1. Anketa savollariga berilgan javoblarni tahlil qilish asosida qo’zg’alish,
25
2. Anketa savollariga berilgan javoblar asosida emosional barqarorlik
darajasini, temperament turi, ekstraversiya –intro-versiyani aniqlash.
Tadqiqot vazifalarini bajarish uchun polyak psixologi Ya.Strelyau (1974)
ishlab chiqqan «Temperament so’rovnomasi» dan; ingliz psixologi G.Ayzenk
(1964) tuzgan testdan foydalanildi. TATU ning 300 dan oshiq 18-24 yoshli
talabalari, olimpiada xotiralarida zaxiralari Respublika bilim yurtining futbol bilan
shug’ullanuvchi (9-11 sinf) o’quvchilari kuzatildi. Natijalar jadvalda keltirilgan.
Olingan ma’lumotlar (7.1-jadval) A.A. Bodalev, V.V. Stolin (1987) lar
o’tkazgan tadqiqotlar ko’rsatkichlariga mos keladi. 1 va 2 bosqich talabalari va
qizlari asab tizimi kuchsiz shaxslar hisob-lanadi. Ma’lumki bunday talabani tarbiya
qilish jarayoni qiyin kechadi, chunki kuchsiz asab tizimi organizmda ro’y berishi
kerak bo’lgan o’zgarishlarni sekin qabul qiladi va o’zlashtiradi, yangi
26
harakatlarning katta qiyinchiliklar bilan o’rganadi. Dastur bo’yicha esa talabalar
basketbol, voleybol, qo’l to’pi, futbol va boshqa o’yinlarni o’rganishlari kerak.
Ulg’aygan sari qo’zg’alish jarayonlari va asab jarayonlari-ning
harakatchanligi o’sib boradi. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya bilan
shug’ullanuvchi talabalarda qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari kuchli bo’ladi,
asab jarayonlari harakatchanligi bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi talabalarni
tarbiya qilish oson kechadi, ular yangi harakatlarni tez o’zlashtiradilar, asab
jarayon-larining bir me’yordaligi, bosiqligi bilan ajralib turadilar.
Olimpiada zahiralari Respublika bilim yurti o’quvchi-larida qo’zg’alish
yuqori, asab jarayonlari qo’zg’aluvchan, tormoz-lanish esa kuchsiz. Bunday
sportchilar tormozli reaksiyalar bilan javob berishda orqada qoladilar, bu esa
turmushda, o’yin maydon-larida pand berib qoladi. Shuning uchun ular o’zlarini
qo’lda tutib turolmaydilar va doim ruhiy zo’riqishda bo’ladilar.
O’tkazilgan tadqiqot ulg’aygan sari o’g’il bolalarda, xuddi qizlarda kabi,
ko’proq ekstraversiya rivojlanadi. Ulg’aygan sari munosabatlarga intilish
yazshilanadi, notanish vaziyatlarda o’zga-rish dadilroq tuta boshlaydilar.
Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchi talabalar boshqa
kursdoshlariga qara-ganda ekstraversiyaga moyil bo’ladilar va emosional
barqarorlar.
Shuni qayd etish muhimki, ekstravertlar aniqlik va xato-sizlikka katta
ahamiyat beradilar, bu esa ish tezligining pasayi-shiga sabab bo’ladi. Ekstravertlar
vazifani tezroq bajara boshlay-dilar, keyin introvertlar ko’rsatkichlari tobora
yaxshilana bosh-laydi va ekstravertlar natijalaridan oshib ketadilar.
18-19 yoshli talabalar flegmatik (sodda, ehtiyotkor, og’ir, boshqariladigan,
nazorat qilsa bo’ladigan) bo’ladilar, ulg’aygan sari ular sangviniklarga (kirishimli,
yetakchilikka moyil, quvnoq) yaqinlasha boshlaydilar. Sport-internat o’quvchilari
xoleriklikka ko’proq moyil ( ta’sirchan, bezovta, tajovuzkor, faol).
27
Metodika maqsadi - talaba yoshlarning emosional zo’riqishi individual
xususiyatlarini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: