30-Nazariy savol.
.Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligini yuridik tahlil qiling.
128-modda. Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi
Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari yoki yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmasligi (ushbu Kodeksning 1283-moddasida, 1284-moddasining birinchi qismida, 1285, 1286 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), odam tashish, transport vositalarini quvib o‘tish, yo‘nalishli transport vositalari to‘xtaydigan bekatlardan yoki piyodalar o‘tish joylaridan yurish, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek yo‘lovchilarga loyqa sachratishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi... davomi bor...
31-Nazariy savol.
.Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishni yuridik tahlil qiling.
2018 yil 22 oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish kiritildi. Unga muvofiq, endilikda transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (ilgari ikki baravar).
128¹-modda. 3 baravar jarima.
32-Nazariy savol.
.Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishini yuridik tahlil qiling..
2018-yil 22-oktabrdagi O'RQ-503-son Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartirish kiritildi.
O'zgartirishga asosan, belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq oshirib yuborgan haydovchilar (masalan tezlik 70 km etib belgilangan joyni 120 km tezlikda o'tganlar) endilikda eng kam ish haqining to'qqiz baravari (ilgari yetti baravar) miqdorida jarimaga tortiladi.
Quyidagi holatlar esa haydovchiga nisbatan eng kam ish haqining o'n besh baravari (ilgari 10 baravar edi) miqdorida jarima solishga yoki uni transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo'ladi. Agar:
- xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyinbir yil davomida haydovchi harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko'p bo'lmagan kattalikda takror oshirib yuborsa;
- xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin bir yil davomida belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko'p bo'lmagan kattalikda xuddi takror oshirib yuborsa.
Shuningdek, endilikda quyidagi huquqbuzarliklar uchun haydovchilar transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum qilinish bilan bir qatorda, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarimaga ham tortiladi:
- xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyinbir yil davomida belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda takror oshirsa;
- xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko'p bo'lmagan kattalikda oshirsa;
- xuddi shunday huquqbuzarlik uchun uch marta ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin bir yil davomida belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko'p bo'lmagan kattalikda oshirsa.
Statistik ma'lumotlarga qaraganda, 2016-yilda haydovchilarning belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi bilan bog'liq 421 272 huquqbuzarlik aniqlangan. Ushbu ko'rchatkich 2017-yilda 506 948 (20,3%ga oshgan) tani tashkil etgan. 2018-yil birinchi yarim yilligida esa belgilangan tezlikni oshirganlar soni 248 560 tani tashkil etgan
Do'stlaringiz bilan baham: |