3. Til va nutq hodisalarining qarama-qarshi xususiyatlari. Til va nutqning quyidagi qarama-qarshi xususiyatlari mavjud:
1. Til turli xil birliklar orasidagi barqaror munosabatning majmui bolsa, nutq esa shu majmuiga oid birliklardan foydalanib, ayrim kommunikativ maqsadlar uchun hosil qilingan qurilmalar va ularning funksional realizatsiyasidir.
Masalan: Azizim! Baxtni birovlarning ostonasidan qidirmang! (A.Qahhor). Bunda quyidagi til birliklari mavjud: aziz, baxt, birov, ostona, qidir leksemalari; -im, -ni, -lar, -ning, -si, -dan, -ma, -ng - affiksal morfemalar; ot+fel, ot+ot shaklidagi soz birikmalari; toldiruvchi+hol+kesim tartibidagi gap.
2. Til birliklari paradigmatik, nutq birliklari sintagmatik boglanishda yashaydi. Ikki va undan ortiq til birligining bir paradigma qatorida birlashishi uchun ular orasida substansiya va mano tomonidan malum oxshashlik, farq, ziddiyat bolishi shart. Masalan, otlarning egalik affikslari orasidagi paradigmatik boglanish.
Sintagma kamida ikki birlikdan tashkil topadi.
3. Til tizimi fonema, leksema, morfema, soz birikmasi va gap kabi til birliklariga oid bolgan kichik tizimlarning ozaro tashkil etuvchilik roli asosidagi boglanishidan vujudga keladi.
Nutq tizimi esa turli tipdagi kichik til tizimlaridan tanlab olingan birliklar yordamida hosil qilinadigan, shaxsiy kommunikativ maqsad uchun xizmat qilib, ozining fizik, moddiy kolamiga ega bolgan hosilalar bilan ish koradi.
4. Til birliklari umumiylik va mohiyatni invariantlarda, nisbatan ozgarmas barqarorlikda, nutq birliklari esa variantlarda, xususiy korinishlarda aks ettiradi.
5. Til imkoniyat bolib, nutq shu imkoniyatning malum darajada yuzaga chiqarilishidir. Natijada bir til materiali asosida turli xil uslublar shakllanadi.
6. Til birliklariga avvaldan barqarorlik, doimiylik va majburiylik xususiyati, nutq birliklariga esa vaqtinchalik va erkinlik xususiyati xosdir.
7. Xullas, til uchun umumiylik, imkoniyat, tayyorlik, majburiylik, birliklari chegaralanganlik xos bolsa, nutq uchun xususiylik, voqelik, hosilalik, ixtiyoriylik, birliklari chegaralanmaganlik xosdir.
4. Til va nutqning meyorlashuv hodisasiga munosabati. Tilning inson uchun fikrlash vositasi bolishini, moddiy asos sifatida xizmat qilishini hali birinchi bosqich deyishimiz mumkin. Ikkinchi bosqichda esa fikrlash natijasida, tafakkur mahsuli reallashmogi, yani fikrlash markazi bolgan miyadan tashqariga chiqishi lozim. Bunda esa tilga bolgan ehtiyojning ikkinchi bosqichi boshlanadi - u kommunikativ vazifani bajarishga kirishadi.
Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning turli tillarda turlicha nomlanishidan qatiy nazar, mana shu jarayonda u insonlar faoliyatida fikrlash va ozaro ijtimoiy munosabat - muomala vositasi, materiali bolib qolaveradi. Ammo til muomala vositasiga aylandimi, uning tabiiy ravishda imkoniyat doirasi ham kengayib boradi. Endi u nutq, nutqiy jarayon quroliga aylanadi.
Bu holni uchinchi bosqich deb atash mumkin. Bosqichlar soni ortib boravergani sari tilning ijtimoiylik imkoniyati ham tobora kengayishi malum bolib qoladi. Yani, inson nutqiy faoliyatida kommunikativ vazifani bajarayotgan til komagida suhbatdosh yoki tinglovchiga malum axborot ham etkaziladi. Demak, tilga bolgan munosabatda tortinchi bosqich yuzaga keladi.
Shu orinda akad.V.V.Vinogradovning muhim bir fikrini eslamaslik aslo mumkin emas. U tilning uchta eng muhim vazifasi mavjudligini takidlagan edi: aloqa, xabar, tasir etish [Vinogradov V.V. Stilistika. Teoriya poeticheskoy rechi. Poetika. M.,1963, s.6.]. Til insonlar ortasida aloqa vositasi bolishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar togrisida xabar berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga malum tasir otkazish, hissiyotini qozgatish kuchiga ham ega. Agar bu holatni shartli ravishda beshinchi bosqich deb ataydigan bolsak, takidlaganimizdek, tilning bosqichma-bosqich takomillashib, mukammalashib va imkoniyatlari ham asta-sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz.
Tilning takomillashib borishi va nutq jarayonidagi bosqichlarini taniqli tilshunos olimlar H.Nematov va R.Rasulovlar sistem tilshunoslik «til-meyor-nutq» tarzida ajratishini takidlashib, qayd qiladilarki, «Til bevosita kuzatishda berilmagan. U jamiyat azolarining ongida mavjud bolib, ularning barchasi uchun tayyor, umumiy, majburiy bolgan, fikrni shakllantirish va uni ifodalashga xizmat qiladigan birliklar va ularning ozaro munosabatlari haqidagi tasavvurlar yigindisi sifatida qaraladi.
Meyor tushunchasiga til nuqtai nazaridan munosabat bildirishdan avval talabalarga 1- kursda tanishilgan bazi bir til atamalarini eslatib otish maqsadiga muvofiq boladi. Bu, eng avvalo, til va nutq tushunchalari, ular ortasidagi dialektik, chambarchas aloqa masalasidir.
Aytilganlardan anglashilyaptiki, til va nutq tizimida meyor ham oz orniga ega. Binobarin, til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni meyorlashtirish jamoa, jamiyat ehtiyojiga aylangan, meyoriy muammolar kun tartibiga qoyilgan. Mana shu orinda yuqorida nomlari tilga olingan olimlarimizning quyidagi fikrlarini keltirish muhim: «Meyor tarifida «jamiyat (ijtimoiy) tomonidan belgilangan, aniqlangan qonuniyatlar va imkoniyatlar» tushunchasi mavjud. Bu tushuncha quyidagi izohlarni talab etadi. Birinchidan, tilning moddiy tomoni haqidagi bizning tasavvurimiz nutqda yuzaga chiqar ekan, u qanday shakl va korinishda voqelanishi jamiyat tomonidan muayyan meyorlar bilan belgilangan boladi. Masalan, «bu yoqqa kel» tushunchasini imo-ishora bilan ifodalamoqchi bolsak, korsatkich barmoqni yoki qolni ishora qilinayotgan kishidan ozimiz tomon harakatlantirishimiz lozim. Ogzaki nutqda esa jamiyatimiz tomonidan qabul qilingan maxsus tovushlar tizmasi mavjud bolib, biz ularni talaffuz etishimiz - aytishimiz shart. Aytilganlarning barchasi meyorning tarkibiy qismlaridir. Shunga kora til imkoniyatlari meyor darchasidan otib, nutqda yuzaga chiqadi» [Nematov H., Rasulov R. Yuqoridagi asar, 27-bet].
Jamiyat taraqqiyoti bilan bab-baravar aholi soni, binobarin, ularning tilga bolgan ehtiyoji ham osib boraveradi. Bu ehtiyojlarni qondirish zarurati esa oz navbatida tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi tabiatini, mohiyatini, vazifasini organishni taqozo qiladi, nutq jarayonidagi istemolda bolish xususiyatlarini kuzatishni keltirib chiqaradi. Agar mana shu aytilganlarni boshqacharoq tarzda izohlash mumkin bolsa, til va nutq meyorini organish, tahlil qilish kuzatuvchilarning asosiy muddaosiga aylanib qoladi.
Til elementlarining malum bir meyorga keltirilishi, bir tomondan, til mutaxassislari tomonidan boshqarib borilsa, ikkinchi tomondan, tabiiy ravishda ham yuz beradi. Ammo, fikrimizcha, bir narsa malum - tilning amalda bolish holatlariga tazyiq otkazib bolmaydi. Lekin tegishli yol-yoriqlar, korsatmalar, tavsiyalar berilib borilishi zarur. Bu meyoriy tavsiyalarning qanchalik hayotiy ekanligini esa amaldagi nutqiy jarayonning ozi belgilaydi. Ikkinchidan, ana shu meyoriy hujjatlarsiz, yol-yoriqlarsiz ham til va nutq rivojini tasavvur etib bolmaydi. Qabul qilingan «Davlat tili haqida»gi Qonun buni yaqqol isbotladi. Keyingi yillarda tilimiz rivoji, taraqqiyoti va nutq madaniyatida yuz bergan ozgarishlarni nafaqat ozbek tili mutaxassislari, balki shu tilda sozlashuvchi barcha insonlar, hatto respublikamiz hududida yashovchi ona tilisi boshqa bolgan kishilar ham kuzatib, bilib, erishilgan yutuqlarni etirof etib turishibdi.
Shu bilan bir qatorda, ozbek tili va nutqi madaniyati uchun olib borayotgan ishlarimiz talablar darajasida emasligidan, bizni qanoatlantirmayotganligidan ham koz yuma olmaymiz. Xulosa shu boladiki, bu boradagi ishlarimizni izchil va doimiy holatga keltirishimiz kerak. Biz Prezidentimiz I.A.Karimovning «Manaviyat va marifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish togrisida»gi Farmonidan ham jiddiy imkoniyat sifatida foydalanib, bu sharafli vazifani yolga qoyish ishiga hissa qoshishimiz lozim.
Ammo bu orinda biz nimaga etiborimizni qaratishimiz lozim? Nazarimizda, til va nutqning ushbu korinishlarining farqli va umumiy, afzal va mushkul jihatlariga, paydo bolish davri va imkoniyatlariga. Shunda ham bu jihatlarga adabiy meyor nuqtai nazaridan munosabat bildirilishi togri boladi. Shu manoda til va nutqning ogzaki shakli vaqt nuqtai nazaridan yozma nutqqa qaraganda ancha ilgari paydo bolganligi, undagi meyorlashish jarayonining stixiyali tarzda kechganligini takidlash joiz. Buning ustiga ozbek tilidagi dialekt va shevalarning kopligi, ularning bir-biridan bazan jiddiy farq qilishi tilning ogzaki meyori haqida mulohaza bildirishni nihoyatda chigallashtiradi. Shuning uchun ham prof. F.Abdullayev adabiy tilning qonun-qoidalarini, meyorlarini belgilashda bu xususiyatni hisobga olmaslik kutilgan natijani bermasligini takidlagan edi [Abdullaev F. Ozbek milliy adabiy tili va uni organishga oid masalalar // «Nutq madaniyatiga oid masalalar» toplami. Toshkent, 1973, 43-bet].
Harqalay, hozirgi davrda bizga tilimizning meyorini belgilab beruvchi, ularni ozlashtirib olishimizga, konikma hosil qilishga yordam beruvchi ommaviy axborot, badiiy adabiyot singari kuchli vositalar ham borki, ularni, ayniqsa, badiiy adabiyot namunalarini, ana shu manoda oziga xos kozgu deyish mumkin. Chunki ularning tilni qamrash imkoniyatlari boshqa manbalarga nisbatan kengdir.
Shuning uchun ham til va nutq madaniyatidagi haqiqiy ahvolga, vaziyatga baho beruvchi, mavjud kamchiliklarni tanqid qiluvchi, ularni bartaraf etish yollarini korsatuvchi chiqishlar ommaviy axborot vositalari orqali olib borilishi va bu masuliyatli vazifani amalga oshiruvchi shu soha xodimlariga, jurnalistlarga, adiblarga tayanib ish korilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |