Ma’lum oraliqli momentlarga nisbatan hisoblangan hodisa
miqdorlaridan tuzilgan qator momentli dinamika qatori deb
ataladi. Agar bir momentdan ikkinchisigacha bo’lgan vaqt
oralig’ini qisqartirsak, u holda qator darajalari ham o’zgaradi.
Ma’lum vaqt oraliqlari davomida kechgan jarayonlar
natijalari - oqimlarni ta’riflovchi ko’rsatkichlar qatori davriy
dinamika qatorlari deb ataladi.
Dinamika qatorlarini momentli yoki davriy ko’rinishda tuzish ixtiyoriy ish bo’lmasdan,
balki o’rganilayotgan hodisaning mohiyatiga, uning miqdorini aniqlash usuliga bog’liqdir.
Dinamika qatorlarini boshlang’ich mutlaq miqdorlar va hosilaviy ko’rsatkichlar asosida
tuzish mumkin. Hosilaviy ko’rsatkich qatorlari deganda mutlaq miqdorlarni qayta ishlash
natijasida olingan nisbiy va o’rtacha miqdorlar asosida tuzilgan qatorlar tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |