109-savol. Teokratik monarxiya.
|
Bunday boshqaruv shakli mavjud bo‘lgan davlatlarda monarx ham dunyoviy, ham diniy hokimiyatga ega bo‘ladi. Teokratik monarxiya (yunoncha teos-xudo, kratos-hokimiyat ) butun hokimiyat ruhoniylar cherkov qo‘lida bo‘lgan davlat formasi. Vatikan Saudiya Arabistonini misol qilib keltirishimiz mumkin.
|
110-savol. Cheklanmagan monarxiya.
|
Mutlaq monarxiya boshqaruv shaklida davlat boshlig‘i hokimiyatdan muddatsiz, ya’ni umrbod foydalanadi, taxtni meros yoki qarindoshlik senzi bo‘yicha egallaydi hamda o‘z xatti-harakatlari
uchun qonun yoki biror davlat organi oldida javobgar bo‘lmaydi, balki faqat xudo oldida mas’uliyatning mavjudligida namoyon bo‘ladi. Mutlaq monarxiyaning o‘ziga xos yana bir xususiyati shundaki, mazkur boshqaruv shakliga asoslangan davlatlar qonunlarida davlat boshlig‘i, ya’ni monarx tomonidan qabul qilingan qonun yoki boshqa turdagi huquqiy hujjatning biror-bir shaxs tom onidan bajarilmasligi holatida u faqat yuridik javobgarlikka tortilibgina qolmay, balki monarx xudoning yerdagi vakili hisoblangani uchun uning amrini bajarmaslik katta gunoh sanaladi va xudoning qahriga uchraydi hamda inson o‘limidan so‘ng narigi dunyoda xudo oldida ham javob berishi haqidauqtiriladi. Monarx hokimiyati ilohiylashtirilgan shaklda namoyon bo‘ladi.
|
111-savol. Lixtenshteyn knyazligida armiya instituti tugatildi. Bu davlatning tashqi siyosiy doktrinasi urush olib borish va unga tayyorgarlik ko'rishni rad etishni e'lon qiladi. Lixtenshteyn knyazligi zamonaviy davlatning xususiyatlarini saqlab qoldimi?
|
|
112-savol. Ibtidoiy jamiyatning ijtimoiy hokimiyati va davlat hokimiyatining qiyosiy tavsifini bering.
|
Davlat hokimiyati ibtidoiy jamiyatning ijtimoiy hokimiyatidan quyidagi xarakterli belgilari bilan farq qiladi: birinchidan, davlat fuqarolarning hududiy bo‘linishiga qarab ajralishidan iborat bo‘lib, ibtidoiy jamiyatda qon-qarindoshlik aloqalari tufayli hududga bog‘liq bo‘lmagan urug‘doshlik ittifoqlari bo‘lgan. Bu urug‘doshlik ittifoqlari buzilgan, grajdanlar o‘zlarining ijtimoiy huquq va burchlarini qaysi urug‘ va qabilaga mansub ekanliklaridan qat’iy nazar, yashagan joylariga qarab amalga oshira boshlaydilar.
Ikkinchidan. Davlat urug‘chilik tashkilotidan endi aholi bilan sig‘isha olmaydigan davlat hokimiyatini ta’sis etish bilan farq qiladi, u aholidan ajralgan bo‘lib, iqtisodiy va siyosiy jihatdan faqat hukmron sinfga xizmat qiladi. Davlat hokimiyati qurollangan kishilarning maxsus otryadi, armiya, politsiyadan, turma va har xil majbur etish muassasalari singari zo‘rlash apparatidan iborat. Bularning hammasi ibtidoiy jamiyatdagi ijtimoiy hokimiyatga begona va noma’lum edi. Davlat hokimiyati ichki omillargina emas, shu bilan birga tashqi siyosiy omillar(bosib olinish xavfi va hokazolar) ham ta’sir etadi.
Uchinchidan, davlat hokimiyatini saqlash uchun fuqarolarning vznoslari-soliqlar va qarzlar zarur. Davlat amaldorlari davlat hokimiyatiga va soliqlar undirish huquqiga ega bo‘lib, jamiyat organlari sifatida jamiyat ustidan turadilar. Ularning hokimiyati endi ibtidoiy jamiyatdagi ijtimoiy hokimiyat singari obro‘-e’tiborga, jamiyat a’zolarining izzat-hurmatiga emas, balki kuchga tayanadi. Maxsus qonunlar ularning manfaatlarini qo‘riqlab, muqaddas va daxlsiz darajaga ko‘taradi.
|
113-savol. Mamlakatda og'ir jinoyatlarning o'sishini kamaytirish uchun N Respublikasi hukumati favqulodda choralar ko'rdi. Jumladan: gumon qilinuvchilarni muddatsiz hibsga olish, yurisdiksiya organlarining ruxsatisiz tintuv o'tkazishga ruxsat berish, tergov qilinayotganlarga nisbatan qiynoqlarni qo'llash; fuqarolarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslarni kengaytirish va jinoyat huquqi normalarining jazo choralarini kuchaytirish . Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizda jinoyatchilik 3 barobarga qisqardi. Ammo bir qator davlatlar ushbu amaliyotni qoralab, inson huquqlari g'oyasiga to'g'ri kelmaydigan harakatlarni bekor qilishni talab qildilar. "N" respublikasi o'z ichki ishlariga boshqa davlatlarning aralashuviga yo'l qo'yib bo'lmasligini e'lon qildi. Sizningcha, yuzaga kelgan nizo tomonlardan qaysi biri haq?
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |