Til va tafakkur.
Reja:
Ong, tafakkur, til tushunchalari haqida.
Til va tafakkur yaxlitligi.
3.Til birliklari va mantiqiy birliklar.
Ong, tafakkur, til tushunchalari haqida. Inson tafakkuri, zakovati - eng oliy nemat. Fikrlash qobiliyati esa insonning barcha muvaffaqqiyatlari asosi. Tafakkur orqaligina u obyektiv borliqni taniydi, mantiqiy bilishga erishadi. Insonning ong va shuuri voqelikni idrok etish, qabul qilish jarayonini boshqaradi. Ong, tafakkur haqida fikr yuritar ekanmiz, bu murakkab insoniy hodisalarning nutq bilan, kishi, xalq tili bilan chambarchas bogliq ekanligini, tilsiz tafakkur va tafakkursiz til mavjud emasligini yana bir karra takidlash zarur. Shuning uchun faylasuflar til fikrning bevosita voqe bolishi ekanligini alohida uqtiradilar. Ong - ijtimoiy, psixologik hodisa bolib, insonning fikrlash qobiliyatini boshqaradi. Ong - voqelikning kishi miyasida uning butun ruhiy faoliyatini oz ichiga olgan va malum maqsadga yonalgan holda aks etishidir. U - inson miyasiga berilgan sirli qobiliyat. Inson haligacha ongli uskuna yarata olgan emas. Xotirasi odamdan onlab-yuzlab baravar ortiq bolgan kompyuterlarda ham ong - mustaqil fikrlash qobiiyati yoq. Ular inson ongi yuklagan dasturni - amaliyotlar algoritmini bajaradi, inson yukini kotaradi, yengillashtiradi, xolos. Diniy va idealistik talimotda ong moddiy borliqdan avval mavjud bolgan gayritabiiy qudrat - Xudo, Alloh, Ruh va h.ning xususiyati, deb baholanadi. Idealistik falsafada ong birlamchi, moddiy dunyodan avval mavjud bolgan gayritabiiy kuchning qobiliyati yoinki uning ozi deb tan olinadi. Materialistik talimotda ong oliy materiya, yani miyaning faqat unga xos vazifasi sifatida etirof etiladi hamda ikkilamchi hodisa deb baholanadi. Bir soz bilan aytganda, ong insondan ajratilmagan holda, uning qobiliyati, imkoniyatidan biri - borliq, uning munosabatlarini miyada aks ettirish va xotirada saqlay olish xususiyati sifatida talqin qilinadi. Nima birlamchi-yu nima ikkilamchi degan savolga javobni ochiq qoldirgan holda, ongning quyidagi dunyoviy talqiniga tayanamiz: ong - bilish obyektiv voqelikning inson miyasida aks etish jarayonida voqelanadi. Fanda ikki xil bilish farqlanadi: sezgilar orqali bilish - fahmiy (empirik) bilish; aql, tafakkur orqali bilish - idrokiy (ratsional) bilish. Fahmiy bilish - sezgi azolarimiz, bundan tashqari, tasavvur orqali tashqi olamni qabul qilish, anglash hodisasi bolib, u hayvonlarda ham ancha rivojlangan. Lekin aqliy (idrokiy) bilish jarayoni faqat insonga xos bolgan xususiyat hisoblanadi. Bunda inson nafaqat tashqi predmetlarni tuyib, his qila oladi, balki bu obyektiv materiallarni aql chigirigidan otkazib, fahmlaydi, ularni qayta ishlaydi, shu bilan birga, ularning eng muhim xususiyatlarini, belgilarini ajrata oladi, fikr yuritib, xulosa chiqara oladi, tushunchaga ega boladi va xotirasida saqlaydi. Mana shu jarayon - hissiylikdan keyingi bilishning eng yuqori bosqichidir. Tafakkur - obyektiv voqelikning tasavvur, tushuncha va muhokamadagi faol inikosi jarayoni, insonning fikrlash qobiliyati (OTIL) bolib, fikrlash jarayonida egallangan bilim, konikma va tushunchalarga asoslanadi. Tafakkur inson sezgi organlari va hislari yordamida aniqlagan belgilarni idrokda yanada mustahkamlabgina qolmay, ularning ichki xususiyatlari, qonuniyatlari, mohiyatini anglashga xizmat qiladi. Muayyan mantiqiy bilish - voqelikning inson ongida haqqoniy (adekvat) va puxta tasavvur etilishida asosiy rol oynaydi. Tafakkur yordami bilan voqelikning umumiy tomonlarini aks ettirish orqali yakka, konkret predmetlar mohiyatini ham bilib olamiz. Tafakkur orqali biror narsani bilish uchun, avvalo, u haqda tushuncha hosil qilish zarur. Ongimizda predmet haqida tushuncha hosil qilishda umumiy qonun yoki umumiy tushunchadan foydalaniladi. Masalan, suv molekulasi vodorod va kislorod atomlaridan iborat bolgan murakkab kimyoviy modda ekanligini bilamiz. Bu orinda murakkab kimyoviy modda, vodorod va boshqa shu kabi tushunchalardan foydalanib, hodisani umumiy qonunlarga moslashtiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |