28-Nazariy savol.
Uchish xavfsizligi qoidalarini buzish ni yuridik tahlil qiling.
Uchish xavfsizligi qoidalarini buzish MJtKning 116-117-moddalarida keltirilgan.
1. Mazkur xatti-harakat obʼekti havo kemalarining normal, xavf-xatarsiz parvoz qilishidir.
Havo kemalarining aeroportlar va aerodromlar mintaqasidagi yerda, shuningdek, ularning hududida normal va xavf-xatarsiz uchishini taʼminlash uchun havo kemalarining uchuvchilariga mo‘ljal olishda yordam beradigan muayyan aniqlash belgilari va qurilmalari o‘rnatiladi. Bu xildagi tungi va kunduzgi
belgilar hamda qurilmalar binolar va inshootlarga ham o‘rnatiladi. Havo transportida ana shu belgilar va qurilmalarni shikastlanishdan muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator qoidalar, shuningdek, aerodrom mintaqasida o‘zining tashqi ko‘rinishi, tuzilishi, rangi va hokazolar bilan aerodromlarni anikdash uchun qabul qilingan belgilar va qurilmalarga o‘xshash biron-bir belgi va qurilmalar o‘rnatishni taqiqlaydigan qoidalar amal qiladi. Shuningdek, aerodromlar mintaqasida aeroport va aerodrom maʼmuriyatining ruxsatisiz pirotexnika buyumlarini yoqish va havo kemalarining uchishi uchun xavfli bo‘lgan obʼektlar qurish ham taqiklanadi. Havo kemalarining xavf-xatarsiz parvozi, shuningdek, aerodromdagi boshqa uskunalarni, aerodrom belgilarini, havo kemalarini va ularning uskunalarini shikastlanishdan muhofaza qilish bilan ham taʼminlanadi.
Nihoyat, havo transportida amal qiladigan qoidalarda ko‘rsatib o‘tilgan obʼektlarning mansabdor shaxslaridan tegishli ruxsati bo‘lmay turib, aeroportlar, aerodromlar, uchishni radio va yorug‘lik bilan taʼminlab turuvchi obʼektlar hududida piyoda yoki transportda yurish taqikdangan. Aerovokzallar bu qoidadan mustasno bo‘lib, u yerda piyoda yurish va transportda yurish
erkindir. Modaning obʼektiv tomoni 116-moddada belgilangan taqiqlarni buzish faktining o‘zi bo‘lib, bu ularni JK 260-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibidan farqlab turadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarlikning sodir etilgani to‘g‘risida bayonnoma yo ichki ishlar organlari xodimlari yoxud havo transporti organlarining bunga avakil qilingan mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi.
Maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanishga transportdagi ichki ishlar organlarining boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari (248-moddaning 1, 3, 4-qismlari), shuningdek, aerodromlarda fuqaro aviatsiyasi organlariga bo‘ysunadigan yoki bunday aerodromlarning mintaqalarida huquqbuzarlik sodir etilgani uchun havo transporti organlarining mansabdor shaxslari ham haqdidirlar (251-moddaning 1-qismi).
Havo kemasida belgilangan tartibni va uchish xavfsizligini ta’minlash maqsadida havo kemasida bo‘ladigan barcha shaxslar uchun majburiy maxsus yurish-turish qoidalari belgilangan. Ushbu moddaning 1-qismida nazarda tutilgan xatti-harakatning obyekti havo kemasidagj tartib va parvozlar xavfsizligidir. 16 yoshga yetgan shaxslar bu xatti-harakatning subyekti bo'lishi mumkin.
Ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani havo kemasining mansabdor shaxslari tuzadilar. Ushbu moddada nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar havo transporti oiganlarining mansabdor shaxslari tomonidan ko‘rib chiqiladi (251-m)
Do'stlaringiz bilan baham: |