I-Bob.
Adabiyotlar sharhi
.
1.1.
Sportchilarga xos individual xususiyatlarni shakillantirish.
I.A. Karimovning oliy majlis 14 sessiyasidagi nutqida jismoniy tarbiya va
sportning millat sog’lomligini mustahkamlash, barkamol avlodni voyaga yetkazish
o’rnida juda katta baho bergan edilar. 2002-yil 24-oktabrda davlatmiz raxbari,
«o’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida»gi
farmoniga imzo chekkan. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Ushbu
jamg’arma farzandlarimiz hayotida katta ahamiyat kasb etadi. Bu haqda hukumat
qarorining chiqishi esa bu yo’nalishdagi vazifalarni yanada mustahkamlaydi.
Yetakchi mutaxasislar A.I. Matveyev, V.M. Zasiorskiy, X.T. Rafiyev, T.S.
Usmonov, F.A. Kerimovlar fikricha, jismoniy mashqlarning normadagi yuklamasi,
sportchilar organizmiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi va musobaqada yaxshi
ko’rsatgichlarga erishadi degan fikrni beradi, dotsent Y. Masharipov «sport
psixologiyasi» mavzular kursi kitobida sportchining musobaqadan oldingi
tayorgarlik holatining psixologik xususiyatlarini o’rganish, bilan birga yillik
yuklama mashg’ulotlarini ilmiy asosda rejalashtirish to’g’risida tavsiyalar berilgan.
Sport musobaqalarining psixolgik tahlili 60-70 yillarda keng sur’atda olib
borildi. P.A. Rudnik, A.S. Puni,V.M. Mel’nikov, Yu.P. Xanin va boshqalar
jismoniy mashqlar va sport bilan faol shug’ullanishlarning inson ruxiy dunyosiga
ko’rsatadigan ta’sirini o’rganish bilan bog’lik ishlar bajarilgan.
Sport faoliyati juda katta aniqlik his qilish va idrok etishga bog’likdir. Buni
ayrim sport turlarida ko’rish mumkin. Masalan; suvda suzuvchilarning «suvni
yozishi» qilichboz va bokschilarning «jasoratni sezish», basketbol va futbol
o’yinchilarning «vaqtni idrok»etishi kabilar. Ana shunday psixolgik holatlarni turli
mamlakatlarning olimlari o’rganmoqdalar va sportchilarimizning qanday qilib
ovropa, osiyo Olimpiya o’yinlari va jahon rekordlarini o’rnatishlarining yo’llari,
12
sirlarini ochib berdilar. Bulardan; P.A. Rudik, A.S. Puni, V.T.Noranidze, Yu.Yu.
Palaym, V.V. Med
ыvedev, (mustaqil davlatlar hamdo’stligi) F. Genov va
Ye.Genova (Bolgariya), Ye.Skishinsk-Svinskaya (polsha) Y. Bazak,I.Masak
(Chexiya), Raul Kunit (GDR), o’zbek psixolgik olimlaridan 1-mavzular bo’yicha
adabiyotlarni o’rganish .M.T.Davletshin, M.M. Voxidov, V.A. Tokarev,
R.Z.Tayquddinov, M.A. Mamatov, U. Ibrogimov, Y.M. Masharipovlar ham
ma’lum ishlarni amalga oshirgan.
Bir qator tadqiqotlarda (A.A.Lalayan, P.A. Rudik) shu narsa aniqlanganki,
sportchilarni musobaqalarga jismoniy texnik va taktik jihatlar bilan bir qatorda,
ularni maxsus psixologik tayorlash zaruriyati muhim ahamiyat kasb etish haqida
ma’lumotlar berilgan.
Sportchining musobaqa oldi hayajonlanishini o’rgangan psixologik olim A.S.
Puni uning uch xil holatini aniqlab beradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |