatning mavjudligi, o’tmishi, buguni va kelajagini, yashashning asosiy yo’nalishlari, qonun-qoidalarini, talab va tartiblarini, odamlarning eng azaliy orzu-umidlari va ideallarini o’zida aks ettiradigan qadriyatlarining umumiy shakllarini ifodalaydi. Umuminsoniy qadriyat tushunchasining ob’ektiv asosi ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar, insoniyatning uzluksiz xayotini va turmush tarzini umumlashtiradigan jamiyatdir”. Darxaqiqat “umuminsoniylik” tushunchasida qadriyatlarni tirik tabiatning bir qismi bo’lgan odam zotining hayoti va kamoloti uning tarixiy taraqqiyoti, siyosiy va boshqa birliklar uchun ahamiyati o’z ifodasini topishi kerak. SHu o’rinda insoniyatning eng umumiy jamoasi bo’lgan jamiyatgina, umuminsoniy qadriyatlarning yaratguvchisi va saqlab turuvchisidir. Umuminsoniy qadriyatlar nihoyatda keng ko’lamli va serqirra tushuncha. Uning zaminida eng avvalo ozodlik, erkinlik, tinchlik, demokratiya tufayli shakllangan inson baxt-saodati kabi umumijtimoiy mahno va mazmun kashf etadigan qadriyatlardan iborat, deyish mumkin. Qadriyatlarni faqat moddiy va ma’naviy boyliklar sifatida tushunish va uni shunday izohlash ham ilmiy nuqtai nazardan to’g’ri emas.

Demak, «Qadriyat» atamasi bizga arabcha «qadri» so’zidan kirib kelgan bo’lib, bugungi kunda bu tushuncha «borliq va jamiyatdagi biror bir narsa va hodisaning kishilar o’rtasidagi o’zaro ijtimoiy munosabatlardagi tutgan muhim ahamiyatni ifoda etish uchun qo’llanilmoqda. Bu masalaning bir tomoni. Uning ikkinchi tomoni shundan iboratki, «qadriyat» so’zi qadim zamonlarda paydo bo’lgan va barcha xalqlar tillarida mavjuddir. Demak, bu tushuncha bir necha ming yillik tarixga egadir. Fikrimizning isboti sifatida qadimgi dunyoda «aksiologiya» degan atamaning mavjud bo’lishidir. Aksiologiya aslida falsafaning muhim yo’nalishlaridan biridir. Faqat bu tushuncha XIX-XX asrlarga kelib, Yevropa mamlakatlari falsafasida rivojlantirildi. Uning tarixi demokratiya tarixi bilan bog’liqdir. Binobarin, Yevropa mamlakatlarida ham demokratik jamiyatni barpo etishda qadriyatlarga asoslanish ustuvor bo’lgan.

Yuqoridagi adabiyotlarning tahlillari shuni ko’rsatadiki, o’tmishdagi barcha ijtimoiy-falsafiy tahlimotlarda qadriyatlarning mohiyati va ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni masalasiga katta ehtibor berishgan. Agarda qadimgi dunyo ijtimoiy-falsafiy tahlimotlarida umuminsoniy qadriyatlar inson aqliy taraqqiyotining mahsuli deb qaralgan bo’lsa, Turondagi ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixida “Avesto”dagi uchinchi davr deb atalgan insoniyat kelajak istiqboli, adolatli jamiyat haqidagi fikrlar uning tarixiy ildizlarini tashkil etadi.

2. Milliy tamoyillar va qadriyatlarning demokratik jamiyat

qurishda aks etishi
Milliy qadriyatlarning demokratik jamiyat qurishda tutgan o’rni. Har bir millat o’z qadriyatiga ega. Binobarin, uning har bir mamlakat, har bir xalq rivoji uchun imkoniyatlaridan qay darajada foydalanish - demokratik jamiyatni barpo etishda muhim o’rin egallaydi. Hozirgi davrda qadriyatlarning muhim xususiyatlaridan biri ham ana shundadir. Mustaqillikdan keyin milliy qadriyatlarning demokratik jamiyat qurishdagi o’rnini aniqlash borasida jiddiy ilmiy izlanishlar ham, amaliyot bilan bog’liq muammolar ham davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Negaki, biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbollarini tasavvur eta olmaydi. Ayniqsa, bizning SHarqda xalqning ming yillik milliy qadriyatlari uning uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. Xalqimizning yaqin o’tmishidagi uzoq vaqt davom etgan kuchli mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan-avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o’ziga xos anhanalarini saqlab qolishga muvaffaq bo’lganligi sababi ham ruhida, qalbida doimiy ravishda umumbashariy qadriyatlarga sodiq bo’lganligidir. «Biz, deb ta’kidlaydi I.A.Karimov, - ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz»28. Demak, birinchidan, O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishning milliy, umumbashariy tamoyillarini har bir xalqning qadriyatlarisiz, alohida ajratib bo’lmaydi.
Ammo biron-bir narsa va hodisa, xoh u moddiy bo’lsin, xoh ma’naviy bo’lsin, qadriyatga aylanishi uchun ma’lum bir vaqt, davr o’tishi kerak. Demokratiyaning milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida shakllanishi ham shunday bosqichlarni bosib o’tgan. SHunga o’tmishdagi barcha narsalar ham milliy qadriyat hisoblanavermaydi. Ikknchidan, uning milliy qadriyatga aylanishi uchun o’zini ko’rsata olishi shart. Demak, biz demokratik jamiyat qurishdagi o’tmishimizdagi barcha narsalarimizni to’laligicha ololmaymiz. Negaki u Hamma uchun ibratli emas.

SHu o’rinda Prezident I.A.Karimovning quyidagi fikrlari o’ta muhim ahamiyat kasb etadi «... o’tmish qadriyatlarga, anhanalarga va turmush tarziga betartib ravishda, orqa-ketini o’ylamay qaytish boshqa bir keskinlikka - hozirgi davrni qabul qilmaslikka, jamiyatni yangilash zaruriyatini inkor etishga olib kelishi mumkin» edi. Ayni shu inkor etish onlarida ekstremistik ruhdagi muxolifatning vujudga kelish xavfi tug’ildi. U aslini olganda, ma’naviyatga qarshi muxolifat bo’lishi mumkin edi29. Uchinchidan, “Milliy qadriyatlar – millat uchun muhim va jiddiy ahmiyatga ega bo’lgan jihat va xususiyatlar. O’z milliy qadriyati bo’lmagan millat yoki elat yo’q. Millatning tanazzuli — milliy qadriyatlarning tanazzulidir. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar, ijtimoiy qatlamlar, milliy ong, til, ma’naviyat hamda madaniyat bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi”30. Negaki, milliy qadriyatlar nafaqat mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma’naviy asoslardan biri, balki demokratik, adolatli, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishning asosiy manbai hamdir. Markaziy Osiyo xalqlarining asrlardan asrlarga meros bo’lib kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan va ko’plab og’ir sinovlarni boshdan kechirgan. Darhaqiqat, mintaqamiz xalqlari 3000 yildan ortiq davrni o’zida mujassamlashtirgan Markaziy Osiyo tsivilizatsiyasini yaratdi.

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlardan tashqari diniy qadriyatlarimizga ham alohida o’rin berilayotganligi tasodifiy hol emas. CHunki milliy va diniy qadriyat o’rtasida qathiy chegara yo’q. Ular doimiy ravishda o’zaro bog’liq holda namoyon bo’ladi, bir-biri bilan muloqotda, birgalikda mavjud bo’ladi. Milliy va diniy qadriyatlar mutelikdan, fikr qaramligidan qutulish, milliy o’zlikni anglashga xizmat qilishi bilan ular jamiyatda demokratik umumbashariy tamoyillarining qaror topishiga zamin yaratadi.

Demokratik qadriyatlarning muayyan sharoitlarda shakllanishi. Ularning mahalliy, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy shakllarda namoyon bo’lishi. Demokratik jamiyat barpo etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mutanosibligi hamda rivoji. O’zbekistonda adolatli demokratik jamiyat barpo etishda milliy qadriyatlarning ma’lum mahnoda umumbashariy ahamiyat kasb etishi.

Umuminsoniy va milliy qadriyatlar tushunchalarining demokratik uyg’unligi dialektikasining qiyosiy tahlili jarayonida Amir Temur siyosiy-huquqiy qarashlarini o’rganish zarur. Amir Temur siyosatining bu g’oyasi “Kuch-qudrat, iqtidor-adl-insofda”, deganidir. Saltanatni boshqarishida uchragan har qanday voqea va ishni to’ra va tuzuk asosida boshqardim31 degan fikrlari umuminsoniy demokratik va milliy qadriyatlar tushunchasining ijtimoiy-falsafiy, ilmiy nazariy va metodologik ildizlarini tashkil etadi. Binobarin biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustaxkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.

Xalqlarning madaniy qadriyatlari, to’rtinchidan, ma’naviy merosining ming yillar mobaynida sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qildi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov bu borada fikr yuritib, shunday deb ta’kidlaganlar: “Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o’ziga xos anhanalarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi”32. Binobarin, har bir qadriyatning mohiyati va ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotga tahsir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi.

Demokratik jamiyatni umuminsoniy va milliy qadriyatlarsiz barpo etib bo’lmaydi. Qadriyatlar haqida fikr yuritganda uning ikkita tarkibiy qismini nazarda tutmoq kerak. Bunda, eng avvalo, insonning ob’ektiv olamga nisbatan bo’lgan aktiv faoliyatini alohida tahlil qilish zarur. Umuminsoniy qadriyatlar tushunchasiga moddiy va ma’naviy muhit, yashash shart-sharoitlarining rivojlanishi va vorislik sodir bo’lib, yangi-yangi qadriyatlarning shakllanishiga o’tishdan meros bo’lib qolganlari esa davr ruhi, yangi ijtimoiy ehtiyoj va taraqqiyot uchun asos bo’lgan qadriyatlarga kiradi. Umuminsoniy qadriyatlarning asosiy vazifasi olamni bilish va uni amaliy o’zgartirishning muhim omilidir.

Umuminsoniy va milliy qadriyatlar tamoyillar uyg’unligi qiyosiy tahlili uning inson ma’naviy kamolatining muhim omili ekanligidan kelib chiqishi zarur. Bunga:

Yurtboshimizning “Mustaqillikka erishganimizdan keyingina biz buyuk ajdodlarimizning hurmatini o’rniga qo’ya oldik. Bizning bu intilishlarimizni Markaziy Osiyodagi qo’shnilarimiz, madaniy xalqaro hamjamiyat qo’llab-quvvatladi. Bu hol tasodifiy emas — sohibqiron Amir Temur shaxsi uning avlodlari bo’lmish faqat bizning emas, balki mintaqamizdagi barcha xalqlarning, butun mahrifiy insoniyatning boyligidir” degan fikrlari har bir millat rivojlanishidagi tarixiy voqealar, unga ijobiy hissa qo’shgan shaxslar ham milliy qadriyatlar jumlasiga kirishini anglatadi. SHu nuqtai nazardan Amir Temur shaxsi buning yorqin isbotidir. Binobarin, Amir Temur qanchalik taqvodor, asl musulmon bo’lmasin, qonunchilikning turli tizimlari — diniy va dunyoviy tomonlari borligini, ularni hisobga olish kerakligini juda to’g’ri anglagan. Amir Temur qonunchilik deganda faqat, SHariat qonunchiligini emas, balki boshqa xalqlar qadriyatlari, urf-odatlarini ham tushungan.

Beshinchidan, Markaziy Osiyo xalqlarining milliy qadriyatlardagi xos jihatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

1) tug’ilgan makon va ona yurtga ehtirom;

2) ajdodlar xotirasiga sadoqat;

3) kattalarga hurmat, yoshlarga izzat;

4) insoniy muomalada mulozamat;

5) hayo, andisha, vazminlik, sabr-toqat kabilarning ustuvorligi bilan ham xarakterlanadi.

Ma’lumki, demokratik qadriyatlar muayyan sharoitlarda shakllanadi. SHu sababli ular:

– mahalliy;

– milliy;

– mintaqaviy;

– umuminsoniy mazmunda namoyon bo’ladi.

Milliy muhit demokratik qadriyatlarni yaratish va saralashning asosiy manbasidir. Aynan milliy muhit mahalliy qadriyatlarning ustuvorlarini o’z darajasiga ko’taradi va ularni voyaga yetkazib, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga olib chiqadi. Umuminsoniy qadriyatlarni har bir kishi o’zining boyligiga aylantirgandagina milliy tamoyillar o’z kuchini ko’rsatadi. “SHu bilan birga o’tmish qadriyatlariga, anhanalarga va turmush tarziga betartib ravishda orqa-ketini o’ylamay qaytish boshqa bir keskinlikka — hozirgi davrni qabul qilmaslikka, jamiyatni yangilash zaruriyatini inkor etishga olib kelishi mumkin”33 deb ta’kidlaydi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. Biz bugungi kunda haqiqiy qadriyatlarimizni:

– tadrijiylik, andishalilik asosida;

– buhron paytida sabr-toqat, maromiylik va vazminlik asosida;

– mulozamatda sertakalluflik, keksalarga munosabatda hurmat-izzat asosida;

– ijtimoiy-siyosiy hayotda bosiqlik, sipolik va boshqa asoslarda asrab-avaylab rivojlantirmoqdamiz.

3. O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg’unlashuvi va uning tarixiy ahamiyati

Milliy qadriyatlar ham qandaydir o’zgarmas hodisalar emas. Millat taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning takomillashib borish, yashash va mehnat qilish sharoitlar o’zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham rivojlanib borishiga imkon yaratiladi. Har bir qadriyat ma’lum konkret davr, sharoit va ehtiyojlarning mahsuligina emas, balki uning ko’zgusi hamdir. SHu nuqtai nazardan qadriyatlarning demokratik tamoyillar bilan qaror topishidagi o’rniga baho berishdan oldin ulardan foydalanishda ikki omilga alohida ehtibor berish kerak: birinchisi – qaysi bir qadriyatlarning yuzaga kelgan aniq tarixiy sharoitlar, ikkinchisi, o’sha davrlarga xos bo’lgan imkoniyat va ehtiyojlarni ham bilish kerak. SHuningdek, umumbashariy demrokratik qadriyatlarmi, mintaqaviy qadriyatlarmi, milliy qadriyatlarmi uning qaysi zamin ehtiyoji asosida vujudga kelganligini, ular o’rtasida qanday uyg’unlik mavjud bo’lganligi, vorisiylik masalalarini ham o’rganish zarur. Ayni paytda, fikrimizcha, muayyan milliy, sinfiy, mintaqaviy, shaxsiy va boshqa xususiy qadriyatlar tizimi ham umuminsoniy qadriyatlar tizimining o’rnini bosa olmaydi.
Fuqarolik jamiyatini barpo etishda umuminsoniy qadriyatlarning namoyon bo’lish xususiyatlari nisbiy xarakterga ega bo’lib, uning bu xususiyati, ya’ni nisbiylik har doim ham ko’zga tashlanavermaydi. SHunga ko’ra demokratik tamoyillarni milliy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirishda uning quyidagi namoyon bo’lish shakllarini alohida ta’kidlash zarur.

a) demokratik jarayonlarning uzviyligi asosida milliy qadriyat sifatida shakllantirish;

b) odamlarning tafakkuri va ijtimoiy-siyosiy saviyasi bilan demokratik o’zgarishlar darajasini mutanosib bo’lishiga erishish orqali;

v) jamiyatdagi turli xil guruhlar qarashlarini yagona maqsad – «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat» degan milliy g’oya asosida hamjihatlilik, millatlararo totuvlik ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash asosida;

g) demokratik jarayonlar xalqimizning qonunni hurmat qilishi, qonunga itoat etish kabi fazilatlariga mos ravishda rivojlanishini ta’minlash;

d) siyosiy munosabatlarda ham axloqiy, ma’naviy, milliy qadriyatlar ustuvorligiga erishish orqali umumbashariy demokratik tamoyillarni mamlakat fuqarosining turmush ehtiyojiga aylantirish va boshqalar.

Demak, umuminsoniy qadriyat deganda jamiyat ahzolarining Hammasi uchun umumiy ahamiyatga ega bo’lgan va har bir shaxsning hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlarga ijobiy tahsir etadigan, kishilarning xatti-harakati, amaliy faoliyati, yashash tarzi, boshqalarga munosabati ham umuminsoniy qadriyatlarning mezoni sifatida baholanadi. SHu bilan ham umuminsoniy qadriyatlar tizimida demokratik tamoyillarning o’zi uning shakllanishi uchun keng maydon ochib beradi. Biroq, bu degani milliy qadriyatlarning o’rni ana shu tizimda passiv holatda ekan-da degan xulosani chiqarmaslik kerak. Negaki, qadriyatlar tizimida millat, unga xos bo’lgan belgilar, jihatlar, xususiyatlar, ularning vujudga kelish jarayoniga bevosita tahsir ko’rsatadigan hudud, makon va u bilan bog’liq tuyg’ular demokratik jamiyatni barpo etishda muhim o’rin egallaydi. Milliy qadriyatlar shaxs qadriyatlarini umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’lovchi zanjirning muhim va asosiy bo’g’ini hisoblanadi. SHunga ko’ra, millat xar qanday milliy qadriyatning ob’ekti, uni yaratuvchisi va milliy qadriyatlar tizimida asosiy tayanadigan ijtimoiy tayanch hamdir. Millat bir tomondan, o’zininng qadriyatlarini mutassil vujudga keltirib turganligi bilan ham u yashovchanlik xususiyatiga ega bo’ladi. Demak, milliy qadriyatlar o’tmishdan kelajakka rivojlanish jarayonida ularni doimiy takomillashtirib yangi-yangi qirralarini vujudga keltiradi. Aynan ana shu jarayon adolatli va demokratik jamiyatning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Demak, birinchidan, milliy qadriyatlarsiz demokratiya tamoyillarini hayotga joriy etish, uni har bir shaxsning turmush tarziga aylantirish mumkin emas. Demokratiya nafaqat shaxs faoliyati, balki u millatning ruhiyati hamdir.

Ikkinchidan, demokratik jarayonlar davomida mavjud qadriyatlar tizimining o’zi ham rivojlanib va o’zgarib boradi. Uchinchidan, millat milliy qadriyatning xaqiqiy egasi. Demak, millat uning makon va zamondagi harakati ham, o’tmishdan kelajakka tomon yashashi ham, avloddan avlodga yetkazib beruvchisi ham, uning asosiy ob’ekti ham aynan shu millatdir. To’rtinchidan, milliy qadriyatlarning takomillashmaganligi millatning yo’q bo’lib ketishiga va oxir oqibatda egasiz bo’lib qolishining boshlanishidir. Sobiq sho’rolar davrida millatga bo’lgan hujum eng avvalo, uning qadriyatlariga bo’lgan hujumdan boshlanganligini tasodifiy hol emas edi. Buning bir qator misollarini ko’hna tarixdan ham, hozirgi davrdan ham ko’plab keltirish mumkin. Beshinchidan, milliy qadriyatlarning saqlanib qolishi, bu faqat ularning o’zini o’zi asrab qolishining asosiy masalasi deb qarash kerak emas. Balki har qanday millatning saqlanib qolishi uchun har bir millatning o’zi javobgar, mashul bo’lishi shart. Ana shu javobgarlik, mashullik darajasi milliy rivojlanish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Bu haqda qozog’istonlik professor, faylasuf F. Qodirjonov xalqaro konferentsiyalarning birida o’zi tan olib, shunday fikrni bildirdi: “Qozoq ziyolilarining o’z ona tillarini o’rganishlari, o’zlashtirishi va o’z tillarida ilmiy falsafiy, siyosiy kitoblarni yozishi o’ta mushkul bo’lib qolayotganligining sababi - ular milliy ruhining erkinligiga nisbatan uzoq yillar xukmron bo’lgan “qizil imperiyaning” mafkuraviy tazyiqining natijasidir. Bunday holatni Qirg’iziston va O’zbekiston ziyolilari o’rtasida ham kuzatish mumkin”.1

Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik - O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishning asosiy tamoyili. 1. Umuminsoniy qadriyatlar inson ma’naviy, ijtimoiy kamolotining qandaydir alohida, boshqalardan ajralgan tomoni emas. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlarning umumlashgin ifodasidir. Umuminsoniy qadriyatlar butun insoniyatga xos qadriyatlar asosida tashkil topadi va rivojlanadi. Ular ayni vaqtda barcha milliy qadriyatlarning bir-biriga yaqinlashishi va rivojlanishiga ham xizmat qiladi.
Insonparvarlik g’oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat Hamma yerda barqaror bo’lishiga intilish, inson huquqlari poymol etilishiga yo’l qo’ymaslik, Hamma xalqlarning milliy mustaqillik uchun bo’lgan kurashlarini himoya qilish, kishilarni do’stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash, Hamma yerda tinchlik, osoyishtalik qaror topishiga harakat qilish, atrof-muhitni toza saqlash umuminsoniy qadriyatlarning xozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir.

Bu qadriyatlar butun insoniyat tomonidan qo’lga kiritilgan fan, texnika, madaniyat, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlantirish borasidagi yangi jihatlar, demokratiya, qonunchilik, adolatni barqarorlashtirish borasidagi yutuqlardan ham iborat bo’lib, ulardan oqilona foydalanish respublikamizni jahondagi rivojlangan davlatlardan biriga aylantirish ishiga ham xizmat qiladi. Bu borada biror chekinishlarga, milliy mahdudlikka va kalondimog’likka yo’l qo’yish nihoyatda katta yo’qotishlarga olib kelishi mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar mahalliy sharoit, imkoniyatlar, tarixiy anhanalar bilan bog’langandagina kerakli samara beradi.

2. Mintaqaviy qadriyatlar ham umuminsoniy qadriyatlar bilan chambarchas bog’langan. Qadriyatlarning bu turkumi bir-biriga yaqin bo’lgan sharoitlarda yashagan va mehnat qilgan, tarixi tutash bo’lgan mamlakatlar va xalqlar uchraydi. Bu qadriyatlar hozirgi kunda ham katta ahamiyat kasb etmoqda.

Markaziy Osiyo xalqlari ming yillar davomida bir-biri bilan yaqindan iqtisodiy va siyosiy aloqalar o’rnatganlar. Ularning turmush sharoitlari, tili, madaniyati, dini, urf-odatlari bir-biriga yaqin bo’lishi ko’plab umummintaqaviy qadriyatlar shakllanishiga olib kelgan. Bu qadriyatlar turli joylarda bir-biridan biroz farq qilsa-da, mohiyat jihatidan yaqindir.

Mehmondo’stlik, bolajonlik, yaqin qo’ni-qo’shnichilik, kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilish, qarindosh-urug’lar, do’stlar bilan yaqin aloqada bo’lish, sahiylik, halol bilan haromni farqlash O’rta Osiyo xalqlarining Hammasiga xos bo’lgan ma’naviy fazilatlardir. Garchand mehmondo’stlik bilan bog’liq udumlar mintaqamizning Hamma yerida keng tarqalgan yaxshi anhana bo’lsa ham, ular turli joylarda bir-biridan farq qiladi. Keksalarni, ota-onalarni hurmat qilish ham Markaziy Osiyo xalqlarining o’ziga xos yuksak ma’naviy boyligidir.

Keksalar ko’pni ko’rgan, aql va idrok bilan har ishda maslahat bera oladigan, yoshlarga katta tarbiyaviy tahsir ko’rsata oladigan kishilardir. Keksalarni hurmat qilish, ulardan saboq olish, hayot tajribasini o’rganish ma’naviy kamolot uchun yangi imkoniyatlar izlashga harakat qilishdir. Ota-onani hurmat qilish, ularning gapiga, pand-nasihatiga quloq solish ham katta ma’naviy qadriyatdir. Ota-ona hech vaqt o’zining farzandiga yomonlikni ravo ko’rmaydi. Ular hayotda ko’p og’irlik, yengilliklarni ko’rgani sababli, farzandlarining istiqbolini ham ulardan ko’ra ko’proq o’ylaydilar. Bahzan ota-onaning nasihatlari noqobil farzandlarga og’irroq tuyuladi. Bu - hayotni chuqur bilmaslik, hayotning turli jarayonlariga yengil-elpi qarashning oqibatidir. Farzandlar ota-onaning qadrini o’zlari ota-ona bo’lganidan keyingina fahmlab oladilar. Bu davr ichida ular ma’naviy kamolotning ko’p imkoniyatlarini qo’ldan boy berib qo’yadilar. SHuning uchun ulkan ma’naviy qadriyat bo’lmish ota-onani hurmat qilish odatini aslo unutmaslik kerak.

Ota-onaga bo’lgan hurmat dunyodagi barcha xalqlarda uchraydi. Lekin bizning mintaqamizda bu qadriyatni ehzozlash boshqa joylarga nisbatan ustunroq turadi. Hashar yo’li bilan uy-joy qurishda, uy-joylarni tahmirlashda bir-biriga yordam ko’rsatish, yetim-esirlarning, beva-bechoralarning peshonasini silash, mehr-muruvvatli bo’lish, ularni qarindosh-urug’lar o’z himoyasiga olib, xoru zor bo’lib qolishiga yo’l qo’ymasligi ham mintaqamiz xalqlarining barchasiga xos qadriyatdir.

O’zbekiston suveren demokratik davlat bo’lib, xalq davlat hokimiyatining asosiy manbai hisoblanadi. Bu haqda Konstitutsiyaning 13-moddasida shunday deyilgan: «O’zbekiston Respublikasi demokratik umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, shahni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi»34. Demak, demokratik davlatda xalq davlat hokimiyatining asosiy manbai bo’lib, umuminsoniy tamoyillarni amalga oshirish orqali inson va jamiyatning farovonligini, barcha xalqning turmush darajasini oshirib borishga erishadi.

Katta ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan mintaqaviy qadriyatlardan yana bari – jamoatchilik fikridir. Jamoatchilik fikri odamlar o’rtasidagi bir-biriga yaqinlik, o’zaro hurmatning ifodasi bo’lib, keng foydalanish mumkin bo’lgan qadriyatdir.

Xulosa qilib aytganda qadriyatlar jamiyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida shakllangan va rivojlangan, o’tmishda, hozirgi kunda va kelajakda ham ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy tahsir etadigan, kishilar ongiga singib, ijtimoiy ahamiyat kasb etgan moddiy, ma’naviy boyliklardir. SHu nuqtai nazardan, tarixiy tajriba, anhanalarning meros bo’lib o’tishi - bularning barchasi yangidan yangi avlodlarni tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolishi lozim.

Demak, milliy qadriyatlar umuminsoniy demokratik tamoyillar bilan uyg’unlashtirilsa, shundagina jamiyat taraqqiyotining rivojlanishida uning o’rni alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Ammo sho’rolar davrida qadriyatlar bir tomonlama yoritilar, bu borada ko’p tadqiqotlar olib borilgan edi. Lekin milliy qadriyatlarning mavjudligi ehtibordan chetda qolar edi. Bunday “tadqiqot”lardan maqsad har bir millatning o’z muayyan tarixiy tajribasi asosida o’z qadriyatlari tizimi shakllanganiga qadar kishilarning ehtiborini tortmaslik, demokratiyaning umumjahon va umumbashariy tamoyillari esa sinfiy asosda talqin etilar edi. Tanlab olingan va umumjahon tamoyillar va qadriyatlar ichida eng nufuzli joyni “ulug’ millat”ning qadriyatlari egallab turardi.

«Bugungi kunda, - mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, - anhanaviy qadriyatlarimizni demokratik jamiyatning qadriyatlari bilan uyg’unlashtirish kelajakda yanada ravnaq topishimizning, jamiyatimiz jahon hamjamiyatiga qo’shilishining garovidir»35. SHu nuqtai nazardan umumbashariy demokratik tamoyillarni qaror toptirish, ko’p bor ta’kidlanganidek, jamiyatimiz taraqqiyotidagi eng murakkab masalalardan biridir. Ayniqsa, bu uzoq vaqt totalitar tuzum asoratida yashagan sobiq ittifoq makonida, jumladan O’zbekistonda ham uning illatlaridan butkul qutula olmagan jamiyatda yanada murakkabroq kechadi. Ana shu murakkab jarayonni, ijtimoiy-siyosiy larzalarga olib kelmaslikning yo’llaridan biri, qonun ustuvorligi tamoyilidir

Katalog: course

course -> National university
course -> Study goal: to determine the cause of death of those Chthamalus that settle below the mhwn. Methods
course -> Presented to: ms. Florence muindi presented by: bilia L. Kambara d
course -> Missions Time Line Christian mission history: Important events, locations, people and movements in World Evangelism Putting faith in action
course -> 1 gb display only
course -> The President’s House Christopher Thompson
course -> J. j thompson (1856 – 1940)

Download 249,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12
PROMOTED CONTENT
Mgid
Mgid

Тарзан опозорил Королеву на всю страну: эти снимки увидели все

НОВОСТИ

Когда она начала танцевать, у всех перехватило дух!

НОВОСТИ

8 kun ichida qorindagi yog‘larni yo‘qoting! Bir oyda minus 27 kg!

FATALITY

Это фото 1943 года приведет вас в ужас: смотрите внимательно

НОВОСТИ

Operatsiyasiz ko'rishni qanday tiklash mumkin

VISUCAPS

Ох уж эти хитрости: вот зачем на ночь мажут пятки йодом

НОВОСТИ24

4 знака зодиака будут купаться в деньгах в 2022 году

НОВОСТИ24

Если едите чеснок ежедневно, вот что будет с вашим телом

НОВОСТИ24

Если у вас сохранилась сберкнижка СССР, то вы богач

НОВОСТИ24

«Омикрон» можно съесть: иммунологи раскрыли детали

НОВОСТИ24

Вот почему нельзя давать соль соседям: прислушайтесь

НОВОСТИ24

Варите чеснок в молоке и пейте отвар: эффект потрясет

НОВОСТИ24

Что ждет тех, кто ест хотя бы 1 яйцо в день

НОВОСТИ24

Спите с луком в носках: поразительный эффект уже наутро

НОВОСТИ24

Почему категорически нельзя спать с включенным светом

НОВОСТИ24

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022

ma'muriyatiga murojaat qiling

Bosh sahifa

davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
toshkent davlat
respublikasi axborot
tashkil etish
saqlash vazirligi
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
matematika fakulteti
uzbekistan coronavirus
Ishdan maqsad
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
o’rta ta’lim
vazirligi koronavirus
coronavirus covid
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanidan tayyorlagan
ta’limi vazirligi
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanlar fakultetiРежа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’G’risidagi dastlabki qarashlar

fanlar fakult

Қарашлар, Шахслар ва Жамият

Toggle navigation
Ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi va milliy o`zlikni anglash
Urganch davlat universiteti
Илм-фан19 август 2017, 12:58
D.Bekchanov — o`qituvchi, (UrDU)
Z.Atabayeva, N.Matrasulova – talabalar, (UrDU)
O`zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingi dolzarb muammolaridan biri yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishilarni tarbiyalash edi. Bu o`z navbatida bir necha o`n yillar mobaynida sinfiy-partiyaviy mafkura tomonidan ta’qiqlangan o`zbek xalqinng ma’naviy merosini tiklash va uning yanada kamol topishi uchun keng imkoniyatlar ochishi kerak edi. Darhaqiqat, O`zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma’naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mustaqillikkni har tomonlama mustahkamlash uchun xalqni safarbar qilib bo`lmasligini hayotning o`zi ko`rsatadi. Shuning uchun ham mamlakat rahbariyati istiqlolning dastlabki paytlaridanoq bu borada zarur choralar ko`rildi. I.A.Karimov O`zKP XXII syezdida (1990-yil iyun) shunday degan edi: “Yaqindagina o`zbek adabiyotining klassigi Boburni baholashda tor sinfiy yondashuv ro`y berdi. Adib ijodining milliy va umuninsoniy ahamiyati kamsitildi. O`zbekiston Kompartiyasi markaziy qo`mitasining 1986-yilda bo`lgan uchinchi plenumida Bobur shaxsi tahqirlanib u ma’rifatli zolim” deb tilga olindi.

O`zbekiston KPSS Markaziy Qo`mitasining Navoiy, Ulug`bek, Bobur, Mashrab, Furqat, Qodiriy va boshqa xalqimizning buyuk farzandlari yubileylarini o`tkazish to`g`risida qarorni juda ruhlanib kutib olingani bejiz emas. Ularning merosi O`zbekiston xalqlari umuminsoniy qadriyatlarning ravnaqi va boyishiga xizmat qilib kelgan edi va bundan buyon ham xizmat qildi. Biz ularning bebaho merosini xalqqa, avvalo yoshlarga yetkazish uchun barcha ishlarni qilamiz”.

O`zbekiston yangi rahbariyatning bunday pozitsiya respublikada ma’naviy poklanish, yangilanish davrining boshlnganligini bildirar edi. Shundan so`ng adib P.Qodirovning Bobur va boburiylar haqida hikoya qiluvchi “Yulduzli tunlar” romani e’lon qilindi, Boburning “Boburnoma”si yangitdan nashr qilindi. “Sharq yulduzi ” jurnalida “Temur tuzuklari”ning to`la e’lon qilinishi keng jamoatchilikni behad quvontirdi. Bular albatta, yurtimiz tarixida o`chmas iz qoldirgan buyuk ajdodlarimiz shaxsiga yangicha munosabatlar qaror topayotganligini ko`rsatar edi.
Endilikda mamlakat istiqloliga erishganidan so`ng, asrlar davomida ota-bobolarimiz yaratgan bu boyliklarini e’zozlash, avaylab-asrash, o`rganish va ko`paytirish imkoniyatiga ega bo`lindi. 1991-yil A.Navoiy tavalludining 550 yilligi barcha hurfikrli kishilar tomonidan keng nishonlandi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan 1994-yil Ulug`bek yili deb qilindi va uning 600 yilligi mamlakat va jahon miqyosida keng nishonlandi. Bu tadbirlar buyuk alloma qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga aylanganligi nishonasidir. Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Zahriddin Muhammad Bobur va boshqa ko`plab ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo`shgan allomalar sifatida xalqimizning milliy iftixori bo`lib qoldi. Samarqand, Buxoro va Xiva butun insoniyat uchun ziyoratgohga aylandi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga binoan 1998-yil 24-oktabr kuni Farg`onada Ahmad al-Farg`oniy tavalludining 1200 yilligi, 1999-yil 5-noyabrda Xorazmda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga, 1999-yil 17-dekabr kuni Xorazmda Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 190 yilligi, 1999-yil 18-dekabr kuni Nukusda Ajiniyoz Qasiboy o`g`li tavalludining 175 yilligi keng nishonlandi. Bulardan tashqari, mustaqillik yillarida Fitrat, Cho`lpon, Behbudiy, Berdaq, Fayzulla Xo`jayev singari madaniyat va jamoat arboblari yubileylarini o`tkazish yuzasidan ko`rilgan chora tadbirlar ham ma’naviy hayotdagi muhim qadamlardir. Tabiiyki, ma’naviy-ruhiy poklanish, qadriyatlarning tiklanishi bir kunda bo`ladigan jarayon emas, balki bu bizdan izchillik bilan ish olib borishimizni talab etadi. 2001-yilda hazrat A.Navoiyning 560 yilligi yana ham kengroq nishonlandi. 2001-yilda Xorazmda “Avesto”ning 2700 yilligi keng nishonlandi. Mo`tabar madaniy yodgorlik hisoblangan “Avesto” kitobi dunyoga kelganidan buyon birinchi marta o`zbek tiliga tarjima qilindi va nashr etildi. 2002-yilda Termiz shahrining 2500 yilligi, Shahrisabzning 2700 yilligi UNESKO ishtirokida keng bayram qilindi. 2003-yilda Abduholiq G`ijduvoniy tavalludining 900 yilligi nishonlandi. Ma’naviy poklanish o`zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi katta ahamiyatga ega bo`ldi.
“O`zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonuni ancha ilgari 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan edi. Bu qonun xalqimz milliy ongining rivojlanishiga, mamalakat mustaqilligining mustahkanlanishida, madaniy merosning tiklanishi va jamiyatning ma’naviy yangilanishida muhim rol o`ynaydi. Xalq turmush tarzi va ma’naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari odat-marosim bayramlari tashkil qilindi. Shu bois, mustaqilik yillarida amalga oshirilgan ma’naviy tiklanish haqida gapirganda xalqning azaliy qadriyatlarini tiklash borasida olib borilgan ishlarini ham alohida ta’kidlash lozim. Mamlakatimizning birinchi prezidenti I.A.Karimovning Farmoni bilan 1991-yildan boshlab har yili 21-mart – “Navro`z” bayrami umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo`ldi. Bu kun dam olish kuni deb e’lon qilindi.Xalqimizning azaliy qadriyati sevimli bayrami hisoblanmish “Navro`z” bayramining xalqimizga qaytarib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo`ldi. Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq din va diniy tashkilotlar va dinga e’tiqod qiluvchilarga nisbatan davlatning adolatli munosabatini o`zida ifoda etgan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi (1991) qonun qabul qilindi. Shunindek, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-madaniy hayotda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, o`zgarishlar, yangilanishlar qatori vijdon erkinligi, davlat va din, dinga ishonuvchanlar va ishonmaydiganlar o`ratasidagi munosabatlarga ham davlatning adolatli siyosati o`natildi. Dinning mamlakatda siysiy bag`rikenglikni ta’minlashda o`rni va rolini hisobga olib, yana bir bor vijdon erkinligiga e’tibor qaratish lozim deb topildi. 1998 yil 1 mayda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida jamiyat rivojida din bilan bog`liq muammolarga aniqlik kiritish va turli xavf-xatarlarning oldini olish “Vijdon erkinligi” qonunining yangi tahriri qabul qilindi. Milliy iftixordek ulug`vor va teran tuyg`uning paydo bo`lishi esa, ajdodlarimizdan meros qolgan bebaho ma’naviyatni bilish, qadrlash va yanada boyitish bilan bog`liqdir.Mana shunday ezgu tuyg`u va bunyodkar g`oyalar ongimiz va qalbimizdan joy olishi uchun xalqimiz yaratgan betakror madaniyat va ma’naviyatni egallashimiz juda muhimdir.
Sobiq sho`rolar tuzumi tanazzulga yuz tutib, eski hukmron, yakkahokim bolshevistik-kommunistik mafkura batamom inqirozga uchrab, yangi mustaqil davlatlar shakllanishida jarayonida ma’lum muddat g`oyaviy-mafkuraviy bo`shliq holati vujudga keldi. Shu ma’noda, O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning quyidagi fikrlari ahamiyatga ega: “Men ko`hna bir haqiqatni eslatmoqchiman: tabiatda bo`shliq bo`lmaganidek, insonning ongu tafakkurida ham bo`shliq bo`lishiga aslo yo`l qo`yib bo`lmaydi. Har bir ongli odamning voqelikka o`z munosabati, maqsad va intilishlari bo`lishi tabiiydir”. Mana shu bo`shliqni to`ldirish maqsadida mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq ma’naviyat sohasiga katta e’tibor berila boshlandi. Mamlakatmizning birinchi rahbari aytganlaridek, xalqimizning tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o`zi katta bir xazina. Bu xazinadan mustaqilligimmizni mustahkamlashda, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashda oqilona foydalanishimiz lozim.
Qadimiy yozuvlar, bitiklar, xalq og`zaki ijodi namunalari, ulug` shoir va mutafakkirlarimiz yaratgan dunyoviy bilim va badiiy asarlar, Qur’oni Karim, hadis, va boshqalar bizning boy ma’naviy merosimiz hisoblanadi.Ular inson ichki dunyosining, ruhiyatining, inchunun ma’naviyatning sayqal topishiga qaratilgan. Umuman olganda mustaqillikdan keyingi davrlarda amalga oshiriligan islohotlarning aksariyat qismi ma’naviyat sohasiga qaratilgan bo`lib, buyuk ma’naviy merosni o`rganishdan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov I.A “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”. T.: “Ma’naviyat”, 2008.
2. Karimov I.A Ma’naviy yuksalish yo`lida.T.: “O`zbekiston”, 1998.
3. Karimov I.A Tarixiy xotirasiz – kelajak yo`q. T.: “Sharq”, 1998.
4. Abdurahmonov.M, Otamuradov S. Ma’naviy salohiyat. T.: “Universitet”, 2009.
5. Abdurahmonov M, Rahmonov N. Madaniyatshunoslik. T.:“Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti”, 2011.
?
0
2405
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Поделиться
0 изоҳ
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.
Urganch davlat universiteti
RSS1425 обуначилар
403 мақолалар
Блог тоифалари
Бизнес ва карьера5
Қонунчилик8
Саломатлик8
Компьютер технологиялари8
Маданият ва маърифат27
Халқаро янгиликлар5
Учрашувлар5
Илм-фан91
Жамият48
Шеърият ва адабиёт21
Спорт8
Чет тили13
Тўғридан-тўғри мулоқот
Изоҳлар
Топиклар
avazbek6676 → "Korrupsiyani birga yengamiz"
Salom menga juda ham yoqdi maqolangiz
3 январ 2021, 23:31 | 2 изоҳ

avazbek6676 → Qonun himoyachilari yoxud Ichki ishlar organi xodimlarini kaltaklagan insonlar haqida

Bu mening dastlabki maqolam. Shuning uchun sizlardan izoh va mulohazalarni kutib qolaman
3 январ 2021, 23:07 | 1 изоҳ

Salimjon14 → "ҲУҚУҚИЙ ТАФАККУР ВА БАДИИЙ АДАБИЁТ"

Huquqiy tafakkur va badiiy adabiyot
15 ноябр 2020, 22:56 | 1 изоҳ

Tajimuratov Doniyor → “Dunyoning ishlari”da o‘zbek onasi

Hech kim, hech qachon E'zoza Sabirovaga o'xshab maqola yoza olmaydi. Dunyoda hech kim E'zozaday...
28 октябр 2020, 22:03 | 1 изоҳ

Филиал МГУ в Ташкенте → Уважаемые абитуриенты!

Отличная новость!
9 сентябр 2020, 10:50 | 1 изоҳ

abdujon → Фарзандингизни яшашга ўргатадиган 6 та маслаҳат

Яхши мақола бўлибди.Ота сифатида бунга эътиборли бўламан. ҳамда сиздан ушбу манзилда хат кутиб...
22 май 2020, 11:46 | 1 изоҳ

opseques → SamDChTI Saudiya Arabistoni universitetlari bilan hamkorlik qiladi

Ücretsiz Hesaplar, En İyi Ücretsiz Hesap Paylaşımı Web Sitesi Ücretsiz hesapların...
13 май 2020, 18:35 | 1 изоҳ

a950604 → Konchilik

Olaa
12 май 2020, 05:26 | 1 изоҳ

Барча мулоқот | RSS

Теглар
Барча теглар
Тегларни қидириш
"Бобурнома"
adabiyot
Bux MTI
buxdu
Buxoro muhandislik
Buxoro muhandislik – texnologiya instituti
manaviyat
maqola
Maslahat.uz
Muhammed al-Xorezmiy
SamDU
tadbir
tadbir haqida
Texnologiya
TITU Nókis filialí
ttyesi
UZINFOCOM
адабиёт
бобур
БухМТИ
география
илм фан
Маъавият
маънавият
мақола
МГУ Ташкент
Муҳаммад Ал-Хоразмий
новости
новости спорта
новости Узбекистана
педагогика
спорт
тадбир
тарбия
тарих
ТАТУ Нукус филиали
таълим
ТИТУ Нөкис филиалы
Шеърият
Ҳиндистон
Рейтинг
Urganch davlat universiteti
Рейтинг: 2839.29

Гулистон давлат университети

Рейтинг: 2801.29

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti

Рейтинг: 2239.44

Миллий ғоя ва мафкура илмий-амалий маркази

Рейтинг: 2012.72

Toshkent Moliya Instituti

Рейтинг: 1829.52

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

Рейтинг: 1536.07

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Рейтинг: 1507.54

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

Рейтинг: 1421.58

Барча блоглар

ЛОЙИҲА ҲАҚИДА
ҚОИДАЛАР
ЁРДАМ
2006 — 2022 ZiyoNET
ОАВ рўйхатидан ўтказилганлиги тўғрисида 1066-сонли гувоҳномаси
Топ рейтинг www.uz
Поделитесь с друзьями
ВКонтакте
Одноклассники
Twitter
Facebook
Мой Мир
LiveJournal
Google Plus
Яндекс
3-mavzu. Mustaqillik yillarida Oʼzbekistonning maʼnaviy va madaniy taraqqiyoti. Reja: 1

Тарзан опозорил Королеву на всю страну: эти снимки увидели ...

НОВОСТИ

Download 21,08 Kb.

Sana 26.06.2021
Hajmi 21,08 Kb.
#101739
Bog'liq
2 5382302253405178638
1 Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning iqtisodiy, ma’naviy va , ona tili vabolalar adabiyoti 1-topshiriq, ona tili vabolalar adabiyoti 1-topshiriq, “Ипак йўли” туризм халқаро университетида Travel journalism – саёҳат журналистикаси факультети очилади - Международный университет туризма «Шелковый путь», 7 O'ZBEKISTON TARIXI Mavzulashtirilgan 2017, yfuyfuyfh, ПЕРЕВОД И ТИПЫ ВЫСКАЗЫВАНИЯ, 1-Amaliy ish.kiberxavfsizlik, 3 Taqdimot Mr va polidisperslik Sintetik polimerlarning olinishi-1, 1 Кирисиу, AT mustaqil ish, 3-k sirtqi kuzgi 2021 SOI (3)
YOU MAY LIKESteepto

Это фото 1943 года приведет вас в ужас: смотрите внимательно

Новости

8 kun ichida qorindagi yog‘larni yo‘qoting! Bir oyda minus 27 kg!

Fatality

Тарзан опозорил Королеву на всю страну: эти снимки увидели все

Новости

3-mavzu. Mustaqillik yillarida Oʼzbekistonning maʼnaviy va madaniy taraqqiyoti.

Reja:

1. Mustaqillik yillarida maʼnaviy va maʼrifiy hayot. Milliy istiqlol gʼoyasi va mafkuraviy masalalar. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va anʼanalarning tiklanishi.

2. Mustaqilik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga boʼlgan eʼtibor. Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati.

3. Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Margʼilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shahrisabz) yubileylarining jahon miqyosida keng nishonlanishi. Toshkent shahrining Islom madaniyati poytaxti deb eʼlon qilinishi va uning ahamiyati.

4. Madaniyat va sanʼat sohasining rivojlanishi. Xalqaro koʼrik-tanlovlarning oʼtkazilishi. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi. Beshta tashabbus va uning maʼnaviy madaniyatni taʼminlashdagi oʼrni.

5. Oʼzbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni taʼminlash borasidagi davlat siyosati.

O`zbekiston mustaqillika erishgan kundan boshlab milliy g’oya, milliy istiqlol mafkurasimasalalarini haqiqiy ilmiy nazardan ishlash, tadqiq etish dolzarb masala bo`lib kelmoqda. Milliy mafkura yaratishni taqozo etuvchi sabablar - bu, bir tomondan, sho`ro zamonida totalitar tuzum manfaatlarini ximoya qiladigan kommunistik mafko`radan butunlay voz kechishi va sho`ro davridan meros qolgan bir qolipda fikrlash illatidan tezroq xalos bo`lish, odamlar tafakkur tarzi va dunyoqarashni kommunistik aqidalar kishanidan ozod qilish demokratik tamoyillar, qonunning ustuvorligiga hurmat tuyg’usini kamol toptirish: Ikkinchi tomondan mafko`raviy bo`shliqqa yo`l qo`ymaslik, millat sifatida o`zligimizni anglash, yakdil va hamjihatligimizni ta‘minlash shuningdek, bu hamjihatlikka qarshi qaratilgan har qanday yot mafko`raviy tazyiqlarning oldini olish, ta‘bir joiz bo`lsa, o`zigaxos mafko`raviy immunitet tizimini shakllantirish. Uchinchi tomondan, mustaqilligimizning ahamiyati va mohiyati mafko`raviy vositalar orqali xalqning ongiga yetkazish, oliy bir maqsad ulug’vor g’oyalar sari xalqni yakdillika, fidoyilikka, yaratuvchilikka safarbar qilish.

Milliy mafko`ramizning mazmun-mohiyati, ufqlari, uning asosiy tamoyillari davlatimiz rahbari asarlarida mukammal ifoda etilgan. Dastlab 1993 yil aprel oyida Birinchi Prezident I.A.Karimov bir guruhi adiblar bilan suhbat qilib, milliy istiqlol g’oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi. o`tgan davr mobaynida milliy mafko`raning hayotimizdagi o`rnini belgilash, uning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish, mafko`raviy tarbiya yo`nalishlarini ishlab chikish, shu asosda jamiyatimizda ijtimoiy fikrni shakllantirishda bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Biroq bu tadbirlarni amalga oshirish jarayonida mafkura yaratish masalasi naqadar keng qamrovli ekanligini ko`rsatdi. Darhaqiqatni, bu vazifa bir-ikki yillik emas, balki millat butun umri davrida hal qiluvchi, yangi zamonaviy talablarni inobatga olib, takomillashib va boyib borishni taqozo etuvchi jarayondir. Shu bois 2000 yil aprel oyida davlat rahbarimizning bir guruhi olim va adiblar bilan navbatdagi uchrashuvda va “Fidokor” gazetasi muxbirining savollariga javoblarida (2000 y, iyun) endi milliy mafko`raning asosiy kontseptsiyasini ishlab chiqarishga, nazariyadan amaliyotga o`tish kerakligiga alohida e‘tibor berildi. Milliy mafkura eng avvalo millatning yaqin va uzoq davriga mo`ljallangan maqsadini amalga oshirishda inson va jamiyatni harakatga keltiruvchi millatning yaratuvchilik salohiyatining g’oyaviy mazmuni bo`lgan, inson va jamiyat hayotining ahloqiy-falsafiy nizomini tartibga soluvchi, milliy turmush tarzi va davlatchilik negizlarini mustahkamlashga xizmat qiladigan g’oyaviy asoslardan iboratdir. Birinchi Prezidentimiz milliy mafko`ramiz, ikki asosiga, birinchi navbatda, xalqimizning azaliy an‘analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga, bir so`zbilan aytganda, milliy qadriyatlarimizga, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, shu bilan birga, zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yuto`qlardan oziqlangan, ularni o`zigaqamrab olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati va farovonligi yo`lidaxizmat qilmog’i darkorligini ta‘kidladi.

Milliy mafkura kishilarda milliy madaniyatning, milliy ongning, milliy g’ururning o`sishi va rivojlanishga muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy mafkura faqat o`zbek millatiga tegishli emas, balki respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha millat vakillarini mustaqillikni mustahkamlash, O`zbekistonni kelajakda buyuk davlatga aylantirish, inson haq-huquqlarini ximoya qilish, ijtimoiy adolatni, demokratiyani to`laqaror toptirish, jahon hamjamiyatida o`zimizga munosib obru-e‘tibor topishimiz, maqsadlarga yo`naltirilgan yagona bayroq, yagona birlashtiruvchi kuch sifatida qaralmoqda. Ma‘lumki, bizning davlatimizda hech bir mafkura davlat mafkurasisifatida o`rnatilishi mumkin emas. Milliy mafkura jamiyatimizdagi qarashlar rang-barangligi, g’oyalar xilma-xilligini saqlagan holda, ularni bir-biri bilan kurashishga, baxslashuviga, har qanday partiya, harakat, har qaysi inson, fuqaroning fikrini erkin ifoda etish va uni ximoya qilishga ziyon va tazyiq ko`rsatmasligiga yo`naltirilgan. Albatta, hozirgi kunda milliy mafko`ramiz. yaratilishining boshlang’ich davrini shohidi bo`lyapmiz, ammo, eng asosiysi, odamlarning fikri tafakkuri, dunyoqarashi o`zgarib, milliy iftixor tuyg’usi shakllanmoqda. Binobarin, eng qiyin ish inson mafko`rasini o`zgartirish. Milliy mafkura yoki g’oya qudrati ishontirish bilan belgilanadi. Shu bois kun tartibiga milliy mafko`rani yaxlit ilmiy kontseptsiyaga solib, jamoatchilikka mos sodda, ommabop shaklda yetkazishdan iborat. Mafko`raviy ishlarni amalda oshirishda ta‘lim-tarbiya masaslalari, ommaviy axborot vositalari, “Mahalla”, “Kamolot”, “Oila” kabi qator jamoatchilik tashkilotlarni ma‘naviy-madaniy markazlarning ahamiyati juda katta. Ayniqsa, ta‘lim muassasalari ishi va ularda qo`llaniladigan darsliklar, qo`llanmalar mazmun-mohiyati milliy g’oya ruhi bilan sug’orilsa uning ta‘sir doirasi kengayib boradi.

Mustaqillik sharofati ila O`zbekiston ma‘naviy hayoti, madaniy taraqqiyoti uchun yangi davr boshlandi. Istiqlol tufayli xalqimiz ma‘naviyat zug’umlaridan ozod bo`ldi, erkin fikrga milliy, tiklanishga keng yo`l ochildi. Ma‘naviy hayotdagi tub sifat o`zgarishlar xalqimiz ma‘naviy salohiyatini mamlakatimizning ertangi porloq istiqboli uchun, milliy o`zligimiz va qadriyatlarimizning tiklanishi uchun va qolaversa milliy ongi va gururi, uyg’oq vatanparvar insonni tarbiyalash uchun qaratilgan. Birinchi Prezidentimiz Karimov I.A. ta‘kidlaganidek: “Davlatimizning qanchalik tez ulg’ayishi, kuch-quvvat ado etishi, dunyo hamjamiyatida o`zigamunosib o`rin egallashi, avvalombor, halqimiz ma‘naviy saviyasi, g’ururi va fahri nechog’lik yuksak bo`lishiga bog’liqdir Ana shuni inobatga olgan holda yangi jamiyat barpo etmoqchi bo`lib, eng asosiy yo`nalishlardan biri sifatida halqimiz tarixini, ma‘naviy qadriyatlarimizni tiklash vazifasini quydik”. Darhaqiqatni, mustaqilligimizni dastlabki kunlaridanoq xalqimizning ko`pasrlar mobaynida yaratgan g’oyat o`lkan bebaho ma‘naviy va madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan nihoyatda muhim vazifa sifatida qaralib, keng ko`lamli jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi tarixiy ishlarning amalga oshirilishi yangi jamiyatimiz ma‘naviyati binosining qad rostlashiga muhim omil bo`lmoqda. Natijada respublikamizda ma‘naviyat sohasining yangi tizimi vujdga kela boshladi. “Ma‘naviyat va ma‘rifat” jamoatchilik markazi, “Ta‘lim markazi”, “O`zbekkino”, “O`zbeknavo”, “O`zbekraqs”, “O`zbekteatr”, “O`zbekmo`zey”, Badiiy akademiya, O`zbek amaliy san‘at markazi, Milliy madaniy markazlar, o`rtaOsiyo madaniyat xodimlari assotsiatsiyasi kabi madaniy-ma‘rifiy tashkilotlar va ko`plab jamg’armalarning tuzilishi respublika ma‘naviyati asosiy sohalarining tarkib topishi va rivojlanishiga zamin bo`ldi

Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o`rganish masalalariga alohida e‘tibor berilmoqda. Sovet davridagi sinfiylik yondashuv va hukmron kommunistik mafkura tayziqi ostida taqiqlangan tarixiy mavzulardagi asarlar chop etilib, xalqimiz tarixini holislik, haqqoniylik asosida tiklash va chuqur, har tomonlama tadqiq qilishga kirishildi. Bu borada o`zbek xalqi va o`zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini holisona ilmiy asosda yoritish vazifalarini Birinchi Prezident I.A. Karimov bir guruhi tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo`lgan suhbati va Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g’risida”gi qarorida belgilanishi alohida ahamiyat kasb etdi.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq dunyo taraqqiyotiga, jahon tsivilizatsiyasiga katta xissa qo`shgan ajdodlarimiz - buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari ma‘naviy merosini va hayotini o`rganish avj oldi. Jumladan, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Burxonuddin Rabg’o`ziy qabilarning asarlari chop etilishi milliy qadriyatlarimizni tiklashda katta yuto`q bo`ldi Vatanimiz ozodligi yo`lidashahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa allomalarimizning hurmati joyiga qo`yildi va ma‘naviy meroslari xalqimizga qaytarildi. Buyuk ajdodlarimiz tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham xalqimizning ulug’vor an‘analariga aylanmoqda. Jumladan, istiqlol yillarida Alisher Navoiy (1991), Zahiriddin Bobur (1993), Bahovuddin Naqshband (1993), Abduholiq G’ijduvoniy (1993), Fer(1995) kabi buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari, shuningdek, Mirzo Ulug’bekning 600 yillik (1994), Najmiddin Kubroning 850 yillik (1995), Amir Temurning 660 yillik (1996), Imom Buxoriyning 1225 yillik (1998) va Ahmad Farg’oniyning 1200 yillik (1998) yubileylariga bog’liq tadbirlar nafaqat o`lkamizda, balki Yunesko orqali xalqaro doiralarda nishonlanishi vatandoshlarimizda milliy faxr tuyg’ularini yuksaltirdi. Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo`jaev, Jaloliddin Manguberdi va boshqa arboblarning yubileylarini o`tkazish yuzasidan ko`rilgan chora tadbirlar ham ma‘naviy hayotdagi muhim qadamlar bo`ldi Yosh avlodni ma‘naviy barkamollik ruhida tarbiyalashda “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash (1999) ham xissasini qo`shdi.

2000 yil 17 noyabr — Samarqandda buyuk fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 yilligi (ushbu yubiley munosabati bilan Samarqand shahrida Moturidiy yodgorlik majmui ochildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta'limoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. 2003 yil 10 may — taniqli o‘zbek shoiri G‘afur G‘ulom tavalludining 100 yilligi yubileyi munosabati bilan Toshkent shahri markazidagi madaniyat va istirohat bog‘iga G‘afur G‘ulom nomi berildi va bog‘da shoir haykali ochildi. 2003 yil 27 noyabr — Buxoro va G‘ijduvon shaharlarida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abdulxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi tantanali ravishda inshonlandi.

2006 yil 27 oktyabr – Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi. 2006 yil 2 noyabr – Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligi Xivada tantanali nishonlandi. 2007 yil 24 – 26 may – Samarqandning 2750 yilligiga bag‘ishlangan «Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o‘rni» mavzuida xalqaro ilmiy simpozium o‘tkazildi. Bu marosim Samarqandda 1997 yildan buyon an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Sharq taronalari» VI xalqaro musiqa festivaliga ulanib ketdi. 2007 yil 7 sentyabr – Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. 2009 yil 26 – 27 may – Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga bag‘ishlangan «O‘zbekiston poytaxti Toshkent – 2200 yoshda» mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.

Respublika rahbariyati, eng avvalo xalqimizning extiyoji, orzu istaklarini hisobga olib, azaliy milliy bayramlarni tiklashga yangi istiqlol bayramlarini xalqning qadimiy an‘analariga monand holda shakllantirishga katta e‘tibor berdi. Masalan, Prezident farmonlari asosida “Navro`z”, “Ramazon hayit”, “Qurbon hayit”lar qonuniy nishonlana boshlandi. Undan tashqari, istiqlol sharofati bilan “Mustaqillik kuni”, “Konstitutsiya kuni” va “Murabbiylar kuni” bayramlari joriy etildi. Davlat tili haqidagi qonun chiqqan kun - 21 Oktyabr tabiiy raviishda “Til bayrami”ga aylandi. Tilimizga Davlat maqomining amalda qaytarilishi, o`zbek tilida rasmiy idoraviy ish yuritish, boy adabiy-tarixiy merosimizni o`qib o`rganish, milliy qadriyatlarni tiklash va izchil davom ettirish imkoniyatini berdi. Shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosining joriy etilishi mamlakatning har tomonlama kamol topishi va jahon komunikatsiyasi tizimiga kirish uchun ancha qulay shart-sharoit yaratib berdi. Ma‘naviy-madaniy merosimizni tiklashda katta ahamiyatga molik yana bir tadbirlardan biri olamshumul tarixiy me‘morchilik inshootlarining keng ko`lamda ta‘mirlanishi, jumladan Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrizabz kabi shaharlarda hamda Quva, Chelak tumanlarida tarixiy me‘moriy yodgorliklarning tiklanishi, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarining 2500 yilligini nishonlanish tantanalari, “Buyuk ipak yo`li”ni tiklash borasidagi amaliy ishlar.

Mustaqillikning ilk kunlaridanoq dinga munosabat tubdan o`zgarib, davlat va diniy tashkilotlar o`rtasidagi aloqalarni to`g’ri yo`lga qo`yishga alohida e‘tibor qaratildi. O`zbekiston dunyoviy davlat, binobarin diniy tashkilotlar davlat va maktabdan ajratilgan. Din, shu jumladan islom dini ham xalqning dunyoqarashi va ma‘naviy olamning mazmunini tashkil etadi. “Biz, - deydi Birinchi Prezident I.A. Karimov, - millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o`zligimizni yo`kotamiz”. Diniy qadriyatlarning tiklanishi, eski machit va madrasalarning ta‘mirlanishi yangilarning barpo etilishi, diniy adabiyotlarning nashr etilishi, musulmonlarning Xaj va Umra amallarini ado etishi uchun davlat tomonidan imkoniyatlarning yaratilishi va boshqa chora-tadbirlar respublikamizda vijdon erkinligini ta‘minlamoqda. Qur‘oni Karimning va Hadislar to`plamining o`zbek tiliga tarjima qilinishi va nashr qilinishi ham katta voqea bo`ldi. Islom ta‘limoti va falsafasini keng o`rganish, o`zbek xalqining diniy va madaniy merosini chuqur tadqiq etish maqsadida 1995 yil Toshkentda Halqaro islom tadqiqot markazi tashkil etilib, unga ilmiy tekshirish instituti maqomi berildi. 1999 yilda dinshunoslik asoslari, yo`nalishlarini, ilmiy-tadqiqot tamoyillari, islom dini tarixi, falsafasi, ularning jamiyat hayotidagi o`rni bilan bog’liq masalalarni hamda zamonaviy fanlarni o`zlashtirgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Umuman olganda, hozir O`zbekistonda 20 ortiq diniy konfessiyalar majud bo`lib, turli dinlarga e‘tiqod qiluvchilar o`zaro tinch-totuv yashamoqdalar. Buning zamirida davlat va din o`rtasidagi munosabatlarni belgilovchi tamoyillar katta ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) dindorlarni diniy tuyg’ularini ximoya qilish; 2) diniy e‘tiqodlarni fuqorolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; 3) diniy qarashlarga amal qiluvchilar va qilmaydiganlarning huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta‘qib qilishga yo`l qo`ymaslik; 4) dindan bo`zg’unchilik maqsadlarida foydalanishga yo`l qo`yib bermasligini e‘tirof etish; 5) diniy davlatlar bilan hokimiyat uchun kurashga siyosat, iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yo`l qo`ymaslik; 6) ma‘naviy tiklanish, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirishda diniy uyushmalar bilan hamkorlik qilish.

Lekin shuni ham e‘tirof etishimiz kerakki, so`nggi paytlardan dinimizdan g’arazli maqsadlari uchun foydalanuvchilar paydo bo`la boshladi. Ular xorijdan yurtimizga kirib kelgan turli xil bo`zg’unchi oqimlar, din niqobi ostida shaxsiy manfaatini ko`zlovchi kimsalardir. Bizning fuqorolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz “haqiqiy” va “soxta” dindorlik nima ekanligini aniq tasavvur qilishlari lozim. o`zlarini chin musulmon, din uchun kurashuvchi deb hisoblaydigan vahhobiylar, xizbut tahrirchilar xalqimizga mudxish tasavvurlarnii qabul qilishni istaydigan terrorchilarni, jangarilarni vujudga keltirishga o`rinadilar. Ba‘zi ekstremistik guruhlarning jinoiy harakatlarini yuqori ko`rinishi bo`lganligini - 1999 yil 16 fevralda Toshkentda ro`y bergan voqealar misolida ko`rish mumkin. Aqidaparastlarning tinch hayotimizga solishi mumkin bo`lgan tahdidlarni oldini olish uchun mafko`raviy, madaniy, ma‘rifiy tarbiyaviy ishlarni izchil ravishda olib borish zamon talabi bo`lmoqda. Din siyosat emas, balki imon, e‘tiqod ekanligini unutmagan holda, diniy ahloqiy qadriyatlardan, islom dinida mavjud bo`lgan imkoniyatlardan mustaqilligimizni mustahkamlashda oqilona ijodiy foydalanish, turli madaniyatlarnig yonma-yon tinch yashash, ekstrimizm, fundamentalizm xavfini oldini olish uchun respublikamizda zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Download 21,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

PROMOTED CONTENT
Mgid
Mgid

Тарзан опозорил Королеву на всю страну: эти снимки увидели все

НОВОСТИ

Когда она начала танцевать, у всех перехватило дух!

НОВОСТИ

8 kun ichida qorindagi yog‘larni yo‘qoting! Bir oyda minus 27 kg!

FATALITY

Это фото 1943 года приведет вас в ужас: смотрите внимательно

НОВОСТИ

Operatsiyasiz ko'rishni qanday tiklash mumkin

VISUCAPS

Ох уж эти хитрости: вот зачем на ночь мажут пятки йодом

НОВОСТИ24

4 знака зодиака будут купаться в деньгах в 2022 году

НОВОСТИ24

Если едите чеснок ежедневно, вот что будет с вашим телом

НОВОСТИ24

Если у вас сохранилась сберкнижка СССР, то вы богач

НОВОСТИ24

«Омикрон» можно съесть: иммунологи раскрыли детали

НОВОСТИ24

Вот почему нельзя давать соль соседям: прислушайтесь

НОВОСТИ24

Варите чеснок в молоке и пейте отвар: эффект потрясет

НОВОСТИ24

Что ждет тех, кто ест хотя бы 1 яйцо в день

НОВОСТИ24

Спите с луком в носках: поразительный эффект уже наутро

НОВОСТИ24

Почему категорически нельзя спать с включенным светом

НОВОСТИ24

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022

ma'muriyatiga murojaat qiling

Bosh sahifa

davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
toshkent davlat
respublikasi axborot
tashkil etish
saqlash vazirligi
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
matematika fakulteti
uzbekistan coronavirus
Ishdan maqsad
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
o’rta ta’lim
vazirligi koronavirus
coronavirus covid
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanidan tayyorlagan
ta’limi vazirligi
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanlar fakulteti
Sayt test rejimida ishlamoqda
O‘z Ўз Руc En Kz Tj
Лого
Лого-пв-уз
Qidirish

Ajdodlarimiz merosi – kelajak poydevori

Ijtimoiy hayot
13 Oktabr 2020
12181
2020-yil 8-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qatagʻon qurbonlarining merosini yana-da chuqur oʻrganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Farmoyishi qabul qilindi.

Ushbu hujjat shubhasiz, tarixiy ahamiyatga ega boʻlib, avvalo ajdodlarimizning xotirasiga boʻlgan yuksak hurmatni bildiradi.

Zero, mustabid tuzum tomonidan qatagʻon qilingan davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, adabiyot namoyandalari, oddiy kasb egasi boʻlgan minglab yurtdoshlarimizning nomlari va xotirasini abadiylashtirish, ularning jasorati va matonati misolida yosh avlodni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa hisoblanadi.

Umuman olganda, mamlakatimizda qatagʻon qurboni boʻlgan ota-bobolarimizning hayoti va faoliyatini, xususan, jadidlar merosini yana-da chuqur oʻrganish va ularning xotirasini abadiylashtirish boʻyicha muhim farmon va qarorlar qabul qilingan. Jumladan, yurtimizda 2001-yildan buyon har yili 31-avgust – mamlakatimiz Mustaqilligi bayrami arafasida “Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni” sifatida keng nishonlab kelinmoqda. “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi barpo etildi. “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda hududlardagi oliy taʼlim muassasalari qoshida uning boʻlimlari tashkil etildi.

Bundan tashqari soʻnggi yillarda oʻzbek kinosida yaratilgan “Islomxoʻja”, “Avloniy”, “Ibrat” kabi filmlar nafaqat mahalliy jamoatchilik tomonidan, balki xorijda ham iliq kutib olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida jadidchilik harakatining davlatchiligimiz tarixida muhim ahamiyatga egaligini taʼkidlab oʻtdi.

Xususan, Uchinchi Renessansni yigirmanchi asrda maʼrifatparvar jadid bobolarimiz amalga oshirishlari shu yoʻlda ular oʻzlarining aziz jonlarini ham qurbon qilgani, milliy istiqlol, taraqqiyot va farovonlikka, maʼrifat orqali, dunyoviy va diniy bilim, zamonaviy ilm-hunarlarni chuqur egallash orqali erishish mumkinligini aytib oʻtdi.

Xalqimizning noyob adabiy-badiiy merosi bugungi kunda yosh avlodga ulkan maʼnaviy kuch beradi. Hozirgi kundagi keng koʻlamli demokratik oʻzgarishlar, jumladan, taʼlim islohotlari orqali Oʻzbekistonda yangi Uygʻonish davri, yaʼni Uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilandi. Taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, shubhasiz, bu yoʻldagi dastlabki muhim qadamdir.

Zotan, ilm-maʼrifat, taʼlim sohasini rivojlantirish – har qanday taraqqiyotning ildizidir. Taʼlimning rivojlanishi barcha sohalarga oʻzining ijobiy taʼsirini oʻtkazadi. Shu nuqtayi nazardan, jadidchilarning ilm-maʼrifatga chuqur eʼtibor qaratishgani, oʻz harakatlarini yangi maktablar ochish bilan boshlagani bejizga emas. Maorif targʻiboti jadid gazetalarida koʻtarilgan asosiy mavzu boʻlgan.

Davlat Rahbari tomonidan qabul qilingan ushbu Farmoyishda ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan, lekin toʻliq oʻrganilmagan boy merosni yosh avlodga yetkazish, qatagʻon qurbonlarining hayoti va faoliyatini ilmiy tadqiq qilish, ular haqida ilmiy-tarixiy kitoblar, badiiy va hujjatli filmlar yaratish kabi chora-tadbirlar belgilandi.

Mazkur hujjat oʻz ichiga milliy qadriyatlarimizni asrash, yosh avlodni vatanparvarlik hamda oʻzbek xalqining merosiga hurmat ruhida tarbiyalash kabi muhim maqsadlarni jamlagan. Xususan, bir tomondan, “inson – aziz, xotira – muqaddas” gʻoyasi asosida mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ajdodlarimizning xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatish, ikkinchi tomondan, maʼrifatparvar jadidlarning koʻrsatgan jasorati va ibratli faoliyatini targʻib etish orqali yoshlarda gʻoyaviy immunitetning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Umuman olganda, hozirgi kunda turli yot gʻoyalar, global xavf-xatarlar chuqur ildiz otib borayotgan davrda, milliy oʻzlikni anglash, haqiqiy tariximizni tiklash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Anvar XOʻJAYEV,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi

Rated 4.33 stars out of 5
Ayollar va yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasida yangi va samarali tizim yaratiladi
Ijtimoiy hayot
13 Oktabr 2020
9689
Matn: Баҳор Хидирова
Ayolga munosabat – millat, davlat, ertangi kun va kelajak avlodga bo'lgan hurmatni namoyon etishning asosiy mezoni hisoblanadi.

Mamlakatimizda so'nggi yillarda ayollar masalasida jamiyatda gender tenglikni ta'minlash, ayollarimiz uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, yoshlarning o'z bilim va salohiyatlarini to'laqonli namoyon etishini ta'minlovchi tizim yaratildi. Xususan, hozirgi pandemiya davrida bu boradagi ishlar samarasiga har qachongidan-da ko'proq e'tibor qaratilmoqda.

O'tgan xafta davlatimiz rahbari boshchiligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida ham jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta'minlashda bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim bo'lgan muhim vazifalar belgilab berildi.

Jumladan, yig'ilishda davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida moddiy yordam va ko'makka muhtoj oilalar ro'yxati, ya'ni “temir daftar” tuzilgan, endilikda har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “yoshlar daftari” va “ayollar daftari” shakllantirilishi ta'kidlandi. Bu ro'yxatlar “temir daftar”dan alohida bo'lib, unga ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo'llab-quvvatlashga, bilim va kasb o'rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo'lgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlar kiritilishi belgiladi.

Shuningdek, bu tashabbusni amalga oshirish mexanizmlari Xatirchi tumani va YAngier shahri misollarida tushuntirib o'tildi.

Haqiqatan ham bugun yurtimizda xotin-qizlar va yoshlar aholining katta qismini tashkil etmoqda. Natijada ijtimoiy masalalarning aksariyati aynan shu ikki qatlam vakillari ishtirokida hal etilmoqda.

Shu bois, mazkur ikki yo'nalish bo'yicha O'zbekistonda davlat siyosatini mahalla darajasigacha yuritadigan vertikal tizim yaratilmoqda.

Bugun davlatimiz rahbari tomonidan jamiyatda ayollar va yoshlar faolligini oshirish hamda ular duch kelayotgan muammo va to'siqlarni bartaraf etish uchun ilgari surilayotgan “yoshlar daftari” va “ayollar daftari”ni shakllantirish uchun yoshlar masalalari bo'yicha har bir tumanda alohida hokim o'rinbosari, uning 3 nafargacha mutaxassisi, Yoshlar ishlari agentligi bo'limining 3 nafar xodimi, viloyatda ham hokim o'rinbosari, uning 4 nafar mutaxassisi, Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasining 11 nafar xodimi faoliyat yurityapti. Xotin-qizlar masalalari bo'yicha har bir mahallada alohida rais o'rinbosari, tumanda – mahalla va oila bo'limi boshlig'i o'rinbosari va 2 nafar mutaxassisi, viloyatda esa 8 nafargacha shtat birliklari tashkil etilgan.

endilikda ishlar samaradorligida yangicha yondashuv va mexanizmlardan ham keng foydalaniladi. YA'ni, sektor rahbarlari va mutasaddi idoralar vakillariga har bir mahalladagi holatni o'rganish, yoshlar va ayollar bilan birma-bir muloqot qilib, ehtiyojlarini, qiziqishlarini aniqlash borasida ham aniq ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

“Yoshlar daftari” va “ayollar daftari”ga kiritiladigan ishsiz yoshlar va xotin-qizlarda motivatsiya uyg'otilib, kasbiy ko'nikmalar shakl­lantiriladi. Mamlakat kelajagini ta'minlovchi ayollar va yoshlar masalasida mutlaqo yangi, zamon talab­lariga mos ish uslublari asosida muammolar echimiga erishiladi.

Bu esa, o'z navbatida, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlar va yoshlarning faolligini oshirish, ularni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalarida o'zlarining iqtidor va salohiyatlarini to'laqonli namoyish etishiga keng imkoniyatlar yaratadi.

Zuhra IBRAGIMOVA

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Rated 5 stars out of 5

Sayyor qabullar: navbatdagi manzil Buxoro viloyati boʻldi
Ijtimoiy hayot
13 Oktabr 2020
4158
Buxoro viloyatining Buxoro shahri, Vobkent, Romitan va Jondor tumanlarida tashkil qilingan sayyor qabullarda viloyatning barcha hududi qamrab olindi. Mazkur qabullar Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, shuningdek, 20 ga yaqin vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirokida oʻtkazildi.

Muloqotlar davomida ichki ishlar faoliyatiga oid, sud qarorlari yuzasidan va prokuratura organlariga eng koʻp murojaat kelib tushdi. Shuningdek, mazkur qabullar viloyatda bank tizimi, gaz va elektr taʼminoti, mehnat va bandlik, yoʻllarni taʼmirlash, uy-joy, moddiy yordam, ijtimoiy taʼminot, sud qarorlari ijrosi va aliment, sogʻliqni saqlash, kadastr, maktabgacha taʼlim va xalq taʼlimi masalalarida ham yechimini kutib turgan koʻplab muammolar borligini ochiq-oydin koʻrsatib berdi.

Masʼullar oʻz sohasi boʻyicha murojaatlarni tinglash bilan birga olis qishloq va mahallalarga borib, aholi muammolarini oʻrgandi.

Bu jarayonda yoʻllar taʼmiri bilan bogʻliq qator masalalar ham joyida hal qilindi. Murojaatlar asosida 1,8 km. yoʻlga asfalt qoplamasi yotqizildi, 6 km. loy-tuproq koʻchalar tosh yoʻlga aylantirildi.

Buxorolik Jamshid Rahimov qabulga koʻpning tashvishi – Chorbakr ziyoratgohiga boradigan avtomobil yoʻlini taʼmirlash masalasiga yechim izlab keldi. Murojaat joyiga chiqib oʻrganilgach, shu kunning oʻzida 1 km. yoʻl taʼmirlab berildi. Vobkent tumani «Rabotoxun» mahallasi aholisi ham changu loy yoʻllarda yurishdan qiynalib ketgan edi. Ayniqsa, yogʻin-sochinli kunlarda bu ikki karra azob boʻlar edi. Shu mahallada yashovchi Abdurahmon Fozilov muloqotlar davomida bu muammoni koʻtargach, masalaga yechim topildi. Bir kun ichida Rabotoxun mahallasining 1 km. yoʻliga qum-shagʻal toʻshab berildi. Jondor tumani “Xumdonak” mahalla fuqarolar yigʻini Qoʻshrabot qishlogʻidagi 3,5 ming aholi yozda ham, qishda ham yoʻl azobini tortardi. Ularning murojaati joyiga chiqib oʻrganilgach, shu kunning oʻzidayoq ishga kirishildi. Kunning birinchi yarmidayoq yoʻlning 0,5 km. qismi joriy taʼmirlandi.

Vobkent va Jondor tumanlaridagi qabullarda aholi vakillari masʼullardan ikki tumandan Toshkent shahriga toʻgʻridan toʻgʻri avtobus yoʻnalishlarini ochish masalasida amaliy yordam soʻradi. Bu murojaat Transport vazirligi bilan birga oʻrganilib, hal qilinadigan boʻldi.

Elektr tarmoqlaridagi muammolar oʻrganilgach, uch kun ichida 3 ta transformator yangilandi-taʼmirlandi, 8 ta obyektda elektr energiyasi kuchlanishi meʼyoriga keltirildi,bir qator hududlarda simyogʻochlar oʻrniga beton-tayanch ustunlar oʻrnatildi, zamonaviy elektr hisoblagichlar oʻrnatib berildi.

Buxoro shahri Somiy koʻchasidagi koʻp qavatli 6-uy aholisi esa ommaviy qabulga ichimlik suvi va tom masalasiga yechim soʻrab keldi. Sababi – bu uyning tomi taʼmirtalab, yuqori qavatlarga esa suv chiqmas edi. Murojaatdan soʻng bu muammoni zudlik bilan hal qilish choralari koʻrildi. Natijada qisqa vaqtda 6-uyning tom qismini taʼmirlash ishlari boshlandi. Oʻrganishlardan soʻng Somiy koʻchasidagi boshqa koʻp qavatli uylar yertoʻlasida ham suvni yuqori qavatlarga uzatib beruvchi elevatorlar oʻrnatish ishlariga kirishildi.

Buxoro shahrining Turdi Farogʻiy koʻchasidagi 6-, 7-uylar aholisining murojaatlari joyiga chiqib oʻrganilgach, uylar oldidagi taʼmirtalab yoʻlaklarni betonlashtirib berildi.

Oliy sud masʼullariga murojaatlardan soʻng 35 ta ish nazorat tartibida qayta koʻrib chiqiladigan boʻldi, 5 ta daʼvo arizasi qabul qilinib, nazoratga olindi.

Bosh prokuratura masʼullariga murojaatlar natijasida 7 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish boʻyicha qaror bekor qilindi, 5 ta jinoyat ishi alohida nazoratga olindi.

Majburiy ijro byurosi vakillari 7 ta murojaat boʻyicha aliment qarzdorligini undirib berdi, mol-mulkni boʻlish boʻyicha sud qarorlari ijrosi taʼminlandi.

Ichki ishlar vazirligi masʼullariga murojaatlardan soʻng 4 ta holatda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilishi belgilandi, 3 nafar fuqaro ichki ishlar tizimiga ishga qabul qilindi, 2 murojaatchi vaqtincha roʻyxatga qoʻyildi, 1 nafar sobiq ichki ishlar xodimi ishga qayta tiklandi. Shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan 6 nafar shaxsga Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti topshirildi, 11 nafar fuqaroning pasporti yangilab berildi.

Markaziy bank masʼullariga murojaatlardan keyin tadbirkorlik subyektlariga 261,6 mln. soʻm kredit ajratildi; qator murojaatchilarning kredit muddatlari uzaytirib berildi.

Kadastr masalasi boʻyicha murojaatlar asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj 9 nafar fuqaroning kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berildi, 3 ta holatda tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun yer uchastkalari auksionga chiqarildi.

Muloqotlar mobaynida koʻplab ijtimoiy masalalarga ham yechim topildi. Deylik, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda boshqa masʼul tashkilotlarga murojaatlardan keyin uy-joysiz qiynalib yurgan 4 ta oila oilaviy yotoqxonadan turar-joy bilan taʼminlandi, 25 nafar insonga moddiy yordam va oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosariga murojaatlar asosida ogʻir ahvoldagi 8 nafar bemorga davolanish va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun yoʻllanmalar ajratildi, 30 nafardan ziyod ehtiyojmand insonlar nogironlik aravachasi, protez-ortopediya vositalari, dori-darmonlar bilan taʼminlandi.

Ish masalasida murojaat qilgan 39 nafar fuqaro doimiy ish joyiga ega boʻldi, 3 ta holatda oylik ish haqlari undirib berildi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi masʼullari 450 oʻrinli 18 ta oilaviy, davlat xususiy sherikchilik asosida 200 oʻrinli 2 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil qilish boʻyicha kelishuvlarni imzoladi. Bu bilan 66 nafar xotin-qizning bandligini taʼminlashga erishiladi.

Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilariga murojaatlar asosida esa 12 nafar fuqaro xalq taʼlimi tizimiga ishga qabul qilindi, qator maktablardagi internetga ulanish, toʻgarak tashkil qilish kabi muammolar hal qilib berildi.

Qisqa aytganda, Buxoro shahri, Vobkent, Romitan va Jondor tumanlaridagi ommaviy qabullarda 1 ming 554 ta murojaat asosida 1 ming 584 ta masala koʻrib chiqildi. Ularning 847 tasiga joyida yechim topilib, hal qilindi.132 ta murojaat egalariga tushuntirish berildi, 605 ta murojaat boʻyicha aniq muddat va masʼullar belgilanib, nazoratga olindi.

Vazirlik va idoralar, sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilot va korxonalar masʼullariga nazoratga olingan har bir murojaat qonun doirasida atroflicha oʻrganilib, amalda hal qilinishi yuzasidan qatʼiy topshiriq berildi va shaxsiy javobgarlik yuklatildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan Prezidentimizning 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash yuzasidan monitoring-nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda. Qaror asosida mamlakatimizga xorijiy davlatlardan keltiriladigan har bir bosh naslli qoramol uchun mavjud imtiyozlar bois chorva mollari naslini yaxshilash asnosida sifatli goʻsht va goʻsht mahsulotlari yetishtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, viloyatda qoʻylar naslini yaxshilash maqsadida xorijiy davlatlardan nasldor qoʻy va echkilarni keltirish yuzasidan tegishli tadbirlar oʻtkazilmoqda. Masalan, Qoʻshrobod tumani dasht hududda joylashgani, yer maydonining asosiy qismi yaylovlardan iboratligi bois, bu yerda qoʻy va echkichilikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatga ega. Shu maqsadda tumandagi «Kamron Javohir chorvalari» fermer xoʻjaligi tomonidan Qirgʻiziston Respublikasidan 170 ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻ evaziga 600 bosh xisori qoʻylar keltirilishi rejalashtirilgan. Loyihaning birinchi bosqichiga asosan, tumanga 450 bosh naslli xisori qoʻylar keltirildi.

— Ushbu fermer xoʻjaligi naslchilikka ixtisoslashgan boʻlib, 315 gektar yer maydoniga ega, — deydi Inspeksiyaning Qoʻshrobod tuman boʻlimi boshligʻi Gʻiyosiddin Xaliqov. — Ayni kunlarda xisori qoʻylar Oʻzagroinspeksiyasining tuman boʻlimi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan karantin nazoratiga olinib, zooveterinariya koʻrigidan oʻtkazildi.

Tuman hokimligining “Chorvachilikni rivojlantirish” dasturiga koʻra, Qirgʻiziston respublikasidan ushbu fermer xoʻjaligi tomonidan yana 150 bosh, tumandagi ikkita fermer xoʻjaligiga 300 bosh xisori qoʻylari keltiriladi. Inspeksiya organlari tomonidan, xisori qoʻylar belgilangan tartibda veterinar nazoratiga olinadi. Kelgusida xisori qoʻylar sonini koʻpaytirgan holda aholiga sifatli va arzon goʻsht mahsulotlari yetkazib berish imkoniyati yuzaga keladi.

Rated 5 stars out of 5
# Buxoro viloyati
Pandemiya davrida aholini qoʻllab-quvvatlash: Oʻzbekiston va Germaniya tajribasi
Ijtimoiy hayot
13 Oktabr 2020
2293
Matn: Гайрат Эрназаров
2020-yil 12-oktyabrda “Yuksalish” umummilliy harakati hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Xalqaro munozara klubi doirasida “Pandemiya davrida aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash: Oʻzbekiston va Germaniya tajribasi” mavzusidagi ikkinchi uchrashuvini tashkil etdi.
Aholining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi masalalariga ixtisoslashgan Yevropaning yetakchi xorijiy ekspertlari, bir qator mustaqil ekspertlar, parlament, vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatlari vakillari koronavirus pandemiyasi davrida aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash jihatlarini Oʻzbekiston va Germaniya tajribasiga asoslangan holda ochiq muloqot shaklida muhokama qildilar.

Muhokama chogʻida Germaniya va dunyoning bir qator boshqa mamlakatlari pandemiya paytida aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga moliyaviy koʻmak berish boʻyicha tajribasi oʻrganildi.

Sherzod SAPAROV, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi oʻrinbosari:

— Pandemiya davrida aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash butun dunyoda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham dolzarb masalaga aylandi. Shunday qiyin vaziyatda, davlat va fuqarolik jamiyati oʻrtasidagi samarali sheriklik namoyon boʻlmoqda, yaʼni Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoat tashkilotlari birlashib, inqirozni yengib oʻtishga harakat qilinmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga koʻmak berish maqsadida ularning roʻyxati, yaʼni “Temir daftar” shakllantirildi. Biroq mahalla raislari obyektiv/subyektiv sabablarga koʻra, muayyan yordam oluvchilarni eʼtiborsiz qoldirgan, odamlar davlat koʻmagisiz qolgan holatlar ham uchradi. Bunday vaziyatda koʻpincha inson omili rol oʻynadi, shuningdek, ehtiyojmand oilalarning farovonligini baholash mezoni standartlashtirilmagani va koʻp hollarda subyektiv mezonlarga asoslangani koʻzga tashlandi. Masalan, “temir daftar”ga kiritish paytida mahalla xodimlari va sektorlar rahbarlari bir necha yil davomida toʻplangan mol-mulk (transport vositalari, koʻchmas mulk va boshqalar) asosida moddiy ahvolni baholashgani, ular oilalarning daromadsiz qolganini inobatga olishmaganini aytish mumkin.

“Ijtimoiy himoya”, “reabilitatsiya” kabi atamalar mohiyati yana-da chuqurlashdi. Bu hayotimiz holatini toʻliq baholash, aholi bilan ishlashda boshqaruv tamoyillarini oʻrganish, ijtimoiy himoya uchun masʼul boʻlgan davlat idoralari tarkibida oliy maʼlumotli xodimlarning yangi ish uslublarni oʻzlashtirishni taqozo etadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda ijtimoiy himoya bilan shugʻullanuvchi kadrlarni 3 ta OTM tayyorlaydi. Har yili 900 dan ortiq bitiruvchi diplomga ega boʻladi, ammo aksariyat davlat idoralarida ijtimoiy xodimlar shtat birliklari mavjud emas. Vaholanki, bu davlat idoralari uchun keng inson resursi boʻlishi mumkin. Mamlakatda muhtojlarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish uchun ijtimoiy xodimlar tizimini yaratish kerak. Bunda ijtimoiy himoya nafaqat moddiy yordam shaklida, balki inqirozga uchragan oilalarga patronaj xizmati, yolgʻiz keksalarga, yetimlarga yordam va mehnat muhojirlari oilalari bilan ishlash shaklida ham boʻlishi mumkin.

Martin SHEBESTA, Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarmaning siyosiy maslahatchisi, Germaniya:

— Germaniyada kichik tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash hamda vaqtincha ishsizlarga nafaqa berishga hukumat tomonidan qariyb 50 mlrd yevro mablagʻ ajratildi.

Shuning uchun ham mamlakatda ishdan boʻshatishlarning katta toʻlqinini oldini olishga erishildi. Bunda tashkilot va kompaniyalar hukumatga moliyaviy muammolarga duch kelgani, ishchilarga oylik maosh toʻlay olmasligi va davlat tomonidan yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilishadi.

Davlat esa bu majburiyatni zimmasiga oladi va maoshlarning 50-70 foizini toʻlab beradi (korxonaning faoliyat shakli, oila aʼzolari soni hisobga olinadi), bu bilan fuqarolarning ishdan boʻshatilishidan himoya qiladi.

Shu sababli Germaniyada ishsizlik past darajada saqlab qolindi, baʼzi firmalar endilikda ishchilari maoshlarining toʻlanmay qolgan qismini toʻlab berishmoqda. Bundan tashqari, soliq imtiyozlari ham berilmoqda. Ehtiyojmand oilalarga ijara toʻlovini toʻlash kechiktirilmoqda.

Ilhom MAMATQULOV, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish siyosatini yuritish departamenti rahbari:

— Hozirgi pandemiya davrida yordamga muhtoj aholi qatlamini himoya qilish masalasida ayrim savollar yoki maʼlum bir noroziliklar boʻlmoqda. Bu masalada jarayonning shaffofligini taʼminlash uchun ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi ishlab chiqildi. Yaʼni himoyaga olish onlayn tizim orqali amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, pandemiya davrida aholini moddiy, nomoddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida joylarda ishchi guruhlar tashkil etildi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarorlari bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamning dastlabki roʻyxatlari shakllantirildi. Mazkur roʻyxatni onlayn tarzda yuritish, monitoring qilish maqsadida avtomatlashtirilgan “Saxovat.Argos.Uz” elektron dasturi ishga tushirildi. Endilikda yordamga muhtoj aholi qatlamining roʻyxatini mazkur dasturga kiritish, daromad manbasini aniqlash, mehnatga layoqatli qismining bandligi taʼminlash, ular doimiy daromadga ega boʻlgandan soʻng, “Temir daftar”dan chiqarish ishlari bevosita onlayn amalga oshirilmoqda.

Kambagʻallikni qisqartirishda xalqaro tajribadan kelib chiqib, 3 ta vositadan foydalanish koʻzda tutilgan:

Birinchisi, yalpi talabni ragʻbatlantirish. Pandemiya davrida yalpi taklif imkoniyatlari cheklandi. Vaqtinchalik faoliyatini toʻxtatgan korxonalar, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qayta yoʻlga qoʻyishi uchun davlat tomonidan yengilliklar yaratildi. Kambagʻal aholi qatlamini kooperatsiyalarga jalb qilish, qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlardan yer ajratish, subsidiyalar berish orqali ularga dastak (instrument) berilmoqda.

Ikkinchisi, inson kapitalini rivojlantirish. Aholiga imtiyozli kreditlar, toʻgʻridan-toʻgʻri moliyaviy koʻmak berilishi bunga misoldir. Hozirda ishsiz fuqarolar turli kasb-hunarlarga oʻqitilmoqda, buning uchun Monomarkazlar tashkil qilindi. Yuqori malaka, oliy maʼlumot talab etilmaydigan darajadagi ishlarga aholi koʻnikmalarni rivojlantirish maqsadida joylarda oʻquv kurslari ochilmoqda. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida esa aholi tadbirkorlikka oʻqitilmoqda.

Uchinchisi, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga toʻgʻridan-toʻgʻri moddiy va nomoddiy yordam berish. Bunda bogʻcha toʻlovlaridan ozod etish, maktabda taʼlim olayotgan bolalarni mavsumiy kiyim bilan taʼminlash ishlari amalga oshirilmoqda. Prezident qarori asosida Qurbon hayiti bayramida 182 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalarga qariyb 154 mlrd soʻmlik moddiy yordam ajratildi.

Oldimizda turgan asosiy vazifalardan bu – iqtisodiy oʻsish inklyuzivligini taʼminlash, doimiy ish oʻrinlarini yaratish, eng asosiysi, inson kapitali darajasini yaxshilash orqali kambagʻallikni qisqartirishdir. Zero, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarida 2030-yilga borib Oʻzbekistonda kambagʻallikni ikki barobarga qisqartirish masalasi qoʻyilgan.

Muhokama natijalari boʻyicha mamlakat aholisini moddiy qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi, deb xabar beradi “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati.

Rated 5 stars out of 5

So’nggi yangiliklar

Olmaliqda qimmatbaho metallar o'g'rilari qo'lga tushdi

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida
Oʻzbekistonda bemor tanasi 16 darajagacha sovutilib, 12 soatlik murakkab texnologik operat...
Beshinchi qavatdan yiqilgan bemorda jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtkazildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 5-6-mart kunlari kuchli shamollar saqlanib qoladi —...
Mart 2022
Du
Se
Ch
Pa
Ju
Sh
Ya
Ommabop yangiliklar
Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha...
22 Fevral 2022, 16:28
1705
Muddatidan oldin talaba boʻldik
15 Fevral 2022, 18:08
1572
Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shim...
10 Fevral 2022, 23:38
1549
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Pekinda qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosim...
4 Fevral 2022, 23:24
1342
© 2020 “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati» DUK
Biz haqimizda
Mualliflar
Murojaat uchun
Vakansiyalar
Materiallardan foydalanish
Sayt materiallaridan foydalanishda saytga faol havola ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Text to speech
ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Islom Karimov – Milliy g‘oya va mafkura konsepsiyasi asoschisi

08.01.2018

Milliy istiqlol mafkurasi davlatimiz fuqarolarini ulug‘ maqsad yo‘lida qalban birlashtirishga ko‘maklashishi kerak.

Islom Karimov

Bizga milliy mafkura – xalq mafkurasi kerak

Biz ushbu maqolani O‘zbekiston Respublikasiga, uning mustaqil davlat bo‘lishiga hamda bu davlatning barqaror rivojlanishiga, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egallashiga beqiyos hissa qo‘shgan davlat arbobi, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining konseptual tamoyillarini ishlab chiqishda tutgan o‘rnini xotirlash maqsadida yozdik.

Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining uzluksizligini ta’minlash uchun xalqni bir maqsad yo‘lida birlashtirish muhim ahamiyatga egadir. O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan sobiq sovetlar tuzumining mafkuraviy aqidalaridan voz kechish lozim edi. Sovet mafkurasi kommunis-tik partiyaning g‘oyalariga tayanuvchi va sovet totalitar rejimining g‘oyaviy tayanchi funksiyasini bajarar edi. Bu mafkura qadimiy va boy tarixiy ma’naviy qadriyatlarga ega xalqning manfaatlariga mos kelmaydigan mafkura edi. Chunki u, milliylikdan begonalashgan, milliy mansublikka qarshi – innatsional, har qanday diniy e’tiqodga qashi – ateistik mafkura edi. Shu sababli undan voz kechildi. Mustaqillik mafkurasining konseptual asoslari esa hali yaratilmagan edi. Buning ustiga xalqimizning milliy mentaliteti mustamlakachilik davrlarida jiddiy ta’qiblarga uchrab, deformatsiyalangandi. Ya’ni xalqimizning ayrim vakillari hatto o‘zining o‘zbekligini ham unitayozgandi.

Bunday sharoitda, ya’ni amaldagi mafkuradan voz kechilgan, yangi mafkuraning konseptual tamoyillari hali ishlab chiqilmagan bir sharoitda izchil oilaviy tarbiya ko‘rmagan, o‘zligini anglab olishga ulgurmagan ayrim yoshlarimiz ongida mafkuraviy bo‘shliq (vakuum) hukm surardi. Bunday yoshlarni begona mafkuralar ta’siridan himoyalash ham dolzarb vazifa bo‘lib qoldi. Chunki, mustaqillik arafasida (oshikoralik davrida) va mustaqillikning ilk davrlarida turli ekstremistik oqimlar, diniy aqidaparastlar, diniy-konfessional yo‘nalishdagi missionerlik tashkilotlari mafkuraviy qadriyatlari shakllanmagan soddadil yoshlarimizni, ularning fikru-zikrini o‘zlarining millatni deformatsiyalovchi g‘oyalariga xizmat qildirish maqsadida buzg‘unchi kuchlar safiga qo‘shib olishga shay turishardi.

Bu mamlakatimiz mafkuraviy mustaqilligini saqlashga, mamlakatda barqaror tinchlikni ta’minlashga qarshi qaratilgan katta xavf edi. Ayniqsa, ko‘p millatlar va elat vakillari yashaydigan, turli din va diniy konfessiyalarga e’tiqod qiladigan aholi yashaydigan bizning yurtimizda millatlararo, dinlararo mojarolar boshlanib ketish xavfi keskinlashishi mumkin edi. Buning ustiga xalqimiz 70 yillik kurashchan ateizm hukmronligi davrida musulmonchilik an’analaridan ham birmuncha begonalashib qolgan edi. Mustaqillik munosabati bilan mamlakatimizda diniy e’tiqod erkinligiga keng yo‘l ochildi. Bu masalada O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1992 yil 2 iyulda so‘zlagan nutqida shunday degan edi: “Dinga, diniy tashkilotlarga keng yo‘l ochib berildi. Buyuk hajga ilgari nari borsa besh-olti kishi borardi. Endi har yili minglab odamlar muqaddas joylarga emin-erkin ziyoratga borishyapti. Din odamzodni hech qachon yomon yo‘lga boshlamaydi. Din bu dunyoning o‘tkinchi ekanini, oxiratni eslatib turadi, odam bolasini hushyor bo‘lishga, harom yo‘llardan uzoq yurishga, yaxshi bo‘lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi. Biz dinga bundan keyin ham barcha shart-sharoitlarni yaratib beramiz. Diniy rasm-rusumlarga, bayram-larga, diniy tarbiya va ta’limga doimo jiddiy e’tibor beriladi”. (O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti ilgari surgan bu g‘oyalar bugungi kunda uning sadoqatli shogirdi, Sh.M.Mirziyoyev tomonidan muvaffaqiyatli ravishda amaliyotga tadbiq etilmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining beshinchi bandi bevosita shu masalaga qaratilgan).

Dinga bunday demokratik yondashuvni o‘sha davrda hamma ham to‘g‘ri qabul qilavermasdi. Yurtimizda e’tiqod erkinligi qaror topishi bilan xalqimiz emin-erkin ibodatlarini davom ettira boshlashdi, ammo, an’anaviy diniy ibodatlar bilan fundamentalistik g‘oyalarni ajrata olmaydigan ba’zi yoshlar va hatto ayrim soddadil kattalar ham dinni bir yoqlama tushuna boshladi. Bunday kishilar ongiga diniy qadriyatlar sifatida turli xil diniy aqidaparastlik g‘oyalari bilan mutaassiblashgan oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalar ham suqilib kira boshladi. Ayniqsa, arab mamlakatlarida faoliyat olib borayotgan fundamentalistik kuchlar vahobiylik g‘oyalarini, Turkiyadan diniy ma’rifatparvarlik shiori ostida nurchilarning siyosiy hokimiyatni egallashga chaqiruvchi g‘oyalari, dinni siyosiylashtirib talqin etuvchi xizbut-tahrirchilar harakati hamda ular bilan til biriktirgan mahalliy oppozitsion guruhlarning faoliyati ham kuchaya boshladi. Bunday vaziyatda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining konseptual asoslarini ishlab chiqish hayotiy zaruriyatga aylangandi.

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bu masalaga alohida e’tiborni qaratdi. Islom Karimovning jamoatchilik oldidagi chiqishlarida milliy manfaatlar, milliy istiqlol, vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va milliy mentalitet masalalariga asosiy e’tibor qaratilgan edi. Buni ayrim siyosatdonlar Islom Karimovning millatchilikka yo‘l ochishi deb talqin eta boshlashdi. Ammo o‘zbek xalqining asrlar davomidagi ezgu niyati mustaqil davlatchiligimizni rivojlantirish, milliy manfaatlarni himoya qilish yo‘li bilan amalga oshishi oddiy haqiqat edi.

Xalqni milliy manfaatlar himoyasi yo‘lida birlashtirish uchun xalqning mafkuraviy konsepsiyasini ishlab chiqishi lozim edi. Bu hayotiy zaruriyatni chuqur anglagan I.A.Karimov o‘zining asarlar to‘plamining 1-jildini “O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura” deb atadi. Bu kitobda O‘zbekistonning barcha sohalardagi milliy manfaatlari o‘z ifodasini topgan edi.

I.Karimov milliy mafkuraning konseptual asoslarini ishlab chiqish lozimligiga alohida e’tibor berib, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiya-si qabul qilingan kunning bir yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali majlisda shunday dedi: “Asosiy qonunimizda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivoj-lanadi, deyilgan. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilishi mumkin emas. Bu konstitutsiyaviy qoida bizning oldimizga milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini qo‘yadi.

Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirishga xizmat qilishi lozimligini hech qachon unutmaylik“. Haqiqatdan ham bu masala nihoyatda dolzarb masala edi. I.Karimovning keyingi maqolalarida, ayniqsa, “Tafakkur” jurnali bosh muharriri Erkin A’zamov bilan suhbatda milliy mafkura masalasi bosh mavzu sifatida muhokama qilindi. Bu suhbatda mafkuraning mohiyati, uning asosiy vazifalari, totalitar mafkuraning oqibatlari. Jahondagi mafkuraviy jarayonlar, mafkuraviy poligonning har qanday harbiy poligonlardan xatarli ekanligi. Milliy mafkuraning xususiyatlari va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, mafkuraviy bo‘shliqning vujudga kelish sabablari, mafkuraviy immunitet va uning jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni, milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirish yo‘llari, mafkurasizlik, mafkuraviy nigilizm va boshqa masalalar bu suhbatda muhokama qilingan.

Unutilmas uchrashuv arafasi

1999 yilning 16 fevralida bir guruh yoshlar oppozitsion kuchlarning soxta chaqriqlariga uchib, Toshkent shahrining bir qancha nuqtalarida bir vaqtda dinamitlar portlatish yo‘li bilan O‘zbekiston Prezidenti hayotiga suiqasd qilishga urinib ko‘rishdi. Oqibatda voqea sodir bo‘lgan joylarda bo‘lgan ko‘plab begunoh fuqarolar qurbon bo‘ldi, binolar vayron bo‘ldi, ayrim yo‘lovchilar nogiron bo‘lib qolishdi. Lekin, yovuz maqsadni rejalashtirgan oppozitsionerlar maqsadiga erisha olmadi va butun xalqimizga o‘zlarining jirkanch basharasini oshikora ko‘rsatib qo‘yishdi. Ularning asosiy maqsadi konstitutsion tuzimni ag‘darib, hokimiyatni egallash edi. Mazkur ig‘vogarlikni amalga oshirganlar orasida hali o‘zligini anglab yetmagan yoshlarimiz ham bor edi. Ular hali kimga va nima uchun xizmat qilayotganligini ham anglab yetishmagan edi. Bu xodisa zudlik bilan yoshlar orasida mafkuraviy targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish kerakligini, bu ish kechiktirib bo‘lmas vazifa ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatayotgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi mazkur xodisadan keyin 1999 yil fevral oyining oxirida bir guruh olimlar qarshisiga 1 hafta ichida milliy istiqlol g‘oyasi haqida o‘z fikrlarini referativ tarzida yozib kelish vazifasini qo‘yadi. Olimlar bu vazifa bo‘yicha, har kim o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqib, referativ ishlar tayyorlashdi. Ana shu jarayonda mazkur maqola muallifi ham maxsus maqola yozdi, bu maqola keyinchalik “Milliy tiklanish” gazetasining ikki sonida bosilib chiqdi.

Prezident devoniga...

1999 yil mart oyining boshlarida mening bevosita rahbarlarim, zudlik bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, birinchi prezident I.A.Karimov huzuriga uchrashuvga borishim lozimligi haqida topshiriq berishdi.

Men uchun bu uchrashuv kutilmagan xodisa edi. Belgilangan vaqtda devonga yetib bordim va nomimga yozilgan ruxsatnomani olib, ikkinchi qavatda joylashgan tegishli bo‘limga kirdim. Bo‘lim boshlig‘i davlat rahbari bilan qanday tartibda suhbatlashish lozimligi haqida menga batafsil tushuntirish bergach, har ehtimolga qarshi daftarcha va ruchka berib, rahbarning har bir gapini yozib olishim lozimligini jiddiy uqtirdi. (Shunisi afsuslanarliki, men O‘zbekiston Respublikasining harbiy Bosh qo‘mondoni huzuriga kirganimda, harbiy kiteldan ruchka va daftarchani olish noqulay bo‘lganligi sababli bu yozuv ashyolaridan foydalana olmadim. Bosh qo‘mondonning gaplarini esa xotirada saqlashga qaror qildim).

Devondagi tartib-qoidalarga binoan bo‘lim rahbari bilan oltinchi qavatda joylashgan O‘zbekiston Prezidenti kabinetiga chiqdik, 2-qavatdan 6-qavatga chiqish lifti oldida va liftdan chiqib 6-qavatga o‘tish joyida soqchilar tekshiruvidan o‘tib Prezident qabulxonasiga o‘tdik. Qabulxonada qabulxona mas’ul xodimi va 2 kishi navbat kutib turishgan ekan. Ular yangi lavozimga tayinlanish uchun chaqirilgandi. Meni esa Milliy istiqlol g‘oyasining konseptual tushuncha va tamoyillarini ishlab chiqish maqsadida tuzilgan O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining raisi o‘rinbosari sifatida chaqirishgan ekan (Mazkur uchrashuvdan ilgari faylasuflar milliy jamiyatini adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazib, tegishli guvohnomani olgan edik. Mazkur jamiyatning asosiy missiyasi ham “Milliy istiqlol g‘oyasining konseptual tamoyillarini ishlab chiqish” edi. Professor Inomjon Rahimov jamiyat raisi, men esa uning o‘rinbosari edim).

Uchrashuv: yagona g‘oya atrofida birlashaylik

Qabulxonada kutib turgan 2 kishi tez-tez kirib chiqishdi. Menga navbat kelganida qabulxona mas’ul xodimi yana bir bor, prezident huzurida o‘zimni qanday tutishim lozimligini uqtirdi va ichkariga kirib o‘zingizni tanishtiring dedi. Men o‘rgatilganday, ichkariga kirib, o‘zimni rasman tanishtirdim.

Prezident: Keling, Baxtiyor. Bu joyga o‘tiring, xotirjam gaplashaylik, - deb ko‘rishish uchun menga qo‘llarini uzatdi.

Men biroz hayajonlanib, shoshinqirab davlat rahbarining qo‘llarini siqdim. Salomlashgach, ko‘rsatilgan joyga o‘tirib, prezidentning chehrasiga nazar tashladim. Prezident vazmin va xotirjam holatda bir oz jilmayib mening holatimni kuzatib turardi. Uning qiyofasidan qandaydir ko‘rinmas sirli kuch, g‘ayrat ufurib turardi. Bunday kuch, boshqacha nom bilan ataganda xarizma ayrim yirik davlat arboblarida, olimlar va sarkardalarda bo‘ladi.

Mening hayolimni “Qani, Bosh Qo‘mondon – O‘zbekiston Prezidenti menga qanday savollar berar ekan?”, “Bergan savollariga men beradigan javoblar ularni qoniqtirarmikin?” – degan fikrlar band qilgan edi.

I.A.Karimov, ishlayotgan joyim va bajarayotgan vazifalarimdan kelib chiqib, mendan so‘radi:

- Baxtiyor, qani, aytingchi, insonni ruhan boshqarish mumkin-mi?

- Albatta mumkin. Lekin, insonlar ham har xil bo‘ladi. Ularning ayrimlarini boshqarish oson, ayrimlarini esa boshqarish juda qiyin. Bu ularning irodasiga, o‘zligini qay darajada anglaganligiga bog‘liq. – dedim.

- To‘g‘ri aytasiz, lekin insonni boshqaruvchi shunday bir mexanizm borki, uning vositasida har qanday insonni maqsad sari yetaklash mumkin.

- Siz manfaatni, manfaatdorlikni nazarda tutayapsiz, shundaymi?

- To‘g‘ri, ammo manfaat, qiziqish men aytgan mexanizmning bir turi xolos. E’tiqod-chi, e’tiqodli insonni o‘z e’tiqodining obro‘yi uchun har yo‘lga yo‘naltirish mumkin. Milliy shaa’n, oriyat-chi, vatanparvarlik-chi? Bularning barchasi ongli boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Inson ongiga, uning ong ostiga ta’sir etuvchi vositalar ham mavjud. Avstriyalik olim Zigmund Freyd ongsizlik nazariyasini yaratishda ana shu vositalarni nazarda tutgan. Endi nazariyadan amaliyotga o‘taylik.

Mana, O‘zbekiston mustaqillikka erishganiga ham 7 yildan oshdi. Endi mustaqilmiz. Biz yashayotgan joyga allohning nazari tushgan. Bog‘laridan, polizlaridan shirin-shakar mevalar, sabzavotlar unib chiqadi, zaminimiz osti esa qimmatbaho qazilma boyliklarga boydir. Xalqimiz-chi, sabrli, qanoatli, e’tiqodli, insof va diyonatli, buning ustiga tadbirkor va mehnatkash. Xo‘sh nega shunday janatmakon yurtda yashab, uning manfaatlari uchun bir yoqadan bosh chiqarib, yurtimizning gullab-yashnashi uchun kuyib-yonmaymiz. Yoki, chetdan biror kishi kelib bizga o‘rgatishini, bizning ustimizdan hukmronlik qilishini kutayapmizmi? Menimcha, biz o‘z yurtimizga tom ma’noda o‘zimiz egalik qilish vaqti keldi. Agar yurtimizga bugun o‘zimiz egalik qilmasak, ertaga unga egalik qilishni xoxlaydiganlar istagancha topiladi. Agar yurtimizga o‘zgalar egalik qilsa, biz ularning qo‘lida qul bo‘lib ishlashimizga to‘g‘ri keladi. Demak, bizning oldimizda ikkita alternativ yo‘l turibdi: ularning biri, yagona milliy g‘oya atrofida birlashib, bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihatlik bilan o‘z yurtimizga egalik qilish va uni gullatib-yashnatish, yoki ikkinchi yo‘l, yagona g‘oyadan voz kechib, kimningdir kelib bizni boshqarishiga, bizning ustimizdan hukmronlik qilishiga yo‘l berish va umrbod ularning izmida yurib, “bersang yeymiz, ursang o‘lamiz” qabilida yashab, qullik iskanjasiga tushish. Shunday emasmi?

- To‘g‘ri. Lekin, afsuski shunday vatandoshlarimiz ham borki, ular o‘z yurtining manfaatlarini, sariq chaqaga bo‘lsa ham, sotishga tayyor. Undaylar o‘zining manfaatlari uchun ota-onasini, oilasini, mahallasini, qolaversa Vatanini ham sotib yuboraveradi.

- Ha, endi guruch kurmaksiz bo‘lmas, "har to‘kisning bir aybi bo‘ladi", deydi xalqimiz. Besh qo‘l baravar emas, ko‘p millionli aholi ichida yaxshisi ham yomoni ham uchraydi, lekin asl milliy mentalitetimiz zamirida, tajovvuzkorlik, xiyonatkorlik yo‘q. Jinoyatkorlik, sotqinlik ma’naviyati deformatsiyalangan kishilar orasida uchraydi. Ularda milliy sha’n va oriyat bo‘lmaydi. Ular millatdoshim deb atashga arzimaydigan odamlar.– dedi I.Karimov.

Faylasuflar milliy jamiyati missiyasi

- Biz yaqinda O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatini adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazdik va bu jamiyatning missiyasi sifatida Milliy istiqlol g‘oyasi va milliy mafkuraning konseptual tamoyillarini ishlab chiqish vazifasini belgiladik. – dedim.

- Yaxshi, sizlar tuzgan bu jamiyat nodavlat va notijorat tashkiloti hisoblanadi. – dedi Islom Karimov, - U xalqning, jamiyatning manfaatlarini ifodalaydi. Bizda birorta mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilishi mumkin emas. Chunki Konstitutsiyamizning 12 moddasida bizda “ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi,” – deb yozib qo‘yilgan. Demak, bizda mafkuralar va fikrlar xilma-xilligiga rioya qilib ish olib boramiz. Bundan Milliy mafkurani, xalq mafkurasini yaratish vazifasi kelib chiqadi. Sizlar tashkil qilgan nodavlat-notijorat tashkiloti – O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati milliy mafkuraning fundamental asoslarini ishlab chiqishi lozimligi o‘z-o‘zidan kelib chiqadi.

Sizning jamiyatingiz a’zolari kimlar? – deb so‘radi Prezident.

- O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati a’zolarimi? – dedim.

- Ha, men bu haqda shularni aytmoqchi edimki, - dedi Prezident, - faylasuflar milliy jamiyatiga O‘zbekistonni Ona-Vatan sifatida jondan ortiq sevuvchi - vatanparvar, sog‘lom fikr yurituvchi har bir ziyoli, olim, o‘qituvchi va boshqalar a’zo bo‘lishi mumkin. Kasbidan, millatidan, ijtimoiy ahvolidan, ixtisosligidan qat’iy nazar, u faylasufmi, tarixchimi, yuristmi, iqtisodchimi, jurnalistmi, psixologmi, fizikmi, matematikmi, eng muhimi vatanparvar insonlar bo‘lsin bu jamiyat a’zolari.

Ayrimlar o‘ylashi mumkin, faylasuflar jamiyati faylasuflardan tashkil topishi lozim-ku, deb. Aslida, to‘g‘ri fikr yurituvchi, fikrlash madaniyatiga ega bo‘lgan har bir inson faylasufdir. To‘g‘rimi?

- To‘g‘ri!

- Jamiyatning asosiy missiyasi milliy istiqlol g‘oyasi va milliy mafkuraning konseptual tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lishi lozim. Shuningdek, milliy g‘oya milliy falsafadan ozuqa oladi, demak, jamiyatning oldida o‘zbek milliy falsafasining fundamental prinsiplarini ham ishlab chiqishdek mas’uliyatli vazifa ham turibdi.

- Hozirgi zamonda falsafa umuminsoniy mazmun kashf etgan-ku..? - dedim bu fikrga e’tiroz bildirish maqsadida.

- Yo‘q, men falsafaning milliyligini tan olmaslik fikrini bu fanga xato yondashuv deb o‘ylayman. Millat bor ekan, uning o‘z fikrlash tarzi, o‘z falsafasi bo‘ladi. Falsafa bu fikrlash tarzi, fikrlash madaniyatidir. Har bir millatning o‘ziga xos va o‘ziga mos fikrlash madaniyati bo‘ladi. Falsafa – milliydir. Nega biz nemis falsafasi, fransuz falsafasi, yapon falsafasi, xitoy yoki hind falsafasi, yunon falsafasi yoki amerika falsafasi deymiz? Bu - o‘sha joyda yashovchi millatlar falsafasi emas-mi? Nima, o‘zbeklar millat emasmi, ular fikrlamaydimi? O‘zbek falsafasi yo‘qmi? Kommunistik partiya mafkurasi barcha milliy falsafalarni inkor etib, kommunistik mafkuraning nazariy qismi sifatida marksistik falsafani eng ulug‘vor va yetuk falsafa deb e’lon qildi. Marksizm har qanday milliylikning g‘oyaviy dushmani edi. – dedi, Prezident o‘ziga xos ehtiros bilan.

O‘zbek milliy falsafasi mohiyati

- Endi o‘zbek falsafasining mohiyati to‘g‘risida fikr yuritaylik. – deb davom etdi I.A.Karimov vazminlik bilan, – O‘zbeklar qadimdan yakkalikdan umumiylikni, individuallikdan jamoaviylikni afzal bilishgan, shu sababli xalqimiz “yakka otning donggi chiqmas, donggi chiqsa ham changgi chiqmas” deydi. O‘zbek jamoaviylikni afzal bilganligi uchun qo‘ni-qo‘shnisini, mahalla ahlini qadrlaydi, jamoasi bilan birgalikda hasharlar uyushtirib, muhtoj qo‘shnilarini qo‘llab-quvvatlaydi, to‘ylarni va marakalarni jamoatchilik kuchi bilan amalga oshirishadi. Jamoa, jamoatchilik to‘ylarda quvonchingizga, musibatda qayg‘ungizga sherik bo‘ladi.

O‘zbek milliy va umuminsoniy ezgu qadriyatlarni e’zozlaydi. Oila qadriyatini olaylik. Aytingchi, o‘zbek milliy oilasidan ham mustahkam oila bormi dunyoda. O‘zbek oilani, ota-onasini, bola-chakasini, aka-ukasini, opa-singlisini, qarindosh-urug‘ini qadrlaydi. Zarur bo‘lganda ularga tayanadi, ulardan ko‘mak oladi, yoki ularga dalda berib qo‘llab-quvvatlaydi. Oila sha’nini, mahalla sha’nini, millat sha’nini ko‘z qorachig‘iday asraydi. Bu qadriyatlarga dog‘ tushirgan ko‘rnamaklardan esa nafratlanadi. Farzand tarbiyasini ham o‘zbek jamoaviy muqaddas burch deb biladi. Shu tufayli u “bir farzandga yetti mahalla ota-onadir” degan maqolga amal qiladi. Oilaning mustahkamligi o‘zbekning nikohni qadrlashi va farzandlari kelajagiga umidi kuchliligidan. O‘zbek umuman porloq kelajakka umid qilib yashaydi. Er va xotin o‘rtasidagi munosabat otaga va onaga hurmat qadriyatini ardoqlashidan kelib chiqadi. Bularning barchasi oilaning mustahkamligi uchun garovdir.

O‘zbek mahalla bo‘lib yashashni afzal deb biladi. Mahallachilik, mahalla odobi, mahalla sinovi, mahalladagi obro‘ faqat o‘zbekka xos. Dunyoning hech bir nuqtasida o‘zbekning mahallasiday oliyjanob tarbiya o‘chog‘i yo‘q. Mahalla jamoasi kimning xonadonida nima bo‘layotganligidan xabardor. Mahalla ahli to‘ylarni ham, marakalarni ham birgalikda, hamjihatlikda amalga oshirishadi. Bu jamoaviylikning tarbiyalanishiga, mustahkamlanishiga imkon beradi.

Milliy mafkuramiz milliy manfaatlarimizning umummillat miqyosidagi himoyachisi bo‘lishi lozim. Buni amalga oshirish uchun esa mahalla udumlari ildiziga tayanib ish yuritishga to‘g‘ri keladi. Ha, aytganday, o‘zbek milliy falsafasining kattalarga hurmat, kichiklarni izzat qilish tamoyili ham bor. Bu tamoyil zamirida keksalarda katta hayotiy tajriba borligini ta’kidlash, kichiklarni esa qo‘llab-quvvatlasak, kelajakda ular orasidan ulug‘ insonlar yetishib chiqishi mumkin, degan hikmat, ya’ni falsafa, mujassamdir.

O‘zbek falsafasida tiriklikning zamini bo‘lgan onani e’zozlash, onaning munis va mehribonligini ta’kidlash ezgu qadriyatlar hisoblanadi. Haqiqiy o‘zbek onaga hurmatsizlik bilan qaramaydi, chunki ota – onaning hurmatini, oiladagi muqaddas o‘rnini yaxshi bilganligi uchun ham onaning hurmatini joyiga qo‘yadi. Buni farzandlar ko‘rib turadi va mehribon onasiga nisbatan mehri yanada oshadi. Har bir ona farzandlari uchun o‘z jonini ham fido qilishga tayyordir. Bu tamoyil ham o‘zbek falsafiy tafakkurida markaziy o‘rin egallaydi. Onaga, umuman ayolga munosabat qadimgi yodgorliklarimiz “Avesto” asarida ham alohida qayd etilgan. Qur’oni Karimda esa, jannat onalarning oyog‘i ostidadir, deyilgan.

Ba’zi xalqlarda ayollar kamsitiladi, erkaklarga nisbatan ularga kam haq to‘lanadi, hatto ularning guvohligi ham inobatga olinmaydi. O‘zbek uchun ayol – ona, maslahatgo‘y, himoyachi, dono tadbirkor. Bizda ayollar erkaklardan yuqori qo‘yilsa – qo‘yiladi, aslo kamsitilmaydi. Qadimgi hikmatlarda To‘maris momodek, Roziya sultondek sarkardalar, Bibixonim va Barchinoydek sadoqatli ayollar haqida mehr bilan hikoya qilinadi. Xalqimizning azaliy udumlarida ayollarni himoyalash, ularning jismonan ojizaligi uchun og‘ir yumushlarida ularga yordamlashishga intilish qadrlangan. Oilasida erkak kishi bo‘lmagan xonadonga bostirib kirish odobsizlik hisoblangan. Shu sababli ayollar suv olish uchun bo‘sh idishlarini, o‘tin yorish uchun to‘nka va boltalarini hovlisidan tashqariga chiqarib qo‘yishar ekan. Ko‘chadan o‘tayotgan erkaklar, bu uyda ojizalar yashar ekan, deb ularga muruvvat ko‘rsatish maqsadida, idishlarini anhordan suvga to‘ldirib kelishgan, o‘tinlarini esa yorib berishgan. Bolta va idishlarini o‘g‘rilab ketishni katta gunoh, insongarchilikka zid ish deb bilishgan.

Xullas o‘zbek falsafasining xilma-xil qirralari borki, ularni faqat qalbida o‘zbeklik tuyg‘usi bo‘lgan olimgina tahlil qilishi mumkin. Mana, milliy mafkura zamirida tayanch bo‘lib ana shu o‘zbek falsafasi yotishi kerak deb o‘ylayman.

O‘zbek milliy falsafasining yana bir muhim tamoyili, kelajakning bugundan boshlanishini qat’iy his qilishdir. Xalqimiz o‘tgan ajdodlarimizni qadrlash bilan bir qatorda kelajakka intilib, kelajakdan umid qilib yashaydi. Chunki, o‘zbek bolajon, u o‘z farzandlari va nevaralarining kelajagini o‘ylab, ularga yaxshi zamin yaratish uchun bugun ter to‘kadi. Ya’ni bu joyda “kelajak bugunga ta’sir qiladi” degan qoida amal qiladi. Bu qoida yanglishmasam yangicha metodologiya qoidasi, shundaymi? – dedi Prezident menga yuzlanib.

- Ha, - dedim men, - bu yangicha metodologiya – sinergetikaning qoidasi.

Mana, Faylasuflar milliy jamiyati nimalar haqida bosh qotirishi lozim. Bu faylasuflar qarshisida turgan asosiy vazifalardan biridir. – dedi Islom Karimov, bu gaplarga alohida urg‘u berib, - E’tibor qiling sinergetika fani 20-asrning ikkinchi yarimida vujudga kelgan, lekin uning qoidalaridan ota-bobolarimiz qadimdan buyon amaliyotda foydalanishgan.

- Men iqtisodchiman, - deb o‘z so‘zini davom ettirdi I.Karimov, - shu sababli o‘zimning iqtisodiy bilimlarimdan kelib chiqib O‘zbekistonda iqtisodiy taraqqiyotning beshta tamoyiliga asoslanib, o‘zbek modelini ishlab chiqdim. Bu modelning har bir tamoyili bizning yurtimizda mukammal ishlashiga kafolat beraman. Ammo men faylasuf emasman, Falsafaning ichki rivojlanish qonuniyatlari, kategorial apparati, asosiy tamoyillari men uchun birmuncha qorong‘i. Shu sababli, faylasuflar milliy jamiyati a’zolari ichida yaxshi faylasuflar ham bo‘lishi tabiiy hol, ular bir yoqadan bosh chiqarib o‘zbek milliy falsafasining konseptual asoslarini ishlab chiqsin. Kelajakda farzandlarimiz ko‘p fanlar qatorida o‘zbek falsafasi asoslarini ham o‘rganishsin.

- Mening nazarimda, sizning hozir bayon qilgan fikrlaringiz har qanday yetuk faylasufning fikrlaridan ziyod bo‘lsa ziyod, kam emas, - dedim men.

- Yo‘q, - dedi, Prezident, qat’iy ohangda, har kim o‘z ishi bilan shug‘ullanishi lozim. Davlat rahbari davlatni to‘g‘ri boshqarish bilan, tikuvchi – tikuvchilik bilan, dehqon – dehqonchilik bilan, faylasuf esa – falsafani takomillashtirish bilan shug‘ullangani ma’qul.

Milliy mafkuraning asosiy g‘oyalari

- Milliy mafkura milliy g‘oyaga asoslanadi. – dedi Prezident, Milliy g‘oya esa millatni birlashtiruvchi ulug‘ bayroq bo‘lishi lozim. Shunday ulug‘vor g‘oyani ishlab chiqaylikki, xalqimiz bu g‘oya atrofida bir butun kuch bo‘lib birlashsin.

- To‘g‘ri aytasiz, masalan siz o‘rtaga tashlagan “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat” degan g‘oya ham ana shunday ulug‘vor kuchga ega, shunday emasmi?- deb so‘radim Prezidentdan.

- Bu alohida masala. Bilasizmi, men nima uchun bu shiorni o‘rtaga tashlaganman? Men bu shiorni, O‘zbekistonning yer osti va yer usti boyliklari ko‘p, kelajakda shularni ishlatib u buyuk bo‘ladi, yoki o‘z hududini kengaytirib buyuk bo‘ladi, degan ma’noda aytmadim. Men bu fikrni yurtimizda, o‘tmishda, butun dunyoga aql-idrok o‘rgatgan, buyuk allomalar o‘tganligi uchun, ularning kashfiyotlari bugungi kunda ham dunyo sivilizatsiyasi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shayotganligi uchun, ularning irsiyati, genlari buyuk bobolarimizning bugungi avlodlari bo‘lmish, farzandlarimiz qonida, nevaralarimiz qonida jo‘sh urayotganligi uchun, bu buyuk irsiyat buyuk insonlarni yetishtirishi, ulug‘ bobokalonlarimizning genlari bugungi farzandlarimiz timsolida yana uyg‘onishi mumkinligi uchun ham, kelajakda zamonamizning Xorazmiylari, Farg‘oniylari, Forobiylari, Beruniy va Ibn Sinolari, Imom Buxoriylari, Termiziylari, Zamaxshariylari, Nasafiylari yetishib chiqishiga imonim komil bo‘lganligidan aytdim. Ular albatta O‘zbekistonning dovrug‘ini jahonga yoyishadi. Shuning uchun ham “O‘zbekistonning kelajagi buyuk” dedim. Men bunga qat’iy ishonaman! O‘zbekistonning kelajagi haqiqatdan ham buyukdir!

O‘zbekiston mustamlakachilik yillarida uzoq yillik majburiy uyquda edi, ne-ne ulug‘ bobolarimiz, vatandoshlarimiz quvg‘in qilingan, qatag‘onga uchragan edi. Bu zulm va daxshat ta’siri ostida ularning farzandlari tiz cho‘ktirilgan, kamsitilgan, savodsizlikda, boqimandalikda ayblangan, yurtimiz dunyo taraqqiyotidan, sivilizatsiya taraqqiyotidan ataylab uzib qo‘yilgan edi.

Bugungi kunda allohga ming bor shukurki, mustaqillikka erishdik, qo‘l va oyoqlarimizdagi kishanlar parchalandi. Endi uyg‘onishimiz, dunyo ahliga o‘zbekning kimligini, uning bunyodkor aql-idroki nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib qo‘yishimiz lozim. Buning uchun milliy g‘oyamiz ostida bir tan, bir jon bo‘lib birlashishimiz, milliy g‘urur va oriyatimizni astoydil himoya qilishimiz zarurdir.

Yurtimiz azaldan ko‘p millat va elat vakillariga boshpana bergan joydir. Ota-bobolarimiz o‘zga millat va elat vakillarining doimo boshini silab kelgan, ularga mehr-muruvvat ko‘rsatgan. O‘zga millat vakillari ham o‘z navbatida yurtimiz taraqqiyotiga, fan va madaniyatimiz taraqqiyotiga baholi-qudrat hissa qo‘shib kelishdi. Jamiyat ravnaqi – millatlarning o‘zaro hamjihatligida. Shunday ekan millatlararo hamjihatlilik milliy mafkuramizning yana bir muhim g‘oyasi hisoblanishi kerak.

O‘zbekiston hududida qadim zamonlardan buyon turli din va diniy konfessiya vakillari o‘zaro ahillikda turmush kechirib kelishgan. Nestorian xrestianlaridan tortib yahudiylargacha, buddistlardan tortib hindulargacha o‘z ibodatlarini emin-erkin ado etib kelashgan. Musulmonlar ularga doimo boshpana bo‘lgan. Ularning ibodatxonalarining dahlsizligini asrashgan. Bu ham milliy qadriyatimiz. Ya’ni boshqa din vakillariga nisbatan bag‘rikenglik qilish, ular bilan o‘zaro ahillikda yashash, qisqasi, diniy bag‘rikenglik milliy mafkuramizning yana bir salmoqli qadriyatidir.

- Demak, Vatan ravnaqi, Yurt tinchligi, Xalq farovonligi bilan bir qatorda millatlararo hamjihatlilik, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini ham Milliy mafkuraning asosiy g‘oyalari sifatida qayd etishimiz lozim, shundaymi? – dedim.

- Ha, albatta. Men yuqorida farzandlarimiz qonida buyuk ajdodlarimizning genlari jo‘sh urmoqda, dedim. Bu ham bir muhim g‘oyadir. Farzandlarni to‘g‘ri tarbiya qilsakgina bu genlar ro‘yobga chiqadi. Ota-bobolarimiz bekorga komil inson haqida orzu qilishmagan. Bizning kelajagimiz farzandlarimizning qanday tarbiya topishiga bog‘liq. Ularga e’tiborsiz qarasak, kelajagimizni boy beramiz. Oppozitsion kuchlar doimo otalar va bolalar o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirishga, bolani ota-onaga qarshi gij-gijlashga harakat qilishadi va shu usul bilan aziz farzandlarimizni o‘zlari tomonga ag‘darib olishga urinishadi. Bunga nihoyatda hushyor bo‘lishimiz, farzandlarni qo‘ldan boy bermaslik uchun ta’lim va tarbiyaning uzluksizligiga, har bir farzandimizning ilmli va hunarli bo‘lishiga e’tiborni kuchaytirishimiz lozim. Tarbiyada har bir odamda bo‘ladigan boshqarish mexanizmini e’tiborga olishimiz, ularni ilhomlashtirish, ayniqsa xotirasini chiniqtirish, ruhiy tarbiya va jismoniy tarbiyani uzluksiz olib borish kerak bo‘ladi.

Nima uchun yurtimizdan Xorazmiydek, Imom Buxoriydek, Forobiydek, Beruniydek, Ibn Sinodek buyuk allomalar yetishib chiqqan? Negaki, ularning xotirasi kuchli bo‘lgan, “Qur’oni Karim”ni 7-8 yoshidanoq yod olishgan. Ular katta-katta dostonlarni boshdan oyoq yoddan ayta olishgan. Islom madaniyatida ilmparvarlik, ilmga intilish doimo rag‘batlantiril-gan. Ilm-ma’rifat ahlining mavqei jamiyatda yuqori bo‘lgan. “Beshikdan to qabrgacha ilm izlang” degan hadis musulmonlarning asosiy shiorlaridan biri edi. Hadislarda “Bir kunlik ilm bilan shug‘ullanish 70 yillik ibodatdan afzal”, “Chin mochinga borasang ham ilm izla”, “Ilmga intilish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir” degan hikmatlar bejiz tarqalmagan.

Xalqimizning kundalik turmushida ham aqlni charxlovchi, xotirani kuchaytiruvchi, ziyraklikni, mantiqni tarbiyalovchi o‘yinlar, mushoiralar ko‘p bo‘lgan. Bolalarga topishmoqlar, tez aytishlar, mushoiralar, o‘ylaganimni top singari mashq-o‘yinlar bolalarning nutqini, xotirasini, aql-idrokini kuchaytirishga xizmat qilgan. Katta yoshdagilar ham vaqti-vaqti bilan xonadonlarda yig‘ilishib, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Rustamxon” singari dostonlarni zavq bilan o‘qishgan yoki bir-biriga yoddan aytib berishgan. “Navoiyxonlik”, “Mashrabxonlik”, “Bedilxonlik” singari milliy xalq to‘garaklari bo‘lgan. Bunday intellektual madaniyat tarixi kimda bor? Loaqal 18-19 asrda o‘tgan Jahon Otin Uvaysiy momomizning “Anor” deb atalgan chiltonini eslaylik. Xalqimiz bunday aqliy tarbiya bilan kuni kechagacha, ya’ni 19 asrgacha shug‘ullanishgan. Shunday ekan Komil insonlarni tarbiyalash g‘oyasi ham milliy mafkuraning markaziy g‘oyalaridan biri bo‘lishi lozim.

Ba’zan, komil inson turli darajada ijtimoiy tabaqalangan, boy va kambag‘allar keskin farq qiladigan jamiyatlarda ham shakllanadimi? – degan savol paydo bo‘ladi. Bu savolga javob berishda, jamiyatda tengsizlikning vujudga kelishi, adolatsizlik bilan bog‘langanligini chuqur anglashimiz zarur. Biz aynan ana shunday illatning ro‘y berishining oldini olishimiz lozim. O‘zbekistonda haddan ziyod boyib ketganlar ham, haddan ziyod qashshoqlashib qolganlar ham bo‘lmasligi lozim. Shu sababli jamiyatda ijtimoiy adolat mezoni – ijtimoiy hamjihatlilik bo‘lishi lozim. Ijtimoiy hamjihatlik jamiyat a’zolarini turli tabaqalarga ajralib ketishidan asraydi. Boylar kambag‘allarga homiylik qiladi, kambag‘allar ham birlashib, boylarning yanada boyishiga o‘z hissalarini qo‘shishadi. Chunki, jamiyatda boylar qanchalik ko‘paysa, mamlakatning iqtisodiy salohiyati shunchalik ko‘tariladi. Bu o‘z navbatida xalq farovonligining oshishiga sabab bo‘ladi. Sobiq sovetlar tuzimi sharoitida hammani yo‘qsillashtirish, kambag‘allashtirish jamiyat boshqaruvida fuqarolarning davlatga qaram bo‘lishiga yo‘l ochgan. Xususiy mulkka nisbatan ijtimoiy darajadagi nafrat shakllantirilgandi. Bu bolalar tarbiyasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatardi. Biror kishi yangi mashina olsa, yoki yangi uy qursa, uni ko‘raolmaslik, unga g‘arazgo‘ylik qilish avj olgandi. Shunday oilada tarbiya topgan ba’zi bolalar ham qo‘shnisi olgan yangi mashinaga tosh otishga, yoki mix bilan tirnashga, badavlat qo‘shnisining uyni yondirib yuborishga intilishar, boylar ham kambag‘allarni kamsitishga, jazolashga harakat qilishardi. Bu xodisa ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi antoganistik munosabatlarning avj olganligining oqibatida ro‘y beradi. Bizda esa turli tabaqa vakillari orasida o‘zaro hurmat, hamjihatlik o‘rnatishga intilishimiz lozim. Bu esa o‘z navbatida Milliy mafkuraning eng muhim g‘oyalaridan biri ijtimoiy hamjihatlikni shakllantirish ekanligini ko‘rsatadi. Bu g‘oya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun asos bo‘ladi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda xalqimizning azaldan rioya qilib kelayotgan mahalla qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Mahallada fuqarolik jamiyati kurtaklari mujassamdir.

Shunday kunlar keladiki, O‘zbekistonlik bo‘lish dunyoda katta sharaf hisoblanadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan bugungi islohotlar jamiyat taraqqiyotining barqarorligini ta’minlashga zamin bo‘ladi. Kelajakda yurtimizda biz odatlangan ijtimoiy qonuniyatlar zaruriy tarzda amal qiladigan shart-sharoitlar qaror topishi, mamlakat taraqqiyotining uzluksizligi prezidentlar almashganda ham, hukumat o‘zgarganda ham bir xil tarzda davom etishini ta’minlaydigan relsga (yo‘lga) tushadi. Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlarda mana shunday taraqqiyot qonuniyati amal qiladi. O‘zbekiston taraqqiyoti ham kelajakda ana shunday darajaga o‘sib boradi. Qani endi, xudo menga uzoq umr bersa, O‘zbekiston mustaqilligi-ning hech bo‘lmasa 25 yilligini ko‘rsam, armonim qolmasdi. Mamlakat taraqqiyoti muayyan tartibga, to‘g‘ri relsga tushib olgan bo‘lardi.- dedi.

- Hali siz ko‘p yashaysiz. O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligini ham, 35 yilligini ham ko‘rasiz, albatta. – dedim dalda ohangida.

- Yo‘q, - dedilar Prezident - afsuski, qancha yashashimiz bizning qo‘limizda emas, hammasi, yuqorida hal bo‘ladi, - dedi, osmonga ishora qilib, - hammasi yaratganga bog‘liq.

Bu fikrlar shunday qat’iy ohangda aytildiki, unga e’tiroz bildirishning iloji yo‘q edi. Shunda ham Prezidentning qimmatbaho fikrlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida fikrimni shunday davom ettirdim:

- Biz umid qilamizki, Milliy mafkuraning asosiy konseptual g‘oyalarini ishlab chiqishda Sizning bu qimmatbaho maslahatlaringizga og‘ishmay amal qilamiz. Demak Milliy mafkuraning Bosh g‘oyasi “Obod va Ozod Vatan, erkin va farovon hayotni bunyod qilish” Siz hozir ta’kidlab o‘tgan Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, Xalq farovonligi, millatlar aro hamjihatlik, ijtimoiy hamkorlik, dinlararo bag‘rikenglik va komil inson g‘oyalari bilan chambarchas bog‘liq ekan. Buni Milliy mafkura konsepsiyasini tayyorlashda albatta e’tiborga olamiz. Bundan tashqari, o‘zbek milliy falsafasining asosiy qonuniyatlari va tamoyillarini ishlab chiqishni ham o‘z zimmamizga olamiz. Bu vazifa haqiqatdan ham millatimiz taqdiri uchun o‘ta dolzarb vazifa.

Shunday qilib, mening O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov bilan qilgan suhbatimiz yakunlandi.

Prezident milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyani tayyorlashda o‘zi ham shaxsan ishtirok etishini ma’lum qilib, shunday dedi: “Milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasini tayyorlashda o‘zim ham shaxsan ishtirok etaman, lekin davlat rahbari sifatida emas, shu yaratilajak konsepsiyaning puxta yaratilishidan manfaatdor bo‘lgan, o‘z Vatanini sevuvchi bir vatanparvar O‘zbekiston fuqarosi sifatida ishtirok etaman. Chunki, bu mafkura xalqimizning buyuk kelajagini bunyod etishda asosiy yetakchi rolini o‘taydi. Bu ishda O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati a’zolariga o‘zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Omad sizlarga yor bo‘lsin. Omon bo‘ling, Baxtiyor Omonovich!” – dedi jilmayib, men bilan xayrlasharkan.

Shundan keyin, qisqa vaqt ichida “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari” kitobchasining asosiy andazasi ishlab chiqildi. Bu kitobchani tayyorlash jarayonida I.A.Karimov o‘zlarining qimmatli maslahatlari bilan faol qatnashdilar. Kitobcha tayyor bo‘lgach, unga shaxsan o‘zlari so‘zboshi yozib berdilar. Kitobcha 2000 yili “O‘zbekiston” nashriyotida nashrdan chiqdi.

Bugungi kunda Islom Karimovning sadoqatli shogirdi O‘zbekistonning hozirgi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‘z ustozining ilgari surgan rejalari, konsepsiyalari va g‘oyalarini chuqur anglagan izdosh sifatida, bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda bu g‘oyalarni muvaffaqiyatli tarzda amaliyotga tadbiq etmoqda. Jumladan, ma’naviy tarbiyani yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan qarorlarida, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Termizda Imom Termiziy xalqaro markazi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi va Qarshida Nasafiylar markazini bunyod qilish bo‘yicha olib borayotgan say’i harakatlari ham I.Karimovning milliy mafkura konsepsiyasini amalga oshirish yo‘lidagi amaliy faoliyatining uzluksiz davomidir.

Demak, Birinchi Prezident orzu qilgan zamon keldi. Bu zamonning muammolarini I.A.Karimovning sadoqatli shogirdlari, izdoshlari muvaffaqiyatli ravishda yechib fidoyilik ko‘rsatishmoqda.

Xullas, Islom Abduganiyevich Karimov – Milliy g‘oya va mafkura konsepsiyasining asoschisi hamda amaliyotga faol tatbiq etuvchisi, O‘zbekistonda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayonlarning xassos yetakchisi, Ona Vatan taraqqiyotining yirik ilhomchisidir.

Baxtiyor TURAYEV,

Imom Buxoriy xalqaro markazi direktor o‘rinbosari,

falsafa fanlari doktori, professor

ISLOM KARIMOV
Tarjimai hol
Asarlar
Mukofotlar
Xotiralar
SOLNOMA
Davlat va jamiyat
Iqtisodiyot
Ijtimoiy hayot
Tashqi siyosat
KOMPLEKS
Majmua haqida
Rahbariyat
Tuzilma
Hujjatlar
Virtual tur
?>
YANGILIKLAR
Yangiliklar
E'lonlar
Maqolalar
MEDIATEKA
Fotogalereya
Videogalereya
BOG'LANISH
Xaritadagi joylashuv
Aloqa ma'lumotlari
Qayta aloqa
RSS
© 2022 "UZINFOCOM" Markazi tomonidan ishlab chiqilgan Топ рейтинг www.uz
Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish