Bog'liq Mamuriy Javobgarlik oraliq to`liq 007. (2)
23-Nazariy savol. Oz miqdorda talon-toroj qilishni yuridik tahlil qiling Oz miqdorda talon-toroj qilish (MJtK 61-modda)
Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilotlaming mol-mulkini o‘g‘irlash. 0‘zlashtirish. rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste mol qilish yoki firibgarlik yo‘Ii bilan oz miqdorda talon-toroj qilish Ma’muriy huquqbuzarlikni keltirib chiqaradi
Mulkni oz miqdorda talon-toroj qilish mulkka tajovuz qilishning kcng tarqalgan turlaridan biridir. Bu huquqbuzarlik yetkazadigan moddiy zarar juda katta bo'lib, bundan koriladigan ma’naviy ziyon ham ozmuncha emas. Mulkni o’g'irlash, shu jumladan oz mikdorda talon-toroj qilish qasddan qilinadigan. haqini to'lamasdan sodir etiladigan g'ayriqonuniy talon-toroj bolib, bu mulkni g’arazli maqsadda o'zining mulki qilib olish yoki boshqa shaxsning mulki qilib berish uchun amalga oshiriladi. O’g'ri mehnat sarflamasdan boy bo‘lib qoladi. talon-toroj qilingan mulkni o'z mulki sifatida tasarruf qiladi. uni ishlatadi. in’om etadi. sotadi va hokazo.
Basharti talon-toroj qilingan mulk eng kam ish haqining belgilangan miqdoridan oshib ketmasa. qilingan talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj hisoblanadi. Mulk deganda sanoat, xo'jalik yoki hunarmandlik ishlab chiqarishi buyumlari, xomashyo, pul, haq tolangan hujjatlar tushuniladi, ular bevosita moddiy boylik olish huquqini beradi.
Talon-toroj qilingan mulkning qiymati belgilangan ehakana narxlar bilan aniqlanadi.
Sodir etilgan talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj ekanligini hal etishda talon-toroj qilingan mulkning qiymatidan lashqari. shuningdek bu buyumlarning tabiiy miqdori (vazni, hajmi) va ulaming xalq xojaligi uchun ahamiyati ham hisobga olinishi lozim. Talon-toroj qilingan mulkning. aytaylik. muayyan binokorlik materiallarining o‘ta taqchilligi ham nazarda tutilishi kerak. Oz miqdordagi talon-toroj ma'muriy huquqbuzarlikning tarkibini tashkil etadi. basharti u mazkur moddada ko‘rsatib oTilgan shakllardagina sodir etilgan bo‘Isa, ya'ni o‘g‘irlash. o’zlashtirish. rastrata qilish, mansab mavqeyini suiiste’mol kilish yoki firibgarlik yoli bilan amalga oshirilgan taqdirda. shunday bo’ladi. O’g’irlash yashirin tarzda talon-toroj qilishdir. Ozlashtirish huquqbuzar- ning haqiqatan ixtiyorida bo’lgan. masalan. omborchiga saqlash uchun berilgan yoki ekspedilorga yetkazib berish uchun topshirilgan mulkni saqlab turgan holda oziniki qilib olish yoki boshqa shaxsning mulkiga aylantirish oilan bogliqdir.
Rastrata qilish aybdoming ixtiyorida bolgan mulkning g'arazli maqsadda uchinchi shaxs tomonidan sotilishi. ishlatilishi. hadya qilinishu begonalashtirilishini bildiradi.
Xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish yo’li bilan talon-toroj qilishda mulk mansabdor shaxsning ixtiyorida bo’lmaydi, u g'ayriqonuniy farmo- yish berib. soxta hujjatlardan foydalanib. mulkni egallab oladi va hokazo.
Masalan. mansabdor shaxs qo’l ostidagi odamga muassasaga qarashli benzin solingan kanistmi haq tolamasdan o‘z qarindoshiga topshirishni buyuradi.
Mulkni firibgarlik yo’li bilan egallab olisb uchun bu mulk kimda
saqlanayotgan bolsa. uni chalg’itish. mulkni aybdorga berishga undash maqsadida yolg’ondan foydalanish, haqiqatni qasddan yashirish yoki buzib ko’rsatish xosdir.
Bir qator talon-torojlami baholashga ta’sir qiladigan holallar jinoiy xatti-harakat bo‘lsa ham. ular oz miqdordagi talon-toroj qilish uchun ahamiyatsiz boladi. Bir guruh shaxslaming oz miqdordagi talon-torojni sodir qilish uchun oldindan kelishib olishi, uni alohida xavlli, takroran jinoyat qilgan kishining sodir etishi, shuningdck jinoyatni ijro ctish usuli (binoga kirish yoki boshqa oniborxonaga kirish yo’li bilan oz miqdordagi talon-torojni (bunday jinoyat uchun g’arazli niyat mavjud bo’lmagan taqdirda) jinoiy jazoga tortiladigan talon-toroj deb baho berish uchun asos bo*lib xizmat qilishi mumkin bo’lgan holatlar hisoblanmaydi. Biroq bunday holatlar aybdorga jazo chorasini belgilashda hisobga olinishi lozim.
Subyektiv tomondan qarab chiqilayotgan huquqbuzarlik to’g’ridan to’g‘ri g'arazli niyat va maqsadnining mavjudligini nazarda tutadi. Har qanday shakldagi mol-mulkka tajovuz qilgan holda sodir etishda o‘g‘irlovchi g’ayrihuquqiv xatti-harakat sodir
etayotganini anglab yetadi, uning moddiy zarar tarzidagi zararli oqibatlarini oldindan ko‘radi. O’g‘irlik qiluvchining niaqsadi g‘ayriqonuniy bo’lib. u g’arazli maqsad bilan mulkni o‘z mulkiga yoki boshqa shaxsning mulkiga aylanlirishni istaydi. Aybdorning yovuz niyati katta miqdordagi mulkni o’g’irlashdan iborat bo’lib, lalon-toroj qilingan mulk belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan ko’proq tursa, u holda jinoiy javobgarlik kelib chiqadi. chunki katta miqdordagi mulkni o’g’irlash yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Bunday holatda talon-toroj qilish JKning 169-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Oz miqdordagi talon-toroj uchun javobgarlik 16 yoshdan boshlanadi. Mansab mavqeyini suiiste’mol qilgan holda oz miqdorda talon-toroj qilishni faqat mansabdor shaxslar amalga oshirishlari mumkin.
MJtK 61-moddasining ikkinchi qismi xuddi shunday huquqbuzarlik Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lishi va uchinchi qismida csa basharti talon-toroj qilingan mulkning qiymati eng kam ish haqining o’ttiz baravaridan oshmasa, bunday talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj qilish deb hisoblanadi.
To’rtinchi qismida ustav fondida davlat ulushi bo’lmagan korxonalar. muassasalar, tashkilotlarning mol-mulkini ularning xodimi tomonidan o’g‘irlash, o’zlashtirish. rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo’li bilan sodir etilgan oz miqdorda talon-toroj qilish faqat mazkur korxonalar, muassasa, tashkilot rahbarining, ,ulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga binoan javobgarlikka sabab bo’ladi.