|
Me’yorlar nomi (mashqlar)
|
Me’yorlarni bajarish mazmuni va shartlari
(tartibi)
|
Baholash, bahoni pasaytiruvchi xatolar
|
|
1
|
2
|
3
|
| |
|
Nishonni mo‘ljallash, uni mo‘ljalga va joylardagi jismlarga nisbatan o‘rnini aniqlash va kuzatish xulosasi haqida hisobot berish
|
O‘quvchi kuzatish uchun oldindan belgilangan maydondan joy egallaydi. Kuzatish maydonida kuzatuvchidan 200-500 metr uzoqlikda uchta nishon joylashgan.
Nishonni mo‘ljallash, uni mo‘ljalga va joylardagi jismlarga nisbatan o‘rnini aniqlash va kuzatish xulosasi haqida axborot berish
|
Baholash:
«a’lo» - uchta nishon va ulargacha bo‘lgan masofa to‘g‘ri aniqlangan;
«yaxshi» - uchala nishon to‘g‘ri va ulargacha bo‘lgan masofa 15 % dan oshmagan xatolik bilan aniqlangan;
«qoniqarli» - kamida ikkita nishon to‘g‘ri aniqlangan, ulardan birigacha bo‘lgan masofani o‘lchash xatoligi 15 % dan oshgan;
«qoniqarsiz» - ikkitadan kam nishon to‘g‘ri aniqlangan yoki ikki holatda ulargacha bo‘lgan masofa 15% xatolikdan oshib ketgan.
Xatoliklar:
-o‘quvchi tomonidan kuzatish joyining noto‘g‘ri tanlanishi;
- har bir nishongacha bo‘lgan masofani o‘lchash xatoligi 15 % dan oshib ketishi.
|
|
Jang maydonida harakatlanish
|
Boshlang‘ich holat – jangovar pozitsiya (otish uchun joy). O‘quvchiga taktik vaziyat etkaziladi, unga yangi joyga harakatlanish vazifasi qo‘yiladi.
Boshqaruvchining buyrug‘i bilan o‘quvchi 20-30 metr masofani o‘t ochib tez yurib o‘tishi, 50 metrgacha bo‘lgan masofani yugurib va 10 metrgacha bo‘lgan masofani emaklab o‘tishi kerak.
|
Baholash:
«a’lo» - hamma harakatlar to‘g‘ri va aniq bajarilgan;
«yaxshi» - harakatlanish vaqtida kamida ikkita xatolik bo‘lgan;
«qoniqarli» - harakatlanish vaqtida kamida uchta xatolik bo‘lgan.
Xatoliklar:
- joy relefini hisobga olmasdan harakatlanish;
- otish uchun noto‘g‘ri joy tanlash;
- joylarni va dushmanni kuzatmaslik;
- pistirma uchun joylardagi jismlardan foydalanmaslik;
- harakatlanish paytida, to‘xtaganda, yugurganda va emaklaganda korpusni, qurolni noto‘g‘ri holda tutish.
|
|
Dushman ob’ektlariga pinhona yaqinlashish:
-emaklash yo‘li bilan;
-tez-tez yugurish va emaklash yo‘li bilan
|
O‘quvchi otish uchun tik holatda turadi. Buyruq (signal) bo‘yicha o‘quvchi emaklagan holda 20 metr masofani bosib o‘tadi.
Buyruq (signal) asosida o‘quvchi 50 metr uzoqlikni, jumladan, tez-tez yugurib 15 metr, emaklab 20 metr va yana tez-tez yugurib 15 metr masofani bosib o‘tadi.
Vaqt buyruq berilgan paytdan boshlanib, belgilangan joygacha borib otishmaga tayyor holatni egallashga qadar hisoblanadi.
|
Baholash:
|