Nazorat ish mavzu: Tashkiliy reja menejment. Topshirdi: 924-20-guruh talabasi Umirzaqov Javohir Qabul qildi: Nizomiddinov Alijon Jizzax 2022 Reja: Tashkiliy reja maqsadi vazifasi. Korxonaning kadirlar siyosati kadirlarning saloxyati



Download 127,76 Kb.
bet1/3
Sana18.04.2022
Hajmi127,76 Kb.
#559814
  1   2   3
Bog'liq
Nazorat ishi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


JIZZAX FILIALI
“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“Biznes rejalashtirish ” FANIDAN

NAZORAT ISH

MAVZU: Tashkiliy reja menejment.


Topshirdi: 924-20-guruh talabasi Umirzaqov Javohir
Qabul qildi: Nizomiddinov Alijon

Jizzax 2022

Reja:
1.Tashkiliy reja maqsadi vazifasi.
2.Korxonaning kadirlar siyosati kadirlarning saloxyati.
3.Tashkiliy rejaning menejmentga bo’lgan talablari

1.Tashkiliy reja maqsadi vazifasi.
Tashkiliy reja va menejment – biznes-rejaning muhim bo’limi bo’lib, unda korxona boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi qanday bo’lishi, mulkchilik shakli, komanda tarkibi va hokazolar haqida ma’lumotlar keltiriladi.

Ushbu bo’limda quyidagilar aniq aks ettirilshi lozim: kim va nima bilan shug’ullanadi, bo’linmalar bir-biri bilan o’zaro qanday aloqa qiladi, ularning faoliyatini qay tariqa muvofiqlashtirish va nazorat qilish mumkin, boshqaruv komandasining asosiy a’zolari o’rtasida vazifalar qanday taqsimlanadi va ular qay tarzda bir-birini to’ldirib turadi? U yoki bu tuzilma birliklari zimmasiga qaysi majburiyatlar yuklatiladi? Tashkiliy chalkashliklar sababli ko’p hollarda eng umidli loyihalarning ham barbod bo’lishi mumkinligi tufayli bunday axborot marketing, moliya va ishlab chiqarishni boshqarishga qodir bo’lgan boshqaruv komandasini ham ko’rish istagida bo’lgan investor va bankirlarni ham qiziqtiradi.

Bo’lim ishning «jonli» tomonini, ya’ni korxonaning tashkiliy tuzilmasi qanday shakllanishi va uning kadrlar bilan ta’minlanishini, shuningdek, mutaxassislarni jalb qilishda ularni doimiy yoki vaqtinchalik ishga oladimi, ishga yollash bilan o’zi shug’ullanadimi yoki ixtisoslashgan tashkilotlar xizmatlaridan foydalanadimi kabi savollarni yoritishi lozim. Boshqaruv xodimlari uchun «mansab pillapoyasi bo’ylab harakatlanish» tizimi, shuningdek, korxonaning yuqori iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishishidan manfaatdorligini rag’batlantirish tizimi yaratilishi zarur.
Aytish mumkinki, menejment va tashkiliy rejani ishlab chiqish biznes-rejaning boshqa bo’limlaridan avval ishlab chiqilishi zarur. Gap shundaki har qanday ishning muvaffaqiyatga erishuvini investitsiyalar, moliyaviy, moddiy va boshqa resurslardan tashqari, birinchi navbatda mutaxassislar, o’z kasbining ustalari belgilab beradi. Iqtisodiy nazariya klassiklaridan biri aytib o’tganidek, insonsiz, uning mehnati va resurslarga qo’l tekkizishisiz har qanday resurs, har qanday narsa «o’lik» narsa bo’lib qolaveradi. Amaliyotda, ayniqsa, biznes sohasida bitta mutaxassisning aql-idroki va topqirligi bir guruh odamlarga qaraganda ko’proq foyda keltirishi mumkin, korxona tuzilmasidagi qo’shimcha birlik esa hali mos keluvchi muvaffaqiyatni anglatmaydi, uning uchun ulkan istiqbollarni kafolatlamaydi. Shuning uchun ham mazkur bo’limni tayyorlashda ishlab chiqarish rejasini asoslab berish, korxona quvvatlarini hisob-kitob qilish, zarur moddiy va boshqa resurslarni aniqlashdagi kabi katta mahorat va malaka talab qilinadi.

Tashkiliy tuzilma va menejment bu o’z mohiyatiga ko’ra biznes-rejani amalga oshirish bo’yicha hatti-harakatlar dasturi bo’lib, unda quyidagilar o’z aksini topishi lozim:


korxona boshqaruvining tashkiliy tuzilmasiga qo’yiluvchi talablar;
menejmentga qo’yiluvchi talablar;
ishlab chiqarishni joylashtirish va foyda markazlari;
kadrlar siyosati va uni amalga oshirish yo’nalishlari;
homiylik va xayriya-vasiylik faoliyati.

Ushbu bo’limning aniq va muayyan to’ldirilishi korxona turi va mulkchilik shakliga bog’liq bo’ladi. Agar gap davlat korxonasi haqida borayotgan bo’lsa, bu holda bo’ysunish tizimi va davlatning korxona xo’jalik faoliyatiga aralashuvi chegaralari ko’rsatilishi lozim. Aktsiyadorlik jamiyatida esa direktorlar kengashi, asosiy rahbarlarning vazifalari aks ettirilishi, aktsiyadorlik kapitalining aktsiyadorlar o’rtasida qay tariqa taqsimlanishi belgilab olinishi lozim. Korxona faoliyatida ishtirok etishni istagan boshqa investorlar haqida, ayniqsa, ularga tegishli aktsiyalar soni va ulushi, ularni sotib olish vaqti va aktsiyalar qiymati haqida ma’lumot berish ham ishga yordam beradi.


Bu erda yana bir narsa muhim ahamiyatga ega – korxona oldindan bor bo’lganmi yoki endi tashkil qilinyaptimi. Dastlabki holatda korxona oldindan belgilangan yo’ldan borishi va biznes-reja tuzish bo’yicha to’plangan tajribalardan foydalanishi mumkin. Keyingi holatda esa tadbirkor u yoki bu mulkchilik shaklini tanlash sabablarini izohlab berishi, bu shaklni o’zgartirish istiqbollari belgilashi hamda nima sababdan bu strategiyani eng yaxshi deb hisoblashini tushuntirib berishi zarur. Bundan tashqari, ushbu hujjatda korxonani tashkil qilish va uning kelgusidagi faoliyatini tartibga solishni tavsiflovchi barcha qonun hujjatlari aks ettirilishi lozim.
Menejment va rejalashtirish sohasida mehnat qiluvchi iqtisodchi va olimlar biznes-rejaning ushbu bo’limida eng muhim va mustaqil masalalar sifatida quyidagilarni ko’rib chiqishni taklif qiladi:



  • biznes-rejaning ishbilarmonlik jadvali;
  • boshqaruvni tashkil etish;


  • kadrlar siyosati va personalni boshqarish.


Ishbilarmonlik jadvali bu korxonaning yaratilishi va kelgusi faoliyatidagi eng muhim hodisalar belgilangan jadvaldir. Unda mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarish jarayoni, bozorni baholash, sotuv dasturini tayyorlash va boshqalarning vaqt bo’yicha grafigini belgilash tavsiya qilinadi.

Shuningdek, biznes-rejaning muvaffaqiyatga erishishini ta’minlovchi eng muhim topshiriqlar: dizaynning yakunlanishi, mahsulotning ko’rgazmalarda namoyish etilishi, xom-ashyo, material va butlovchi qismlarga zarur miqdorda buyurtma berish, ishlab chiqarishning boshlanishi, birinchi buyurtmaning olinishi, birinchi to’lovlarni amalga oshirishni ko’rsatish tavsiya etiladi. Ishbilarmonlik jadvali butun ishning asosiy holatlarini nazorat qilish, paydo bo’luvchi muammolarni bartaraf qilish va etkaziluvchi zararni kamaytirishga imkon beradi.

To’g’ri tuzilgan jadval hamkorlarga boshqaruv komandasining mahorati yuqori ekanligidan dalolat beradi. Tadbirkorlar turli vazifalarni bajarish uchun talab qilinuvchi vaqtni noto’g’ri baholashlari mumkinligi sababli real imkoniyatlardan kelib chiqish zarur.

Ko’plab chet ellik kompaniya va firmalar o’z biznesida yanada ko’proq muvaffaqiyatga erishish maqsadida reklamadan keng foydalanib, turli bukletlar, ekspress-axborotlar chiqaradilar. Biznesning ushbu jihati korxonaning ishbilarmonlik jadvalida hisobga olinsa yomon bo’lmas edi. Masalan, unda yozma va grafik shaklida quyidagilar aks ettirilishi mumkin:

  • korxonani yaratish;


biznes bo’yicha hamkorlar;


  • ishlab chiqarishning boshlanishi;


  • dastlabki tovar partiyasini etkazib berish;


  • savdo vakolatxonalari bilan bitimlar tuzish;


  • savdo ko’rgazmalariga chiqish;


  • ulgurji savdogarlar bilan kelishuv imzolash;


  • ishlab chiqarish uchun zarur miqdorda materiallar buyurtma qilish;


  • hisob raqamiga kelib tushgan birinchi to’lov va tushumlarni olish.


Ko’zga yaqqol tashlanib turishi uchun maxsus grafikda ishlab chiqarishning to’liq davrini - xom-ashyo xarid qilishdan to chiqarilayotgan har bir mahsulot uchun pul tushumi olishgacha davrni aks ettirish tavsiya qilinadi.

Shunday qilib, biznes-rejadagi ishbilarmonlik jadvali quyidagilarni nazarda tutadi:

  • korxona faoliyatining asosiy, hayot uchun eng muhim sohalarini ajratib ko’rsatish;


  • har bir ishning boshlanishi va tugash vaqtini aniq belgilash;


  • faoliyatning har bir muhim sohasi uchun javobgar shaxslarni tayinlash;


  • jadvalda yuz berishi mumkin bo’lgan uzilishlarni va ularni to’g’rilash uchun amalga oshiriluvchi hatti-harakatlarni belgilash;


  • javaldan chetga chiqishning biznes-rejaga ta’sirini muhokama qilish.


Bo’limning eng asosiy jihati tashkiliy tuzilmaning biznes vazifalariga mos kelishini namoyish etish hisoblanadi. Gap shundaki, biznesda tashabbus alohida ahamiyatga ega bo’lib, u ko’pincha an’anaviy yondashuvlar bilan ziddiyatga uchraydi. Qabul qilinuvchi qarorlarning ustivorligini belgilashda muammolarning oldini olish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish hamda maksimal foydani ta’minlovchi bo’linmalarni samarali rag’batlantirishni ta’minlash lozim.




Download 127,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish